cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ochopat_Book

Kitoblar, Filmlar, Hislar.

Mostrar más
Tayikistán3 168El idioma no está especificadoLibros15 313
Publicaciones publicitarias
809
Suscriptores
Sin datos24 horas
+77 días
-2930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#fikr Maktab davrim, bolaligim haqida ko'p eslayman. Ajoyib davrlar bo'lgan. Boshlang'ich maktabda o'qigan davrim ota-onamning (meni emas!) juda qiynalgan paytlari edi. Buxorodan Navoiyga ko'chish, yangi shahar, yangi odamlar... Akamning ayni o'smirlik davri, opam esa Buxoroda, bizdan uzoqda. Eslayman, dadamning ilk oyliklari 101 ming so'm edi. Bu pulga dadam bizni yedirsinmi, ichdirsinmi, kiydirsinmi? Kommunal to'lovlar, xarajatlarni qoplasanmi? Lekin ota-onam topgan pulini 3 ta farzandining o'qishi uchun sarflagan. Avvaliga oilaviy vaziyat, keyin esa moliyaviy qiyinchilik tufayli ota-onam o'zlari o'qiy olishmaganidan afsuslanishardi. Ikkovlari ham har xil sabablar bilan oliy o'quv yurtini tashlab, qishloqqa qaytishga majbur bo'lishgan. Shuning uchundir balki, bor pullarini bizning ilm olishimizga tikkan bo'lsalar kerak... Eslayman. 2-sinf edim. Ustoz mehnat darsidan plastilin olib kelishimizni so'radi. Uydagi vaziyat esa tang. Darsga plastilinsiz bordim. Gap eshitdim. Uyga yig'lab keldim. Onam atrofimizdagi domlarni birma-bir kezib chiqdi. "Kimning ko'rpa-ko'rpachasi bo'lsa tikib beraman, arzonga. Sifatli tikaman!". Kechquruni bilan barmoqlari teshilib, ko'rpa tikdi. Ertalab ko'zi to'la yosh bir qo'li bilan qo'limdan ushlab, ikkinchi qo'lida pulni g'ijimlab, do'konga olib bordi. Eng qimmat, eng yaxshi plastilinni olib berdi... Onam - men uchun qahramon! Ota-onam 3 farzandlarini ham oliy ma'lumotli qildilar. Akam magistrni ham bitirdi. Bu orada yangam oilamiz safiga kirgach, ota-onam uni ham magistr va doktorantura o'qishini qo'llab-quvvatlashdi. Opam qarindoshlar ichidan oliy o'quv yurtiga kirgan birinchi inson. Shundan keyin zanjir boshlangan. Ko'pchilik dadamga: "Qiz bolani o'qitib nima qilasan? Baribir turmushga chiqib ketadi, senga bir tiyinlik foydasi yo'q" deb ko'p aytishardi. Unga javoban dadamning sukut saqlaganlarini va bor pullarini bizning o'qishimizga sarflaganlarini bilaman. Dadam - men uchun qahramon! Turmush o'rtog'im bilan to'yimiz kamxarj, kamchiqim bo'lishiga kelishdik. Na mebel, na tilla, na latta-puttalarsiz. Turkiyaga ketishimiz, katta hayot, musofirlik bizni kutib turgandi. Magistr o'qish niyatim borligini bilib, bittada rozi bo'ldilar. Kontrakt to'lovi anchagina pul, yetmaganiga ikkov ham o'qiymiz. To'yni ortiqcha xarajatlarsiz o'tkazish va shu pulga magistr o'qish yaxshi qaror edi. Shu yo'ldan ketdik. Turmush o'rtog'im - men uchun qahramon! Maktabda ham a'lochi, ham tadbirlarda faol sinfdoshlarim bo'lardi. O'ziga to'q oiladan. Rosa katta o'qishlarda o'qitsa kerak oilasi, deb o'ylardim. Maktabdan keyin turmushga chiqib ketishdi. Boy oila. Lekin "ko'lmak"dan chiqmaydi deyarli... @Ochopat_book
Mostrar todo...
