es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Canal cerrado

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Mostrar más
3 617
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
#attention #diqqat #mustread LISTENING — ESHITIB TUSHUNISH #part5 LISTENINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN ENG YAXSHI MASHG'ULOTLAR ________________________________ YOUTUBE Azizlar bugun va nihoyat, Listeningni rivojlantirish uchun so'nggi usul va shaxsiy fikrimcha, eng asosiysi — YOUTUBE dan qanday foydalanishni ko'rib chiqamiz. Youtube ba'zi insonlar o'ylaganidek faqatgina "mushuklar videolari" yoki "prank videolar" tomosha qilinadigan ijtimoiy tarmoq emas. Ingliz tilini o'rganish uchun eng yaxshi platforma hozirgi kunda bu — YOUTUBE (shaxsiy fikrim, albatta). Youtubeda minglab ingliz tilini o'rganishga oid videolar topishingiz mumkin, istagan vaqtingiz deyarli qiyinchiliksiz foydalanishingiz mumkin. ENG MUHIMI — BUTUNLAY TEKIN! YOUTUBENING FOYDALI TOMONLARI. Ko'pchilik til o'rganuvchilarning asosiy muommolaridan biri, shubxasis, vaqt yetishmasligidir. Agarda sizda ingliz tilini o'rganish uchun vaqtingiz kam bo'lsa, unda Youtubedan foydalanishingiz mumkin. Odatda, videoalar o'rtacha 10–15 daqiqani tashkil etadi. Menimcha, kuniga hech bo'lmaganda 1ta video ko'rish hech kimga qiyinchilik tug'dirmasa kerak. Youtubening asosiy afzallik tomonlaridan yana biri — TILI JUDA SODDA EKANLIGI. Chunki, til o'rgatayotgan blogerlar ularni kuzatayotgan auditoriya ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rganayotganini yaxshi bilishadi. Shuning uchun video tayyorlayotganda so'zlarni iloji boricha tushunarli va ravon talaffuz qilishga va kerakli ma'lumotlarni eng qulay metod va usullardan foydalanib tushuntirishga harakat qilishadi. Youtubening yana bir foydali tomoni shundaki, turli xil AKSENT larni o'rganish va ularni solishtirish imkoniyatining mavjudligi. Shaxsan men, Youtubedan massiv foydalana boshlagan paytlarim turli xil aksentlarda gapiruvchi blogerlarni kuzatardim, doimo ularning aksentini va so'zlarni tallafuzidagi farqlarni bir-biri bilan solishtirib borardim. Amerika, Britaniya, Avstraliya va Kanadalik blogerlarni kuzatardim ( asosan, amerikalik blogerlarni kuzataman). YouTube can provide unlimited resources almost in any subject. I am not talking about only language I mean EVERYTHING. Tons of professional teachers, bloggers are using platform as educational tool. Literally millions of videos in YouTube right now you can watch as many times as you want.

✍️Ingliz tilidagi chat qisqartmalari Agar online chat xizmatlari orqali xorijlik do’stlaringiz yoki tanishlaringiz bilan suhbatlashgan bo’lsangiz, ular chatda mahsus qisqartmalarni ishlatib gaplashishini sezgan bo’lishingiz kerak. Quyida ingliz tilidagi xabar yozishmalarida foydalaniladigan qisqartmalardan eng ko’p uchraydiganlari keltirilgan: ▪️?4U = I have a question for you. ▪️^^ = Read line above ▪️121 = one-to-one ▪️<3 = love ▪️2 = to ▪️2 mrw = tomorrow ▪️4 = for ▪️AFK = away from keyboard ▪️AKA = also known as ▪️ASAP = as soon as possible ▪️A/S/L = age/sex/location ▪️AYT = Are you there? ▪️B2W = back to work ▪️B4 = before ▪️BBL = Be back later ▪️BBS = Be back soon ▪️BF = boyfriend ▪️BFF = best friend(s) forever ▪️BRB = Be right back ▪️BTW = by the way ▪️CMB = Call me back ▪️CMIIW = Correct me if I’m wrong ▪️CU = See you ▪️CU L8R = See you later ▪️CUZ/COS = because ▪️CWYL = Chat with you later ▪️DC = disconnected ▪️DIY = Do it yourself ▪️DM = Direct Message ▪️F2F = face-to-face ▪️FAQ = frequently asked questions ▪️FB = Facebook ▪️FYI = for your information ▪️FYEO = for your eyes only ▪️GB = goodbye ▪️GF = girlfriend ▪️GG = Gotta go ▪️GL = good luck ▪️GR8 = great! ▪️HBD = Happy Birthday ▪️hhhhhh = very funny ▪️How r u = How are you? ▪️IC = I see ▪️IDK = I don’t know ▪️IMHO = in my humble opinion ▪️IK = I know ▪️IM = Instant Message ▪️IOW = in other words ▪️J/K = just kidding ▪️K = OK ▪️L8R = later (goodbye) ▪️LOL = laugh out loud ▪️M/F = male or female? ▪️mins = minutes ▪️MSG = message ▪️nv = nevermind ▪️OIC = Oh, I see ▪️OTW = on the way ▪️P2P = person-to-person ▪️PLZ = please ▪️PM = Private Message ▪️ROFL = rolling on the floor laughing ▪️RUOK = Are you okay? ▪️Sup or Zup = What’s up? ▪️SYL = See you later ▪️TGIF Thank = goodness it’s Friday ▪️THX or thnx = thanks ▪️TTFN = ta ta for now ▪️TTYL = Talk to you later ▪️TYT = Take your time ▪️u = you ▪️U2 = you too ▪️ur = your / you’re ▪️w/ = with ▪️w/o = without ▪️WRU = Where are you? ▪️XO = hugs and kisses / love ▪️ZZZ = tired / bored

