Ruqiya tahlilchisi
Ir al canal en Telegram
Ushbu sahifamizda shariy ruqiya ilmiga oid foydali ma’lumotlarni berib boramiz va ruqiya doirasidagi mavzularni tahlil qilamiz
Mostrar más4 322
Suscriptores
-824 horas
-247 días
-12630 días
Archivo de publicaciones
4 322
Repost from Sehrga qarshi ruqiya
FOYDALI MUOLAJA
✍️ Katta foyda
💥 Sehrgarlar tarafidan inson badaniga yoki devorlarda paydo bo’lib yozilib qoladigan tilsimlar va sirli yozuvlarni yo‘q qilish uchun:
Quyidagi oyatlarni oq qog‘ozga za’faron siyohi bilan bir martadan yozamiz. So‘ngra u yozuvni zaytun yog’i yoki qora sedana yog‘i yoki misk asvad (qora mushk) ichiga solib bo’ktirib, eritib olamiz.
Shu bilan badanga surtamiz, ayni shu oyatni tilovat qilgan holda:
«يَمْحُو اللَّهُ مَا يَشَاءُ وَيُثْبِتُ»
📚 Ra’d surasi, 39-oyat.
Devordagi yozuvlar: Quyidagi oyatlarni ko’rsatilgan adadda suvga dam solib, shu suvga yuqorida tayyorlab olgan aralashma bilan aralashtirib, ayni oyatni tilovat qilgan holda devorga sepamiz va:
«يَمْحُو اللَّهُ مَا يَشَاءُ وَيُثْبِتُ»
📚 Ra’d surasi, 39-oyat.
Oyatlar:
{يَمْحُو اللَّهُ مَا يَشَاءُ وَيُثْبِتُ ۖ وَعِندَهُ أُمُّ الْكِتَابِ}
Ra’d surasi 39-oyat. 111-marta
{فَمَن بَدَّلَهُ بَعْدَمَا سَمِعَهُ فَإِنَّمَا إِثْمُهُ عَلَى الَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ}
Baqara surasi 181-oyat. 103-marta
{وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدْقًا وَعَدْلًا ۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِهِ ۚ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ}
Ano’m surasi 115-oyat. 99-marta
{ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ السَّيِّئَةِ الْحَسَنَةَ}
Arof surasi 95-oyat. 83-marta
{وَاتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ ۖ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِهِ وَلَن تَجِدَ مِن دُونِهِ مُلْتَحَدًا}
Kaf surasi 27-oyat. 63-marta
{مَا يُبَدَّلُ الْقَوْلُ لَدَيَّ وَمَا أَنَا بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ}
Qof surasi 29-oyat. 51-marta
{فَلَا أُقْسِمُ بِرَبِّ الْمَشَارِقِ وَالْمَغَارِبِ إِنَّا لَقَادِرُونَ (40) عَلَىٰ أَن نُّبَدِّلَ خَيْرًا مِّنْهُمْ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ (41)}
Ma’orij surasi 40-41 oyat. 41-marta
📱 @sehrgaqarshiruqiya
4 322
Repost from Шаръий руқия
Охирги пайт роқийларга тош отиш кўпайиб кетди а ?
Бир икки роқийларнинг хатоси деб барча роқийларни ҳақорат қилиш қанчалик инсофдан билмадик.
Келинг буюк имомлар роқийлар ҳақида нималар дейишганини қараб кўрамиз.
1. Имом ан-Нававий
Имом Нававий «Саҳиҳи Муслим»га ёзган шарҳида руқия билан шуғулланиб, одамлар оғирини енгил қилувчилар ҳақида шундай дейди:
«Қуръон ва Аллоҳнинг зикрлари билан дам солиш фақатгина жоиз бўлиб қолмай, балки мақтовга лойиқ амалдир. Инсонларга манфаат етказиш, улардан озор ва касалликни даф қилиш учун руқия ишлатадиган киши биродарига яхшилик қилган бўлади ва бунинг учун савоб олади.»
(«Шарҳ Саҳиҳ Муслим», 14/169)
2. Ибн Ҳажар ал-Асқалоний
«Фатҳул-Борий» асарлари муаллифи, ҳадисшунос олим
Ибн Ҳажар роқийларнинг фазилати ҳақида шундай ёзади:
«Агар дам солувчи ихлосли ва тақводор бўлса, унинг руқияси қалбдаги имон ва Қуръон нури сабабли тез таъсир қилади. Бундай кишиларнинг одамларга ёрдам бериши суннатга мувофиқ бўлиб, жамиятдаги турли машаққат ва озорларни аритадиган энг гўзал сабаблардандир.»