19👍 4❤‍🔥 3👏 3🔥 2💯 1
#fikr ​​Kutubxonalar kerakmi o'zi? O'zbekistonda kutubxonalar kamayib ketgani va kamayib ketayotgani haqida ko'p yozishdi, yozishyapti. Bu narsaga fojiadek qaralyapti. Kitoblar muhim, kitob o'qish kerak mazmunida fikrlar ko'p. Ammo... Biz kutubxona haqidagi tasavvurimizni o'zgartirishimiz lozim, menimcha. Aytaylik, biror chekkaroq hududda kutubxona ochildi deyilsa, aksariyat kishilar kitob hadya qiladi kutubxonaga, nashriyotlar ham. Masalan, o'zim bilganim Navro'zova Shahnoza opa qishlog'ida kutubxona tashkil qildi. Hozir Otabekovna opa shuning harakatida yuribdilar. Bu oson ish emas. Qancha vaqt, energiya, kuch sarflanadi. Va tabiiyki, hamma bu kutubxonalarga kitob jo'natdi, jo'natyapti. Ha, nima? Kutubxonada ko'proq kitob bo'lishi kerak. Kitoblar uyi-ku. Hozirgi zamonda axborot tezligi, ma'lumotlarni tezroq topish yoki tarqatish ahamiyati katta. Aksariyat ma'lumot manbalari onlayn/virtual shaklga ko'chmoqda. Yangi kitoblar chiqqanda ham, albatta, elektron shakli ham sotuvga qo'yiladi. Demak, zamonaviy kutubxonalarning vazifasi ko'proq qog'oz kitob saqlab, kitobxonlarga ijaraga berish yoki o'tirib o'qishga joy yaratish bo'lmasligi kerak. ✅Ayniqsa qishloqlarda yoshlarning shaxsiy kompyuteri yo'qligi, uyda uzluksiz internet muammoligini hisobga olib, kutubxonalar quyidagilarga asosiy e'tiborini qaratishi kerak: 1. Kutubxonalarni kompyuterlar bilan jihozlash; 2. Kitobxonlarga bepul internetga ulanish imkoniyatini taqdim etish; (Tekin wi-fi) 3. Ilmiy, ilmiy-ommabop jurnallar, kitoblar va maqolalar chop; etiladigan raqamli kutubxona va resurslariga obuna bo'lish va kutubxona a'zolariga shaxsiy kabinetidan turib, yangi ilmiy maqolalar, jurnallar va kitoblarni o'qishiga sharoit yaratish; 4. Guruh bo'lib dars qilish, suhbatlar, muhokama va kichik konferensiyalar o'tkazish uchun alohida xonalarni band qilish imkoniyatini berish; 5. Kutubxona binosida bolalar burchaklari (bolalar kitoblari, o'yinchoqlar va hkz)ni yaratish. Farzandi bilan kelgan kitobxonlar ishi bitgunicha bolasini bemalol qiziqarli o'yin yoki kitob bilan band qilishi va bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun. Turkiyada borgan kutubxonalarimizning barchasida yuqoridagi imkoniyatlar mavjud. Odamlar u yerga faqat kitob olish uchun emas, tinch muhitda o'tirib o'qish, ishlash, pullik manbalardan kutubxona obunasi orqali kerakli maqola/kitoblarni olish uchun boradi. Internet davrida yoshlarimizning kompyuter savodxonligi yo'qligi yoki juda kech o'rganishi fojiali jarayon. Shaharlarda ahvol nisbatan yaxshiroq, lekin qishloq aholisi ko'proq-ku bizda. Tasavvur qiling, qancha bola kompyuterdan foydalanishni bilmaydi?! Rivojlangan davlatlardagi tengdoshlaridan juda-juda ortda qolib ketyapti ular. Iqtisodda, umuman davlat rivojlanishida human capital (inson kapitali: ta'lim, intellekt, bilim, ko'nikmalar) nihoyatda ahamiyatli. Yangi bilimlar va texnologiyalarni o'zlashtirishda qancha ortda qolsak, rivojlangan davlatlar bilan tafovutni qisqartirish shuncha uzoqlashib boraveradi. Iqtisodni faqat bir hovuch oliy ma'lumotlilar yoki imkoniyati kengroq shahar aholisi qurmaydi. Keyingi safar yangi kutubxona ochilganda, u yerga faqat kitob emas, kompyuter, wi-fi router, biror raqamli axborot resursiga bir yillik obuna yoki yillik/oylik internet to'lov hadya qiling. Ko'proq foydangiz tegadi. (Imkoningiz bo'lsa, albatta) ❗️Ha, bizga kutubxonalar kerak. Faqat boshqacha shaklda, yangicha vazifalarni bajarish uchun. Faqat qog'oz kitob o'qittirishga ixtisoslashgan kutubxonalarning foydasi kam hozirgi zamonda. @Ochopat_book
Mostrar todo...
