cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Mutolaa olami

Xush kelibsiz! Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi. <> © Farengeyt boʻyicha 451 daraja

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 621
Suscriptores
+13024 horas
+1027 días
+3030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Mostrar todo...
UzBookblogs

astronaut invites you to add the folder “UzBookblogs”, which includes 32 chats.

2
#sovgʻa Bookaholic'dan sovgʻalar yetib keldi, judayam xursand boʻldim, kitoblaringizga kitob qoʻshilaversin)
Mostrar todo...
6🕊 3
00:12
Video unavailableShow in Telegram
Mening hozirgi holatim haqida qisqacha)) Farqi — mening chashkam boʻsh boʻlmaydi)) @mutolaa_olami
Mostrar todo...
Annelerim-yoruma-gelin-dertleşelim.mp41.55 MB
👍 12🥰 1🤯 1
"Sening qalbing boshingdan yaxshi, Jon.." Menimcha, hammada shunday.?
Mostrar todo...
4🥰 2
"Odam oʻzini baxtiyor his qilgan joydan qochmaydi".
Mostrar todo...
👍 14 7🔥 3🥰 3
Atrofda shunday odamlar borki,
ular goʻyoki loydan yasalgan holicha qolib ketganday
..
Mostrar todo...
18👍 4
Mutolaa ilovasi haqida 1 oylardan beri shu ilovadan kitoblar eshitib, oʻqib turibman. Ish orasida, bola bilan shugʻullanarkan, audiokitoblar eshitish juda qulay ekanligini angladim. Ilovaning audiokitob shakli ancha yaxshi, telefoningiz blok holatida ham ekranda aks etib turadi va mutolaani toʻxtatib turish uchun telefonni blokdan ochish shart emas va telegram yoki boshqa tarmoqlardan audiokitob yuklab olib, eshitgandan afzalroq tomoni shundaki, reklamalar bezovta qilmaydi(telefonimdagi music player reklamalari bezdirib yuborgan). Elektron kitob qismidan 1 ta kitob oʻqidim. Menimcha, bu qismda biroz xatoliklar bor, Asaxiy bilan solishtirilsa. Shu paytga qadar telefonda faqat Asaxiy ilovasidan elektron kitob oʻqiganman. Oddiy pdf/epub/djvyu kitoblarni kompyuter yoki kindle'dan oʻqirdim. Kecha X.Sultonovning "Ishonch telefoni" asarini oʻqiganimda mutolaani toʻxtatib, ilovadan chiqib, boshqa yumushni qilib, yana mutolaaga qaytmoqchi boʻlsam, kitobni boshi kelib qolgan boʻlardi, yaʼni ilovadan kitobga qayta kirmoqchi boʻlsangiz, oʻqishni toʻxtatgan joyingizni yoki eslab qolgan boʻlishingiz kerak, yoki bir boshdan qayta topishingiz kerak. Audiokitob qismida esa kitobni toʻxtatgan joyingizda turar edi. Va yana keyingi bobga oʻtish jarayoni ham biroz muammoli. Har safar mundarijadan oʻtib turdim. Baʼzan esa oʻqilayotgan bob tugamasdan keyingi bobga oʻtib qolaverdi. Lekin yoqqan tarafi ham yoʻq emas. Har doim meni rohatsiz qiladigan jihatlardan biri biror soʻz yoki atamaning izohi sifatida keltirilgan snoskalar kitob oxirida glossariyga oʻxshab berilishi. Yaʼni izohini bilishim kerak boʻlgan soʻzni doim kitobning orqasidan izlash men uchun yoqimsiz holat edi. Va bu koʻpincha izohlarga qaramasdan oʻqishimga sabab boʻlardi(Asaxiy ilovasi ham bu noqulaylikdan benasib emas). Bu ilovada snoskalar giperssilka orqali izohga bogʻlangan va izohni oʻqib olgach, unga yana oʻqilayotgan sahifaga qaytish funksiyasi yoqilgan. Bu juda maʼqul ish, menimcha. Ilova haqida turli fikrlarga qaramay, juda yaxshi ish qilingan, har bir kishi foydalansa, arziydi, deb hisoblayman. P.s.: aytish lozimki, men bu ilovaning shunchaki foydalanuvchisiman. Ishchisi yoki aʼzosi emas. Mutolaadan charchamang, doʻstlar! @mutolaa_olami
Mostrar todo...

6🔥 3👍 1
#mutolaa Irqiy ayirmachilikni qoralovchi asarlar ichida "Mazaxchi qush" nihoyatda yoqqan edi. Bu kitob ham ("Tom togʻaning kulbasi") juda yaxshi ketyapti. Lekin kitobda juda koʻp uslubiy xatolar ketgan. Muqovadayoq juda katta hisoblarga aniq miqdorni bildiruvchi "dona" soʻzi ishlatilgani yetmaganday, ortidan "ortiq" soʻzi ham keltirilgan. Koʻp soʻzlar aslida oʻzi sifat boʻlaturib, ularga yana sifat yasovchi "-li" qoʻshimchasi qoʻshilgan. Menimcha, bunga muharrir ham, musahhih ham aynan bir kishi ekani sabab boʻlsa kerak, kishi oʻz xatolarini koʻpincha koʻrmaydi yoki xato hisoblamaydi)
Mostrar todo...
👍 5
Har gal yangi kitob sotib olganimda oʻquvchilarim yuborgan shu mem esimga kelaveradi))
Mostrar todo...
🐳 4🔥 2💔 1
#Bugungi xaridlar(⁠✿⁠^⁠‿⁠^⁠) Tashvishlar koʻpaygan sari odamda hafsala ham kamayib borishi rost. Rasmlardan ham bilish mumkin buni (Taxtlar oʻyini'ni rasmga olishda juda qiynaldim, bir qoʻlda koʻtarib turish qiyin ekan)). Avvallari uzluksiz kitoblar olishga imkonim doim ham boʻlmasdi, lekin qiziqqan kitobimni yo kutubxonadan, yoki elektronini qogʻozga chiqarib oʻqir, yoki kompyuterdan oʻqib qoʻyardim. Hozir kitob olishga imkonim bor-u, oʻqishga fursat topolmay halakman. Bu ruhimni shunaqa ezadiki.. Aqlingiz buyurgan ishlar sizni ikki hissa toliqtiradi, qoniqtirmaydi ham, ruhan sevgan ishni esa bajarib charchamaysiz. Bir paytlardagi oʻzimni, holatimni juda ham sogʻinib ketaman baʼzan..
Mostrar todo...
🥰 10🔥 7👍 3🐳 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.