Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
Ir al canal en Telegram
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz 📞 +998953401070 👨🏻💻 Murojaat uchun: @roboticslab_school
Mostrar más983
Suscriptores
-124 horas
-27 días
-130 días
Archivo de publicaciones
🇺🇿 O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda
IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini davom ettirmoqda. Dasturning navbatdagi qismi quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:
🟢Andijon viloyati
🟢Namangan viloyati
🟢Farg‘ona viloyati
🟢Jizzax viloyati
🟢Sirdaryo viloyati
🟢Toshkent viloyati
🟢Toshkent shahri
Kimlar qatnashishi mumkin?
— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— IT o‘quv markazi tinglovchilari
— IT kompaniyalari mutaxassislari
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar
Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
✔️ Mahorat darslari
✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish
✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish
🔜 Arizalar qabuli: 15-may—1-iyun
👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Repost from N/a
🇺🇿 O‘zbekistonda ilk marotaba “FIRST” robototexnika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi!
29–30-aprel kunlari O‘zbekiston Robototexnika va Muhandislik Assotsiatsiyasi tomonidan “FIRST Uzbekistan Championship” xalqaro robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 7 ta davlatdan 90 ta jamoa, 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
🚀 2 kunlik shiddatli musobaqalar yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning 9 ta jamoasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan “FIRST China Championship” musobaqasiga, 2 ta jamoasi Gonkongda bo‘lib o‘tadigan “FIRST Hong Kong Championship” musobaqasiga, 1 ta jamoa esa AQShda bo‘lib o‘tadigan “FIRST Los Angeles Championship” musobaqasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oldi!
#FIRST
@muhandislikassotsiatsiyasi
🚀 3-KUN OLYMPIAD CAMP — STEM’ga qiziqqan yoshlar uchun katta imkoniyat!
11–13 iyun kunlari Toshkentdagi Central Asian University’da 9–11-sinf o‘quvchilari uchun Kimyo, Fizika va Matematika fanlari bo‘yicha intensiv olimpiada camp bo‘lib o‘tadi.
📚 3 kun davomida:
— Kuchli mentorlar bilan ishlash
— Real olimpiada formatidagi masalalar
— STEM loyihalari va networking
— Universitet muhiti va zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishuv
🎁 Ishtirokchilarga:
✅ 100% gacha grant yutib olish imkoniyati
✅ “Be Student” dasturida bepul ta’lim
✅ Camp’ni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga kafolatlangan qabul imkoniyati
✅ Sertifikat va yangi imkoniyatlar
📍 Format: Offline
📍 Manzil: Central Asian University, Toshkent
👥 Yosh: 15–17 yosh
⚡ Joylar soni cheklangan!
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola
Repost from Zarif Qodirov
9-may xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin.
@qodirov_zarif
Repost from TUIT | International Office
📢 TATU talabalari diqqatiga!
Axborot xavfsizligi bo‘yicha xalqaro “GO CTF TATARSTAN 2026” turniriga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗓 Saralash bosqichi: 23-may 2026 (onlayn)
👥 Jamoa: 3–5 nafar ishtirokchi
🏆 Mukofot jamg‘armasi: 700 000 rubl
📌 Ro‘yxatdan o‘tish: https://goctf.ru/
(22-maygacha)
🏁 Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra, har bir yo‘nalishdan eng yaxshi 10 ta jamoa finalga yo‘l oladi. Final bosqichi 2026-yil 25-oktabr kuni Qozon shahrida “Kazan Digital Week – 2026” xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Axborot xavfsizligi, kriptografiya va hacking yo‘nalishlariga qiziqqan talabalar uchun ajoyib imkoniyat!
✈️@tuit_international
🛡 KIBERXAVFSIZLIK OLAMIGA KIRISH HAMDA 100% ISH BILAN TA'MINLANISH IMKONIYATI!
Siz shunchaki nazariyani emas, President Tech Award musobaqasida $100 000 yutgan professionallardan o'rganishni xohlaysizmi? Unda kurs aynan siz uchun! 🚀
👨💻 Mentorlarimiz
🏆 President Tech Award mutloq 1-o'rin g‘oliblari
🏦 Bank tizimlaridagi Axborot xavfsizligi departamenti mutaxassislari.
💎 Kiberxavfsizlik markazi mutaxasislari.
KIBERXAVFSIZLIK KURSINING DASTURI:
Kursimiz 3 ta bosqichda sizni noldan Professional darajaga olib chiqadi:
1-BOSQICH: Tarmoq xavfsizligi (4+1 oy)
Cisco CCNA & CCNA Security (Tarmoqni noldan qurish).
Fortigate NGFW Firewall: Real muhitda xavfsizlik devorini sozlash.
2-BOSQICH: Tizim administratorligi (4 oy)
Windows Server & Microsoft MCSA: Korporativ tarmoqlarni boshqarish sirlari.
3-BOSQICH: Professional Kiberxavfsizlik (6 oy)
OS: Kali Linux, Parrot Linux, KCI.
