cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

NamDU_Filologiya

Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetining telegramdagi rasmiy kanali! Fakultet yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring! Murojaat uchun: @NamduFilologiyafakultetibot hamda @Alxamdulillax0594 📘O‘zbek tili 📕Rus tili

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
847
Suscriptores
-124 horas
-77 días
-2230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

1
Наманган давлат университетининг 3 нафар талабаси ёш ижодкорларнинг Зомин семинари Республика босқичида иштирок этяпти. Филология факултети Ўзбек адабиётшунослиги кафедраси қошидаги "Адабиёт бўстони" тўгараги аъзолари,  3- босқич талабалари Муслима Аҳмаджанова, Фотима Турғунова, Меҳринисо Нурматовалар адабий танқид ва назм йўналиши бўйича вилоятимиз ёшлари номидан қатнашмоқдалар.
Mostrar todo...
👍 4
👍 2
2 июль-Ўзбекистон Республикаси герби тўғрисидаги Қонун қабул қилинган кун ГЕРБ ҲАҚИДА ҚИЗИҚАРЛИ СУҲБАТ Республика маънавият ва маърифат маркази Наманган шаҳар бўлими таклифига биноан НамДУ ўзбек адабиётшунослиги  кафедраси ўқитувчиси Комилжон Файзиев 2-туғруқхона жамоаси вакиллари билан давра субатида иштирок этди. Уни Наманган шаҳар маънавият ва маърифат маркази бўлими раҳбари Тоҳиржон Мадаминов очиб берди. Шундан сўнг К. Файзиев Ўзбекистон Республикасининг давлат рамзлари ҳақида сўз юритди. Хусусан, гербдаги буғдой бошоғи, пахта, дарё ва тоғлар, Ҳумо қуши, саккиз қиррали  юлдуз, ярим ой ва юлдузлар, қуёш тимсолларининг рамзий маъноларига эътиборни қаратди. Шунингдеу, у буюк соҳибқирон Амир Темур давлатининг тамғаси ва унга ёзилган "Куч-адолатда" шиорининг тарихий аҳамияти, улуғ ўзбек шоири, ғазал мулкининг султони Алишер Навоийнинг Ҳусайн Бойқаро саройида муҳрдорлик вазифасини бажарган пайтда ҳам адабиёт ва санъат вакилларига ҳомийлик қилгани, қурилиш-ободонлаштириш ишларига бош-қош бўлгани ҳақида қизиқарли маълумотлар билан ўртоқлашди. Якунида эса аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш, соғлом турмуш тарзини шакллантириш, оналар ва болалар ўлимининг олдини олишда тиббиёт ходимлари зиммасидаги долзарб вазифалар таъкидланди.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🟩🟩🟩🟩 ⚡️ Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy - tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yoshlar - kelajak bunyodkori" shiori ostida "Bilim va tafakkurim - shu yurt uchun, shu el uchun" mavzusida tashkil etilgan insholar tanlovi g'oliblari aniqlandi.
🏆Yakuniy natijalarga ko'ra: 🥇- o‘rin Xabibullayeva Nafisa - Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi  🥈- o‘rin Mirzajonov Ilhomjon - Geografiya o'rganish obyekti yo'nalishi 2-kurs magistranti 🥉- o‘rin  Tojiboyev Hurshidbek -   Ijtimoiy fanlar fakulteti 2- bosqich talabasi
⚡️ Tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Mostrar todo...
Repost from RENESSANS NamDU
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 📣Hujjatlar qabuli boshlandi... 🌟 Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi uchun hujjatlar qabuli boshlandi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining OTM bosqichi tanlovida hujjatlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
1. Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani va o'quv ishlari bo'yicha dekani o'rinbosari tomonidan ASLIGA TO‘G‘RI yozuvi bilan tasdiqlangan shaklda) 2. Ilmiy ishlar ro'yxati (3×4 varianti)
📆 Yuqorida keltirib o'tilgan hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 3-iyul  ⏳Soat 17:00 ga qadar 📲Murojaat uchun tel: +998995125872   +998973731234 🕊Murojaat uchun telegram manzili: 📲@Mamasidiqov_Fazliddin 📲Mira'zam To‘xtasinov 📝TANLOV SHARTLARI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari NIZOMI
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🌐@NamDU_iqtidor 🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Mostrar todo...
Namangan davlat universiteti filologiya fakultetida talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilgan bo‘lib, mazkur jarayonlar bir necha yillar davomida namunaviy tarzda amalga oshirilmoqda. Buni filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Havasxon Solixo‘jayeva tashabbusi bilan “Matn tahriri” fanidan ilg‘or talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida o‘tkazilgan taqdirlash tadbiri misolida ham ko‘rish mumkin. Tadbirda filologiya fakulteti dekani Abdug’affor Nazarov so‘zga chiqib, ustoz - talaba - mustaqil ta’lim shakli o‘rtasida ancha murakkabligi bilan e‘tiborga loyiq uzilmas aloqa mavjud ekanligi, mahoratli pedagog uchun mustaqil ta’lim – talabaning fanga oid nazariy va amaliy bilimlarini rivojvojlantirish, intellektual qobiliyati va liderlik xususiyatini rag‘batlantirish, bir so‘z bilan aytganda talabani kashf etish imkoniyati sifatida qimmatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Zero  “Ertangi kunini o‘ylagan, taraqqiyotni ko‘zlagan va yoshlarning kelajagiga befarq bo‘lmagan har qanday davlat ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim”dir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Mostrar todo...
3👍 2
FM103.6.MP35.10 MB
3😁 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#TABRIK 💐👏Bugun Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Husanxo'jayev Obidxon Ma'mutovichning tavallud topgan kunlari. Shu munosabat bilan ustozni chin dildan muborakbod etamiz. Shuningdek, ustozga mustahkam sog'lik-salomatlik, uzoq umr tilaymiz. Hamda ustozning hayotlari bir umr abadiy, baxtli va farovon lahzalar og'ushida boʻlishiga, hayot yoʻllaridagi barcha ezgu istaklari amalga oshishiga va hayotning hamma jabhalarida hozirgidek kuchli va betakror boʻlishlariga tilakdoshmiz. 🕊Bizni kuzatishda davom eting... 🌐https://t.me/Filologiya5
Mostrar todo...
🎉 19😁 3👏 2 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.