cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 367
Suscriptores
Sin datos24 horas
+27 días
+1530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Ommaviy_sayyor_qabul 📣 Yangibozor tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabuli bo`lib o`tdi. 🔰 Sayyor qabulda, fuqarolar kundalik hayotida uchrayotgan turli ijtimoiy, huquqiy masalalari - subsidiya, uy-joy, yer ajratish, ko`chmas mulk, ta'lim, soliq hisoblanishidagi imtiyozlar, davolanish uchun imtiyozli yo`llanma olish, elektr energiyasi va ichimlik suvidagi uzilishlar, bandlik, moddiy yordam masalalari yuzasidan murojaat qilishdi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi, oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi. ✅ Shuningdek, ushbu tadbirlar doirasida “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi.
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Adliya_xabari 📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda. ❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin. 📌 O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang! 👉 Batafsil: youtube.com/adliya Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ✅ Qonunchilikka ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yo'l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta'minlaydigan hollarda, yo'llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo'l belgilari o'rnatib) ruxsat berishi belgilangan. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🚫 Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatilishi belgilangan. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Mostrar todo...
👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
❗️Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilgan
Batafsil infografikada👆 Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Amal_qiling 🔰 Jinoyat kodeksiga ko'ra, qasddan odam o'ldirish 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 📝 Shuningdek, javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. 📜 Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo'lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo'yishdan iboratdir. ‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi... Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ✅Qonunchilikka ko'ra, Fermer xo'jaligi quyidagi huquqlarga ega: ➖xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to'lanadigan fyuchers kontraktlari tuzishga; ➖yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan bu mahsulotni iste'molchilarga realizatsiya qilish huquqini o'z xohishiga ko'ra tasarruf etishga; ➖yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va ko'rsatayotgan xizmatlariga narx belgilashga. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Mostrar todo...
👍 1
#Huquqiy_tarğibot_kuni #Adliya_kuni 📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo`limlari tomonidan 33 ta MFYlarda “Huquqiy targʻibot kuni” hamda “Adliya kuni” loyihalari doirasida bir qator tadbirlar bo`lib o`tdi. 🔰 Tadbir doirasida fuqarolarni qiynayotgan muammolari uyma-uy yurish orqali hamda sayyor qabullar orqali o`rganildi, asosan, uy-joy, ko`chmas mulkka egalikni belgilash, kadastr va qurilish, kommunal xizmatlar, meros masalasi, nogironlikni belgilash, pensiya va nafaqa olish, moddiy yordam masalalari, subsidiya, imtiyozli kredit olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, elektr energiyasi va ichimliks suvi tarmog`idagi uzilishlar, davolanish uchun imtiyozli yo`llanma olish tartiblari yuzasidan murojaatlar qilishdi. ✅ O'tkazilgan tadbirlarda 1.500 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 699 nafariga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 208 ta sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlari korsatildi hamda 1.000 dan ortiq mavzuga oid targ'ibot materiallari tarqatildi.
Mostrar todo...
👍 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.