cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

ABITURENT_UZ(DTM)

ABITURIYENT_UZ (DTM) RASMIY KANALI HUSH KELIBSIZ DTM TESTLAR✅ BLOK TESTLAR✅ MAJBURIY FANLARDAN TESTLAR✅ ENG SO'NGGI YANGILIKLAR✅ Adminga murojat unchun👉👉 @dtmabiturent_uz ABITURIYENTLARGA OMAD YOR BO'LSIN.👨‍🎓👩‍🎓👌👌

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
247
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Talaba va oʻquvchilarga poyezd chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar hamda oʻquvchilarga poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi. @DTM_Abiturentt_uz
Mostrar todo...
​​​​Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari ✅ Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) dan namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi. Unda har bir fan bo‘yicha: 👉 15 tadan test topshirig‘i; 👉 test topshirig‘ining yechilishi; 👉 to‘g‘ri javob; 👉 manba keltirilgan. 👨🏻‍💻 Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari bilan https://dtm.uz/page/majburiy_2020 havolasi orqali kerakli fanni tanlagan holda tanishish mumkin. ❕ Avvalroq umumta’lim fanlaridan ham namunaviy test topshiriqlari (https://dtm.uz/page/namuna_2020) e’lon qilingan edi. O‘ylaymizki, namunaviy test topshiriqlari abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi. @DTM_Abiturentt_uz
Mostrar todo...

​​E’lon Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi 2020/2021 o’quv yilida kollej va texnikumlarga o’qishga kirish istagida bo’lgan abiturientlar ishtirokida o’tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari 2020 yil 17 dekabr kuni e’lon qilinadi. Abiturientlar saralash imtihonlari natijalarini o’zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalarida bilishlari mumkin. Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti - www.dtm.uz orqali ham test sinovlari natijalari bilan tanishish mumkin bo’ladi. @DTM_Abiturentt_uz
Mostrar todo...

​​​​Kelasi yildan ayrim abituriyentlar yana bir sinovdan oʻtadi Abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati aniqlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida aytilgan deya Xalq soʻzi yozgan. Hujjat bilan abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqatini aniqlash 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 5 iyundan 5 iyulga qadar Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligining qarorlari (buyruqlari) bilan hududlar hamda oliy taʼlim muassasalarida tuziladigan Maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. ✅ Maxsus komissiyalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 👉 pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun ekspertlar tarkibini tasdiqlash; 👉 abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun savollar bazasini shakllantirish; 👉 pedagogik layoqatni baholash boʻyicha tasdiqlangan savollar bazasi asosida variantlangan savollar toʻplami(biletlar)ni tasdiqlash; 👉 abituriyentlarning suhbatga jalb etish jadvalini tasdiqlash va eʼlon qilish.
Mostrar todo...

​​​​​​Toshkentda tibbiyot klasteri negizida Koreya tibbiyot universitetining filiali tashkil etiladi Hukumatning “Koreya konsorsiumining investitsiya loyihasi doirasida Toshkent shahrida tibbiyot klasterini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida 400 oʻrinli, kuniga 3500 ambulator tashrifga moʻljallangan Tibbiyot markazi, shuningdek, quvvati 2400 talaba (bakalavr, magistr)ga taʼlim berishga moʻljallangan Koreya tibbiyot universitetining filialini oʻz ichiga olgan umumiy qiymati 135,2 million AQSH dollari boʻlgan tibbiyot klasterini yaratish boʻyicha taʼsischilari Uclone&SNS Korea Inc, KIND biznes guruhi, KDBank aksiyadorlik guruhi, Shinhan Bank, K-Exim Bank, Koreyaning Chung-Ang universiteti boʻlgan Koreya konsorsiumining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin. Batafsil ma'lumot https://t.me/joinchat/AAAAAE6JbSV7-rkZQ54BLA
Mostrar todo...