Tools: OSINT Framework, Zabbix, Observium, NetBox.
DLP Tizimlari: Falcongaze (Ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish).
🔥 NEGA AYNAN BU KURS?
✅ Qulay joy va hamyonbob narxlar.
✅ 100% Ishga joylashish kafolati: Eng yaxshi bitiruvchilar banklar va yirik IT kompaniyalarga tavsiya etiladi.
✅ Amaliyot ustuvorligi: Faqat qog'ozdagi bilim emas, real keyslar va bank infratuzilmasi misolida o'rganasiz.
✅ Nufuzli Sirli Mentorlar: Sohada o'z o'rniga ega, amaliyotchi mutaxassisdan dars olasiz.
Tezkor ro'yxatdan o'tish: roboticslab.uz
@roboticslab
🇺🇿 O’zbekistonlik Yosh muhandislar 2026-yil yozda John Hopkins universitetida bo’lib o’tadigan MTI robototexnika musoboqasiga qabul qilindi!
🚀 Ushbu musoboqada dunyoning eng kuchli 44ta jamoasi FTC yo’nalishida qatnashadi. Bu yil 30,000 mingdan ortiq jamoalar ushbu musoboqaga a’riza topshirgan.
🌍 Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbek yoshlari ushbu musoboqada qatnashadi!
🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
Repost from TATU | Rasmiy kanali
HURMATLI TATU 4-BOSQICH TALABALARI!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha olimpiadaning universitet bosqichi tashkil etilmoqda.
🗓 Olimpiada universitet bosqichi 2026-yil 7-aprel soat 19:00 dan 21:00 ga qadar online tartibda o‘tkaziladi.
Hoziroq ro'yxatdan o'ting!
💡 Sizni ushbu olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🏆 G‘olib bo‘ling va magistraturaga imtiyoz asosida o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
📍 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
“Iqtidorli talabalar” bo‘limi
A-bino, 214/A-xona hamda admin ga murojaat qiling!
✅ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — bilim va salohiyatingizni namoyon etish vaqti keldi!
Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov AQShning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100% lik grant asosida o'qishga qabul qilinibdi.
MIT dunyoning 1-raqamli texnik universiteti. Hozirda QS reytingda jahonda 1-o’rinda, THE reytingda 2-o’rinda turibdi.
Qoyil, Elbek va Asilbek ukalarimizni tabriklayman! Ota-onasi va ustozlariga rahmat. Barakalla!
👉 @xushnudbek 👈
27–28-mart kunlari Central Asian University mintaqaning eng yirik texnologik voqeasi — CAU Tech Hackathon 2026 va Global Tech Summit 2026 mezboniga aylanadi.
🤖 Mazkur xakaton O‘zbekiston, AQSH, Turkiya va boshqa 17 davlatdan kelgan 1200 dan ziyod iqtidorli talaba hamda maktab o‘quvchilarini bir nuqtaga jamlaydi. Ishtirokchilar Sog‘liqni saqlashda AI, Kiberxavfsizlik (CTF) va Robototexnika yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar. Musobaqa natijalarini xalqaro hakamlar hay’ati baholab boradi.
🔥 Sovrin jamg‘armasi — $38 000
🧠 Global Tech Summit 2026 “AI Beyond Hype: real texnologiyalar, real yechimlar” mavzusiga bag‘ishlanadi. Sammitda jahon texnologiya olamining kuchli ekspertlari so‘zga chiqadi. Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy spikeri — Stenford universiteti professori, Udacity asoschisi va Google X loyihasi hammuassisi Sebastian Thrun ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Savol va takliflar uchun:
📱 +998954304004
Batafsil
Instagram | Telegram
🔥🔥Kosmos ilk bor 1946 yil tasvirga olingan.
🔥🚀🛰Kosmosda yashab qolish mumkinligini 1957 yil aniqlashgan va dunyodagi birinchi suniy yo'ldosh aynan shu yili uchirilgan.
🔥🛰🚀Kosmosga ilk inson 1961 yilda Yuri Gagarin chiqgan.
🔥🛰🚀Kosmos va 🪙🪐🌏🌔sayyoralar.Shu kabi barcha ma'lumotlarni ushbu videoda ko'rib rohatlaning. Inson qanchalik intiluvchan. Siz ham o'z maqsadlaringiz yo'lida intilib yashang.
🦾😊 Bizni jamoamizda bo'ling. Va har doim maqsad sari biz bilan qadam tashlang.
Maqola Robotics Lab matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi.
@roboticslab
Startapingizni rivojlantirishingizga yana qo‘shimcha imkoniyat: President Tech Award tanlovi mukofot jamg‘armasi 5 baravar ortadi!
Har safar AyTichi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari yoshlarga qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradilar.
O‘tgan safargi uchrashuvdan keyin 1 mln dollar mukofot jamg‘armasiga ega President Tech Award tanlovi ishga tushgandi. Unda 13 mingdan ortiq yoshlarimiz shu kungacha qatnashishdi.
