cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar

O'zbekiston Milliy Universiteti Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar fakulteti. Barcha ma'lumotlar uchun: @uzmu_amit_bot Taklif va shikoyatlar uchun: @uzmu_amit_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 116
Suscriptores
-224 horas
-97 días
-2530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from Edu.uz
#xakaton #UCC 💻 Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 21–23-may kunlari “TUIT Bright Future Week” tanlovlar haftaligi doirasida “United Clean Coders” xakatoni bo‘lib o‘tadi. 🇺🇿 Unda barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari jamoa bo’lib qatnashishlari mumkin. Har bir jamoada 3 nafar a’zo bo‘lishi va loyihalar “GitHub” platformasida yaratilishi talab etiladi. 🪧 Xakaton uch bosqichda o’tkaziladi: 1-bosqich – ishtirokchi va jamolarni 20-maygacha ro‘yxatdan o‘tkazish. Online ro‘yxatdan o‘tish 👈 2-bosqich – ishtirokchilar tekshiruv ro‘yxatini shakllantirish, jamoalar va g‘oyalar tanishuvi, 21-may (offline). 3-bosqich – jamoalar tomonidan yaratilgan loyihalar MVP ko’rinishi, yakuniy taqdimot va baholash. 🗒 Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda “Clean code” tamoyillariga alohida e’tibor beriladi. 📍 Xakaton o‘tkazilish joyi: TATU, E binosi, 202, 301, 205 va 207-xonalar. ➡️Mo‘ljal: Bodomzor metrosi. 📞 Murojaat uchun:  +998 33 100 22 75 (9:00 dan 18:00 gacha) Call-markazi: (33) 573-22-31 💬 Savol-javoblar va guruh topish uchun: @ucc_hackathon_community ga qo‘shiling.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
📣📣📣 Сиртқи 5 курс талабалари 2023-2024 ўқув йили учун контракт тўловидан қарздорлиги сабабли ЯДА имтиҳонига қўйилмади.
Mostrar todo...
👍 1
🏛 14.05.2024 Oʻzbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida universitet rektorining maslahatchisi J.Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig’i Sh.G’ulomov, hudud profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Abdulhaqov, fakultet dekani Z.Raxmonov, fakultet tyutorlari hamda 132 nafar talaba yoshlar ishtirokida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi. 🎤 Ma’ruzachilar oʻz soʻzlarida: 1. Yot va buzgʻunchi gʻoyalar ta’siriga tushush holatlaridan ogoh boʻlish; 2. Giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi periparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq holatlarni oldini olish; 3. Turli ommaviy tartibsizlaiklar va mitinglarda ishtirok etishdan ogoh boʻlish; 4. Korrupsion holatlarni oldini olish; 5. Jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi. Shu bilan birga qayd etilgan noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibati tushuntirildi. 🔶 Davra suhbati yakunida talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Mostrar todo...
👍 4🔥 2👏 2
🏛 14.05.2024 Oʻzbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida universitet rektorining maslahatchisi J.Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig’i Sh.G’ulomov, hudud profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Abdulhaqov, fakultet dekani Z.Raxmonov, fakultet tyutorlari hamda 132 nafar talaba yoshlar ishtirokida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi. 🎤 Ma’ruzachilar oʻz soʻzlarida: 1. Yot va buzgʻunchi gʻoyalar ta’siriga tushush holatlaridan ogoh boʻlish; 2. Giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi periparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq holatlarni oldini olish; 3. Turli ommaviy tartibsizlaiklar va mitinglarda ishtirok etishdan ogoh boʻlish; 4. Korrupsion holatlarni oldini olish; 5. Jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi. Shu bilan birga qayd etilgan noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibati tushuntirildi. 🔶 Davra suhbati yakunida talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
🧑‍💻IT-Park rezidenti MAAB Innovation IT kompaniyasi BI yo‘nalishini o’rganish uchun “Talant” dasturini e’lon qiladi “MAAB Academyni shu kungacha mazkur dastur orqali O‘zbekistonda 300 dan ortiq, Amerikada DIS nomi bilan 400 dan ortiq talabalar muvaffaqiyatli tamomlagan va ularning barchasi ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, ushbu dastur doirasida Amerika va O‘zbekistonda ham bitiruvchilarni ish topishlariga yordamlashiladi. Bitiruvchilar orasida Google, Microsoft, Meta kabi dunyoning gigant kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar mavjud. 📌 Siz ham bu imkoniyatdan foydalaning. 👉 Batafsil ma‘lumot va ro‘yxatdan o‘tish ☎️ Murojaat uchun: +998781139669 ___
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Nakamura Katsuxiro, Yaponiyaning Osaka universiteti faxriy professori
Mirzo Ulug‘bek va Xorazmiy avlodlari tomonidan astrofizika sohasida O‘zbekistonda ilg‘or ilmiy maktablar yaratilib, ularning merosi munosib davom ettirilmoqda. Men ayni vaqtda O‘zbekistondagi Maydanak observatoriyasi haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Avvalo, mazkur inshoot bugungi kunda o‘zining noyob astroiqlimi bilan jahonning eng yetakchi beshta observatoriyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu observatoriyada yaponiyalik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Mostrar todo...
