cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ulug’bek To’lqinov | Blog

"Kim ilm yo'lini tutsa, ..."-https://t.me/Munabbihat_uz/10 https://t.me/UlugbekTeacher - My channel for IELTS. Agar bu kanaldan bir manfaat olsangiz, Alloh Taolodan; agar bir xato bo'lsa, kaminayi xodimingizdan deb biling.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
56
Suscriptores
+424 horas
Sin datos7 días
+4430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Hayotingni saqlab qol Ba'zida o'zingni yo'qotib qo'ygandek his qilasan. Bu holat asosan hamma istaklaring amalga osha boshlaganda, hayoting osonlashganda, atrofingdagi sevimli insonlaring doim yoningdaligini his qilib turganingda yuzaga keladi asosan. Mazmunli bo'lishi mumkin bo'lgan hayoting ko'z o'ngingda zerikarli tusga kira boshlaydi. Sabab nima? Aniq bilmayman, ochig'i. Lekin o'ylashimcha, bu kattaroq (eng katta) maqsadingni salgina unutganingdan bo'lishi ham mumkin. Eng katta maqsading nima edi? Shuni esla! Qilayotgan hamma ishing aslida shu maqsadga olib boradimi yoki yo'q? Tahlil qil. Hozir qilayotgan kunlik ish-amallaring eng katta maqsadingga olib bormas ekan, doim ko'zinga keraksiz va bema'nodek bo'lib ko'rinadi. IELTS olishni bir misol qilib olaylik. Toki bu kichik maqsad hayoting davomida erishmoqchi bo'lgan eng katta maqsading, deylik, jamiyatga yordam berish yo'lida senga ko'mak bermaydigandek ko'rinar ekan, hech qachon bu yo'lda biring ikki bo'lmasligi tayin. Sen nima qilishni bilasan, tushunasan- IELTS ni olishing kerak, u senga juda muhim. Lekin nega uni olging yo'q? Balki, bu kichik maqsadga kichikroq nazar bilan qaraganing uchundir. Bu testni olish maqsadiga ko'proq ishni bajara oladigan ishchidek qara. Ko'p holda qachon bir ishchiga u ko'proq ishni bajara olish potensialiga ega ekanligini turli misollar bilan ko'rsatsangina, yaxshiroq ishlashni boshlaydi. Demak, hayotdagi turli darajali maqsadlaring seni oxirgi manzilga tezroq va yaxshiroq holatda olib borishi uchun bu maqsadlarni ko'proq sabablarga bog'lab qo'y. Oddiy qilib aytsam, ularni ardoqla. Post boshidagi holatga qaytaylik. Hayotda o'zingni yo'qotib qo'yishing eng katta maqsadlarni esdan chiqarishingdan, bu esa unga eltuvchi kichik maqsadlarga bee'tibor bo'lishingdan, bu esa o'z o'rnida kichik maqsadlarga yetarli sabab bog'lamasligingdan kelib chiqarkan. Xulosa nima? Xulosa - o'zingni yo'qolgandek his qilmaslik uchun kichik amallaringga ular ko'proq qiymat olib kelishini anglagan holda chuqur e'tibor bilan yondashishing kerak. Hozir kichik qadamlaringa boq, hayotingni saqlab qol! P.S. Ichimdagilarni qanchalik yetkazib beroldim, bilmayman. Cho'zilib ketdi. Vaqtingizga rozi bo'ling. Konstruktiv mulohazalarni kutaman! Ulug'bek To'lqinov
Mostrar todo...
6🔥 4
Sinov foydalari 1. Biz ham ojiz bandaligimizni esimizga soladi (har doim ham ketmonimiz uchmasligini va biz ham oddiy banda ekanimiz yodimizda turishiga sabab bo’ladi); 2. Kim yaqin, kim esa yo’q ko’rsatib qo’yadi (chapak chalib, kulib turuvchilar va borini berib kuyunuvchilarni yaqqol ko’rasan); 3. Hayotiy va kasbiy faoliyatda insighlar beradi (shu tariqa boshqa vaziyatlarda qanday yo’l tutishni ko’rsatadi); 4. Bir pog’ona yuqoriga chiqishga undaydi (til o’rganayotganda, bir bosqichdan boshqasiga o’tishdagi imtixonni eslagin); 5. Eng muhimi, Allohga yaqinlashtiradi (yagona chora U tomonidan kelishiga yana bir bor iqror bo’lasan)! Ulug’bek To’lqinov
Mostrar todo...
7🔥 1
Inson o’z nafsini jilovlamasa, o’zgalarga ham hech narsani uqtira olmaydi. ©️”Yo Nasib” kitobidan Ulug’bek To’lqinov
Mostrar todo...
4
Chin bo’lsa edi gar muhabbating, Sevganing ortidan ergashar eding. Chunki oshiqlardan kutilgan har ish Suyuklisi ortidan ajralmay yurish. ©️”Nabaviy Tarbiya” kitobidan Ulug’bek To’lqinov
Mostrar todo...
6
Haqqa oshiq bo’lmaganning ishqqa haqqi bo’lurmi hech?! ©️”Yo Nasib” kitobidan Ulug’bek To’lqinov
Mostrar todo...
5
Ishqqa, muhabbatga tashna qalb uchun Alloh ishqi bor, Rasul ishqi bor. ©️”Yo Nasib” kitobidan Ulug’bek To’lqinov
Mostrar todo...
6
Ba’zilar mol-dunyo g’ami bilan, yana ba’zilar ohirat g’ami bilan yig’lab yuribdi. Yig’i bir xildir, lek darojat turli.
Mostrar todo...
❤‍🔥 8 2
Photo unavailable
Birodarim bilan bugungi suhbatdan.
Mostrar todo...
❤‍🔥 8 4🔥 3😢 3😁 1🐳 1
Vaqt juda tez o'tyabdi. Buni yana bir bor anglash uchun yoshligimizda birga katta bo'lganlarga qarashning o'zi kifoya. Ko'pchiligi ro'zg'or boshi, yana boshqalari oila bekasi - farzandek ne'mat ega ota-onalardir. Qarindoshlar davrasi yoshligimdan birga o'sib-ulg'ayganim - opamning jajji qizalog'i bilan yana bitta insonga kengaydi. Solihalardan qilsin, Ilohim. Haaaa... Vaqt tez o'tyabdi. Uchyabdi.
Mostrar todo...
❤‍🔥 13🔥 4😢 2🐳 2
Ba’zida uzoq muddatli foyda uchun qizqa muddatli yo’qotish qilishga to’g’ri keladi. Eng jasurlar va kelajakdan umidi kattalargina bunday qilishga qodirz
Mostrar todo...
❤‍🔥 10🐳 3🔥 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.