Sardor Rahimxon | RASMIY
Sardor Rahimxonning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/sardor_rahimxon_official • youtube.com/@sardorrahimxonsi ▫️Yurak Amri rasmiy sahifasi: t.me/yurak_amri_rasmiy
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Sardor Rahimxon | RASMIY
El canal Sardor Rahimxon | RASMIY (@sardor_rahimxon_telegram) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 13 234 suscriptores, ocupando la posición 6 705 en la categoría Religión y espiritualidad y el puesto 6 160 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 13 234 suscriptores.
Según los últimos datos del 31 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -148, y en las últimas 24 horas de -1, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 20.20%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 13.51% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 2 669 visualizaciones. En el primer día suele acumular 1 786 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 37.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Sardor Rahimxonning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• instagram.com/sardor_rahimxon_official
• youtube.com/@sardorrahimxonsi
▫️Yurak Amri rasmiy sahifasi:
t.me/yurak_amri_rasmiy”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 01 agosto, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Religión y espiritualidad.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 01 agosto | +25 |
▫️ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilangan. ▫️ Qonunga ko'ra, hayvonlar turlariga qarab quyidagi muddatlarda ro'yxatdan o'tkazilishi lozim: • qoramol, qo‘y, echki va tuyalar – tug‘ilganidan 14 kundan keyin; • otlar – tug‘ilganidan 4 oydan keyin; • cho‘chqalar – tug‘ilganidan 1 oydan keyin; • itlar va mushuklar – tug‘ilganidan 3 oydan keyin. ▫️ Ko'rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin hayvonlar yana 1 oydan kechiktirmay to'liq identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak.✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
| 2 | ❕ “O‘zbekistonda umuman tadbirkor qolmasa niyatingizga yetasizlarmi?”
Tadbirkor faoliyatiga nisbatan yuzaga kelgan sharoitlar va inspektorlar bilan bo'lgan muloqot ko'pchilikning e'tiborini tortdi.
▫️ Mas'ullar oy oxiri yoki to'lov muddati kelmasdan turib kelib, "mashincha pul to'laysan, bo'lmasa gazni kesamiz" deya bosim o'tkazayotgani aytilmoqda.
▫️ "Tepadan buyruq": Huquqiy asos so'ralganda inspektorlar "tepadan buyruq kelgan, bo'lmasa meni ishdan bo'shatishadi" deb javob berishga majbur bo'layotgani ayon bo'lmoqda.
⚡️ O'z yurtida halol mehnat qilib, elga naf keltirayotgan tadbirkorlarga sun'iy to'siqlar qo'yish va asossiz bosim o'tkazish holatlariga chek qo'yilishi shart. Yaratganning o'zi barcha ishbilarmon yurtdoshlarimizga sabr va kuch bersin!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 429 |
| 3 | ❕Rossiyada O'zbekistonlik ayol davlat ramzlari tushirilgan gilamcha sabab sudlanishi mumkin
🇷🇺 Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan O'zbekistonlik ayolga nisbatan jiddiy ayblov masalasi ko'rib chiqilmoqda.
▫️ Sevara Musaeva ismli O'zbekiston fuqarosi o'zi yashaydigan xonaning kirish qismiga Rossiya davlat bayrog'i va gerbi tushirilgan gilamchani to'shab qo'ygani aniqlangan.
▫️ Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 329-moddasi (Davlat bayrog'i yoki gerbini haqorat qilish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atish masalasi muhokama qilinmoqda.
▫️ Ayolning aytishicha, u bu gilamchani ko'chadagi axlatxonadan topib olib, yuvib ishlatgan. U bunda hech qanday g'arazli maqsad yoki ataylab kamsitish niyati bo'lmaganini, qonunan bu taqiqlanganini bilmaganini bildirgan.
▫️ Tarmoqlarda xabarning haqqoniy emasligi haqida ham taxminlar tarqalgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa hozircha yakuniy rasmiy bayonot bermagan.
