ILHOM RASHID SHE'RLARI
Ir al canal en Telegram
Shoir Ssenariyst Admin: @Ilhom_Rashid_Official Instagram sahifa:https://instagram.com/ilhom_rashid_official Spamlar va fikrlar uchun: @Qiziqarli_sherlarbot
Mostrar más1 200
Suscriptores
-224 horas
-257 días
+52330 días
Archivo de publicaciones
Sizni sevaman deganlar ham,
Sizni suyaman deganlar ham.
Ortlaridan qoldirib ko'p g'am,
Oxiri tashlab ketdilarku.
Axir menga ishon dedilar,
Bizni ular tushun dedilar.
Bizni tashlab yurak yedilar,
Oxiri tashlab ketdilarku.
Eh Ilhom o'zingga bir achin,
Barchasi qildilar chilparchin.
Ishontirib seni chipa-chin,
Oxiri tashlab ketdilarku.
Shu holating bo'lmasmi uvol,
O'z-o'zingga berginda savol.
Soxtalar umring qildida zavol,
Oxiri tashlab ketdilarku.
Kimlar yoningda eh qoldida,
Kimlar yoningda yo'qoldida.
Dalda berar kim shoir oldida,
Oxiri tashlab ketdilarku.
Qaytinglar deb qilmasman majbur,
Baribir yuraman men mag'rur.
Baribir berdingiz sal jabr,
Oxiri tashlab ketdilarku.
Sinovda qolmadi go'zal sanam,
Do'stlarim qoldirdi ko'p alam.
G'amlarni qoldirib bir olam,
Oxiri tashlab ketdilarku.
Mayliga qoldirib eh azob,
Ichimga to'ldiring zo'r g'azab.
Xudodan so'rayman men insof,
Oxiri tashlab ketdingizku.
Ilhom Rashid
29.07.2026
21:00
