ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT
Canal cerrado
Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs
Mostrar más3 617
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
Ingliz tilini o'rganish uchun sizningcha qancha vaqt ketadi?
#attention #diqqat #mustread
"SHADOWING" TEXNIKASI QANCHALIK FOYDALI
part2
SHADOWING TEXNIKASI AYNAN QAYSI SKILLARNI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERADI?
1. SPEAKING.
Shadowing texnikasi shubhasiz, speakingni rivojlantirishga, tabiylik va ravonlikni oshirishga yordam beradi. Doimiy shadowing qilish (kamida bir kunda 1 ta videoni shadowing qilsangiz 1 oy ichida natijalarni sezib boshlaysiz) speakingizni kuchaytirishga katta yordam qiladi. Bu texnikadan shaxsan o'zim deyarli har kuni foydalanaman, yuqori effektli metod bo'lmaganida sizga tavsiya qilib o'tirmasdim. Lekin muhim bir jihat bor — "Consistency is the key here". Bugun bitta video shadowing qilib, bir oydan keyin yana bitta video shadowing qiladigan bo'lsangiz 10 yilda ham natijasini his qilmaysiz🤦♂️.
Practice makes perfect. Har kuni kamida 1 ta video shadowing qiling, effekti 💯
2. PRONUNCIATION
Pronunciation bu — so'zlarni talaffuz qilish. Menimcha, til o'rganuvchilar orasida eng kam ahamiyat beriladigan, e'tiborsiz qoldiriladigan skill hisoblanadi. Sababi ham bir tomondan tushunarli, bizga ingliz tilini o'rganishimizda to'g'ridan–to'g'ri foydasi yo'qdek tuyuladi ( Pronunciation haqida hali alohida bir necha kun gapiramiz balki haftalar ketar, chunki juda muhim va katta tema). Shadowing qiish tabiiy ravishda so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishingizga yordam beradi. Borgan sari "tilingiz kelishib" boradi. Og'iz va til mushaklari uchun shadowing texnikasi bu bir "exercise". Bundan ko'rinib turibdiki, qancha ko'p va davomiy shadowing metodi praktika qilinsa, shuncha yaxshi natijalarga erishish mumkin.
3. INTONATSIYA VA RITM
Intonatsiya bu gapirganingizda so'zlarni ohangining ko'tarilishi va tushishi. Intonatsiyadan to'g'ri foydalanish gapirganda robotga o'xshab qolmasligingizni ta'minlaydi. Inson hissoyotlari ham u gapirganda so'z intonatsiyasiga ta'sir qiladi. Ritm esa gapdagi so'zlarni tempi, stressi hisoblanadi. Stress bu urg'u.
Ochig'ini aytsam, ko'pincha Intonatsiya va ritmga alohida e'tibor qaratilmadi ( bu haqida ham alohida gaplashamiz). Intonatsiya, ritm va stress borligi uchun musiqa mavjud. Ularsiz robotlarga o'xshab gaplashgan bo'lardik.
SHAXSIY "SHADOWING" METODIM
Yuqorida keltirilgan Shadowing texnikasi dunyoda umumiy va keng tarqalgan uslub. Effekti 💯 bo'ladi. Juda ko'p lingvistlar, soha mutaxassislari, poliglotlar shadowing texnikasidan foydalanishadi va tavsiya qilishadi. Shadowing metodining effekti borasida o'tkazilgan bir necha xalqaro miqyosdagi tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Men foydalanadigan shadowing texnikasi biroz boshqacharoq.
1. Videoni subtitrni yoqib qo'yib ko'raman, shu bilan birga ovoz chiqarmasdan (ichimda) birma-bir speakerni qaytaraman. Kontekt, speaker ishlatayotgan so'zlar bilan tanishib chiqaman.
2. Ikkinchi marta sal boshqacharoq bo'ladi. Videoni 2-marta qaytadan ko'raman, bu safar "Setting" dan videoni ovozini butunlay ochirib qo'yaman, agar videoni tempi juda yuqori bo'lsa (agar speaker juda tez gapirsa) gapirish tezligini 0,75 ga (Youtube "Setting" da "Playback speed" degan joyi bor, ana o'sha yerdan o'zgartirish mumkin) qo'yaman, shunda subtitr sekinroq chiqadi. Bu safar ovozimni chiqarib subtitrga qarab gapiraman. Bunda ko'proq xuddi o'zimni nutqimni gapirayotgandek tutaman.
Kinolarda ko'rgan bo'lsangiz kerak buni: teleboshlovchilar uchun kamera ortida nutq matni berib boriladi. Ular esa yodlab aytgandek gapirishadi. Men ham huddi shunday qilaman.
