cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

Publicaciones publicitarias
4 613
Suscriptores
-224 horas
-67 días
-34130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Emlash haqida post qo'yib, kommentda hammani talashayotganini tomosha qilayotgan men🤣🤣🤣
Mostrar todo...
😁 65 4🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Hozirgi postda va bundan avvalgi postlarimni birortasida ham aynan bir donagina shaxsni muhokama qilib, bir kishidagina ko'rgan narsamni yozmaganman. Menga dugonalarim ham aytadi " men haqimda yozibsana" deb. Yo'q. Faqatgina bir kishi uchun yozmayman. Ko'p va ko'p kuzatsam nimadir vaziyatni keyin yozaman. Jamiyatda tendensiya bo'lganini his qilsamgina. Iltimos, yo'q ma'noni topib fitna chiqarmang...
Mostrar todo...
34👍 12💯 5🆒 5
Odatda bolani qanaqa parvarish qilishim, tarbiya uslubim haqida yozmayman. Chunki har bir bola INDIVIDUAL. Kimnidir bolasi qila oladigan narsani kimdir qila olmas. Men bu yerda," mana meni bolam yuryapti" desam shu bilan teng bolasi yurmayotgan Ona solishtirishni boshlaydi. Ortiqcha va keraksiz solishtiruv stressga sabab bo'ladi. Har qanaqa vaziyatda holatda kelib chiqib vaziyatga baho berishimiz kerak. Masalan, hozir Imronbek ummuman kitobga qiziqmayapti. O'qimayapti. Yurgisi kelyapti, to'p tepkisi kelyapti. Men bunga oddiy qarayman. Meni bolam kitob o'qimaydigan, aqlsiz deb siqilmayman. Hozir nimaga ehtiyoj sezsa shuni qila qolsin. Yana yiqilsa likillab borib turgizmayman. O'zi turib ketadi. Agar og'risa va yordam so'rasa boraman. Bizda shu narsaniyam oshirvoriladi. Qo'ldan qo'ymay ko'tariladi, erkin harakatiga imkon berilmaydi. Bola ham alohida SHAXS. U erkin yurib hayotni o'rganishi kerak. Zararli narsalardan himoyalab lekin erkinlik berilishi kerak. Qachon o'zi yig'lab yordam so'rasa hamma ishimni tashlab borib birga o'ynab, birga aylanamiz. Menga ehtiyoj sezmasa indamay kuzataman. Xullas nima demoqchiman. Onalikni mirakkablashtirmang. Hammasi oson aslida. Bolamga eng zo'rini qilaman, boshqacha tarbiya qilaman deb boshqa muammolarni keltirib chiqarmang. Qizlar bolaga qarash uchun ilm olish tarafdoriman. Lekin normada. Hayot faqatgina shundan iborat bo'lib qolmasin. Siz onasiz, lekin kimnidir turmush o'rtog'iyam, farzandi, dugonasi, ustoziyam❤️ Bolaga ideal Ona kerakmas, Unga o'zini onasi kerak. Ming o'qigan, ilmli, mukammal bo'lsayam qo'shnini onasi bilan to'kis baxt his qilmaydi... Davomi bor... @Sojida_Karimova
Mostrar todo...