photo content

#attention OXIRGI "ONLINE SPEAKING" GURUHGA QABUL KETYAPDI! 2 KUN VAQTINGIZ QOLDI P.s. Do'stlar ikki kun ichida qabulni yopaman, keyin shu bilan qachon yangi kurs ochishim noma'lum. Yana faqat 10 ta qabul qilaman! Murojaat uchun: 👇 https://t.me/Relentless_vs

#attention #diqqat #mustread LISTENING — ESHITIB TUSHUNISH #part4 LISTENINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN ENG YAXSHI MASHG'ULOTLAR. ______________________________ MOVIES Perhaps you’re still wondering if you can really learn English with movies. Kino ko'rishni yoqtirmaydigan inson bo'lmasa kerak. Bo'lsa ham shaxsan men unday insonni uchratmaganman. Demak, biz uchun kino ko'rish maroqli jarayon. Mana shu "maroqli" jarayondan til o'rganish uchun foydalanish mumkinligidan habaringiz bormidi? Listeningni rivojlantirishni eng effektiv va samarali va shuningdek qiziqarli usullaridan biri, shubxasiz, ingliz tilida kinolar ko'rishdir. NIMA UCHUN INGLIZ TILINI KINOLAR KO'RISH ORQALI O'RGANISHINGIZ KERAK. 1. Realniy hayotda ishlatiladigan IINGLIZ TILI ni o'rganasiz. Ana'naviy darslarda ingliz tilini odatda textbooklar orqali o'rgatishadi. Textbooklarning eng katta minus tarafi — ular O'TA ZERIKARLI. Shaxsan men, til o'rganish jarayonida umuman textbooklardan foydalanmaganman (eng yomon ko'radigan jihatim – kitob varaqlab, mashqlarga vaqt sarflash), shuning uchun ham odatda hech kimga textbooklardan o'rganishni maslahat bermayman. Til o'rganishni juda ko'plab qiziqarli va samarali usullari, metodlari turganda, ko'pchilik ana'naviy textbooklar orqali o'rganishni ma'qul ko'rishadi. Kinolarda ishlatiladigan ingliz tili juda ham tabiiy bo'ladi. Mutloq tabiiy demoqchi emasman. Bir narsani unutmasligimiz kerak, yozuvchilar va senaristlar aktyorlar nutqini oldindan tayyor qilishgan va aktyorlar esa ularni yod olgan bo'ladi. Lekin, shunga qaramay insonlar o'rtasidagi suhbatlarni imkon qadar tabiiy qilishga harakat qilishadi. 2. YANGI SO'ZLARNI KONTEKSTDAN O'RGANISH IMKONIYATINGIZ BO'LADI Kinolar ko'rish orqali yangi so'zlar o'rganish ham o'rganishingiz mumkin. As I said always " Best way to learn vocabulary is to learn from context". Odatda, an'anaviy darslarda yangi so'zlar kitoblarda berilgan "list" lar orqali o'rganiladi. Bunday usulda siz yangi so'zni ma'nosi NIMA ekanligini bilshingiz mumkin. Kino ko'rish orqali yangi so'z o'rganganingizda ularni QAYERDA va QANDAY HOLAT larda ishlatilishini ham o'rganishingiz mumkin bo'ladi. Bu esa sizga keyinchalik ana o'sha so'zlarni speakingda qo'llash imkonini beradi. Kino ko'rish orqali turli xil aksentlar bilan tanishishingiz, ulardagi farqlarni solishtirib ko'rishingiz mumkin. Bu ham kinolarning o'ziga xos tomonlaridan biri. Ko'pchilik listeningni rivojlantirish yo'lida uchratadigan asosiy to'siqlardan bir bu – aksentlarning turfa xillagi va ba'zilarining bir biridan keskin farq qilishi. Xo'p, sizda savol tug'ilishi mumkin. Aksentlarni farqiga borishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Turli xil davlatlar tomonidan ishlangan kinolarni ko'rish. British aksentni rivojlantirmoqchimisiz — unda "Garri Potter" ni ko'rishingiz mumkin. American aksentini rivojlantirmoqchimisiz — unda "FRIENDS" serialini ko'rishingiz mumkin. Bularni misol uchun keltirib o'tdim. Ingliz tilida kinolar shunchalar ko'pki, ularni barchasini ko'rib tugatish uchun bir insonning butun umri yetmaydi ( tanlovda umuman muommo yo'q, ya'ni "Bironta kino menga yoqmaydi" degan bahonalar o'tmaydi" ) SO'ZLARNI "QANDAY" FOYDALANISHNI O'RGANASIZ. Tadqiqotlarga ko'ra, insonlar o'rtasidagi muloqotlarda SO'ZLAR atiga 7% vazifani bajarar ekan. Xo'sh, qolgan 93 % unda nimaga bog'liq? Qolgan 93% qismi esa so'zlarni QANDAY aytilganiga, tana harakatiga, ekspressiya ( hafa, xursand ), ovozni toniga ( gapirayotganda jahlingiz chiqib turibdimi yoki xafamisiz, bularni bari ovozingiz oxangiga ta'sir o'tkazadi, buni istaysizmi yoki yo'q ) bog'liq ekan. Taxmin qilganingizdek, insonlarga suhbat jarayonida NIMA aytilayotgani emas, ko'proq uni QANDAY aytilayotgani muhimroq. Aktyorlarning mahorati tufayli bu kabi jihatlarni kuzatishingiz va o'zingiz uchun kerakli ko'nikmalarni olishingiz mumkin. Davomi bor... P.s. What is your favourite movie/tv series? Tell us about it in the comment section.

