cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🌸🌸 MaYuSGiNaM 🌸🌸

→☆♥♡♥Assalomu alekum varaxmatulloxu♥♡♥ vabarakotux♥♡♥☆← KaNaLiMiZGa HuSh KeLiBSz♥♡♥ HaYoTiY StAtUsLaR♥♡♥ MuSiC ¤ SHeRLa♥♡♥ HaYoTiY HiKoYaLaR♥♡♥ IshONiNG Sz UDaR KaNaLDaSiZ♥♡♥ ADMINKA →☆♥AFFUWKA♥☆← KaNaL OChiLGaN SaNa 16_04_2020

Mostrar más
Uzbekistán99 094El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
76
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

-Profile Photo ོ🌱🖇🥀 🍀T𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 | 👇 https://t.me/+WuUanaDZ7Bc2ZWIy 🖤
Mostrar todo...
-Profile Photo ོ🌱🖇🥀 🍀T𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 | 👇 https://t.me/+WuUanaDZ7Bc2ZWIy 🖤
Mostrar todo...
Кимда ким саҳарлик ёки ифторликга озиқ-овқати бўлмаса ёки шароити йўқ оилаларни билса бехижолат бизга мурожаат қилинглар. +998975932993 Озиқ-овқатлар етказиб берилади. Илтимос шуни тарқатиб юборинглар Зеро Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам "Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри берилади" деганлар
Mostrar todo...
Bu gul payganbarimizning yaxshi korgan gulari ekan bu gul 400 yilda bir marotaba ochilar ekan bizga nasib qilibdi korishlik OLLOXIMGA SHUKUR bu gulni xamma dostlarimizga yuboramiz barcha musulmon axli korsin
Mostrar todo...
Qizning sochlari ham pahmoq va qalin . Ayol qizning sochini to‘g‘rilab xunuk hiringladi va ketdi. -Umid bor Qiz bir sakrab tushib hurkak nigohini Saboxatga tikdi. -Qo‘rqib turishingdan qizaloq bu birinchi ishing. Hali umid uchquni bor. -Kimsiz? -Senga pul kerakmi? Shu uchun tanangni sotmoqchimisan? Qiz indamadi. Ammo ko‘zi yoshga to'ldi. -Adashmadim demak. Saboxat telefoniga ozroq termilib turdi . Ko‘p o'tmay Ikkisini oldiga Alixan keldi. -Qizni aytgan joyiga tashlab qo‘y. Saboxat qizning qo'liga ancha dollar tutqazdi. -Uyingga bor. Qiz mahkam Saboxatni quchoqlab oldi. -Rahmat. Qiz Saboxatning ortidan kuzatib turar ekan semiz shang‘illaydigan apparat qaytib keldi. -Hoy qiz qayerga? -Senga nima? Xotin qo'lini qachonlardir beli bo'lgan joyga qo'yib Saboxatga boshdan oyoq qarab chiqdi. -Demak sen ekansanda meni bugungi daromadimni qochirgan . Endi uni o'rniga men kimni kiritaman? -Men qayerdan bilaman. Istasang o‘zing kir. Lekin mijozingga yoqmaysan deb o'ylayman. Saboxat ochiqdan ochiq masxara qilib kuldi. -Ey yo‘q qo'g'irchoq sen xato qildingmi sen kirasan Xotin tezda gapirdiyu Saboxatni ortida turgan eshikka iatrib yubordi . O‘zi esa eshikni tashqaridan qulflab oldi. -Hoy yalmog‘iz eshikni och. Turqi sovuq botqoq mahluqi Saboxat eshikni mushtlab ura boshladi -Hay hay hay Saboxat ortga keskin burildi. 