⚡️ O'zga yurtda yurgan har bir vatandoshimizning taqdiri biz uchun muhim. Musofirda yurganda har bir qadamimiz va mayda-chuyda narsalarga ham o'ta ehtiyot bo'laylik. Yaratganning o'zi barcha yurtdoshlarimizni turli xil sinovlardan asrasin!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 498 |
| 4 | ⚡️ Uchko'prikda "Inson" markazi xodimi majburiy obodonlashtirish vaqtida fojiali halok bo'ldi
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanida obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi o'ta ayanchli baxtsiz hodisa oqibatida hayotdan ko'z yumdi.
▫️ 29-iyul kuni tumanidagi "Qo'qonboy" hududida tozalash ishlarini olib borayotgan 34 yoshli Tohirjon Jo'raev o't o'radigan mashina yo'lida bo'lgan. Shu payt qurilmaning o'tkir tiғli qismi to'satdan chiqib ketib, uning yuragiga sanchilgan va xodim voqea joyida vafot etgan.
▫️ Marhumning hamkasblari budjet tashkiloti xodimlarini bunday obodonlashtirish yoki hasharlarga majburiy jalb etish amaliyoti qachon to'xtatilishini so'roq ostiga olib, bu holat yana bir inson umriga zomin bo'lganini qattiq qoralashgan.
▫️ Ma'lum qilinishicha, fojia ortidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov voqea joyiga yetib borib, marhumning yaqinlari bilan ko'rishgan. Hozirda holat yuzasidan o'rganishlar olib borilmoqda.
⚡️ Inson o'z rizqini topaman deb uydan chiqib, kutilmagan loqaydlik va majburiy mehnat qurboni bo'lishi naqadar og'ir... Vafot etgan Tohirjon Jo'raevni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin, oilasi va yaqinlariga Yaratgandan chiroyli sabr tilaymiz.
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 987 |
| 5 | #PREMYERA #TEZKOR 🎬
BU OG’IR HASTA OTAva YETIM QIZALOQLARIMIZ UCHUN MILLIONLAB ODAMLAR QAYG’URGAN EDI😓😓
MARHAMAT ENDI KO’RING, SHOV-SHUVLI PREMYERA, FAQAT YOUTUBE dagi Rasmiy Kanalda💣
VIDEONI ALBATTA KO’RING, YAQINLARGA YUBORING, OILANGIZGA KO’RSATING, MING IBRAT, MILLION HISLARNI TOPASIZ❤️🤲
ANA SHUNDAY VIDEOLARNI TRENDGA OLIB CHIQISHIMIZ KERAK✊
⬇️. ⬇️. ⬇️. ⬇️.
https://youtu.be/I7HSohrbWeM?si=sPLDWL0Kbxn2pNAf | 31 328 |
| 6 | 😱Tailandda izsiz yo'qolgan rossiyalik aka-singil o'ldirilib, ko'mib yuborilgani tasdiqlandi
🇹🇭 Avvalroq Tailandning Pattayya shahrida bedarak yo'qolgani xabar qilingan 22 yoshli Diana va uning 17 yoshli ukasi Roman Nazimovlarning jasadlari topildi.
Topilgan joy: Huai Yai hududidagi o'rmonzordan qidiruv ishlari natijasida aka-singilning jasadi bitta chuqurdan (Diana pastda, Roman ustida) topildi. Ularning yonida hujjatlari ham bo'lgan.
Ekspertiza ma'lumoti: Dastlabki tekshiruvlarga ko'ra, Roman qorniga va boshiga o'q yeb vafot etgan, qiz esa qattiq kaltaklangan. Jinsiy zo'ravonlik alomatlari aniqlanmagan, yakuniy xulosani sud-tibbiy ekspertizasi beradi.