8👍 5❤‍🔥 3👏 3💯 1
​​​​#fikr Navoiydagi uyimizda akamning katta devor xaritasi bo'lardi. Kechqurunlari akam bilan o'yin o'ynardik. Men xaritadan qaysidir davlatning nomini aytaman, akam esa uni 5 sekund ichida topishi kerak edi. Juda zo'r uddalardi bu ishni. Men esa bu borada oqsardim. Ammo xaritaga qarar ekanman, dunyo naqadar keng, davlatlar shu qadar ko'p ekanligini bola aqlim bilan his qilardim. Davlatlarni tomosha qilish, shaharlarini bilish zavq berardi. Ingliz tili darsligida London is the capital of Great Britain deb takrorlanavergani uchunmi, Londonga borishni, Kembrij yoki Oksfordda o'qishni xohlardim. (Menimcha, hali ham kech emas. Alloh nasib qilsa, o'qirman...) Jorj Simenonning Komissar Megre haqidagi qissalarini o'qib, o'zimni Parij ko'chalarida sayr qilib yurgandek his qilardim. Londonga borsam, albatta, Beyker stritni ko'raman, derdim. Endi o'ylasam, men mendan va atrofimdagilardan farqli insonlarni ko'rishni xohlagan ekanman. Doim qayergadir ketishni kutib yashardim. Buxorodan Navoiyga, Navoiydan Toshkentga, undan esa umuman mamlakatdan tashqariga... Kitob o'qish, sayohat qilish, sayohatga imkoningiz bo'lmasa, ora-orada xaritaga qarab qo'yish atrofingizdagi insonlar va muammolarga bo'lgan munosabatingizni o'zgartiradi. Yer kattaligi, unda minglab turli jamiyatlar, tillar, madaniyatlar borligi, atrofingizdagi jamiyat qoidalari, qadriyatlarini yomon ko'rsangiz, o'sha minglab boshqa jamiyatlardan o'zingizga mosini tanlab, turgan joyingizdan ketishingiz mumkinligini o'rgatadi. To'yga kiyishga yangi ko'ylak yoki tilla ziragingiz yo'qligi, 25 dan oshib ham turmushga chiqmaganingiz, falon kishilik to'y qilolmayotganingiz yoki uyingiz devorlari past va remonti eskiligi sizni boshqa tushkunlikka sololmaydi. Chunki to'yini faqat 20-50 kishilik yaqinlari bilan nishonlaydigan, 30 dan oshgunicha turmush qurmaydigan, hech undan "qachon tug'asan?" deb so'ramaydigan, uy sotib olishdan voz kechib, bir umr ijarada yashaydigan jamiyatlar bor. Sayohat va kitoblar sizda tanlov borligini o'rgatadi. Istaklaringizga qarshi jamiyat bosimiga chidab o'lib ketishingiz shartmasligini tushunasiz. Va muammodek tuyulgan narsalar, odamlar qayg'urishga arzimasligini anglaysiz. @Ochopat_book
Mostrar todo...