27-29 yoshlar atrofida bo'lgan qirra burun , hattoki qizlar havas qiladigan chiroyli qoshga ega, o'tkir nigohli yigit kulimsirab Saboxatga tikilib turar edi. Saboxat uni qayerdadir ko‘rgan. Saboxat yigitga tek qotib tikilib turaverdi. Yigit undan harakat bo‘lmagach o'zi Saboxatning oldiga keldi. Yuziga dam u dam bu tomondan sinchiklab tikildi. -Shunday chiroyli lablardan bunday yomon so'zlar chiqishi yaxshi emas. Yigit Saboxatning lablariga kulib termilib turgan bir fursatda Saboxat uning qorniga zarba berdi. Yigit sal uzoqlashgach xonaning narigi tomoniga qochib qoldi. -Bu endi nimasi ? Senga kerak bo'lgan pulni berdim. Evaziga nima qilishni bilasan -Kim senga pul ber dedi? -Seni bekang -Unda kelib uni o'zi seni ko'nglingni xushlasin Yigit og‘riq asta sekin kamayib Saboxatga boshdan oyoq yana bir bor qaradi. -Sen bu yerdagi qizlardan emassan. Ammo ko'nglimni xushlaysan bu kecha -Hayolinga ham keltirmagin Ammo yigit qat'iy Saboxatga yaqinlasha boshladi. -Xo‘jayin Tasodifan ochilgan eshik Saboxat uchun najot yo'li bo'ldi. Yigit chalg'igan paytda Saboxat uning yonidan tez o‘tib o‘zini tashqariga urdi. -A.aaa haligi .. -Bezovta qilmang demaganmidim. Yo‘qol ko'zimdan Yigit asabiylashib qo‘liga qadah oldi. Ko‘zi yerda yotgan S.A harfi mavjud bo'lgan oq to‘rli ro'molchaga tushdi. Uni yerdan olar ekan dimog‘iga bahoriy ajoyib gullar ifori urildi. -Bir kun yo‘limdan chiqasan. Shunday bo'lishiga majbur qilaman. Husayn Mirzayev sifatida so'z beraman. Muallif:Миледи Murojaat uchun: @Miledi01
Mostrar todo...
#Qalbto‘foni To'fon changalida 2- Qism Tunning tahlikasi atrofga yoyilib oy bugun o‘zini namoyon qilmadi. Har bir davlatda bo‘lgani kabi Fransiyaning ham tor va inson qalbiga vahima soladigan ko‘chalari mavjud. Mana shunday ko‘chalardan birining boshida oppoq mashina kelib to‘xtadi. Saboxat mashinadan tushib xaroba ko'chaga yaxshilab nazar soldi. Tomlari ko'chib ustunlari ko‘rinib qolgan, devorlari qoraygan uylarga to‘la ko‘chada odam zoti ko'rinmaydi. Esayotgan shamol Saboxatning tekis sochlarini dam bo'yniga o‘rab qo'yar , dam bo'ynidan halos qilib ortiga olib o‘tib uchirar edi. Shamolning uvillagan ovozi bo'lsa , inson zotini bu yerdan ketishga undar edi. -Ketdik Alixan Saboxat yon tomoniga qarab hech zog‘ni ko'rmadi. -Xudoyim o‘zing sabr ber Saboxat mashina oldiga bordi. Tahmin qilgan kabi Alixan mashina ichida o‘tirar, hattoki boshini yon tomonga burib qo'ymagan, qo'li hali hanuz