The most important decision you can make is to live in a beautiful state... no matter what happens. Here’s the truth— our 2-million-year-old brain isn't designed to make us happy. It's designed to make us survive. Our brain is always looking for what’s wrong — whether to fight or take flight — and the result is more worry, anger, stress, loneliness, overwhelm, anxiety... and all states of suffering. I'm happy to tell you there's another path: one that involves taking back control and consciously directing your thoughts and emotions. How do we do that? By making the most powerful, most important decision of our lives: To live in a beautiful state NO MATTER WHAT. To make a choice to focus on appreciation, happiness, growth, contribution, joy and love even when things don’t go your way, when you’ve been hurt, when your biggest fears show up. Try this: Right now, think of something that you’re grateful for and that you can appreciate in THIS moment. Someone or something you love. Notice how it makes

#attention #diqqat #mustread 🤩🥳 AJOYIB XUSHXABAR Ingliz tilidan yangi "ONLINE SPEAKING" guruhga qabul boshlanganligini e'lon qilaman❗️ KURS DAVOMIDA SIZ: ⭕️ SPEAKING ni rivojlantirishning eng samarali usullarini o'rganish; ⭕️ LISTENING izni yanada kuchaytirish; ⭕️ So'zlarni TO'G'RI TALAFFUZ qilish ko'nikmangizni oshirish; ⭕️ YANGI SO'ZLAR ni eng effektiv usulda o'rganish imkoniyati mavjud ⭕️ KURS TARTIBI: ▪️Asosiy dars haftada 3 kun o'tkaziladi; ▪️Shuningdek, har kuni qo'shimcha ko'rsatmalar va vazifalar berib boriladi; ▪️ Audio–Podcast shaklida yopiq telegram guruhda o'tkaziladi. ▪️Facebookda kunlik "Speaking chellenj" olib boriladi. ▪️24/7 darslarni kuzatish va savol-javob qilish imkoni. ⭕️ KURSDA QATNASHISH SHARTLARI: ▪️Darajangiz kamida Pre-intermediate bo'lishi; ▪️O'z ustida qattiq ishlovchi va kuniga bir necha soat Ingliz tiliga ajrata olishi ▪️Berilgan topshiriqlarni doimiy va o'z vaqtida bajarishi; ESLATMA: ▪️Bu kurs Gramatika ham, IELTS ham emas. Kursda asosiy e'tibor SPEAKING ni rivojlantirishga qaratiladi. Shuningdek; — Listening, — Reading, — Vocabulary, — Pronunciation skillarini rivojantirishning ham tabiiy va eng samarali usullarini o'rganasiz ▪️Aktiv shug'ullanish kerak bo'ladi, chunki berib boriladigan ko'rsatma va vazifalarning aksariyati amaliy bo'ladi. ▪️Joylar soni chegaralangan. 📥 Murojat uchun: @Relentless_vs Iltimos kursda qatnashish shartlari bilan yaxshilab tanishib chiqib, keyin murojaat qiling! ⚠️ GULISTON SHAHRIDA ISTIQOMAT QILUVCHILARNI OFFLINE SPEAKING KURSGA TAKLIF QILAMAN❗️