❗️Adabiyot vaqti❗️ 1. Tog'ay Murodning qaysi asarida qishloq mehnatkashlarining og'ir qismati,katta-kichik rahbarlarning ularga bepisand munosati aks etgan? ✏️Ot kishnagan oqshom 2. Mirkarim Osimning qaysi asari 1925-yilda yaratilgan bo'lsa ham o'z vaqtida chop etilmagan? ✏️ Yangi ariq 3. Hamza Hakimzoda Niyoziy "Birovni zolim qilib,birovni qilding yaxshi,birovni shoir qilib,birovni shoh qilding"deganda nimani nazarda tutgan? ✏️ qalamni 4. Kim Vatanga ta'rif berish uchun so'z topolmayotgan holatini chamanda sevgilisi rasmini chizishga munosib rang topolmayotgan rassomga o'xshatadi? ✏️ Saida Zunnunova "Mening Vatanim" 5. "Kichkina ko'k qog'oz parchasini ko'rib,hammasiga tushundi.....U xatni o'qimadi,qo'l-oyog'i muz bo'lib turgan joyida qotib qoldi."Ushbu parcha qaysi asardan olingan? ✏️ O'lmas Umarbekov"Qiyomat qarz" 6. Qaysi ijodkor bolaligini shunday eslaydi:"Buvim mening bolaligimni turli ertak,qo'shiq,dostonlar bilan bezagan,u tez-tez o'zining tushi haqida gapirib berardi" ✏️ Chingiz Aytmatov 7. "Bir qancha yo'l yurib edi oldidan chiqdi katta bir bog',bir yog'i chorbog' juda katta kalondimog'".Ushbu parcha qaysi dostondan olingan? ✏️ "Ravshan"dostonidan 8. "Zamona kimniki","Bo'l","Muncha ko'p"asarlari muallifi? ✏️Zavqiy 9. "Oq kema" asarida kim yuvosh,baquvvat bo'lmasin yalqov,uyquni yaxshi ko'radi,o'rmonchilikka ham shu vajdan kelib qolgan deya ta'riflanadi? ✏️ Seydahmad 10. Qaysi shoir bolalaridan ayrilgandan keyin iztiroblarini bolasini o'g'irlatgan kaklikka o'xshatgan? ✏️Maxtumquli 11. "Xamsa"asaridagi qaysi qahramoni o'z yorini tilidan ham rashk qiladi? ✏️Farhod 12. "Kecha va Kunduz"asarida to'rt chaqaga arzimagan qurboni zamon deb kim aytilgan? ✏️ Akbarali mingboshi 13. O'zbek adabiyotida ilk roman-dilogiya muallifi kim? ✏️ Cho'lpon 14. "Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan hammani o'ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga o'xshaydi.Ha,u ijod maydoniga yosh va kichkina jussasi bilan keldi-yu,juda katta yuk ko'tardi." Ushbu ta'rif qaysi ijodkor haqida? ✏️Usmon Nosir 15. O'zbek adabiyotidagi ilk badiiy doston qaysi? ✏️ Qutadg'u bilig(Yusuf Xos Hojib) 16. ".....yuzlari oyday,o'zlari toyday,yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan..." Ushbu ta'rif qaysi qahramonlar haqida? ✏️ "Uch og'a-ini botirlar"-aka-ukalar 17. Nodiraning muashshar janriga oid asari? ✏️ Firoqnoma 18. Dilining o'rtanganini ho'l bolishdan so'rashni aytgan shoir kim. ✏️Sergey Yesenin 19. Oybeking shoir sifatida shakllanishida kiming ta'siri kuchli bo'lgan. ✏️Cho'lpon 20. Kichik-kichik detallardan katta umumlashma obraz yasay oladigan ijodkor kim? ✏️ G'afur G'ulom 21. Fursatni kapalak umriga qiyos etgan ijodkor kim? ✏️ G'afur G'ulom 22.Qaysi ijodkoring she'rlari shior va chaqiriq bo'lib yangradi? ✏️Usmon Nosir 23. Ufqdan botar quyoshni shart kesilgan boshga o'xshatgan shoir kim? ✏️Usmon Nosir 24. Quyoshni zambarakka o'xshatgan shoir kim? ✏️Rauf Parfi 25. "Odamga quvvat beradigan umid,uning boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir." Ushbu ta'rif qaysi asar haqida? ✏️ "Ufq"(Said Ahmad) 26. "Qullar" roman-epopeyasi muallifi kim? ✏️ Sadriddin Ayniy 27. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki,shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.Ushbu jumla qaysi asar haqida? ✏️ Chinor (Asqad Muxtor) 28. Kitoblarini asrashni vasiyat qilib ketgan ijodjor kim? ✏️ Ozod Sharafiddinov 29. Qaysi ijodkoring she'ridagi har bir misradan ruhiyatga oziq bo'luvchi ma'nolarni ko'plab topish mumkin? ✏️ To'ra Sulaymon (Armon she'ri) 30. Qaysi ijodkor tabiat manzaralarini,hayvonot va o'simlik dunyosini nihoyatda tiniq,ichdan his etib tasvirlay olish qobiliyatiga ega? ✏️ Shukur Xolmirzayev.👇Batavsil_ma'lumot✅ ➡https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
Mostrar todo...
ABITURENT_UZ(DTM)