rulda edi. Saboxat haydovchi oynasini ko'rsatkich barmog‘ining o'rta bo‘g‘imi bilan taqqilatdi. Alixan bo'lsa bitta qo'lini zo‘rg‘a ruldan uzib boshini burmagan holatda derazani tushirdi. Keyin sekingina boshini Saboxat tarafga qaratdi. -Shaharga qaytamizmi? -Ha avval bir insonni topamiz. -Sizni shu yerda kutaman. -Havotir olma mashinani hech kim o‘g‘rilamaydi. Alixan yutinib qo‘yib mashinadan tushdi. -Xonim qarang shamol esyapti. Havo sovuq. Balkim issiqroq payti kelarmiz -Sovuqdan o‘lmaysan havotir olma - Xonim qo'l ostingizda ishlagan paytimda shu ko'chaga bir bor kirgan edim. Ishoning bu yer juda xavfli. Orqaga qaytaylik . Hech bo'lmasa menga achining. Men o‘lib qolsam kim Aslano‘g‘lularni kuldiradi ? -Alixan -Ha xonim. Ortga qaytamizmi? -Bo‘ldi qil. Saboxat qing‘ir qiyshiq ko‘chalarga qadam qo'ydi. Umuman olganda Alixan haq edi. Bu yerda turli xildagi jinoyatchilarga to'lgan edi. Saboxat sekin bir necha odam qorasi ko‘rinishi bilan Alixan tomonga qaradi. Alixan sekin qurolini olib tayyorlanib olgach yo'lda davom etishdi . Ko‘cha ichkarisiga kirib borishar ekan begona sovuq chehralar ham ortib borar edi. Sovuq qarashlar ostida yurib borishar ekan ortlaridan tushgan odamlar ortib borar edi. Saboxat Alixanga chap tomonga qarab ishora qildi. Ammo u o'ylagandek burilmay turib oldidan yana bir necha odam chiqdi. -Bugun qarmoqqa yaxshigina o‘lja tushdi. -Buncha erta quvonma -Ovora bo'lmang bu yerdan tirik chiqish yo‘q. Saboxat cho'ntagidan o'zining muhrini olib chiqardi. -Bu qanday muhr -Agar menga zarar yetsa hech biringizdan urvoq ham qolmasligini isbotlaydigan muhr. Men turk mafiozlari sardori Yovvoyi Arslon bo'laman. Sizlarga hech qanday xusumatim yo‘q. -Unda nega bu yerda yuribsan Yovvoyi Arslon? -Menga shu muhrni yasagan odam kerak. -Sen Yovvoyi Arslon emasaan . Har bir sardor o'z muhrini kelib yasatadi. Sen bu muhrni o‘g‘rilagansan. Yolg'on gapirganning jazosi o'lim Saboxat va Alixan qo'liga darhol qurol oldi. -Bas qiling To‘da ichiga yoshi 60 larga borgan qotmadan kelgan erkak kishi kirdi. Saboxatga yaqin kelib unga tikildi. -Ortimdan yur Yovvoyi Arslon. Alixan va Saboxat o‘sha kishi ortidan yurib eski yerto‘laga tushdi. Bu yerni eski lampa chiroq yoritib turar, yog'och stol atrofida dumaloq kichik kursilar terilgan edi. Saboxat omonatgina ulardan biriga o‘tirdi. Alixan oyoqda qoldi. -Seni nima bu yerga boshlab keldi? Har holda yangi muhr yasamoqchi emasdirsan? -Yo‘q. Saboxat Fransuaga ko'rsatgan muhrini stol ustiga qo'ydi -Buni siz yasaganmisiz?
Mostrar todo...
