Modul 5
Ir al canal en Telegram
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
Mostrar más999
Suscriptores
-224 horas
-107 días
-2030 días
Archivo de publicaciones
999
Yon daftar tuting!
Oʻzingiz bilan doimo yozib yuradigan bloknot olib yuring. Bloknot bizga "gʻoyalar qopqochasi" vazifasini bajaradi. Bu usulni Michael Michalko degan inson oʻylab topgan.
Bu usul quyidagicha: Oʻzingiz bilan bloknotcha olib yurasiz va xayolingizga kelgan gʻoyalarni bloknotga yozib borasiz.
Gʻoyalarni doimiy yozib borish, sizda daholikni shakllantiradi. Chunki koʻplab daholar ham shunday qilishgan. Bunga misol qilib Albert Eynshteyn ayta olamiz. U ham doimo turli xil chizmalarni daftariga yozib borgan.
Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉
youtu.be/DUAW3FUyWok
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Motivatsiya qidirmang
Hozirgi kunda koʻpchiligimiz ijtimoiy tarmoqlarda yoki mashhur insonlardan motivatsiya qidirib, motivatsiyasiz harakat qilolmaydigan boʻlib qoldik.
Motivatsiya qidirishni bas qiling!
Chunki motivatsiya Sizning ichingizda. Bu narsa yer yuzining 4 dan bir qismiga berilgan. Agar ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, Siz ham shu qismda mavjudsiz.
Javobni esa quyidagi videodan olasiz👉 https://youtu.be/bObWh1M5Diw
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Bugungi kunda bolalarimizni tarbiyalabmiz-u, ammo koʻpchiligimiz tarbiyalayotganda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyamiz:
"Sen ertaga falon joyda oʻqishing kerak, falon joyda ishlashing kerak" deb taʼkidlayapmiz.
Lekin bu notoʻgʻri. Nimaga deganda, biz ishchi qatlamini shakllantiriyapmiz, yaʼni qora ishchilarni yetishtiryapmiz!
Biz shunday tarbiya qilishimiz lozimki, "oʻgʻlim yoki qizim sen shunday oʻqishing kerakki, ertaga minglab odamlar ishlaydigan kompaniyalarga asos solishing shart" deb uqtirishimiz zarur!
Har bitta bola kelajakda nafaqat oʻziga, balki oʻnlab, yuzlab insonlarga ish joyi yaratishi lozim.
Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉https://youtu.be/bObWh1M5Diw
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Deyarli koʻpchligimiz yilda bir marta boʻlsa ham, ayniqsa yoz faslida shahardan tashqariga, togʻlarga, suv boʻylariga, dalahovlilarga chiqamiz. Oʻsha joylarda boʻlganda, toza havodan bahramand boʻlib, osmonga qarab yotib olib, xayol suramiz. Oʻsha payti esa turli xil hissiyotlar paydo boʻladi:
Hayratlanish. Chunki koinotning masshtabini koʻrganda, osmondagi cheksiz borliqni koʻrib hayratlanish tabiiy holdir.
Qiziqish. Bu his inson genida joylashgan boʻlib, bu bizni kosmos tomon olgʻa boshlaydi.
Qoʻrquv. Biz oʻzimizga beriladigan savollarga, hayotimiz davomida javob ololmasligimizni aniq bilamiz va bu qoʻrquvni keltirib chiqaradi.
Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉 https://youtu.be/_atUpDwYw6M
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Tasavvur qiling: juda ham qiynalib turibsiz, moliyaviy erkinlikka chiqa olmayapsiz, bor imkoniyatingizni ishga solsangiz ham yaxshi natijaga erisholmayapsiz. Endi esa uyingizda 15 yildan buyon ochilmagan eski shkafingiz bor. Bir kuni uni ochib koʻrdingiz, u yerda esa million dollar pul turibdi.
Qanday ahvolga tushasiz? Bizning miyamiz ham xuddi shunday, yillab qanday qobiliyatimiz borlini ham bilmasligimiz mumkin. Har bir insonda esa maʼlum sohaga xos boʻlgan qobiliyat bor. Uni aniqlash esa insonning oʻziga bogʻliq
Ushbu iqtibos quyidagi suhbatdan olingan👉 https://youtu.be/DUAW3FUyWok
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Insonning oʻz sohasida yutuq va muvafaqqiyatga erishishida eng keraklisi ustoz hisoblanadi. Odamlar koʻpincha koʻp kitob oʻqish kerak, oʻrganish kerak deyishadi. Bu ham toʻgʻri, lekin baʼzi oddiy bilimlar kitoblarda yozilmaydi, ularni faqatgina tajribadan oʻtkazgan insondan olishingiz mumkin.
Ushbu iqtibos quyidagi suhbatdan olingan👉 https://youtu.be/tQc2j_33s7o
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Uchrashuvimiz yaponlarning maqsad qoʻyish strategiyasidan boshlanib, hozirgi kundagi zamonaviy universitetlardagi sharoitlar va taʼlim tizimi bilan davom etdi. Yakunda esa bangladeshlik spiker bu hayotda biz bilgan, lekin oʻylab koʻrmagan mavzular bilan uchrashuvni yakunlab berdilar.