Qisqasi, to'g'ri tushuntira oldim deb o'yliman!
P.s. Shadowing texnikasi bo'yicha ma'lumotlar foydali bo'ladi degan umiddaman. Fikringizni botda qoldiring. Postni do'stlaringiz bilan ulashing. @reallifeenglishbot
Telegram | Instagram | TikTok
#attention #diqqat #mustread
"SHADOWING" TEXNIKASI QANCHALIK FOYDALI
"Shadowing" texnikasi haqida eshitganmisiz? Nima uchun hozirgi kunda til o'rganuvchilar orasida trendga aylanib boryapti? Chindan ham samaralimi?
Shadowing texnikasi SPEAKING, LISTENING va PRONUNCIATION skillarini rivojlantirishning ajoyib usuli. Lekin ko'pchilik bu texnika haqida yetarli ma'lumotga ega emas.
Shadowing texnikasini qulayliklari:
1. Hech kimning yordamisiz yolg'iz bajara olishingiz
2. Ko'p vaqt talab qilmasligi ( odatda 15-20 minut)
3. O'ta samarali
4. Umuman pul talab qilmasligi
SHADOWING O'ZI QANAQA METOD?
Sodda qilib qilib aytganda, shadowing bu — til o'rganish texnikasi, bunda siz audio yoki videoni eshitasiz va orqasidan nimani eshitgan bo'lsangiz takrorlaysiz. Ya'ni soyaga o'xshab qaytarasiz, "shadowing" so'zi ham shundan kelib chiqqan.Video yoki Audiodagi speakerni eshitasiz va ovoz chiqarib uni so'zlarini qaytarasiz. E'tibor bering videoni ko'rib, uni to'xtatib, keyin qaytarmaysiz. Videoni ko'rayotganingizda (audioni eshitayotganingizd) uni to'xtatmasdan orqasidan qaytarasiz, bir vaqtni o'zida.
SHADOWING TEXNIKASIDAN QANDAY TO'G'RI FOYDALANILADI?
Shadowing qilish tartibini bosqichma–bosqich ko'rib chiqamiz.
1. Video (yoki Audio) tanlab oling. Video (yoki audio) tanlaganda sizni qiziqtiradigan sohada bo'lishiga e'tibor bering. Faqat ingliz tiliga oid video bo'lishi shart emas. Istagan sohada bo'lishi mumkin; food, dizayn, lifestyle, fashion, psixologiya, biznes, sevimli aktyor yoki aktrisangizni intervyulari bo'lishi mumkin. Ahamiyat berishingiz kerak bo'lgan jihat shundaki: speakerni aksenti siz o'rganayotgan aksentda bo'lishi, nisbatan sekinroq va tushunarliroq gapirishi kerak.
2. Videoni birinchi oxirigacha ko'ring (audioni oxirigacha eshiting). Qisqa videolar tanlashni tavsiya qilaman. Shaxsan men 10-12 minutlik videolardan foydalanib shadowing qilaman. Birinchi, videoni to'liq ko'rib chiqing, nechchi foiz tushunyapsiz, yangi so'zlar chiqyaptimi, shularga e'tibor bering. Darajangizga mos bo'lgan videolarni tanlashni tavsiya qilaman.
3. Shadowing qiling. Subtitrni istasangiz yoqib yoki ochirib qo'yib shadowing qilishingiz mumkin. Subtitr bilan shadowing qilish ancha osonroq. Shadowing qilayotganda diqqatingizni nima deyilayotganiga emas, so'zlarni talaffuziga qarating. Bitta videoni bir necha marta qaytarishingiz mumkin. Lekin 2-3 martadan ko'p qaytarmaslikni maslahat beraman.
Davomi bor... 2–qismda Shadowing texnikasini aynan nimalarda foyda berishini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, shaxsiy shadowing texnikam haqida ma'lumot beraman. Kanaldan uzoqlashmang!
Telegram | Instagram | TikTok
#attention
INDIVIDUALNIY TAYYORLANMOQCHI BO'LGANLAR UCHUN HAM KURSDA QATNASHISH IMKONIYATI BOR!
2 KUN VAQTINGIZ QOLDI
P.s. Do'stlar, faqat 10 ta qabul qilaman!
Murojaat uchun: 👇
https://t.me/Relentless_vs
#attention #diqqat #mustread
Jordan Peterson's Ultimate Advice for Students and College Grads - STOP WASTING TIME
Best thing you can do is teach people to write, because there's no difference between that and thinking and one of the things that just blows me away about universities is that No one ever tells students why they should write something It's like well you have to do this assignment well, why are you writing?