ABITURIYENT_UZ (DTM) RASMIY KANALI HUSH KELIBSIZ DTM TESTLAR✅ BLOK TESTLAR✅ MAJBURIY FANLARDAN TESTLAR✅ ENG SO'NGGI YANGILIKLAR✅ Adminga murojat unchun👉👉 @dtmabiturent_uz ABITURIYENTLARGA OMAD YOR BO'LSIN.👨‍🎓👩‍🎓👌👌

​​#Rasmiy Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахбороти Бугун ижтимоий тармоқларда 2021 йил 16 январдан барча онлайн шаклда ўқиётган талабалар учун ўқув жараёни анъанавий шаклда бошланади, деган нотўғри хабарлар тарқалди. Шуни расман маълум қиламизки, олий таълим муассасаларининг барча талабаларини тўлиқ анъанавий таълим шаклига ўтказиш режалаштирилмаган. Мазкур масалада янгилик бўлса, вазирлик расмий веб-сайти ва телеграм канали орқали маълум қилинади.
Mostrar todo...
​​​​Maktablarda bu yil qishki taʼtil qachon boshlanadi? Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarda 2020 yilda qishki taʼtil 27 dekabrdan oldinroq boshlanadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi. ✅ Maʼlum qilinishicha, 2020 yil 27 dekabr yakshanba kuniga toʻgʻri kelgani sababli qishki taʼtil boshlangʻich sinflar uchun 25 dekabr va yuqori sinflar uchun 26 dekabrdan boshlanadi. 📈 Qishki taʼtil 2021 yilning 10 yanvarigacha davom etadi. 11 yanvardan barcha oʻquvchilarga darslar boshlanadi. Batafsil ma'lumot @DTM_Abiturentt_uz
Mostrar todo...
TUGADI.mp418.60 MB
​​​​#Rasmiy Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axboroti Bugun ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 16 yanvardan barcha onlayn shaklda oʻqiyotgan talabalar uchun oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanadi, degan notoʻgʻri xabarlar tarqaldi. Shuni rasman maʼlum qilamizki, oliy taʼlim muassasalarining barcha talabalarini toʻliq anʼanaviy taʼlim shakliga oʻtkazish rejalashtirilmagan. Batafsil ma'lumot @DTM_Abiturentt_uz
Mostrar todo...

​​Test namunalari ko‘paytirildi Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga “Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari” bo‘yicha yangi namunaviy test materiallari joylashtirildi. Talabgorlar https://dtm.uz/page/test_namunalari havolasi orqali yangi test namunalari bilan birgalikda, oldindan mavjud bo‘lgan namunaviy test materiallari bilan ham tanishib, test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. ✅ Hozirda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida: 👉 A2 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz tilidan; 👉 B1 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan; 👉 B2 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan; 👉 C1 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan test namunalari mavjud. ❕ Elsatib o‘tamiz, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://dtm.uz/page/cefr_speaking) ga gapirish (speaking) ko‘nikmasini baholash mezonlari va gapirish ko‘nikmasini baholash qismi bo‘yicha savollar ham joylashtirilgan. 👨🏻‍🎓 O‘ylaymizki, test namunalari talabgorlarning chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam beradi. 👇Batavsil_ma'lumot✅ ➡https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
Mostrar todo...