Bu voqealarning barchasini tez orada Modul5 YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Uchrashuv boʻladigan joyning manzili👉 https://maps.app.goo.gl/URo1ZbTrr5zD6mqe7
14:00 da uchrashuv boshlanishi kutilmoqda. Kuzatuvchilar koʻpligi sababli ertaroq kelib, oʻz joyingizni band qilganingiz maʼqul.
999
Ilmiy uchrashuvning bitta spikeri almashdi
Koʻpchilikning taklif va iltimoslariga binoan uchrashuvimizga ayol spiker sifatida Oʻzbekiston milliy universitetining tayanch dokroranti Barnoxon Artikxodjaevani taklif qildik. Ular "Xotin-qizlarning taʼlimi" mavzusida nutq soʻzlaydilar.
Uchrashuv esa
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Ilmiy uchrashuv boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi
Biz esa sizlarni soʻnggi spiker bilan tanishtiramiz. Oflayn uchrashuvimizning 5-spikeri "Profi university", "Profi school" va "New era kids" loyihalarining asoschisi Bektosh Hotamov boʻladilar.
Mana endi dasturimiz mehmonlari bilan toʻliq tanishib chiqdingiz. Bu kabi insonlarning hammasi bilan bir kunda va bir yerda uchrashish imkoni har doim ham boʻlavermaydi. Shu sababli hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting!
Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Universitet rektorlari va asoschilari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi respublika taʼlim markazi direktori Shuxrat Sattorov ham bizning 4-spikerimiz boʻlib, ilmiy uchrashuvimiz notigʻiga aylanadilar.
Ushbu uchrashuvdagi maksimal eʼtibor taʼlimga qaratilmoqda va bu uchrashuvdan keyin sizning bilimga boʻlgan qarashingiz yaxshi tarafga oʻzgarishi aniq. Buning uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting va uchrashuv ishtirokchisiga aylaning!
Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Bu motivatsion uchrashuv yoki shou emas
24-sentabr kuni Modul5 loyihasining 3 yilligi munosabati bilan boʻladigan ilmiy uchrashuvning 3-spikeri PDP universiteti rektori Odilbek Mirzayev boʻladilar.
Ushbu oflayn uchrashuvga spikerlar ham, tashkilotchilar ham juda katta tayyorgarlik koʻrishmoqda. Shu sababli uchrashuv ishtirokchisiga aylanishni istasangiz, quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting!
Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Ilmiy uchrashuvning 2-spikeri ham aniqlandi
Asosan ilmga aloqador insonlarni bu galgi seminarimizga taklif qilishimizdan maqsad: yoshlar oʻrtasida aynan ilm olishga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish va shu orqali ham yaxshi natijalarga erishish mumkinligini koʻrsatib berish.
Bilimi orqali muvaffaqiyatga erishgan ana shunday insonlardan biri "Akfa" universitetining rektori Bekzod Jalilov bizning 2-spikerimiz boʻladilar. Ushbu uchrashuv sizning fikrlaringizni oʻzgartirib yuborishi aniq. Shu sababli hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting!
Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Modul5 loyihasining 3 yilligi munosabati bilan ilmiy uchrashuv
24-sentabr kuni oflayn uchrashuv bo‘lishi haqidagi eʼlondan soʻng "spikerlar kim ekan" degan koʻpchilikni qiziqtirgan savolga javob berish vaqti keldi. Demak, spikerlarni birma-bir tanishtirishni boshlaymiz.
Birinchi spikerimiz Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti rektori va Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxoʻja.
Seminarda qatnashishni istasangiz, quyida havola orqali roʻyxatdan oʻting!
Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Modul5 loyihasi 3 yoshda
2019-yil 24-sentabr kuni Modul5 loyihasining ilk soni boʻlib oʻtgan edi. Mana oradan qariyb 3 yil oʻtdi. Shu vaqtga qadar Modul5 loyihasi onlayn formatda 15.000.000 dan ziyod insonlarga yetib bordi. Oflayn uchrashuvlarda esa 10.000 dan oshiq yoshlarni birlashtira oldi.
Endi shu raqamlarni orttirish va 3 yillik bayram munosabati bilan 24-sentabr "Taʼlim" mavzusida navbatdagi oflayn seminar boʻlib oʻtadi. Bu haqida keyingi postlarda toʻliq maʼlumot berib oʻtamiz. Modul5 loyihasini kuzatishda davom eting!
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Yangi videoni 20:00 da Modul5 YouTube sahifasida tomosha qiling
Video nima haqida?
Bu spiker kim?
Inson organizmidagi 2 ta asosiy sistema
Odam organizmidagi psixologik buzilishlar
Inson oʻzini-oʻzi boshqara oladimi?
Tanamizning xotirasi bor
Yoga natijasida qanday ijobiy holatlar yuzaga keladi?
Yoganing dinga aloqasi bormi?
Yoga bu sportmi?
Xulosa
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