-Demak Fransuadan foyda yo‘q. -Taasufki shunday Go‘rbuz -Endi nima qilmoqchisiz? Turkiyaga qaytasizmi? -Yo‘q -Xonim Fransuadan foyda yo'qligini aytdingiz. Demak Fransiyada qolishdan foyda yo'q. Ortga qayting. Hal qilinishi kerak bo'lgan ancha ishlar bor. -Tushun Go‘rbuz qayta olmayman. Hayotim juda chalkashib ketdi. Shundoq ham oilam qotillarini qidirishni naqd 5 yil ortga surdim. Yetadi -Nima qilmoqchisiz Xonim? -Turkiyda bu muhrdan foyda yo'q. Davlatlararo kezib qidirishdan boshqa chorani ko'rmayapman. -Ammo bu vaqtni oladi. -Nimanidir topish uchun nimanidir qurbon qilish kerak. -Sizga hamroh bo‘laymi xonim? -Yo‘q . Sen meni o'rnimda turishing kerak. Sen va Serkan birgalikda mafiyani boshqaring. Yonimda Alixan bor. -Qaysi davlatdan boshlamoqchisiz? -Fransiyadan. Bu yerda doimiy mafiya to'dasi yo‘q. Biroq bu yerga juda ko'p mafiya guruhlari kelib ketadi . -O‘ylaysizki muhr ulardan biriga tegishli bo'ladimi? -Aniq bir nima deya olmayman -So‘rab surishtirsangiz ular sizga nimadir qilsachi? Yonizda Alixan va bir necha tansoqchi bor xolos. -Tavakkal qilamiz Go‘rbuz. -O‘zingizni ehtiyot qiling. -Havotir olma. Saboxat go‘shakni qo‘yib qo'liga katmoni oldi -Xonim tungi klubga nega keldik? -Ko‘ngilxushlik uchun emas albatta. Mafioz qidiramiz Saboxat mashina eshigini ochishga tutindi -Xonim bu g‘alati emasmi? -Nimasi g‘alati? -Har holda bu yerda kim mafioz deb qidirmassiza? -Birinchidan siz emas biz. Ikkinchidan sal aqlingni ishlat. Saboxat mashina eshigini qarsillatib yopdi. Saboxatning oldidan bir gala qiz yarim yalang'och holda qiqirlashib o'tdi. Qizlar bir biriga Saboxatni ko'rsatib hiringlab ichkariga kirib ketdi. -Sizni bu ko‘rinishda u yerga qo'yishmaydi. Saboxat Alixanning gapini eshitib egniga nazar soldi. Hech qanday bezaklarsiz , tizzadan uch to‘rt santimetrcha tushib turgan keng yprqin moviy rang yubka, yengi fonus kabi ishib turgan, oq koftasi o'quvchilarning ko'rinishini esga solar edi . Chakkadan olinib ortga o‘rib, oddiygina kichik kapalaksimon to‘g‘nog‘ich yordamida qadab qo'yilgan sochi ham bu ko‘rinishni mustahkamlab turar edi. Bezak sifatida shunchaki oq marvaridli marjon taqqan edi. Oyog'ida ixcham qizil tufli . U ham har qanday bezakdan yiroq. Yuzida ham labiga nomigagina surtilgan bo‘yoq bor . -Ko‘rinishimga nima qilibdi? -Hech nima . Faqat qo‘lizga qo‘lqop taqib yelpig‘ich ham olvolsangiz zo‘r bo'lar edi. Alixanning kuldirgichi namoyon bo‘la boshladi. -Hozir shu burro tilingni sug'urib olaman. Ketdik. Saboxat eshik yoniga yetganda qo‘riqchilar hayrat bilan unga tikildi. -O‘ylaymanki bugungi kecha ajoyib o‘tadi Saboxat 100 yevroni ikki barmog‘i orasida ehtiyot bilan ushlab qo'riqchiga uzatdi. Qo'riqchilar o'zaro ko‘z urushtirib pulni oldi. -Xush kelibsiz madmuazel Alixan ichkariga kirar ekan hayratini izhor qildi -Lol qoldirishni yaxshi ko'rasiza Xonim -Unutma, aqlli savdogar har narsani sotib ola oladi. Ana endi tarqalamiz. Saboxat Alixanga raqs maydon maydonchasida bo'lishini aytib o‘zi yuqori qavatga chiqdi. Bu qavatda xonalar bo‘lib asosan puldorlar shu yerda ko‘ngil yozadi. Koridor bo‘ylab yurar ekan quloqqa har xil betakalluf so‘zlar va so'kinish eshitilib xunobini oshirar edi. -Janob chaqirgach ichkariga kirasan. Ko‘ziga tik qarama, xohishini bajar. Yo‘lak boshida semiz ayol yoshgina qizni qo'lidan ushlab tinmasdan yoqimsiz javrar edi. Qiz yosh kirgan bo‘lsa endigina o‘n sakkizga kirgan. Sonini yarmidan yuqorida turadigan yashil yaltiroq ko'ylagi negadir Saboxatning yodiga yashil qo'ng‘izni esga soldi.