22❤‍🔥 5🔥 4💯 3👍 1
#fikr ​​Sayohat va ziqnalik Men va turmush o'rtog'im o'zimizni ko'pincha "ziqna" deymiz. Qaysi ma'noda ziqna? Faqatgina kerakli buyumlar va ehtiyojimiz talab qiladigan kiyim-kechaklarni olishni ma'qul ko'ramiz. Bu borada qimmat, ammo sifatli, qulay, 2-3 yil "miq etmay" xizmat qila oladigan buyumlar olish tarafdorimiz. Ayniqsa, turmush o'rtog'im shunday. Ko'p kiyimi yo'q, har mavsum uchun 2-3 ta kiyimni almashtirib kiyadi. Ammo hammasi sifatli va qulay. Ayol kishi kiyim-kechakka o'chligi bor gap, bu uning fitratida bor, ammo bora-bora bu juda xato ekanini yana-da anglab yetyapman. Va yaxshiyamki, aksariyat, ayol-qizlar kabi narsaparast, kiyimparast, tillaparast emasman. Bu o'rinda aytishim kerakki, "ziqna"ligimiz yashash sharoitimizga ta'sir qilmaydi. Aksincha, yashash sharotimiz qulay boʻlishi uchun ba'zida ( hatto ko'pincha) oylik daromadga nisbatan ko'proq sarflaymiz. Ya'ni bu masalada ko'rpaga qarab oyoq uzatmaymiz. Ko'rpaga qarab oyoq uzatmaslik ta'lim, sog'lik, yeb-ichish, qulay transport va sayohat uchun bo'ladi, asosan: ✅Qimmat, ammo biz uchun kerakli va manfaatli kitoblarni elektron variantda foydalanish imkoni bo'lsa-da, sotib olamiz; ✅Davlat shifoxonasidan arzonga yoki tekinga sug'urta orqali foydalanish imkoni bo'lsa-da, yana-da yaxshi xizmat ko'rsatish, sog'lik va ishonch uchun xususiy klinikalardan foydalanamiz; ✅"Sog'lik va go'zallik og'izdan kiradi" maqoliga asosan, yeb-ichishdan hech siqmaymiz. Oilamizda sog'lom ovqatlanish uchun pul tejalmaydi; ✅Shahar ichida yoki shaharlararo qatnov maqsadida qulay va xavfsiz transportdan foydalanish tarafdorimiz. Turkiyada taksi juda qimmat, ammo ko'pincha xavfsizlik, vaqt va sog'lik tufayli taksidan foydalanamiz; ✅Sayohat va kezish esa eng ko'p pul sarflanadigan mavzu. Borgan shahrimizning eng mashhur taomini yeb ko'rmasdan qaytmaymiz. Manzilimizning biror tamaddixonasiga ishqimiz tushsa, qimmat bo'lsa ham o'sha yerga kirib/yeb koʻrishimiz lozim; ✅Bir xonada 10 kishi bo'ladigan yoki umumiy hojatxona va hammomli mehmonxonalardan esa umuman foydalanmaymiz. Aslida, shu tomonlarini hisobga olsak, ancha "isrofgar" sayohatchimiz. Bir tomondan esa sayohat, dunyoqarash kengayishi uchun sarflanayotgani quvonarli. Ammo "kam pulga sayohat qilish"ni san'at darajasiga olib chiqqan insonlar bor. Pulni tejash uchun tungi poyezdlarda yurishadi; faqat eng arzon mehmonxonalarda tunaydi; borayotgan shahri qimmat boʻlsa, o'zi bilan yarim tayyor ovqatlar, sendvichlar olib boradi... Shunaqa qilib, kam pulga ko'p sayohat qiladi. Pulingiz oshib-toshib yotmagan bo'lsa, yolg'iz bo'lsangiz va o'zingizga shuni ma'qul ko'rsangiz siz ham bularni sinab ko'rsangiz bo'ladi. Dunyo kezish istagidan voz kechmaysiz. "Kam pulga sayohat qilish" yo'llarini izlab topsangiz kifoya. O'zbekistondan chiqib olguncha (viza talab qiladigan davlat bo'lsa vizaga) va samolyot chiptasiga ko'p ketishi mumkin, lekin keyin sayohat siz tasavvur qilganingizdan arzonroq bo'ladi. Albatta, buning uchun izlanish va puxta rejalashtirish ko'nikmasi talab etiladi. Sayohat qilishda pul tejash sirlaringiz boʻlsa, boʻlishing, balki boshqalarga ham foydasi tegar. Biz ham sizlardan bu borada maslahat so'rab qolamiz. @Ochopat_book
Mostrar todo...

