cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi (rasmiy)

Ушбу расмий канал орқали сиз Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Фарғона вилоят бўлимининг фаолияти, танловлар, эълонлар, адабий жараёнга, ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчи лавозимига оид янгиликлар билан танишиб борасиз. Мурожаат учун: @Gofurov1908

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
406
Suscriptores
Sin datos24 horas
+57 días
+730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Xushxabar 🔰Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira, adiba Karima Ashurovaning "Oʻzim bilan yuzma-yuz" nomli nasriy toʻplami nashrdan chiqdi. 📚Yangi kitob barchamizga muborak bo‘lsin! 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🌅 SURATLAR SOʻZLAGANDA... 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
👍 1
#Jahon_adabiyoti Kristi TILMANN MOʻJIZANING BAHOSI Olti yoshli qizaloq Tessining ukasi ogʻir kasal boʻlib qoldi. Otasining oyisiga umidsizlik bilan: “Uni faqat moʻjiza qutqara oladi”, – deganini eshitdi-yu, xonasiga yugurib kirdi. Tessi topgan-tutganini olib, dorixonaga qarab yugurdi. Peshtaxta yoniga yaqinlashdi va arang nafasini rostlab: – Men...moʻjiza sotib olmoqchiman, – dedi u dorixonachiga. – Kechirasiz, tushunmadim? – soʻradi dorixonachi. – Ukam ogʻir kasal. Uni faqat moʻjiza qutqarishi mumkin ekan. Bir burchakda turgan odam qizaloqqa yaqinlashdi. – Sizga qanaqa moʻjiza kerak, boʻtalogʻim? – deb soʻradi. – Men... bil...mayman, – hiqilladi qizcha. – U holda, sizga qanday moʻjiza kerakligini bilish uchun ukangingizni koʻrishim kerak, – dedi bashang kiyingan notanish odam. Ostonada mashhur jarrohni koʻrgan ota-ona quvonchdan yigʻlab yubordi. Onasining: “Qiziq, bu moʻjizaning bahosi qancha turarkin?” deganini eshitgan Tessi jilmaydi. Axir u bu moʻjiza qancha turishini aniq bilardi-da. Bor-yoʻgʻi bir yarim dollaru ellik sent va jajji qizaloqning samimiy ishonchi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#nazm *** Tun. Yomg'ir. Qorishiq ifor. Uchqur xayol, qadamlar asta. Borliqqa sochilib keladi ketging, Yomg'ir bo'lsam kerak, aslida. Sen yo'qsan. Hechkim yo'q. Nimalardir bor. Nenidir tuyarsan yomg'ir ostida. Men axir osmonda yashaganman-ku, Ne qilib yuribman zamin ustida?.. Shayton. Taqiq. Va o'sha meva. Afsus bor quvg'indi odam naslida. Negadir ularga aloqam yo'qdek, Yomg'ir bo'lsam kerak, aslida. ©Najmiddin  Ermatov 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
👍 1
♻️ "Ustoz Malika Mirzo xonadonida tasvirga olish jarayonidan lavhalar 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram‌‌
Mostrar todo...
👍 4❤‍🔥 1
04:10
Video unavailableShow in Telegram
🎙Qilichbek Madaliyev: "Shohimardon togʻlarida" ✍️ Malika Mirzo 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram‌‌
Mostrar todo...
Qilichbek_Madaliyev_Shohimardon_tog_lari_Киличбек_Мадалиев_Ш.mp416.02 MB
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
🔔 Bizda tugʻilgan kun❗️ 📆 Bugun taniqli shoira, dramaturg, ustoz ijodkor malika Mirzo tavallud topgan kun! 📌 1940-yil 7-iyunda Fargʻona Viloyati Fargʻona shahridagi Oqariq qishlogʻida tugʻilgan. ♻️ “Vodiy qoʻshiqlari” (1967), “Dilxiroj” (1975), “Saodatim” (1980), “Tong va qalam” (1982), “Dil yaprogʻi” (2000), “Asaldan chiqqan asar” (2008), “Umrim yogʻdulari” (2011),  “Umid manzaralari” hamda “Koʻshkimdagi oy” (2013), “Lutfona bitiklar” (2019) kabi kitoblari nashr etilgan. 📜 “Soʻnggi fojia”, “Oqbulok parizodi”, “Toʻyona” kabi dramalari sahnalashtirilgan, qator sheʼrlari mashhur hofizlar tomonidan qoʻshiq qilib kuylangan. 📌 1979-1987-yillari  Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi  viloyat boʻlimini boshqargan.  “Shuhrat” medali (2000) bilan taqdiplangan. ♻️ Muhtarama Ustoz! Sizni tavallud ayyomingiz bilan barcha fargʻonalik ijodkorlar nomidan muborakbod etamiz!!! 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram‌‌
Mostrar todo...
5🤩 1
#Zomin_2024 📌Qalbda ilhom mavjlangan damlar!.. 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
4👏 3❤‍🔥 1
#Zomin_2024 ♻️Bugun yurtimizdagi eng isteʼdodli yosh ijodkorlarni togʻlar bagʻriga jamlagan anjuman yuqori kayfiyatda yakunlandi. Fargʻonalik yoshlar koʻpdan-koʻp eʼtiroflar, ustozlarning unutilmas mahorat saboqlari bilan birga seminar statuetkasi, yangi kitoblar jamlanmasi, pul mukofoti, soʻnggi rusumdagi telefon kabi qator qimmatbaho sovgʻalar bilan qaytmoqdalar. 🔆Yoshlarimizga beqiyos ruh bagʻishlagan ushbu ijodiy safar kelgusida ajib toʻplamlar, dilga yaqin kitoblarda aks etishiga ishonamiz! 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
👏 3👍 2 2❤‍🔥 1
#Fargʻona_oqshomlari ♻️ Yozyovon tumani Qoratepa mahalla fuqarolar yigʻinida “Yoshlar oqshomi” tadbiri oʻtkazildi. 📚Unda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Oʻktamxon Soliyeva oʻzining dilbar sheʼrlari bilan ishtirok etdi va adabiyotsevarlarga kitob ulashib koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. 🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
Mostrar todo...
👍 3 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.