cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ohangaron tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi

Ohangaron tuman XTB rasmiy kanali ✉️ [email protected] ☎️ (70) 645-50-80 Ⓜ️ Toshkent viloyati Ohangaron shahar 1-kichik daha 2-uy.

Mostrar más
Uzbekistán26 276El idioma no está especificadoEducación71 515
Publicaciones publicitarias
292
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
-430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Yig'ilish #Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi #Toshkent viloyati #Ohangaron tumani 13-umumiy o'rta ta'lim maktabida navbatdagi pedagogik yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda 2022-2023 o'quv yili va 4-chorak bo'yicha ishlar hisoboti ko'rib chiqildi. Maktab rahbari X.Saitova rahnamoligida O'IBDO' Z.Toshpo'latova, MMIBDO' G.Davranovalar maktabdagi amalga oshirilgan ishlar, o'qituvchilarning erishgan natijalari, o'quvchilarning fan va 5 tashabbus doirasidagi yutuqlari, kamchiliklari yuzasidan muhokamalar tahlil etildi. Sinf rahbarlar hisoboti tinglandi. 2023-2024 o'quv yiliga hozirdan tayyorgarlik ko'rib borish, bu yilgi natijalardan yuqori natijalarga erishish ko'zda tutildi.
Mostrar todo...
Abituriyentlarda biometrik pasport yoki ID-karta boʻlishi kerak Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun abituriyentlar pasport yoki ID-karta hamda attestat ma’lumotlarini elektron dasturga kiritishi talab etiladi. ❌ Bu hujjatlarsiz elektron ariza topshirib boʻlmaydi. Arizani biometrik (yashil) pasport bilan ham kiritish mumkin, ikki hujjatdan biri — biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi kerak. ❗️O'tgan yillarda bitirgan va ayni damda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas. ID-karta bo‘lishi kerakligi haqidagi talab faqat hali pasport olmagan o‘quvchilarga tegishli. Chunki hozir biometrik pasport berilmayapti. Avvalroq vazirlik maktablarning 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarini tezroq ID-karta olishga chaqirgandi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Joriy o‘quv yili qabulida 8 ta OTMda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi Bular xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan 👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; 👉 Samarqand davlat chet tillar instituti; 👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; 👉 Andijon davlat chet tillar instituti; 👉 Namangan davlat chet tillar institutining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda 👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti; 👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti; 👉 Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tgan 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlangan edi. bmba.uz | Rasmiy👇 https://t.me/+TaN4_ETdpUy3Eu5b https://t.me/+TaN4_ETdpUy3Eu5b
Mostrar todo...
🏫 Келгуси ўқув йилидан бошлаб Ўзбекистон мактаб тизимида ўзгаришлар бўлиши кутилмоқда (кўк матн устига босинг) Янги дастурга мувофиқ: ▪️Информатика фани 1-синфдан бошлаб ўқитилади; ▪️юқори синфларда фанлар сони 16 дан 11 гача камаяди; ▪️амалий машғулотларнинг улуши 40 дан 60% гача ошади%; ▪️иш учун мурожаат қилган ўқитувчи 1 йил давомида стажёр ўқитувчи бўлиб ишлаши ва ушбу даврда сертификат олиши керак; ▪️малака сертификатини олган ўқитувчилар иш ҳақининг 70 фоизигача устама олишлари мумкин; ▪️мактаб директорлари танлов асосида лавозимга тайинланади; ▪️малакали болалар боғчаси тарбиячиларининг маоши мактаб ўқитувчиларининг маоши билан тенглаштирилади; ▪️хусусий мактабларни ташкил етиш бўйича талаблар юмшатилади; ▪️Таълим вазирлигининг бўлимлари мактаблар фаолиятини текшириш ва таълим сифатини баҳолаш бўйича ваколатларини тўхтатади.
Mostrar todo...
Туманимиздаги 14-умумтаълим мактабида "Илмни қадрланг, илмга интилинг!" шиори остида "Сўнгги қўнғироқ" тадбири ўтказилди. Битирувчилар томонидан тақдим этилган куй-қўшиқлар, тантановор рақслар барчага байрамона кайфият улашди.
Mostrar todo...
25-май куни Оҳангарон тумани ММТБ га қарашли 23-умумий ўрта таълим мактабида "Илмни қадирланг илмга интилинг " шиори остидаги "сўнгги қўнғироқ" тадбири бўлиб ўтди. Тадбирда мактабимиз рахбари Г.Айнаева муҳтарам президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг битирувчиларга йўллаган табрикларини ўқиб эшиттирди, ва мактабимиз ўқувчиларни табриклаб, йил давомида эришган ютуқлари билан фахрий ёрлиқлар билан тақдирлади.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
##Toshkent viloyati ##Ohangaron tumani 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 25-may kuni "Ilmni qadrlang ,ilmga intiling"shiori ostida soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.Tadbirda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bitiruvchilarga yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirdi.Tadbirda maktab direktori tomonidan yil davomida faol boʻlib, a'lo baholarga oʻqigan oʻquvchilarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi yana farzandining taqdiriga befarq boʻlmagan mehribon ota-onalarni ham turli xil nominatsiyadagi tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Maktab IMMBT Umirzakova Nigora
Mostrar todo...
#So'nggi qo'ng'iroq 🗓25-may barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadigan, bitiruvchilar qadrdon maktablari, sinfdoshlari bilan xayrlashadigan kun. ✅Ushbu bitiruv kuni munosabati bilan, Ohangaron tumani MMTB tasarrufidagi 15- umumiy o‘rta ta'lim maktabida faxriy ustozlar, maktabni10 yil, 20 yil, 50 yil oldin bitirub ketgan sobiq o'quvchilar, bitiruvchilar va ularning ota - onalari ishtirokida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda bitiruvchilarni tabriklash maqsadida maktab direktori Sh.Djanikulova Muxtaram Prezidentimizning bitiruvchilarga yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi. Tadbirda bitiruvchilar tomonidan kuy - qo'shiqlar va sahna ko'rinishlar ijro etildi. ⚡Yil davomida faol ishlagan o'qituvchilar va a'lochi o'quvchilar faxriy yorlig' bilan taqdirlandilar.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Ohangaron tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Ilmga intiling, ilmni qadrlang" shiori ostida ma'naviy, ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bitiruvchi o‘quvchilarga Prezidentimiz tabrigini maktab direktori vaqtincha vazifa bajaruvchi Matkasimova X o‘qib eshittirdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda chiroyli o‘tdi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Жорий йилнинг 2023 йил 25-май куни Оҳангарон туман 59-мактабда "Илмни қадрланг, илмга интилинг" шиори остида байрам тадбири бўлиб ўтди. Тадбир Давлат мадҳияси билан бошланди. Тадбирни мактаб директори Н. Ташпулатова ўз табрик сўзи билан бошлаб ёшларга Президент табригини ўқиб эшиттирди. Мактабнинг энг намунали ўқуачилари ва ота оналари ташаккурномалар билан тақдирланди. Тадбирда мактабнинг 40 йиллик, 20йиллик собиқ битирувчилари ҳам иштирок этишиб ўз табрикларини битирувчиларга йўллади. Шунингдек ўқувчилар томонидан тайёрланган куй ва қўшиқлар намойишэтилди.
Mostrar todo...