❤‍🔥 9👍 7 5💯 3🔥 2🤗 1
#books "Martin Iden" Turkiyada ham mashhur, Turkiyada ham juda ko'p o'qishadi. Har xil nashriyotlar, har xil dizaynda, minglab nusxada chiqaradi. Kitobning pastida esa nechanchi bosma ekani ham yozilgan bo'ladi. Bu safar Anqarada men ko'rmagan dizayndagilarini ko'rdim, darrov rasmga oldim. Sizlarga qaysi biri yoqdi? @Ochopat_book
Mostrar todo...
15👍 5🤩 4❤‍🔥 3
#books "Martin Iden" Turkiyada ham mashhur, Turkiyada ham juda ko'p o'qishadi. Har xil nashriyotlar, har xil dizaynda, minglab nusxada chiqaradi. Kitobning pastida esa nechanchi bosma ekani ham yozilgan bo'ladi. Bu safar Anqarada men ko'rmagan dizayndagilarini ko'rdim, darrov rasmga oldim. Sizlarga qaysi biri yoqdi? @Ochopat_book
Mostrar todo...
👍 1
#mood Videolarda Anqara kitob doʻkonlaridan biri. Kezib, aylanib oxiriga yetolmaysiz. Kitob assortimentlari juda koʻp. Turkiya kitob doʻkonlaridagi eng yoqqan tomonidan biri esa kitob narxini koʻrsatuvchi moslamalar oʻrnatilgani. Ya'ni biror kitobning narxini bilmoqchi boʻlsangiz, sotuvchini bezovta qilmaysiz. Kitobning orqasidagi shtrix kod orqali moslamaga tutib, bilaverasiz. Menimcha, buni oʻzimizning kitob doʻkonlarida ham sinab koʻrishsa, yaxshi boʻlardi. @Ochopat_book
Mostrar todo...
👍 14🔥 6 3
00:31
Video unavailableShow in Telegram
3.89 MB
👍 8 4😍 2
00:43
Video unavailableShow in Telegram
5.43 MB
8🤩 3
#hayotiy Olis Turkiyadan salomlar! Sizlarga aytsam, bugun og'zim qulog'imda. Nega? Aaaashiiincha o'zbeklarni ko'rib, suhbatlashib, vaqt o'tkazib keldim. Hammasi talabalar, ilm yo'lidagi insonlar. Universitetimiz an'anasiga ko'ra bu safargi o'zbek talabalari uchun osh bugunga tashkillashtirilibdi. Bu bazmchalar odatda saxiy, ehson niyatidagilar, talabalarga savob qilmoqchi bo'lganlar tomonidan tashkillashtiriladi. Har doimgidek erkaklar alohida, ayollar alohida dasturxonda o'tirishdi. Qur'on tilovat qilindi, duolar aytildi. Qaynoq suhbatlar bo'ldi. Ammo suhbatlarning 60-70%i turkcha, chunki vaqt va makon o'z ishini "yaxshi eplagan". Hatto, shu yerdagi talabalarning bolachalari o'zbek tilini unutishgan. Muhimi tillar, dillar yaqin... @Ochopat_book
Mostrar todo...
2.99 MB
14👍 9👏 4❤‍🔥 3🔥 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.