#attention #diqqat #mustread LISTENING — ESHITIB TUSHUNISH #part3 LISTENINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN ENG YAXSHI MASHG'ULOTLAR. 3. RADIO Listeningizni rivojlantirishning ajoyib usullaridan yana biri – radio eshitishdir. Radio eshitish orqali turli xil qiziqarli ma'lumotlar, dunyo xalqlarining o'ziga xos urf-odatlari, madaniyatlari bilan tanishishingiz mumkin. Radiolarni ham juda ko'p xillari mavjud. Tabiiyki, qaysi aksentni tanlagan yoki o'rganishni istayotgan bo'lsangiz, shuni hisobga olib radio ko'rsatuvlar tanlashingizni tavsiya qilaman. Quyidagilar turli davlatlarning radio shoulari, ularni eshitishingiz mumkin: BBC RADIO — ANGLIYA CBC RADIO — KANADA NPR — AQSH ABC RADIO — AVSTRALIYA Va yana qo'shimcha radio shoular: BREAKING NEWS ENGLISH, VOA LEARNING ENGLISH, ADEPT ENGLISH, 6–MINUTE ENGLISH. Ushbu radio shoularni telegram yoki youtube ijtimoiy tarmoqlari orqali topishingiz mumkin. Ayniqsa telegram tarmog'ida yozib olingan radio eshitirishlarni berib boradigan yetarlicha kanallarni topishingiz mumkin. Ularni qulaylik jihatlardan yana bir tomoni, aksariyat radio shoularning skripti (to'liq matni) alohida ham berilishi mumkin. Pdf yoki Doc. formatini ochib, ham o'qib, ham eshitishingiz mumkin 4. VIDEO O'YINLAR Ha, to'gri o'qidingiz. Video o'yinlar o'ynash orqali ham ingliz tilini va ayniqsa, listening skilingizni oshirishingiz mumkin. Chunki, video o'yinlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar butun dunyoda foydalanuvchilar uchun qulay bo'lish maqsadida o'yinlarni asosiy tilini, odatda, ingliz tilida kodlashadi. Video o'yinlar o'ynayotganingizda berilgan instruksiyalarga tushunish uchun ingliz tilidan habaringiz bo'lishi kerak. Ingliz tilida advanced darajada bo'lishingiz kerak demoqchi emasmas. Video o'yinlarni eng katta plus tarafi — hech kimni majburlamaydi, shunchaki ularni o'ta qiziqarli qilib ishlab chiqishadi, ko'pchilikni o'ziga jalb qila olishda video o'yinlardan kuchliroq industriyalar deyarli bo'lmasa kerak, bo'lsa ham ular sanoqli. Eslatma: Hech kimni video o'yinlar o'ynashga jalb qilmoqchi ham, uni targ'ib qiomoqchi ham emasman. Bu maslahat allaqachon video o'yinlar o'ynaydiganlar uchun. Agar siz video o'yinlarga qiziqmasangiz yoki umuman o'ynamasangiz, "ingliz tilini o'rgansa bo'lar ekanku" deb ingliz tilinigina o'rganish uchun video o'yinlar o'ynashni umuman tavsiya qilmayman. ______________________________ Listeningni rivojlantirish yana 2 ta ajoyib usuli bor. Ularni har biriga alohida to'xtalishga qaror qildim. Sababi, shaxsan o'zim ana o'sha usullar orqali ingliz tilini o'rgandim desam ham bo'ladi. Aynan shu usullardan foydalanib, ingliz tilida listening darajamni "bir necha yil oldin eshitib deyarli hech nimani tushunmaslikdan, ayni paytda, qiziqarli kinolar ko'rayotganimda ba'zan shunchalik ichiga kirib ketganimdan ingliz tilida ko'rayotganimni yodimdan chiqarib qo'yadigan" darajaga chiqara oldim. Bitta narsani tushunishingizni xohlardim. Birinchi marta ingliz tilida kino ko'rganimda (adashmasam " Garri Poter" edi) deyarli nima deyishayotganiga tushunmaganman. Listening passiv skill bo'lgani bilan, uni rivojlantirish uchun ko'p vaqt talab qilinadi. Men listening skilimni "Advanced" darajaga chiqargunimcha oxirgi 2, 3 yilda deyarli har kuni bir necha soat (2-3 soat taxminan) sarflaganman. Siz ham shuncha vaqt sarflashingiz kerak demoqchimasman. Taxminan 6–12 oyda agarda kuniga 1–2 soat listening qilsangiz bemalol IELTS tili bilan aytganda 8,5 - 9 balli listening skilni shakllantirishingiz mumkin. Davomi bor... P.s. Oxirgi 2 ta usul nima deb o'ylaysiz? Fikringizni qoldiring. @reallifeenglishbot

