cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati

Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali Tuman hokimiga @Sariosiyo_404bot orqali murojaatingizni yo'llashingiz mumkin.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
6 441
Suscriptores
-624 horas
+127 días
+8530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga tabrik yo'lladi
Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.
Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 5 1👏 1🤗 1
#yer_nazorati ⚡️Sariosiyo tumanida yer nazorati tadbirlari davom etadi 📍Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Sariosiyo tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan, tumanning “Gulobod” mahallasi hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 📑 Nazorat tadbirlari davomida fuqarolar tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 7q-dala konturidan 8 ta holatda 0.50 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi holati aniqlandi. 📝Holat yuzasidan tuman inspektorlar tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ogohlantirish xatlari berilgan. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 5👏 1🤔 1🫡 1
Yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo'ling! Sariosiyo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari tomonidan Galabutta mahallasida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali yuqumli kasalliklarni oldini olish, xonadonlarda sanitariya-gigenik jihatdan orastalikni taʼminlash boʻyicha uyma-uy yurgan holatda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mahallada uyma-uy kirib yuqumli va parazitar kasalliklar, it va boshqa hayvonlar jarohatlar, ovqatdan zaharanishlar, shu jumladan botulizm, brutsellyoz, qoʻtir, sil kabi kasalliklar va ularning kelib chiqish sabablari, profilaktikasi boʻyicha maʼlumotlar berib borilmoqda. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 4👏 2 1🕊 1
Yoshlar doimiy e’tiborda! Sariosiyo tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari M.Amanto‘rayev tashabbusi bilan maktab o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, sektor hududida joylashgan “Ma’dankon” mahallasi hududidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Qiziqarli va murosasiz bahslar asosida o‘tgan “Zakovat” o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra, Zakovatning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash tadbirlari davom etadi. Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 2🤝 2 1
🇺🇿 Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining oltmish yettinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi Kun tartibidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli hamda 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5-son Farmonlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman maishiy chiqindi poligoni rahbari - S.Qosimovning hisoboti tinglandi. Shuningdek, sessiya yakuni bo‘yicha, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 4👏 1🤝 1
#Jonli_efir 🇺🇿 Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining oltmish yettinchi sessiyasi davom etmoqda 🫥Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan, tumanda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman Elektr ta’minoti korxonasi rahbari R.Nabiyev, Sariosiyo tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.Sayriddinov, “Suv ta’minoti” MChJ rabari A.Nazarovning hisobotlari tinglandi. 🎥 Sessiya ishini tuman hokimligi Axborot xizmatining Instagram dagi sahifasi orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 4🤔 1👌 1
Archivo de publicaciones