Bu safargi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari President Tech Award g‘oliblari loyihalari bilan ham tanishib, kelgusi yillarga ushbu tanlovni qamrovini yanada kengaytirish uchun uni $1 mlndan $5 mlnga ko‘tarish bo‘yicha vazifa belgiladilar.
Keyingi yilgi tanlovga qatnashing, yutish imkoniyatingiz yanada kengaydi: awards.gov.uz
O‘z startapingizni yanada rivojlanirish niyatida bo‘lsangiz uni startapbase.uz da ro‘yxatdan o‘tkazing va ushbu saytdagi yangi ochiladigan imkoniyatlardan foydalanib boring!
🤖 Texnologiya — bu faqat robotlar emas, bu biz qurayotgan kelajakdir.
Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi Yoshlar Markazida O‘zbekiston robototexnika terma jamoasi bilan ochiq uchrashuvga taklif etamiz.
✨ Robototexnikaning bugungi dunyoga ta’siri, ta’lim va jamiyat rivojidagi o‘rni haqida suhbatlashamiz.
🥈 Shuningdek, FIRST Global Challenge musobaqasida qo‘lga kiritilgan dunyo kumush medali yo‘limiz haqida ham eslab o‘tamiz.
27-fevral | 16:00
📍Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 8-uy
👉 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://t.me/ziyoforumbot
Bu — tajriba almashish, ilhom olish va katta maqsadlar haqida suhbatlashish uchun ajoyib imkoniyat.
Hammani kutib qolamiz! 🚀✨
-------------------------------------
🤖 Технология — это не только роботы, это будущее, которое мы строим.
Приглашаем вас на открытую встречу со Сборной Узбекистана по робототехнике в Молодёжном центре Фонда развития науки и образования «Ziyo Forum».
✨ Поговорим о влиянии робототехники на современный мир, её роли в образовании и развитии общества.
🥈 Также вспомним путь к завоеванию серебряной медали на международном соревновании FIRST Global Challenge.
📅 27 февраля | 16:00
📍 Яккасарайский район, улица Кушбеги, дом 8
👉 Регистрация:
🔗 https://t.me/ziyoforumbot
Это отличная возможность обменяться опытом, вдохновиться и поговорить о больших целях.
Ждём всех! 🚀✨
📷Instagram | 😁 Telegram
#Bilasizmi
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to'g'risidagi xulosa olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫 Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
⏳Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 ish kuni.
💰Ruxsat berish to'g'risidagi xulosa berganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: BHMning 69,5 baravari.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Kelajak kasbini bugundan egallang!
⚠️Dronlarni boshqarish — bu shunchaki qiziqish emas, balki yuqori daromadli va istiqbolli professional yo‘nalish. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Xalqaro O‘zbek–Hind axborot texnologiyalari markazi Sizni professional dron kurslariga taklif etadi!
⚡️ Kurs davomida nimalarni o‘rganasiz?
⏺ Drone Racing — tezlik va adrenalin ishqibozlari uchun poyga dronlarini boshqarish;
⏺ Professional operatorlik — kinematografiya, monitoring va aerotasvirga olish;
⏺ Texnik xizmat — dronlarni yig‘ish, sozlash va dasturlash asoslari.
👨🏫 Tajribali mutaxassislar ko‘magida bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring hamda xalqaro standartlarga mos sertifikatga ega bo‘ling!
🎓 TATU talabalari uchun maxsus chegirmalar mavjud.
⏲ Qabul boshlandi! Joylar soni cheklangan — shoshiling!
👉 Ro‘yxatdan o‘tish: Droneracing.uz 🌐
🌍 Sizni qiziqarli mahalliy va xalqaro musobaqalar, shuningdek, serdaromad ish imkoniyatlari kutmoqda!
Bizni kuzating:🚀Telegram 📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook
🚀 Kelajak kasbini bugundan egallang!
Dronlarni boshqarish — bu shunchaki qiziqish emas, bu yuqori daromadli professional sohadir. TATU huzuridagi Xalqaro O‘zbek-Hind AT markazi Sizni professional kurslarga taklif etadi!
⚡️ Kursda nimalarni o‘rganasiz?
Drone Racing: Adrenalin va tezlik ishqibozlari uchun poyga dronlari boshqaruvi.
Professional Operatorlik: Kinematografiya va monitoring uchun parvozlar.
Texnik Xizmat: Dronlarni yig‘ish, dasturlash va sozlash.
Tajribali mutaxassislar ko‘magida o‘z mahoratingizni oshiring va xalqaroga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘ling!
👏👏👏TATU talabalari uchun maxsus chegirma mavjud.
📥 Qabul boshlandi! Joylar soni cheklangan! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Droneracing.uz 🌐
Sizni qiziqarli mahalliy va xalqaro musobaqalar va serdaromad ish kutmoqda.
#tanlov #natija
⚡️Bakalavriat bosqichi bo‘yicha Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi!2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichining 101 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTT rahbari tomonidan rag‘batlantiriladi. Jumladan: - Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari; - nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi. ➖Prezident davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Ulugʻbek nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Ibn Sino nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati ➖Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi. 💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