👍 1
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman start oldi Xalqaro anjumanni O'zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, Yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilayotganiga to'xtalib o'tdi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda allomalarimiz merosini, jumladan, jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olim Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay 1394-1449)ning hayoti va ijodiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu ma’noda 1995 yili O‘zbekiston Milliy universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi berilishi chuqur ramziy ma’noga ega. Universitet bir asrlik faoliyati davomida 100 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, iqtisodiyotning barcha sohalarini yetuk kadrlar bilan ta’minlashda katta xizmat qildi va ilm-fanning turli sohalarida jahon e’tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Mostrar todo...
👍 1
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev o‘z nutqida:
Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar Yangi O‘zbekiston poydevorini qurish uchun asos bo‘lmoqda. Buyuk allomalarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish, milliy ta’lim tizimida keng amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar tariximiz bilan uyg‘un mohiyat kasb etadiki, Mirzo Ulug‘bek ham davlat arbobi, ham olim, ham madrasalar qurib, o‘zi ham talabalarga ta’lim bergan. Shu jihatlari bilan Mirzo Ulug‘bek jahondagi boshqa hukmdorlardan ajalib turadi. Ulug‘bekning ilmga qiziqqanligi va mamlakatning ravnaqini ko‘zlaganligi tufayli yangi usuldagi bilim yurti – maktab va madrasalar barpo qilishga qaror qilib, deyarli bir vaqtning o‘zida Samarqand, Buxoro va Gʻijduvonda uchta Madrasa barpo etadi.
Darhaqiqat, 40 yilga yaqin hukmronlik qilib, rasadxona qurgan va 1018 ta yulduzning jadvalini tuzgan Mirzo Ulug‘bekdek hukmdor jahon tarixida kam uchraydi. Uning asosiy ilmiy asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” bo‘lib, 1437 yilda astronomik yilning uzunligini 365 kun, 6 soat 10 daqiqa 8 soniya o‘lchamda aniqlagan, noaniqlik atigi 58 soniyani tashkil etadi.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Mostrar todo...
👍 1
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Guragoniy” hamda “To‘rt ulus tarixi” asarlari taqdimot bo'lib o'tdi ⏺O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, t.f.d. Ashraf Ahmedov, O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Abror Xidirov tomonidan Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Guragoniy” hamda “To‘rt ulus tarixi” asarlari taqdimot qilindi. ⏺“Ziji jadidi Guragoniy” Mirzo Ulug‘bekning shoh asari bo‘lib, u o‘zidan keyingi fundamental bilimlar rivojiga salmoqli ta’sir o‘tkazgan. Mazkur asar o‘z tarkibiga ko‘ra VIII-IX asrlarda boshlangan astronomik an’anani davom ettirsa ham, ilmiy darajasi ularga nisbatan beqiyos balanddir. ⏺Taqdimot qilingan asarlar Mirzo Ulug‘bek iste’dodining yana bir qirrasi – tarixchilik sohasidagi faoliyatining mahsulidir. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Mostrar todo...
👍 1
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Mirzo Ulug‘bek haqidagi film namoyish etilmoqda ⏺O‘zbekiston Milliy universitetida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. ⏺Ayni vaqtda “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi namoyish etilmoqda. ⏺Mazkur filmda Mirzo Ulug'bek hayoti va ilmiy faoliyati, ilm–fan rivojida Ulug‘bek observatoriyasining tutgan o‘rni, Ulug‘bek ilmiy maktabi va madarasasi faoliyati, uning ta’lim tizimi haqida so'z bormoqda. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Mostrar todo...
👍 1