Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Ir al canal en Telegram
Barchasi dasturlash haqida. https://www.youtube.com/yunus_code Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764 English one is @yunuscode website: yunus.monster
Mostrar más3 476
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
-930 días
Archivo de publicaciones
Repost from MJ
Bugun soat 20:00 da "Easy Freelancing" kanali asoschisi, "Udevs" kompaniyasida frontend dasturchi va Upwork frilans platformasida frilanser sifatida ishlovchi dasturchi Sabohat Qalandarova bilan Mohirdev YouTube kanalida suhbat bo'lib o'tadi.
https://youtu.be/URn7NfuD-Oc
O'zingizni qiziqtirgan savollarni yuborib qo'yishingiz mumkin.
Narxini so'rashgan ekan:
- Monitor: LG 29WP500-B UltraWide - 270-290$;
- Klaviatura: Rapoo 9300 - 40$;
- Quloqchin: Edifier TWS NBQ - 60-70$ (Tashqaridagi shovqinni kamaytirish rejimi bor);
- Mikrafon: Hyperx Quadcast S RGB - 170$;
- Noutbuk: Macbook 2020 i9 15.6 - 1800-2000$ (Hozir);
- Mikrafon uchun pantograf: Remax - 40$;
Malikada 10-30$ farq qilishi mumkin, bularning barini bir kunda olmaganman.))
Katta ekranning foydasi yaxshi ekan ishlashda. 2,3 ta screen turaveradi.
Havodan oʻtuvchi moddalar injineri sifatida shuni ayta olaman-ki: 😂😂
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Shu popolnit schot bo’lishi uchun nechta server, nechta devops, nechta backend developerlar ishlashini bilganingda edi...
Havodanmish, eee kallangga “Doktorskiy”
@Sardoroga_blog
Repost from SUBYEKTIV
“Millioner bo‘lishning 3 ta siri”, “1 oyda $10 000 topishni o‘rgataman...”
O‘zidan biznes-trenerni yasab olgan soxta biznesmenlar ko‘payib ketdi. SUBYEKTIV'ning yangi soni – tezda boyib ketish “sirlari”ni quloqlarga lag‘mon qilib ilayotgan “muvaffaqiyatlilar” haqida.
Videodan foydalanganda manba
keltiring❗️© @subyektivuz
Repost from MJ
"Osmondagi bolalar" syomkasiga Nurulloh va Muhammadyunus bilan birga borgan edik. Kadr ortida kuzatib turishgandi.
Suhbatdan keyin "mana buni aytsam bo'larkan" degan fikrlar yana keldi. Lekin shunda ham foydali bo'lar, degan umiddaman.
20:30 da boshlanadi.
https://youtu.be/q5j9HPx3ttw
Repost from Mabrur | Dasturlash va AI
30 minutdan keyin ustozimiz bilan suhbat boshlanadi. "Osmondagi Bolalar"ni shu paytgacha chiqqan birorta sonini bunchalik kutmagandim, qiziq bo'ladi, albatta ko'ring🔥
LINK: https://youtu.be/q5j9HPx3ttw
Mana bu yerda @easy_freelancing gʻolib boʻlishibdi. Congratulations 🎉
Repost from Osmondagi bolalar
Dasturlash bilan qaytdik!
Biroz tanaffuslardan so'ng biz yana o'z vazifamizni bajarishga qaytdik. Bu safar zamonaviy kasblardan biri — dasturlash haqida gaplashamiz. 🧑💻
⚜️ Loyihamizning 24-soni mehmoni Toshkent shahrida tavallud topib, avval Toshkent Islom universiteti akademik litseyini, so'ngra 2018-yilda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining "Biznes axborot tizimlari" fakultetini tamomlagan, Frontend dasturlash sohasini o'rgatish bo'yicha 3 yildan oshiq tajribaga ega mutaxassis — Muhammadjavohir Sur'atov bo'ldilar.
Spikerimiz hozirda MayoqHub loyihasi asoschisi va Mohirdev.uz onlayn o'quv platformasida ta'lim bo'limining mas'ul xodimi sifatida faoliyat yuritadi.
Ishonamizki, ertaga soat 20:30 da premyerasi bo'lib o'tuvchi suhbat IT sohasiga qiziquvchilar uchun juda ham foydali va qiziqarli bo'ladi. 😊
🔴 YouTube sahifamiz
Repost from Mabrur | Dasturlash va AI
Bir hafta oldin Elmakondan MI Scooter Pro 2 sotib oldim, oradan hech qancha vaqt o'tmadi, ammo taasurotlarim bilan bo'lishgim keldi.