#attention #diqqat #mustread LISTENING — ESHITIB TUSHUNISH part2 Listening rivojlantirishning o'ziga xos jihatlaridan biri bu — shug'ullanish qulayligi, passiv skilligi, boshqa ishlarni bajara turib ham qila olish mumkinligi ( multitasking). Kompyuter yoki telefon va internet bo'lsa, qayerda bo'lishingizning deyarli ahamiyati ham yo'q. Uyda, mashina yoki avtobusda uzoq yo'lda ketayotganda, uy yumushlari qilayotganda, ovqatlanayotganda, sport bilan shug'ullanayotganda ham bemalol listening praktika qilishingiz mumkin. Bunda baxona umuman ketmaydi. "Vaqtim yo'q" "Nima qilishni bilmayapman" "Imkoniyatim yo'q" degan gaplar bilan o'zingizni alday olmaysiz. Youtubega har kuni millionlab videolar joylanadi. Undagi 50% dan oshiqroq kontent ingliz tilida. LISTENINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN ENG YAXSHI MASHG'ULOTLAR. 1. PODKAST. "Listeningimni oshirishim uchun nimani foydalanishni maslahat berasiz" deb ingliz tili o'qituvchingizdan so'rasangiz, sizga "Ingliz tilida podkast eshiting" deb maslahat beradi (odatda). Chindan ham bu usul eng samarali metodlardan biri. Lekin, podkast deganda faqatgina "6 minutlik zerikarli va bir hil BBC podkastlarini" tushunmaslik kerak. Shaxsan men podkast eshitishdan ko'ra, uni Youtube da ko'rishni ma'qul ko'raman. Juda ko'pchilik o'zining podkastini Youtubega ham joylaydi. Bunda insonlarni tana harakatini, yuz ifodasini ko'rish mumkin. Men ko'proq "ko'rib" o'rganuvchiman, "eshitib" emas. Podkast tanlashga kelganda e'tibor berishingiz kerak bo'lgan jihat: doim o'zingizni qiziqtirgan temada podkastlarni eshiting. Deylik, o'qituvchingiz yoki do'stingiz sizga ma'lum bir podkast eshitishni tavsiya qilishdi. Lekin podkastda ta'lim sohasidagi o'zgarishlar haqida gap ketayapti, bu esa sizni umuman qiziqtirmaydi. Nima qilasiz? Shunchaki eshitmang! Dunyodagi eng foydali podkast bo'lgan taqdirda ham, agarda siz qiziqadigan biron soha doirasida bo'lmasa, unda sizga uni keragi yo'q. Qisqasini aytsam, podkastlarning soni va turi juda ko'p. Shaxsan men kuzatadigan podkastlarning bazilari: Jordan B Peterson Joe Rogan Tom Bilyue Jim Kwik Lewis Howess Tony Robbins Tai Lopez Jay Shetty Youtubedan qidirib, eshitib ko'ring bu insonlar dunyoda o'zini sohasidagilar orasida eng kuchlilari. Podkastlar eng katta plus tomoni — so'z erkinligi, uzoq vaqt davom etishi, istagan mavzuda batafsil munoza olib bora olish imkoniyatiga ega ekanligidir. Podkastlarga faqat listeningni oshirishning bir usuli deb qaramaslik kerak. Foydali podkastlar eshitish orqali o'z bilimingizni, dunyoqarashingizni oshirishingiz ham mumkin. 2. AUDIOKITOB So'nggi paytlar audiokitoblarga e'tibor kuchaymoqda. Bu o'z navbatida, insonlar kitob o'qishga ko'proq vaqt ajratayotganini anglatadi. Ingliz tilida audiokitoblarning afzallik tomoni shundaki, ularni eshitib ham o'qish mumkin birgalikda (pdf formatda yoki kitob holida). Audiokitoblar bir vaqtni o'zida eshitish va o'qish kerak bo'ladi. Bunda so'zlarni qanday talaffuz qilinishi chuqurroq va samaraliroq o'rganish mumkin. Qulayligi, audikitoblarning soni va turining juda ko'pligidir. Tanlovda hech qanaqa muommo bo'lmaydi. Kitob o'qish jarayonida uchragan yangi so'zlarni yozib olib, yod olishingiz mumkin. Bu ham Kontekstdan Vocabulary o'rganishning bir usuli. Lekin, shaxsan men har bitta bilmagan so'zingizda to'xtab, yodlang deb maslahat bermagan bo'lardim. Chunki, agar maqsadingiz listeningni rivojlantirish bo'lsa so'zni ma'nosini tushunmasangiz ham to'g'ri talaffuz qilishni o'rganishingiz kerak bo'ladi. Davomi bor... P.s. What are you doing to improve your listening skill? @reallifeenglishbot