👍 34 19🆒 3💯 2
Emlash kerakmi? Bugun qizlar uchun kanalchamda emlash haqida gaplashdik. Ba'zilar emlash zararli deb emlash olishmas ekan. Butun dunyo olimlari qaror qilgan narsaga, o'zbekcha yoki chala Inglizcha bir ikkita maqola o'qib nima uchun qarshi chiqamiz? Shunchalik zarar ekan, nima uchun hamma davlatda olinadi? Odamlarni zaharlash, kasal qilish kabilar uchun ataylab beradi degan narsaga haliyam ishonuvchilar bormi? O'sha vaksinani rivojlangan davlatdagilar ham oladi. Agar zararli bo'lganda hech bo'masa o'zini davlatiga joriy qilmasdi. Hech o'ylab ko'rganmisiz "vaksina zarar" degan tushgunchani balkim fitna sifatida tarqatishgandir. Hamma narsaga tanqidiy qaray bilish kerak. Vaksina tarkibida og'ir metall borligi rost gap. Bu yomon kasalliklar keltirib chiqarishi ham bor gap. Lekin vaksina olmay turib yomon kasallikka chalinsa natijasi o'limgacha boradi. Yaqinda Kun Uz da ko'rsatuv chiqdi. Hali emlanmay turib qizamiqqa chalingan bolajonlar davosiz dardga chalingani haqida. Emlash bilan bir necha haftada tuzaladigan qizamiqni asorati o'limgacha. Poliolit kabi yomon kasallikalarni gapirmasa ham bo'ladi. Shu sohada diplom olgan mutaxasis fikridan ko'ra qaysidir kanalda ko'rgan narsangizga ishonib ketavermang. Hamma narsaga tanqidiy qarab, analiz qilib, tekshirib ko'rishni o'rganing. Hamma onalar aytishadi "emlash olish yo olmaslik Ota onani qarori" deb. Aslida bittagina Bakalavr diplomi bor yo yo'q Ota Ona qanaqasiga Jahon tashkilotlari chiqargan normaga qarshi qaror qiladi? Koreyada ham xuddi O'zbekistondagidek vaksinalar qilinadi. Biz hammasini olganmiz. Men bunga oddiy qaraganman. Hayotimizni murakkablashtirmaylik. Just live it
Mostrar todo...
👍 32 6🔥 2
Abiturienlik paytimda judayam qattiq nazorat qilinadigan o'quv markazda o'qirdim. Qizlar sal ochiq kiyinsa, telefonda ko'p gaplashsayam "maxsus xonaga" chaqirilardi. Men hamma qattiq o'qiydi, hech kim yigit qiz bo'lib sevishib yurmaydi by markazda deb o'ylardim. Tabiiyki meni ham ko'p yigit guruhdoshlarim bo'lsayam birortasiga boshqacha nazarda qaramaganman. Bu narsa taqiqlangan deb qo'rqqanman. Meni jiddiyligimdan yigitlar ham qo'rqib gapirishmagan. Keyin o'qishga kirdik. Xuddi shu markazda o'qigan Namanganlik qiz meni yotoqxonada xonadoshim edi. Markazda o'qiganda qaysi qaysi yigitlar bilash gaplashgani, kim kim bilan sevishganini aytganda meni og'zim ochilib qolgan😅 Yonginamda bo'lgan ishlarga e'tibor ham bermagan ekanman. Sezmaganman ham. O'sha paytda 18-19 yoshli qiz edim. Bunaqa sevgi muhabbatni tushuna oladigan farosatim ham bor edi. Ja unchalik kitobga mukkasidan ketib olamni unutgan ham emasdim. Lekin hamma joyda bo'lsa ham bu markazda bo'lishi mumkinmas, hamma mendek faqat va faqat o'qishga kirishni o'ylayapti deb hisoblardim. Xulosa qildimki, hamma boshqalarni o'ziga o'xshatadi. Samimiy odam hamma samimiy gapiryapti deb o'ylaydi. Ichida yomonlik bor odam hamma menga yomonlik bilan gapiryapti deb o'ylaydi. Masalan, doim "kim bilan gaplashyapsan?" deb sevgan qizini nazorat qiladigan yigit katta ehtimol bilan boshqa qizlarga o'ziyam yozadi, gaplashadi, yoki moyillik bor. O'zi kitob o'qimaydigan odam boshqalarniyam shunday deb o'ylaydi. O'zini dunyoqarashidek dunyoqarash qidiradi hamma. Va bu normal. Biz shunaqa mavjudodmiz. Lekin muhimi shu haqiqatni tushunib, boshqalar sizdan boshqacha bo'lishi mumkinligini tan olish, bu narsa xuddi nohaqlikdek qaramaslikda. Hamma qalbini oynasi qanchalik bo'lsa dunyoni shunday ko'radi. Qalb oynalarimiz toza bo'lsin❤️ @Sojida_Karimova
Mostrar todo...