Qotillarning qo'lga olinishi: Jinoyatda gumon qilinib ushlangan Pong va Tong ismli shaxslar o'zlarini politsiyachi qilib ko'rsatib, aka-singilni aldab olib ketishganini va qotillik izlarini yashirish uchun ularning mototsiklini ham qismlarga bo'lib ko'mib yuborishganini tan olgan.
Yangi tafsilotlar: Hozirda politsiya ushbu shaxslarga nisbatan qasddan odam o'ldirish va maxsus formadan foydalangan holda jinoyat sodir etish bo'yicha qo'shimcha ayblovlar e'lon qilmoqda. Shuningdek, ularning ko'rsatmasi bo'yicha boshqa yo'qolgan oilani qidirish ishlari ham boshlangan.
⚡️ Har birimiz o'zga yurtlarda, safarlarda yurganda o'ta ogoh bo'lib, xavfsizlik qoidalariga qat'iy amal qilishimiz zarur!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 1 394 |
| 7 | ▫️Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alhamdulillah! Bizga yangi kunda, yangi hayot va yangi umr ne'matini in'om etgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin!
⚡️Yo Robbim! Bizlarni ne'matlaringga shukr keltiruvchi, o'tgan xatolarimizni mag'firat aylab, qolgan umrini solih amallar bilan isloh qiluvchi bandalaringdan qilgin.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
🤲🏻 Tongingiz xayrli va barakali bo‘lsin!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 1 464 |
| 8 | 🌙 Juma kunining 7 rahmati🌙
Juma kuni Kahf surasini o'qisangiz, suradagi mazkur 7 rahmat sizga keyingi Juma kunigacha kifoya qiladi.
⬆️↗️↘️⬇️↙️⬅️↖️➡️
Kahf surasida kelgan "rahmat" so'zi haqida bir fikr yuritaylik:
▫️ "Bu – Robbimning rahmatidandir" (98-oyat).
▫️ "Robbingiz sizga O'z rahmatini taratur" (16-oyat).
▫️ "Va Robbing sermag'firat, rahm-shafqat sohibi bo'lgan Zotdir" (58-oyat).
▫️ "Bas, Robblari uning badaliga ularga undan ko'ra yaxshirog'ini, ahli solihroq va rahmlirog'ini berishni iroda qildi" (81-oyat).
▫️ "Biz unga O'z dargohimizdan rahmat va O'z tarafimizdan ilm o'rgatgan edik" (65-oyat).
▫️ "Bu Allohning rahmati ila bo'ldi" (82-oyat).
▫️ "Robbimiz, bizga O'z huzuringdan rahmat bergin" (10-oyat).
Yaqinlaringiz bilan bo‘lishing
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 2 539 |
| 9 | #Juma_muborak
🌙Juma ayyomi muborak bo'lsin, azizlar!
Ushbu ulug' kunda qilingan barcha ezgu duolarimiz ijobat bo'lsin. Alloh taolo qalblarimizni O'zining muhabbati va nuriga to'ldirsin...
📿 Habibimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal va tuganmas salovotlar bo'lsin!
✨Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad...
Yaqinlaringizni Sayyidul ayyom bilan qutlashni unutmang!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 4 089 |
| 10 | Sin texto... | 2 079 |
| 11 | #Dolzarb #Tarqating
HAR QANDAY TOSH QALBLARNI CHIL-PARCHIN ETADIGAN VIDEO 😭
Bizni faqat yaxshilik qutqaradi — buni unutmang! ☝🏻 Atrofimizda mana shu kabi yordam kutayotgan, mehrga zor yana minglab mazlum qalblar bor, azizlar.