Well, you need the grade it's like no You need to learn to think. Because thinking makes you act effectively in the world, thinking makes you win the battles you undertake and those could be battles for good things.
If you can think and speak and write you are absolutely deadly. Nothing can get in your way so that's why you learn to write. I can't believe that people aren't just told that It's the most powerful weapon you can possibly provide someone with and I mean I know lots of people who have been staggeringly successful and watched them throughout my life.
I mean those people you don't want to have an argument with them. They'll just slash you into pieces and then not in the malevolent way. It's like if you're gonna make your point and they're gonna make their point you better have your point organized because otherwise you're gonna look like and be an absolute idiot you are not going to get anywhere and if you can formulate your arguments coherently and make a presentation, if you can speak to people, if you can lay out a proposal, god, people give you money, they give you opportunities, you have influence.
P.s. Jordan Peterson ning mashhur intervyularining biridan olingan qisqa podkast. Eshiting va izohlarda fikringizni qoldiring!
Jordan_Peterson's_Ultimate_Advice_for_Students_and_College_Grads.mp314.06 MB
How to stop translating in your head and start thinking in English
Why is it problem?
▪️Translating is time-consuming
▪️ You can't always express what you mean by translating exactly
▪️It can cause misunderstanding
Stop translating in your head and start thinking in English
▪️Narrate your day
▪️Make up conversations
▪️Be creative
P.s. Savol va fikrlarni izohlarda qoldiring
To treat yourself as if you were someone you are responsible for helping is, instead, to consider what would be truly good for you.
This is not “what you want.” It is also not “what would make you happy.”
You need to consider the future and think, “What might my life look like if I were caring for myself properly? What career would challenge me and render me productive and helpful, so that I could shoulder my share of the load, and enjoy the consequences?
"What should I be doing, when I have some freedom, to improve my health, expand my knowledge, and strengthen my body?”
⭕️ KURS TARTIBI:
▪️Asosiy dars haftada 3 kun o'tkaziladi;
▪️Shuningdek, har kuni qo'shimcha ko'rsatmalar va vazifalar berib boriladi;
▪️ Audio–Podcast shaklida yopiq telegram guruhda o'tkaziladi.
▪️24/7 darslarni kuzatish va savol-javob qilish imkoni.
⭕️ KURSDA QATNASHISH SHARTLARI:
▪️Darajangiz kamida Pre-intermediate bo'lishi;
▪️O'z ustida qattiq ishlovchi va kuniga bir necha soat Ingliz tiliga ajrata olishi
▪️Berilgan topshiriqlarni doimiy va o'z vaqtida bajarishi;
KURS NARXI: 120 ming
ESLATMA:
▪️Bu kurs Gramatika ham, IELTS ham emas. Kursda davomida:
— Listening,
— Speaking
— Reading,
— Vocabulary,
— Pronunciation skillarini
rivojantirishning tabiiy va eng samarali usullarini o'rganasiz
▪️Aktiv shug'ullanish kerak bo'ladi, chunki berib boriladigan ko'rsatma va vazifalarning amaliy bo'ladi.
▪️Joylar soni chegaralangan.
📥 Murojat uchun: @Relentless_vs
⚠️ Iltimos kursda qatnashish shartlari bilan yaxshilab tanishib chiqib, keyin murojaat qiling!
#attention #diqqat #mustread
"FROM INTERMEDIATE TO ADVANCED"
ONLINE KURSIDA NIMALAR O'RGANASIZ:
➕ SPEAKING ni chiqarish uchun kerakli ko'nikma va bilimlar
➕ LISTENING va READING ni rivojlantirishning samarali va effektiv metodlari va usullari
➕ VOCABULARY har kunlik ("context" dan o'rganish)
➕ PRONUNCIATION qoidalari
( linking, contractions, fast speech)
➕ PHRASES and PHRASAL VERBS
( most common ones )
⭕️ KURS FAQAT 1 OY DAVOM ETADI.
⭕️ KURSNI NARXI: 120ming
#attention #diqqat #mustread
QANDAY QILIB MIYADA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH MUMKIN?
#part2
Ingliz tilida miyangizda o'ylash orqali gapirish qobilayatingizni ham rivojlantirishingiz mumkin. Shuningdek, bosim kamroq bo'ladi, hech kim sizni "notog'ri gapiryapsan" deb tanqid qilmaydi. Xato qilish haqida havotirlanmasangiz ham bo'laveradi. Xatolar qilishingiz va bir vaqtning o'zida nima haqida o'ylayotganingizni tushuna olishingiz mumkin.
