es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete 👈

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Canal cerrado

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Mostrar más
3 617
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
My Top 10 Tips for Better English Speaking @SpeakingEnglish_uz

What've you been reading lately?

Steve_Jobs_-_Walter_Isaacson_epub_.pdf9.43 MB

#attention #diqqat #mustread Steve Jobs by Walter Isaacson #summary Based on more than forty interviews with Jobs conducted over two years - as well as interviews with more than a hundred family members, friends, adversaries, competitors, and colleagues - Walter Isaacson has written a riveting story of the roller-coaster life and searingly intense personality of a creative entrepreneur whose passion for perfection and ferocious drive revolutionized six industries: personal computers, animated movies, music, phones, tablet computing, and digital publishing. At a time when America is seeking ways to sustain its innovative edge, and when societies around the world are trying to build digital-age economies, Jobs stands as the ultimate icon of inventiveness and applied imagination. He knew that the best way to create value in the twenty-first century was to connect creativity with technology. He built a company where leaps of the imagination were combined with remarkable feats of engineering. P.s. Blogimda tavsiya qilayotgan har bitta kitobni shaxsan o'qib chiqib keyin joylayman. @SpeakingEnglish_uz

photo content

💎 Eng qiyin ish — boshlash Negadir insonlar birorta g'oya ustida bosh qotirishadi-yu, ammo harakat qilishmaydi. Ularga jismo
💎 Eng qiyin ish — boshlash Negadir insonlar birorta g'oya ustida bosh qotirishadi-yu, ammo harakat qilishmaydi. Ularga jismoniy emas, moral yordam kerak. O'zingizni shu yerda ko'rdingizmi? Unda ishni motivatsiyadan boshlang! 💪 @Stiv_Jobs kanali sizga bu motivatsiyani berishda yordam beradi! — 15 daqiqalik mutolaa va tuganmas motivatsiya Ishni boshlash qiyin, ammo kanalga obuna bo'lish oson. Qiyin "ishlarni" osonlashtiramiz 👉 @stiv_jobs

Bill Gates yoz uchun tavsiya qilgan 5 ta kitob
Bill Gates yoz uchun tavsiya qilgan 5 ta kitob

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIOVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK #part3 3. OVOZ YOZIB OLADIGAN DASTURDAN FOYDALANING. Ovoz yozib oladigan dasturlardan foydalanish orqali shaxsiy progresingizni tekshirishingiz mumkin. Shuningdek, qayerda va nimada xatolarga yo'l qo'yayapsiz, aniqlik kiritishingiz, ularni ustida ishlashingiz va qaytarmaslikka harakat qilish imkoningiz ham bo'ladi. Agar ingliz tilini yolg'iz o'rganayotgan bo'lsangiz, tabiiyki sizni xatolaringizni tekshiradigan, to'gri yo'l ko'rsatadigan hech kim bo'lmasligi mumkin. Shunday vaziyatda bu mashq yordamga keladi. Nima haqida gapirishiningizni ahamiyati yo'q. O'zingizni yirik auditoriya oldida spich berayotgandek tutishingiz, qo'shiq kuylayotganingizni yozib olishingiz, kundalik o'y-hayollaringizni, miyangizdan o'tayotgan fikrlarni yozib olib eshitishingiz mumkin. Ba'zi insonlar o'zini ovozini eshitishni unchalik yoqtirishmaydi. Boshida noqulay, noodatiy bo'lib tuyulishi mumkin. Shunga qaramasdan, ovozingizni yozib olib nimada xato qilayotganingizga, kuchsiz tomonlaringiz nimada ekanligiga aniqlik kiriting. Xatolarni ustida ishlamas ekansiz, ular o'z o'zidan yo'q bo'lib qolmaydi. Qayerda va nimada xato qilayotganimizni odatda o'zimiz payqamaymiz. Deylik, Ingliz tilida speaking praktika qilyapsiz, gapirish jarayonida aksariyat so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilayotganligingizni payqamasligingiz mumkin. Buni esa eshitib ko'rib neytral va xolis baho berish mumkin. Shaxsan men ham birinchi marta ingliz tilida gapirganimni yozib olib eshitganimda, ba'zi so'zlarni umuman noto'g'ri talaffuz qilib yurganligimni sezganman. Ungacha ana o'sha so'zlarni to'g'ri aytayapman deb o'ylaganman. Bu metoddan doimiy foydalanishni maslahat beraman. Kuniga ko'p emas 5 daqiqa vaqtingizni ajrating. Chatda yozishni o'rniga, ingliz tilida ovozli habar qoldirish orqali muloqot qilishingiz mumkin. Bu ham imkoniyatdan unumli foydalanishga kiradi. P.s. Do'stlar kanalimda berib borayotgan har bitta metodni sinab ko'ring. Men qancha ko'p informatsiya bermay, speakingni rivojlantirish bo'yicha metodlarni o'rgatmay, agar siz shunchaki o'qib o'tib ketaversangiz, hech nima o'zgarmaydi. Doimiy praktika— muvaffaqqiyatni garovidir. Bir kechada natijaga erishib bo'lmaydi. Istagan natijangizga erishmaguncha o'z ustingizda ishlashdan to'xtamang. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

