cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Navoiy viloyati FVB Axborot xizmati/Rasmiy kanal

"Oʻz vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 129
Suscriptores
-224 horas
-37 días
-730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Yana bir bor jangovar shaylik sinovdan oʻtkazilib, bilim va koʻnikmalar oshirildi 🔰Navoiy viloyati FVB TBM boshligʻi podpolkovnik M.Radjabov hamda bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik G‘.Haqberdiyev tomonidan Zarafshon shahar FVB 3-YoQQ shaxsiy tarkibi bilan xizmat buyruqlarini oʻzlashtirilishi hamda jangovar shayligini tekshirish va amaliy yordam koʻrsatish ishlari olib borildi. 🔰Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha boʻlim va qism boshligʻiga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar rejaga asosan davom ettirilmoqda. 🔰Navoiy viloyati FVB axborot xizmati. 🧯Telegram | 🧯Facebook
Mostrar todo...
👍 1
#Qiziltepa_tumani #Dolzarb_30_kun 🔰Qiziltepa tumani FVB xodimlari tomonidan "Dolzarb 30 kun” tadbiri davomida tumanda joylashgan "Qiziltepa" bolalar yozgi dam olish oromgohining yongʻinga qarshi texnik holati oʻrganilib, yoshlar ishtirokida "Yosh qutqaruvchi" musobaqasi o‘tkazildi. 🔰Shuningdek, musobaqa yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar topshirildi. Bu kabi PROFILAKTIK TADBIRLAR davom etmoqda.
Mostrar todo...
"Dolzarb 30 kun" tadbirlari davom etmoqda ➡️"Qizilqum fosforit kompleksi" ➡️"Asia Trans Gaz" 🔰"Qizilqum fosforit kompleksi" MCHJga qarashli Temir yoʻl sexida "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin profilaktikasi" hamda "Dolzarb 30" kun tadbirlari oʻtkazildi. ↘️Tadbir davomida hududdagi teplavoz va vagonlarning texnik holati koʻzdan kechirildi va ishchi xizmatchilarga yongʻinlarni oldini olish hamda yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirilib yoʻriqnomalar oʻtildi. 📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌 🧯Shu kabi tadbirlar "Asia Trans Gaz" MCHJ QK KS-3 OYoXTTEB xodimlari tomonidan "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida obʼektning koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati aʼzolari hamda muhandis texnik xodimlari ishtirokida obʼektda sodir boʻlish ehtimoli boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olishga bagʻishlangan koʻrgazmali video roliklar namoish etildi. 🔰Navoiy viloyati FVB axborot xizmati. 🧯Telegram | 🧯Facebook
Mostrar todo...
Masʼullar tomonidan joylarda profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda 🔰Navbahor tumani hududida o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha DOLZARB30 30 kun" tadbiri davomida "Qizilqum sement" AJga qarashli "SHABODA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining yong‘in xavfsizligi holati Navoiy viloyati FVB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.Suvonov va tuman FVB boshlig‘i podpolkovnik X.Matyakubov ishtirokida o‘rganildi  hamda ishchi xizmatchilar bilan oylik doirasida profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilib, mavzuga oid eslatmalar tarqatildi. 🔰Navoiy viloyati FVB axborot xizmati. 🧯Telegram | 🧯Facebook
Mostrar todo...
#Zarafshon_shahar #Dolzarb_30_kunZarafshon shahar FVB xodimlari tomonidan shahar hududida joylashgan Chegara qo‘shinlari harbiy qismida "Dolzarb 30 kun" tadbiri munosabati bilan, favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf qilish, mavjud YoO‘A dagi qurol aslaxalarning taktik, texnik imkoniyatlari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi. Hamda turli xildagi 100 ga yaqin eslatmalar tarqatildi. Bu kabi PROFILAKTIK TADBIRLAR joylarda davom etmoqda
Mostrar todo...
🟡Tomdi tumani "Oqtov" OFY  hududida NOF loyihasi boʻyicha yangi qurilayotgan (Navoiy boyitish fabrikasi)da tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan "Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida targʻibot tashviqot ishlari olib borildi hamda tadbirni keng qamrovda oʻtkazish maqsadida zavod hududiga eslatma plakatlar oʻrnatildi. Bu kabi PROFILAKTIK TADBIRLAR joylarda davom etmoqda
Mostrar todo...
👍 1
#Dolzarb_30_kun #Amaliy_mashq O‘QUV AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI ➡️"Navoiyazot" AJda OYOXTTEB inspektorlari tomonidan Korxonada favqulodda holatlarning oldini olish, xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jamiyat hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kutilmagan vaziyatlar uchun mas’ul soha vakillarining jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Chemistry international” MCHJ QK hududida “Dolzarb 30 kun” doirasida o‘quv amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. ➡️Unga “Navoiyazot”AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi, harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, tibbiy sanitariya qismi mutaxassislaridan iborat 100 nafarga yaqin xodim jalb etildi.
Mostrar todo...
#Jarayon 🚒"Navoiy IES" AJ OYOXTTEB inspektorlari tomonidan "PGU" va "Suvni kimyoviy tozalash sexi"larida ishchi xizmatchilar bilan "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida hududda yongʻin sodir boʻlganda ishchi xizmatchilarning toʻgʻri harakat qilishi boʻyicha mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulotda jami: • 2 ta maxsus texnika, • 15 nafar FVB xodimlar • 35 nafar ishchi xizmatchilar ishtirok etildi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bugun_tugʻilgan_kun TABRIKLAYMIZ ! 🔰Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik - Pulatov Farxod Abduraxmonovichni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlaymiz! 🎉 Hurmatli, Farxod Abduraxmonovich sizni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi nomidan tabriklaymiz  ! Sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt tilaymiz. Umringiz uzun, risqingiz butun, martabangiz bundanda ziyoda boʻlsin. ✨ Xalqimizning xavfsizligi hamda manfaati yoʻlida olib borayotgan faoliyatingizga zafarlar yor boʻlsin. 🔰Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi hamda Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi jamoasi
Mostrar todo...
👏 23👍 3👌 2
#JarayonYurtimizda eʼlon qilingan Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "DOLZARB 30" tadbiri doirasida "Navoiyazot" AJ OYoXTTEB 15-YoQQ xodimlari tomonidan 919-sex xodimlariga oylik doirasida tushuntirish ishlari olib borildi hamda hududdagi mavjud yong‘in o‘chirish gidrantlari koʻzdan kechirildi.
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.