MIYANGIZDA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH
1. KUNINGZINI HIKOYA QILIB BERING.
Tasavvur qiling, hayotingiz hujjatli film, siz esa unda hikoyachisiz (narrator). Chunki, hujjatli filmlarda kuzatgan bo'lsangiz hikoyachi film davomida voqealarni sharxlab boradi. Siz ham xuddi shunday qilishingiz kundalik hayotingizda bo'layotgan doimiy voqea va hodisalarni (ular qiziqarli yoki zerikarli bo'lishi mumkin, lekin unutmang asosiy maqsad miyada ingliz tilida o'ylashni shakllantirish) tasavvur qilishingiz, ularni ingliz tilida miyangizda sharxlab borishingiz mumkin. Siz buni o'zingizni ovozingizda yoki uchinchi shaxsda — biron mashxur inson sharxlayotgandek o'zingizni tutishingiz mumkin.
2. SUHBATLAR O'YLAB TOPING
Biron tema tanlang va shu tema asnosida o'zingizni kim bilandir suhbat qilayotgandek tuting. Agar imtihonga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz, o'zingizni imtihon xonasida, imtihon oluvchini qarshisida o'tirganingizni tasavvur qiling va barcha savollarga xayoliy javob bering (savolni ham, javobni ham o'zingiz berasiz, chunki bularni hammasi sizning miyangizda sodir bo'lyapti). Yangi so'zlar o'rganayapsizmi, unda so'zlarni yodlash jarayonida o'zingizdan savollar so'rashingiz mumkin. Qanday mavzu tanlashingizning ahamiyati yo'q, muhimi domiy praktika qilish, o'z ustingizda ishlashni to'xtatmaslik.
Deylik, bir mavzu haqida bir necha marta miyangizda turli seraniylarni o'ylab ko'rdingiz, endigi bosqich ovoz chiqarib yoki sherik bilan praktika qilish bo'ladi. Bu metod sizning o'zingizga bo'lgan ishonchingizni, qa'tiyatingizni oshiradi, boshqa insonlar bilan suhbatga kirishganda sizda qo'rquv hissi ancha kamayadi.
3. KREATIVLIKNI ISHGA SOLING
Biron nimani ifodalashni doim birdan ortiq yo'llari bo'ladi. Kerakli so'zni eslolmagan taqdiringizda ham, fikringizni kreativlikni ishga solgan holda o'rniga boshqa so'z topish orqali yoki gapni strukturasini o'zgartirish orqali yetkazishingiz mumkin.
Misol uchun, siz kimgadir uyingizni kalitini yo'qotib qo'yganingizni tushuntirishga harakat qilyapsiz, lekin kalit — "key" so'zini eslay olmayapsiz, uning o'rniga "I can't open my door because it's locked" yoki "I can't get into my house, I lost the thing you use to unlock the door"
Ikala gapda ham "key" so'zi ishlatilmagan, lekin sizni bemalol tushuna olishadi, ya'ni kalitni nazarda tutayotganingiz aniq ko'rinib turibdi.
Agar miyangizda ingliz tilida o'ylash jarayonida biron so'zni topolmay bir joyda to'xtab qolsangiz, g'irromlik qilib o'zbek tilidan foydalanmang. Uning o'rniga kretivlikni ishga soling. Fikringizni ifodalashni boshqa alternativ yo'llarini qidiring.
Praktika jarayonida so'z topolmay qolsangiz quyidagi iboralardan foydalanishingiz mumkin:
▪️It's the opposite of...
▪️It's similar to...
▪️It's place where...
▪️It's something you use to...
▪️It's an action you do when...
Ingliz tilida o'ylash va miyada so'zlarni o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishni to'xtatishning boshqa ko'plab usullari mavjud. Bugun ulardan asosiylarini ko'rib chiqdik.
P.s. Qanchalik ko'p informatsiya olmang, qanchalik ko'p yangi metodlarni o'rganmang, agarda ularni amalda qo'llamasangiz, o'z ustingizda har kuni ishlamasangiz unutmang hech qanday natijaga erisha olmaysiz. Maqsadga harkatsiz erishib bo'lmaydi!
The world Is dangerous. But you're tougher than you think you are.
Qo'rquvni yengishni birdan bir yo'li unga qarshi chiqishdir. Qo'rquv sizni doim ortga tortib turadi, harakat qilishga, maqsad sari intilishga to'sqinlik qiladi.
#JordanPeterson #Psychology #BehaviourTherapy #Philosophy #CBT
