cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

AndDTI akademik litseyi rasmiy

Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
573
Suscriptores
+124 horas
+87 días
+4330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Maʼrifat_ulashib #gulxan_atrofida_uchrashuv IJODKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI TANTANALI TARZDA YAKUNLANDI Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, ijodkor Davron Rajab ishtirokida gulxan atrofida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda akademik litsey o'quvchi yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Oqshomning go'zal pallasida tashkil etilgan gulxan atrofidagi tadbirda iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan she'rlar va badiiy chiqishlar ijro etildi. Maqom amsambli jamoasi tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va tadbir qatnashchilarini davraga chorladi.
Mostrar todo...
👍 3
Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida aprel oyidan boshlab tabiiy fanlarga qiziqishi bo'lgan, shuningdek, mazkur litseyda o'qish istagi bor 9-sinf o'quvchilari uchun har kuni ochiq eshiklar tashkil etilgan. Tashrif buyurgan o'quvchilar litsey hayoti bilan tanishib, biologiya va kimyo darslarida bevosita ishtirok etish imkoniga ega bo'lyapti. Kutubxona, oshxona, yotoqxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olyaptilar. Ochiq eshiklar davom etadi.
Mostrar todo...
👍 1
👏 1😱 1😢 1
#e’lon #attestatsiya Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkazilishi belgilandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
😢 1
"VodiyQuiz" илм даргохларидаги ўйинларини давом эттиради! Ўтаётган ҳафтада Андижон Давлат Тиббиёт институти академик лицейида "VodiyQuiz" ўйинлари ўтказилди. Талабалар ва устозлардан иборат жамоалар ўртасида бўлиб ўтган бахсларда 15 та жамоа қатнашди... Биз шу билан тўхтаб қолмоқчи эмасмиз. Сиз хам ўзингиз таҳсил олаётган илм даргохида "VodiyQuiz" ўйинлари ўтказишни истайсизми? Марҳамат, биз билан алоқага чиқинг! Биз хар доим водийда интеллектуал ёш йигит қизларни кўплаб етишиб чиқиши тарафдоримиз! "VodiyQuiz" водийдаги илм даргоҳларини хамкорликка чорлайди. @vodiyquiz
Mostrar todo...
👍 3👏 2
#Диққат #Тарқатинг ❗️Телеграмда вирус тарқалмоқда! Фирибгарлар Сизга телеграм орқали «Telegram Premium» номли сохта ҳаволани юборишади. Уларнинг мақсади аккаунтингизни бошқариш ва эгаллаб олишдир.  Агар ҳаволага кириб, Сизга келган кодни киритсангиз, контактларингизга «MIB», «IIB» каби зарарли ҳаволалар тарқатилади ва аккаунтингиз фирибгар бошқарувига ўтади, ўзингизни эса аккаунтингиздан чиқариб юборади.    Фирибгарларнинг тузоғига тушиб қолмаслик учун қуйидагилар тавсия этилади: - икки босқичли аутентификацияни ўрнатинг; - смс-хабарномада келган рақамларни ҳеч кимга тақдим этманг; - мессенжернинг «Қурилмалар» бўлимидаги «Фаол сеансларни» текширинг, бошқа қурилмалар фаолиятини тўхтатинг. 👇 https://t.me/joinchat/AAAAAFlbEga5bsBVXTXvwQ
Mostrar todo...
😱 1
Bugun AndDTI akademik litseyi direktori Sh.Sh.Aribjonov 2-bosqich bitiruvchilari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda aprel oyida o'tkazilgan blok test natijalarini yangicha tahliliga alohida e'tibor ko'rsatdi. Shuningdek, 2024-2025 o'quv yiliga oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishda kiritilgan o’zgarishlar to'g'risida ma’lumotlar berdi va kirish imtihonlariga jiddiy tayyorgarlik ko’rish, buning uchun hozirda har bir daqiqadan unumli foydalanish zarurligini ta'kidladi.
Mostrar todo...
👍 6👏 1
👏 3👍 2😁 2
9-май Хотира ва қадирлаш куни муносабати билан “Инсон қадри улуғ-хотира муқаддас” номли тадбир ташкил этилди. Тадбирда академик лицей ўқувчи ёшлари томонидан “Жадидлар” хаётидан сахна кўринишлар, ватанни тараннум этувчи шеърлар, куй ва қўшиқлар ижро этдилар. Тадбир барчага манзур бўлди.
Mostrar todo...
👍 5🔥 1
⚡️Testdan so‘ng abituriyentga yo‘nalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin. ✅ @talimuz
Mostrar todo...