As a business owner or entrepreneur, it is your opportunity to do more for others than anybody else — in whatever area or industry you’re in. It’s about what you GIVE, not what you get. And when you’re obsessed with giving more – with meeting and surpassing the needs of your clients, you’ll not only succeed, but you'll make a DIFFERENCE in their lives. When you decide to focus on giving instead of getting? You’ll reach more people and touch more lives than ever before – and you’ll GET so much more in return, too. I promise you, when you focus on GIVING and SERVING, you will experience a deeper fulfillment than ever imagined. The secret to living is giving. ❤️ For all of you business owners, team members, parents, partners, and anyone who provides a service or nurtures a relationship with others, take a moment to consider: What business are you REALLY in? How can you FALL IN LOVE with your clients? How can we SERVE ONE ANOTHER at the highest level? © Tony Robbins

#attention #diqqat #mustread LISTENING — ESHITIB TUSHUNISH Demak, bugun listeningni bosqichma – bosqich rivojlantirish haqida gaplashamiz. To'g'rirog'i, men kerakli ma'mulotlarni beraman, siz esa diqqat bilan o'qib, o'zingiz uchun yangi bilimlarni olasiz degan umiddaman. O'ZI NIMA UCHUN LISTENINGNI RIVOJLANTIRISH KERAK? Ananaviy ta'lim tizimimizning yana bir kamchililaridan biri — Ingliz tilini darslarida faqat gramatik qoidalarni o'rgatildi, testlar yordamida bilimlarni sinab, shunga qarab kimnidir ingliz tilini bilish darajasini belgilanadi. Asosiy ikkita skill qolib ketadi ko'pincha: SPEAKING and LISTENING. Shuncha yil maktabda o'qib biron marta ingliz tilida 2 ta gapni qo'shib gapirganimni eslolmayman, lekin bahoyim doim "5" bo'lgan (😂🤦‍♂️) . Aksariyat til o'rganuvchilar Speakingda qiynalishi tabiiy hol. Bizda muhitni yo'qligi, ingliz tilida gaplashish imkoniyatini kamligi, shuningdek o'zimiz o'ylab topadigan bahonalar: "Vaqtim yo'q", " Sherik yo'q praktika qilishga", "Nima qilishni bilmayapman", "Qanaqa qilib praktika qilish mumkin" tufayli gapirish qobiliyatimizni rivojlantirishga qiynalamiz. Listening ingliz tilida gapirish qobiliyatingizni rivojlantirishingizda "Asosiy rol"ni bajaradi. O'zingiz o'ylab ko'ring. Qanaqa qilib insonlar bilan suhbatga kirishishingiz mumkin, agar ularni tushunmasangiz? Listeningizni ustida ishlamasangiz, kuniga 100 so'z yodlamaysizmi, baribir ularni ishlata olmaysiz. Suhbat faqat Speakingdan iborat emas. Suhbat Speaking va Listeningdan iborat. Kim bilandir muloqot qilish uchun ularni nima deyayotganini eshitib tushuna olish kerak. Ayniqsa, ingliz tilida so'zlarni talaffuzi bilan yozilishi bir hil bo'lmaganligi uchun Listeningizni ustida alohida ishlashingiz kerak bo'ladi. " Listening boshqalar bilan muloqotga kirisha olishingizda eng birinchi qadam." Til o'rganuvchilar orasida eng katta tushunmovchiliklardan biri har bitta skillni alohida o'rganishga intilishadi. Aslidachi? Listening bilan shug'ullanganingizda faqat listening qobiliyatingiz emas, balki boshqa skillarni ham rivojlantirib borasiz. Deylik, ingliz tilida video ko'ryabsiz, bunda faqat listeningni ustida ishlamayabsiz, shuningdek "grammar", "vocabulary" "pronunciation" ni ham rivojlantirayabsiz. Speakingga ham baza yaratayabsiz. Chunki video ko'rganingizda o'z-o'zidan yangi yoki oldindan bilgan so'zlaringizga duch kelasiz. Bu degani yo yangi so'z o'rganasiz, yo o'rgangan so'zlaringizni mustahkamlaysiz. MY STORY... Shaxsan men doim yangi so'z o'rganishni eng effektiv va samarali usuli kontekstdan o'rganish deb hisoblaganman. Konstekst esa video, movie, tv show, books etc. Birinchi Youtubeda ingliz tili o'rgatadgan blogerlarni kuzatib boshlaganimda, biroz qiynalganman, yangi so'zlar juda ko'p chiqardi. Videolarini ko'rganimda yangi so'z chiqsa videoni to'xtatib so'zni yozib olardim va keyin ularni o'rganardim. Bir necha oy shunday qildim. Ham listeningni, ham vocabulary ni bir paytda rivojlantirib bordim. Borgan sari yangi so'zlar kamayib borardi, speakerni tushunishim ham shuncha osonlashib boraverdi. Hozir ham yangi so'zlarni odatda, youtubeda videolar ko'rganimda uchrab qolsa o'rganaman. Hech qachon biron joydan so'zlarni jadvalini olib yodlamaganman. Shuning uchun bu usulni hech kimga maslahat bermayman, Bu usul samarasiz va foydasiz. Boshida, videolarni darajasi ancha osonroq edi, hozir ancha qiyinroq temalarda intervyular, leksiyalarni kuzataman, 8 yildan beri ingliz tilini o'rganyabman lekin har kuni yangi so'zlarga duch kelaman. Buni yomon tomoni yo'q, hech kim ingliz tilidagi hamma so'zlarni bilmaydi, xatto inglizlarni o'zi ham. Chunki, ingliz tilida 170 mingdan oshiqroq so'z bor. Inglizlar taxminan 5-7 ming so'zdan foydalanishadi kundalik muloqot jarayonida. Albatta, raqamlar o'zgaruvchan kimdir ko'proq, kimdir kamroq so'z bilishadi va ishlatishadi Davomi bor... P.s. Chatda fikrlarni qoldiring. Listening darajangiz qanday?