👍 73❤‍🔥 34 26🔥 10🏆 4🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Zumrad onalik ilmlari bo'yicha blog yuritadi. Kanalida bolalarga qo'shimcha ovqatni qachondan boshlashni, blw bo'yicha qaysi mahsulot qachondan mumkinligi, qanaqa shaklda bolaga taklif qilinishini, blwdagi muhim qoidalarni yozib boradi. Bolajonlar uchun retseptlar ham ulashib boradi. Onalik yo'lida izlanib "Solidstarts" kursida, "Islomiy montessori ona" kursida, "Hey, mama"da ham o'qigan. Onalik ilmlari bo'yicha, yengil tug'ruq bo'yicha seminar va vebinarlarda qatnashgan. Yaqinda bolalarga qo'shimcha ozuqa kiritish konsultanti kursini tamomladi va rasman qo'shimcha ovqat kiritish konsultanti bo'ldi. Allaqachon farzandida ovqatlanish muammosi bor 6 ta onajonga yordam berishga ham ulgurdi. Uyqu rejimi va qo'shimcha ozuqa kiritish haqida jonli efirlar tashkillagan va bu efir ko'plab onalarga foydali bo'lgan. https://t.me/+PlTKEJfRuXRiNzIy
Mostrar todo...
👍 22 5
Zumradni universitet paytidan taniyman. Ham Magistraturada o'qiydi, ham bolajonisiga zo'r qaraydi. Ilhom olaman. Yaqinda boshlanayotgan "Sog'lom bolalik" kursiga menam qo'shildim. Siz ham qo'shiling, birga o'qiymiz 😁 Kurs aslida 300 ming ekan. "Sojidani kanalidan keldim" desangiz 20% chegirma ekan. 240😍 Batafsil https://t.me/c/1226781968/8702
Mostrar todo...
13👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bilasiz, Imronbekka tug'ilgandan beri anchagina kurslar o'qib, kitoblar o'qib parvarish qildim. Qanaqa yuvintirish kerak? Qanday massaj qilish kerak? Qanday ovqatlar yeyish kerak? Kun tartibi va uyqu tartibi qanday bo'lsin? Hammasini o'qib, o'rganib qilganman. Menga foydasi sezildi. Ovqat tanlamay faqatgina ko'kat va tabiiy sabzavotlar yeydi. Shirinlik yemaydi. Hali bir yosh bo'lmay yurib ham ketti😍🙈 MashaAllah deb qoying. Agar yangi onalar, bo'lajak onalar o'qiyotgan bo'lsa bugun sizga ham bir kursni tavsiya qilmoqchiman. Bilasiz, kanalda reklama qilmayman. O'zim ishonganim uchun ham tavsiya qilyapman.
Mostrar todo...
🔥 34 16👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
Aytgancha, har kuni ertalab aylanishga chiqqanimizda bir guruh odamlar shunaqa yalang oyoq nimadir duolar o'qib yurishadi. Deyarli har kun ko'raman. Bugun gaplashib qoldim. Diniy fakultetda o'qiydiganlar ekan, Xristianlik bo'yicha o'qirkan. Meniyam rossa cherkovlariga chaqirishdi. Men zo'rg'a yo'q deb qutuldim. O'tgan oyda ko'chada Cherkovga targ'ib qilayotgan ayollarga bilmay telefon nomerimni beribman. Telefon qilib, SMS yozib "Keling Cherkovga, mehmon qilamiz" deb qo'ymadi. Zo'rg'a qutuldim😱 Koreyada Cherkovga qancha ko'p odam kelsa shuncha yaxshida, hammani chaqirishadi shunga. Yangi kelganlar ehtiyot bo'ling. Koreyscha bilmayman uzur deb ketvoring. Mendek ko'ngli bo'sh bo'lib nomeringizni bermang🙈 Siz shunaqa vaziyatda nima qilgan bo'lar edingiz?
Mostrar todo...
👍 48 19❤‍🔥 12🔥 6💯 3
Photo unavailableShow in Telegram
Hammaga Koreyadan anyonghaseyooo 😍 Bizni bugungi ajoyib kunimiz boshlandi. Avvallari bola bilan hech narsaga ulgurmasdim, endi kunlarimizni ancha rejimga solib oldim, Alhamdulillah. Hammasini kunlik rejalarimni bir kun avvaldan yozishdan boshladim. Kechqurun nimalar qilishim kerakligini yozib qoyaman. Kunduzi qayerga boraylik, nima qilaylik, nima ovqat qilaman deb o'ylanib yurmayman😎 Sizga ham tavsiya qilaman❤️
Mostrar todo...
42❤‍🔥 7👍 7
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.