1 125
Suscriptores
-524 horas
-37 días
+730 días
Archivo de publicaciones
1 125
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi
2024-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllari
Bo‘nak to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda
2024-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchilar uchun – 10401_33;
▫️ AOS to‘lovchi hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – 10401_34.
📌 O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllarini taqdim etishlari talab etilmaydi.
🔹Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining to‘lash muddatlari:
▫️ AOS to‘lovchi hisoblanmaydigan subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay
❗️2024-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay;
▫️ AOS to‘lovchi subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak 3 oyining 20-kunidan kechiktirmay.
Ma'lumot uchun, yuridik shaxslar tomonidan 2023-yil uchun soliq hisoboti (10403_13) soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Mol-mulk va yer solig‘ini hisob kitob qilishda kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati va imtiyoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlarining elektron soliq xizmatlari portali – my3.soliq.uz orqali “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” hamda “Alohida soliq stavkasi qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlar va yer uchastkalari” bo‘limlaridan murojaat yuborish orqali shakllanadi.
📖 2023-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
1 125
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi
2024-yilda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha hisob-kitob shakllari joylashtirildi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 431-modda
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_21;
▫️ AOS to‘lovchi korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_20.
🔹Soliq toʻlash muddati:
📌2024-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
▪️AOS toʻlovchilar uchun – har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▪️Boshqa soliq toʻlovchilar uchun – har oyning 10-kuniga qadar.
Mazkur soliq hisobotlari Kadastr organlarida ro‘yxatga olingan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida, avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.
Izoh: Hozirda faqat soliq stavkalari tasdiqlangan hududlar uchun ushbu soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi va har yili 10-yanvarga qadar soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda
📖 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