#NowThisNews 90-Year-Old Knits for Newborns This 90-year-old grandma is helping thousands of babies have 'a warm head to start life with' via her adorable hand-knit hats.

Listeningni qanday qilib advanced darajaga chiqarganim haqida post tayyorladim. 👇 https://www.instagram.com/p/CTFGltYqF_K/?utm_medium=share_sheet

These first eight phrases can be used in many different situations. 1. THANKS SO MUCH. This is a simple sentence you can use to thank someone. To add detail, say: Thanks so much + for + [noun] / [-ing verb]. For example: Thanks so much for the birthday money. Thanks so much for driving me home. 2. I REALLY APPRECIATE… You can also use this phrase to thank someone. For example, you might say: I really appreciate your help. Or you can combine #1 and #2: Thanks so much for cooking dinner. I really appreciate it. Thanks so much. I really appreciate you cooking dinner. 3. EXCUSE ME When you need to get through but there’s someone blocking your way, say “Excuse me.” You can also say this phrase to politely get someone’s attention. For example: Excuse me sir, you dropped your wallet. Excuse me, do you know what time it is? 4. I’M SORRY. Use this phrase to apologize, whether for something big or small. Use “for” to give more detail. For example: I’m sorry for being so late. I’m sorry for the mess. I wasn’t expecting anyone today. You can use “really” to show you’re very sorry for something: I’m really sorry I didn’t invite you to the party. 5. WHAT DO YOU THINK? When you want to hear someone’s opinion on a topic, use this question. I’m not sure if we should paint the room yellow or blue. What do you think? 6. HOW DOES THAT SOUND? If you suggest an idea or plan, use this phrase to find out what others think. We could have dinner at 6, and then go to a movie. How does that sound? Let’s hire a band to play music, and Brent can photograph the event. How does that sound? 7. THAT SOUNDS GREAT. If you like an idea, you can respond to #6 with this phrase. “Great” can be replaced with any synonym, such as “awesome,” “perfect,” “excellent” or “fantastic.” A: My mom is baking cookies this afternoon. We could go to my house and eat some. How does that sound? B: That sounds fantastic! 8. (OH) NEVER MIND. Let’s say someone doesn’t understand an idea you’re trying to explain. If you’ve explained it over and over and want to stop, just say “oh, never mind.” You can now talk about something else! You can also use “never mind” to mean “it doesn’t matter” or “just forget it.” In these situations, say it with a smile and positive tone, though. Otherwise, when you say this phrase slowly with a falling low tone, it can mean you’re bothered or upset. A: Are you going to the grocery store today? B: No, I’m not. But why—do you need something? A: Oh, never mind. It’s okay, I’ll go tomorrow. @reallifeenglishbot