Befarq o'tib ketmang: rolikni tarqating, ehson qiling, xasta va muhtojlardan yordamingizni ayamang! 🤲🏻
💳 "YURAK AMRI" RASMIY KARTALARI:
🩺 Bemorlarni davolash (Tibbiyot) yo'nalishi uchun ehson raqamlari:
▫️UZCARD: 5614 6812 5985 4002
▫️HUMO: 9860 0101 0645 7426
▫️VISA: 4466 1489 2141 5952
❤️ Xarajatlar uchun:
▫️ 5614 6812 5905 1062 (Uzcard)
⚡️(Karta bog'langan raqam: 33 091 99 99, Ipoteka bank)
⚡️Har kuni ehson qiling, chunki ertangi kun kim uchundir oxirgisi bo'lishi mumkin...
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 1 992 |
| 12 | ❕Bolalarni haqoratlagan tarbiyasiz tarbiyachi ishdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgan Andijon tumanidagi xususiy bog'cha voqeasi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
▫️ Mas'ullar tomonidan o'rganilganda, ushbu holat Andijon tumani "Daryobo'yi" MFY hududida joylashgan "O Marziya" nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo'lgani tasdiqlandi.
▫️ Bog'cha tarbiyachisi M.Y. bolalar bilan mashg'ulot o'tkazish jarayonida odob-axloq qoidalariga mutlaqo zid bo'lgan qo'pol so'zlarni ishlatgani ma'lum bo'ldi.
▫️ Pedagogik etika qoidalarini qo'pol ravishda buzib, murg'ak bolalarga nisbatan nomunosib harakatlar sodir etgani uchun tarbiyachi M.Y. egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
⚡️ Murg'ak bolalarning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan har qanday nohaqlik va tarbiyaga zid holatlarga nisbatan chora ko'rilishi shart. Farzandlarimiz ishonchli qo'llarda bo'lishi va ularning xavfsizligi har doim eng asosiy ustuvor vazifa bo'lib qolishi lozim!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 1 700 |
| 13 | ⚡️ Tailandda rossiyalik aka-singil izsiz g'oyib bo'ldi: Qabristondan ularning qismlarga bo'lib ko'milgan mototsikli topildi
🇹🇭 Tailandning Chonburi provinsiyasida dam olish va yashash uchun kelgan 22 yoshli Diana Nazimova va uning 17 yoshli ukasi Roman 26-iyul kuni tongda g'oyib bo'ldi. Ularni qidirish uchun 200 dan ortiq politsiya xodimlari, maxsus kuchlar va qutqaruvchilar safarbar etilgan.
▫️ Sirli voqea tafsilotlari: Ma'lum bo'lishicha, aka-singil do'konga borish uchun mototsiklda uydan chiqib ketgan. Yo'lda qiz o'z telefonida noma'lum Bluetooth-treker orqali kuzatilayotganini sezib, onasiga xavf ostida ekanini yozgan. Shundan so'ng ularning telefoni o'chib qolgan va aloqa uzilgan.
▫️ Qabristondan chiqqan mototsikl: Qidiruv ishlari davomida o'rmonzor hududdan qismlarga bo'linib, yerga ko'mib tashlangan ularning Honda rusumli mototsikli topildi. Voqea joyida shubhali harakat qilgan shaxslar qochib ketishga ulgurgan, mahalliy aholi vakili esa so'roq uchun olib ketilgan.
▫️ Qidiruv davom etmoqda: Hozirda 200 dan ortiq qutqaruvchilar o'rmon va uning atrofidagi hududlarni zonaalarga bo'lgan holda qidirish ishlarini to'xtatmay davom ettirmoqda.
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 1 881 |
| 14 | #Astagfirulloh
🤬 Andijondagi xususiy bog'chada "BETARBIYA" tarbiyachi bolalarni JA**B deb haqoratladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachining yosh bolalarga nisbatan qo'pol muomala qilib, ularni kamsitgani aks etgan yashirin video tarqaldi.
▫️ Vaziyat: Videotasmada tarbiyachi murg'ak bolalarni so'kib, ularga ruhiy bosim o'tkazgani va shafqatsizlarcha munosabatda bo'lgani aks etgan.
▫️ Mazkur noxush holat Andijon viloyatida joylashgan xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan birida sodir bo'lgani aytilmoqda.