Uydan ishga, o'qishga borish doim metro va avtobusda qulay bo'lmagani uchun velosiped yoki elektrosamokat (skuter) olishni reja qilgan edim. Internetda reviewlarni o'qib oxiri samokat olishga qaror qildim.
Samokat 3 xil rejimda yuradi. Eco, Drive, Sport. Birinchi rejimda 5 km/soatgacha, ikkinchisida 20 km/soatgacha, sportda 25 km/soatgacha chiqadi. Joyidan qozg'alishi, yurishi, tezligi juda yoqdi (agar 25 kamlik qilsa firmware qilib 30-35gacha ko'tarsa bo'larkan, men tavakkal qilgim kelmadi). Tormoziga gap bo'lishi mumkinmas, 25 km tezlik bilan tormoz bosib o'lchab ko'rdim, tormoz yo'lim 5 metrga bormadi.
Shahar ichida uzoq yo'llarga bemalol yursa bo'ladi, 100% zaryad olishiga 5-6 soat ketadi, to'la zaryad bilan 40-45 kmgacha yurib beradi. Eng uzoq yurganim bir kunda 35 km bo'ldi. Samokat yig'iladi, metroga bemalol olib tushyabman, o'zimga kerakli bekatda to'xtab yo'limda davom etaveraman.
Xavfsizlikka keladigan bo'lsak, velosiped qulfi bilan qulflasa bo'ladi, yoki APP orqali motorini o'chirib qo'yish mumkin, lekin magazin, kafe, ofisga olib kirishimga hali hech kim qarshilik qilmadi, doim o'zim bilan olib yuribman.
Menga sezilgan eng katta kamchiligi - amortizator yo'qligi bo'ldi. Shahar yo'llari tekkismas, chuqurlarga ko'p tushyabman. Yana bir kamchilik, shaharda velosiped uchun yo'laklar kam, bor yo'laklarni piyodalar egallab yurishadi, yo'l berishmaydi (doim asabni buzadi), shuning uchun mashina yo'liga chiqishga majbur bo'lyabman.
Umuman olganda, samokat yoqdi. Cho'ntakkayam foyda keltirishni boshladi, 1 haftada 100 kmdan ko'p yo'lni bosib qo'yibman, shu yo'lni taksiga hisoblab ko'rsam ancha pul ketib qolarkan. Eng yoqimli hissiyot probkada turgan mashinalarni oldidan o'tib ketish bo'lyapti :)
Shaharda velosiped va samokatlar uchun ko'proq yo'llar, parkovkalar bo'lsa yaxshi bo'lardi. Atrof-muhitga zararli bo'lgan mashinalardan iloji boricha voz kechish kerak.
@mabrur_dev
🎉 Uzoq vaqtlik tanaffusdan so'ng BARQ kompaniyasiga React Engineer sifatida qabul qilindim.
Soqol olish haqidagi gaplar Ukraina va Belorussiyadan koʻchib kelayotgan IT chilarni ham qoʻrqitib yuborsa kerak. Soqolsiz ITchini tasavvur qilolmayman.
Agar ularga tegishmasa, qolganlarga ham tegish kerak emas. Endi islohotlar ish berib koʻplab chet elliklar koʻchib kelayotgan paytda, turizm rivojlanayotgan paytda, shuncha muammo turib soqolni olib yurish shunchaki uyat. Korrupsiya, foxishabozlik, online qimor, online firibgarlik turganda soqol olish…
Har bir inson har bir juniga oʻzi xoʻjayin. Yaqin akalarimdan biri 15 kun avval shontaj bilan kirib ketishgan edi. Toʻgʻrisi kadrlar uchun yaxshi ish qilmayabsizlar. Chet elliklar mayli, shu yurt farzandlarini surishga majbur qilmang.
Javob topildi 😂, shunchaki rasvo ishlatishni oʻrganish kerak ekan 😅
Eshikning shu qismi ishlamayabdi. Qulf aylanyabdi. Bilishimcha qotib qolgan. Ochish uchun 6 qirralik yechgich topolmadim. Kimdir shunday eshiklarni tushunadimi?
Repost from 🍇 Dasturchining kundaligi
Daraxtlar bor joyda yashayabman. Issiqlikni sezmaysiz hisob. Shaharni daraxtsiz qismi odamni holdan toydiradigan issiq. Daraxtlarni kesuvchilarga Alloh kifoya qilsin.
Oldin Qoʻqon ichi muzdek edi, kecha 5 daqiqa shahar ichida yurolmadim. Juda koʻp daraxtlar olib tashlangan.
Yaxshi monitor tavsiya qiling. Klaviatura ham. Monitor ultrawide bo'lsa va 29 va undan katta bo'lsa yaxshi bo'lar edi.