#attention #diqqat #mustread MULOXAZA UCHUN Amerikaliklarda ajoyib bir ibora bor: "Crub bucket theory" — "Qisqichbaqalar solingan chelak nazariyasi". Aniqlanishicha, agar chelakda bittagina qisqichqabaqa bo'lsa, u osongina erkinlikka chiqa oladi. Agar ular 5-6 ta bo'lsa, xarchand urinmasin, xech qaysisi chiqa olmaydi. Negaki ular yuqoriga ko'tarilayotgan qavmdoshini tortib, o'zi chiqishga urinar ekan. "Chelakdagi qisqichbaqa" iborasidan kelib chiqadigan mantiq odamlarga ham xos. Masalan, bir odam tamaki chekishni tashlamoqchi. Ammo do'stlari: "Baribir qo'lingdan kelmaydi" deb, unga sigaret uzatadi. Boshini kitobdan ko'tarmaydigan odamga: "O'qib olim bo'larmiding, undan ko'ra bironta hunar o'rgan!", deb uni yo'ldan uradiganlar ham bor. O'z ota-onang seni ahmoq, omadsiz yoki " odam bo'lmaysan" deb tursa, bu ham oilangiz "chelakdagi qisqichbaqa" ekanligini isbotlaydi. P. S. Aftorifingizdagi negativ insonlardan qutulmas ekansiz hayotingizda oldinga siljish bo'lmaydi. Bunday insonlar doim sizni ortga tortib turadi. @reallifeenglishbot

Speaking praktika qilish uchun chat gruppa ochdim. Adminlik (adminkalik) qilishni istaganlar bo'lsa menga direct yozilar @Real_Life_English_uz

Do you agree? @reallifeenglishbot

#attention #diqqat #mustread 🤩🥳 AJOYIB XUSHXABAR Ingliz tilidan yangi online "SPEAKING" guruhga qabul boshlanganligini e'lon qilaman❗️ KURS DAVOMIDA SIZ: ⭕️ SPEAKING ni rivojlantirishning eng samarali usullarini o'rganish; ⭕️ LISTENING izni yanada kuchaytirish; ⭕️ So'zlarni TO'G'RI TALAFFUZ qilish ko'nikmangizni oshirish; ⭕️ YANGI SO'ZLAR ni eng effektiv usulda o'rganish imkoniyati mavjud ⭕️ KURS TARTIBI: ▪️Asosiy dars haftada 3 kun o'tkaziladi; ▪️Shuningdek, har kuni qo'shimcha ko'rsatmalar va vazifalar berib boriladi; ⭕️ KURSDA QATNASHISH SHARTLARI: ▪️Darajangiz kamida Pre-intermediate bo'lishi; ▪️O'z ustida qattiq ishlovchi va kuniga bir necha soat Ingliz tiliga ajrata olishi ▪️Berilgan topshiriqlarni doimiy va o'z vaqtida bajarishi; ESLATMA: ▪️Bu kurs Gramatika ham, IELTS ham emas. Kurs davomida siz: — Speaking, — Listening, — Reading, — Vocabulary, — Pronunciation skillarini rivojantirishni tabiiy va eng samarali usullarini o'rganasiz ▪️Aktiv shug'ullanish kerak bo'ladi, chunki berib boriladigan ko'rsatma va vazifalarning aksariyati amaliy bo'ladi. ▪️Joylar soni chegaralangan. 📥 Murojat uchun: @Relentless_vs Iltimos kursda qatnashish shartlari bilan yaxshilab tanishib chiqib, keyin murojaat qiling! ⚠️ GULISTON SHAHRIDA ISTIQOMAT QILUVCHILARNI OFFLINE SPEAKING KURSGA TAKLIF QILAMAN❗️

#attention #diqqat #mustread ⭕️ Phrasal verbs with " HAVE " ▪️ Have a good time - yaxshi vaqt o'tkazmoq ▪️ Have a rest - dam olmoq ▪️ Have a break - tanaffus qilmoq ▪️ Have a cold - shamollamoq ▪️ Have 3 meals a day - kuniga 3 mahal ovqatlanmoq ▪️ Have a headache - boshi ogrimoq ▪️ Have a toothache - tishi ogrimoq ▪️ Have a backache - beli ogrimoq ▪️ Have a stomachache - oshqozoni ogrimoq ▪️ Have a sore throat - tomogi ogrimoq ▪️ Have a flu - gripp bolmoq ▪️ Have a cough - yotalmoq ▪️ Have a sneeze - aksirmoq ▪️ Have one's English - Ingliz tili bilan shug'ullanmoq ▪️ Have a smoke - chekmoq ▪️ Have a tea - choy ichmoq ▪️ Have a dictation - diktant yozmoq ▪️ Have lunch - tushlik qilmoq ▪️ Have dinner - kechki ovqatni yemoq ▪️ Have a meal - ovqatlanmoq ▪️ Have a swim - suzmoq ▪️ Have a walk - piyoda yurmoq ▪️ Have a party - ziyofat qilmoq ▪️ Have a chat - yozishmoq ▪️ Have a good time - yaxshi vaqt o’tkazmoq