▫️Hozircha tegishli mas'ul idoralar tomonidan ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot yoki munosabat bildirilmagan.
⚡️Mazkur holat yuzasidan tegishli mas'ul idoralardan zudlik bilan rasmiy bayonot va bolalarga ozor bergan shaxsga nisbatan qat'iy qonuniy chora ko'rilishini kutib qolamiz. Yaratganning o'zi murg'ak farzandlarimizni shunday o'quvsiz va betarbiya "tarbiyachi"lardan asrasin!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 1 901 |
| 15 | ⚡Telegram yopilish xavfi ostidami? Tarmoqqa og'ir ayblovlar qo'yildi
📱 Telegram faoliyatiga jiddiy xavf tug'ilmoqda. Rossiya va Avstraliya platformani terrorizmga aloqadorlikda ayblab, keskin choralar ko'rishni boshladi.
▫️ Avstraliya sudi: Telegram terrorchilik qurbonlari aks etgan videolarni o'chirmagani uchun sudga berildi. Tarmoq 38 mln dollar jarimaga tortilishi mumkin.
▫️ Rossiya qidiruvi: Rossiya platforma orqali maxsus hujumlar muvofiqlashtirilgan deb hisoblab, Pavel Durovga nisbatan terrorizmga ko'maklashish ayblovi bilan qidiruv e'lon qildi.
▫️ Telegram rad etdi: Kompaniya ayblovlarni inkor etib, joriy yilning o'zida minglab ekstremistik guruhlar bloklanganini ta'kidlamoqda.
⚡️ Xavfsizlik chorasi sifatida, Telegram'dagi barcha muhim ma'lumotlaringiz, hujjat va fayllaringizni zudlik bilan telefon xotirasiga yoki boshqa ishonchli platformalarga saqlab qo'yishingizni tavsiya qilamiz!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 2 518 |
| 16 | #Oyat
Kunduzi va kechasi: Yashirin qilingan ehsonning siri nima?
Riyo (xo'jako'rsin) — ehsonning eng katta dushmanidir. Yaratgan Zot o'ng qo'li berganini chap qo'li bilmaydigan darajada xolis qilingan yaxshilikni hammadan ko'proq suyadi.
📖 Qur'oni Karimda shunday deyiladi:
«Mollarini kechasi va kunduzi, yashirin va oshkora infoq-ehson qiladigan kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ajr-mukofotlar bordir. Ularga xavfu xatar yo'q va ular g'amgin bo'lmaydilar»
(Baqara surasi, 274-oyat).
⚡️ Eng ulug' yaxshilik – uni hech kim bilmasa ham, odamlardan minnatdorchilik kutmasdan, xolis qilingan yaxshilikdir. Hech kim ko'rmaydigan darajada, telefoningiz orqali qilingan birgina ehson — butun boshli oilaning g'amini aritishi mumkin.
⚡️ Telefondan chiqmay turib jannatga zaxira to'plash o'z qo'lingizda. Payme yoki Click ilovasida "YurakAmri" deb qidirib, o'z xolis ehsoningizni yo'llang.
⤵️ Postni yaqinlaringizga ulashing! Yaxshilik ulashishdan charchamang.
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 2 026 |
| 17 | #Hadis
🤎 Yarimta xurmo: "Menda yetarli pul yo'q-ku" deydiganlar uchun...
Ko'pchiligimiz ehson qilish uchun boy bo'lishni, katta mablag' topishni kutamiz. "O'zimdan ortmayapti, 5-10 ming so'm bilan nima ham o'zgarardi" deb, savobdan quruq qolamiz.
📖 Adiy ibn Hotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Rasululloh ▪️ dedilar:
"Yarimta xurmo (sadaqa qilib) bo'lsa ham, do'zaxdan saqlaninglar!"