Ziyraklik testi👀 Sizningcha qaysi suratdagi pasport. soxta😰 Javob pastda👇
Ziyraklik testi👀 Sizningcha qaysi suratdagi pasport. soxta😰 Javob pastda👇

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK #part4 4. KAMERA QARSHISIDA GAPIRING. Oldingi qismda ingliz tilida gapirganingizni telefonda maxsus ovoz yozib oladigan dasturga yozib eshitib ko'rishni, xatolaringizni tahlil qilishni maslahat bergan edim. Bugun, siz bilan bu mashqni keyingi bosqichga olib chiqamiz — kamera oldida gapirish. Kamera oldida gapirishni nima foydasi bor deyishingiz mumkin. Ingliz tilida gapirganingizni videoga olib uni ko'rish orqali gapirish qobiliyatingizga baho berishingiz mumkin bo'ladi. O'z-o'zini tekshirishning bundan ham mukammalroq usuli bo'lmasa kerak. Chunki, sherigingiz yoki o'qituvchingiz har doim ham sizga ochig'ini aytmasligi ya'ni nimada xato qilayotganingizni, kamchiliklaringizni sizni hafa qilmaslik uchun yoki shunchaki payqamay qolishi natijasida aytmasligi mumkin. Lekin, kamera sizga borini — yashirmasdan aytadi. Birinchi marta ingliz tilida gapirganingizni videoga olganingizda o'zingizni noqulay sezishingiz tabiiy hol. Bu sizni to'xtatib qo'ymasin. Video oling deganimda — telefongizdagi kameradan foydalanib video olishni nazarda tutyapman. Maxsus kamera yoki professional videochi qidirib yurmang. Video olishingizdan asosiy maqsad speakingizni rivojlantirish. Videoni hech kimga ko'rsatmasligingiz mumkin. Lekin, kamchilik va xatolaringizni xolis analiz qiling. Facebookda The Fluency Community deb nomlangan ingliz tili guruhi bor. Shu guruhda har hafta #weeklydiscussion o'tkaziladi. Har hafta munozara uchun mavzu joylanadi. Guruh a'zolari esa shu mavzu bo'yicha qisqa video olib gruppaga joylashadi. Butun dunyodan insonlar ingliz tilini rivojlantirish uchun har kuni videolar joylashadi. Facebook ishlatadiganlar shu guruhga a'zo bo'lishingiz va ingliz tilini boshqa ko'plab insonlar bilan birgalikda o'rganishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

Demo darsi yakunlandi. Kerakli hamma malumotlarni bera oldim degan umiddaman. Kimda yana savol bo'lsa berishingiz mumkin. @Baxtiyor_Toshboyev