Mostrar todo...
Qariya muhrni olib unga nazar tashladi . Keyin Alixanga tek qarab qotib turdi . Saboxat gap nimada ekanini darhol angladi -Alixan tashqariga chiq. Alixan ustaga ishonchsiz nazar tashlab ularni holi qoldirdi -Murhni haqida nimalarni bilasiz? Uni kim yasagan? -Bu muhr sening qo‘lingda qanday paydo bo‘lib qoldi deb so'rashdan menimcha aniq foyda yo'q. Hamma ma'lumotni bilmaganunigcha sen qizdan qutulmasligim aniq. Qariya o'rnidan turib kichik yog'och jahonda shisha va chang bosgan stakan oldi. Shisha tiqinini tishi bilan sug'urib stakanni to'ldirdi. Bir ko'tarishda uni bo'shatib boshini ortga tashladi. -Bu muhrni men yasaganman. Bu mening dastlabki faoliyat davrim edi -Nima? -Ha bu muhr yasalganiga yaqin o'ttiz yil bo‘ldi . -O‘ttiz yil? -Ha u yoq bu yog'i ikki yil farq "Bo'lishi mumkin emas. O'ttiz yil avval Humoyun hattoki dunyoga kelmagan edi. Nahotki bu ancha qadim masala" - Xotiram pand bergani yo'q. Chunki u meni 33 yillik faoliyatim davridagi eng antiqa mijoz edi. Boshqa unaqasini uchratmadim -Nima demoqchisiz? -Odatda muhrdagi belgi sardor iltimosiga ko'ra tayyorlanadi. Biroq o'sha kuni unday bo'lmadi. Men muhrdagi burgut timsolini uning ko‘ziga qiyoslab tushiridim. Uning ko'zlari xuddi burgutniki singari yonar edi. Men shuncha yillik umrim davomida ikkita shunday ko'zni ko‘rdim . Biri Husan Mirzayevda ikkinchisi bo'lsa o'sha yigit Rahim Muradailyevda edi -U haqida yana nimalarni bilasiz? - Boshqa u haqida eshitmadim. Muhrni ham boshqa ko'rmadim. Lekin senga bir gapni aytishim kerak Qariya muhrni Saboxat tarafga yaqin surdi -Bu asl nusxa. Uni shaxsan o‘zim yasaganman -Aytmoqchisizki -Har bir sardor o‘zi uchun bitta muhr yasatadi va uni yillar davomida o'zi bilan olib yuradi. Unga o'xshash nusxalari yasaladi albatta. Uning ishongan odamlari qo'lida bo‘lib ishonchnoma kabi bo'ladi. Biroq haqiqiysi sardordan aslo ajralmaydi. Qo‘lingdagi esa sardorga tegishli. Saboxat mashinaga o'tirar ekan hayotida o'zi umuman tanimagan inson Rahim Muradaliyev haqida o'yladi. Saboxat og‘rib ketgan boshini ortga tashladi. -Xonim tuzikmisiz? -Ha -Shohista siz ichkarida bo'lgan paytingizda xabar yuborgan edi -Nima deb -Xolmat amakingiz ertaga Turkiyaga kelar ekan Saboxatning yumuq ko‘zlari mosh kabi ochildi. -Faqat bu emas . Faqat hozir emas. Muallif: Миледи Murojaat uchun: @Miledi01
Mostrar todo...
Ma'lum sabablarga ko'ra Husayn Mirzayev ko'rinishini ozgartirdim
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.