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
⚡️ Yaratganning dargohida pulning miqdori emas, qalbning niyati o'lchanadi. Bitta yarimta xurmo qiymatidagi pul, ya'ni bugungi kundagi 5-10 ming so'm pul sizning cho'ntagingizni bo'shatib qo'ymaydi. Lekin shu arzimagan mablag'ingiz yig'ilib, qaysidir go'dakning yuragi urib turishiga sababchi bo'lishi aniq!
⚡️ Kichik harakatlar ulkan mo'jizalarga sabab bo'ladi. Payme yoki Click ilovasida "YurakAmri" deb qidirib, bugunoq mo'jizaga sababchi bo'ling.
⤵️ Ushbu ibratli xabarni yaqinlaringizga ham ulashing.
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 2 599 |
| 18 | 🌙 Omonatlar o'z egalariga topshirildi: Surxondaryo safari yakunlandi!
☝🏻 Alhamdulillah, «Yurak Amri ❤️» jamoasi siz azizlarning ishonchingiz, mehringiz va omonatlaringizni Surxondaryo viloyatidagi 700 dan ziyod haqdorlarga to'la-to'kis yetkazishga muvaffaq bo'ldi.
Safarimiz davomida bizga yelkadosh bo'lgan, vaqti, mehnati va texnikasi bilan beminnat xizmat ko'rsatgan barcha surxondaryolik mard va xolis insonlardan Alloh rozi bo'lsin! 🤲🏻
Mehribon va saxovatpesha xalqimiz — ushbu safar uchun ehson qilgan har bir insonning moli va joniga baraka tilaymiz. Biz kirib borgan har bir xonadonda sizlarning haqingizga ko'z yoshlar bilan qilingan duolar, inshaAlloh, ikki dunyongizni obod qiladi. 🕊
Biz bilan qoling! Xayrli ishlarimiz shu bilan to'xtab qolmaydi, hali oldinda xalqimiz xizmatidagi juda katta safarlarimiz bor. Yaxshilikni birga tarqatishda davom etamiz! ✨
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 2 618 |
| 19 | Xolis bo'lish — hammaga ham emas.
Bu faqat Alloh tanlasa, qalbga solsagina nasib etadigan buyuk baxtdir. Ko'pchilik ilg'amayotgan haqiqat ham aslida shu! ☝🏻
⚡️ Alhamdulillah, Surxondaryoda qalbi yetimlar, miskinlar va muhtojlarga muhabbat bilan to'lib-toshgan xolis, mard insonlar juda ko'p ekan. Ular yanada ko'paysin, duo qiling, azizlar! 🤲🏻
Bu safarda Allohning ko'plab rahmatlariga, suygan bandalariga va ibratli mo'jizalariga guvoh bo'ldik. Qo'limizdan kelgancha sizga ham yetkazib, eslatdik.
⚡️ Endi navbat sizga: eslatguvchi, isloh qilguvchi va yaxshilik ulashuvchi bo'ling!
💳 "YURAK AMRI" RASMIY KARTALARI:
🪙 Oziq-ovqat uchun:
▫️ 5614 6812 5948 5450 (Uzcard)
▫️ 4466 1489 2601 2580 (Visa)
❤️ Xarajatlar uchun:
▫️ 5614 6812 5905 1062 (Uzcard)
⚡️(Karta bog'langan raqam: 33 091 99 99, Ipoteka bank)
💳 Ehson qiling, biz yillar davomida sinalgan do'stmiz! ✊🏻
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 2 615 |
| 20 | Xayrli tong!
Ota-onangiz hayot bo'lsa — bugun ularning duosini oling. Telefon qiling, hol-ahvol so'rang, ko'ngillarini ko'taring.
▪️ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Jannat onalarning oyoqlari ostidadir.»
(Imom Nasoiy rivoyati)
Ularning duosi — sizning qalqoningiz.
• Barakali kun bo'lsin!
✅Sardor Rahimxon sahifalari:
🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube | 2 823 |