(«Фатҳ ал-Борий», 10/196)
3. Шайх Солиҳ ал-Фавзон
Саудия Арабистони Катта уламолар кенгаши аъзоси Шайх Фавзон холис роқийларнинг жамиятдаги ролини шундай баҳолайди:
«Суннатга мувофиқ ҳолда, бирор-бир бидъат ёки ширкка йўл қўймасдан одамларга дам соладиган кишилар хайр ва эзгулик устидадирлар. Улар одамларни сеҳргар ва фирибгарлар тузоғидан сақлаб, тўғри йўлда қолишларига сабабчи бўладилар. Бундай холис роқийларни қўллаб-қувватлаш ва уларнинг хизматини қадрлаш керак.»
(«Мунтақо мин Фатаво ал-Фавзон», 1/78)
4. Имом ал-Қуртубий
Таниқли муфассир Имом Қуртубий «Фотиҳа» ва бошқа суралар билан дам солувчилар ҳақида шундай дейди:
«Қуръон билан дам солувчи ва Аллоҳнинг Каломига суянган ҳолда беморни даволовчи киши Аллоҳнинг раҳматини жалб қилувчи воситачидир. Бундай инсонларнинг қилган амали инсонпарварлик ва исломий биродарликнинг юксак намунасидир.»
(«Талхис ал-Жамиъ ли-Аҳкам ал-Қуран»)
Хулоса ўзингиздан.
@ruqiya_shariy
4 322
Repost from N/a
BA’ZI OYATLARNI MUAYYAN KASALLIKLAR UCHUN, ULARGA ALOHIDA E’TIQOD QILMAGAN HOLDA TAKROR O’QISH.
SAVOL: Qur’on o’qiydiganlar orasida shunday kishilar borki, ular ayrim kasalliklar uchun ma’lum oyatlarni ajratib, ularni muayyan miqdorda takror o’qiydilar. Biroq ular bu sonning o’zi shifoga sabab bo’ladi, deb e’tiqod qilmaydilar. Bu tarzda oyatlarni muayyan kasalliklarga xoslashning hukmi qanday? Ularni takror o’qishning hukmi qanday?
Javob: Shubhasiz, Qur’on — Alloh taolo xabar berganidek — shifodir.
Alloh taolo marhamat qiladi «Ayting: U (Qur’on) iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir.» (Fussilat surasi, 44-oyat)
Yana marhamat qiladi: «Ey insonlar! Sizlarga Parvardigoringizdan nasihat, dillardagi dardlarga shifo, mo’minlar uchun hidoyat va rahmat keldi.» (Yunus surasi, 57-oyat)
Shuningdek, Alloh taolo aytadi «Biz Qur’ondan mo’minlar uchun shifo va rahmat bo’lgan narsani nozil qilamiz.» (Isro surasi, 82-oyat)
Ko’plab olimlar bu oyatdagi «مِنْ» (min) harfi tab’iz (bir qismini anglatish) uchun emas, balki jinsni bayon qilish uchun kelgan, ya’ni ma’nosi: «Qur’onning o’zi shifodir», deganlar.
Shu bilan birga, Qur’onda davolanishda o’ziga xos fazilati va ruqiyada kuchli ta’siri bo’lgan ayrim oyatlar ham mavjud.
Shular jumlasidan Fotiha surasidir. Abu Said roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sallollohu alayhi va sallam Fotiha bilan ruqiya qilgan sahobaga:
«Uning ruqiya ekanini senga kim bildirdi?» dedilar.
Shuningdek, ayrim oyat va suralarning fazilati haqida ham hadislar kelgan. Masalan: Oyatul Kursiy, Falaq va Nos suralari.
Nabiy sallollohu alayhi va sallam ular haqida: «Odamlar ular kabi narsa bilan panoh so’ramaganlar.» deganlar.
Xuddi shuningdek: Ixlos surasi, Baqara surasining oxirgi ikki oyati ham alohida fazilatga ega.
Ammo bu oyat va suralarni uch marta yoki shunga o’xshash miqdorda takror o’qishning zarari yo’q. Chunki Qur’onni o’qish, xoh bir marta bo’lsin, xoh takror-takror bo’lsin, foydalidir. Lekin takrorlash va ko’proq o’qish ta’sir jihatidan kuchliroq bo’ladi.
4 322
🚨REYT🚨
Bizga ruqiya sahifalarini jo‘natsangiz, biz shu sahifani reyt qilib, minus va plyus taraflarini yoritib beramiz. Shu bilan birga, sahifaning roqiysiga o‘qitgan bemorlar ham bizga yozishlari mumkin. Roqiy domlaning tashxis qo‘yishi, beradigan tavsiyalari va vazifalarini ham tahlil qilib, foydali va xato jihatlarini yoritib beramiz.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
Repost from Ruqiya ilmlari
Воқеий Ҳикоя
Араб Шайхларидан бири Ҳикоя қилиб шундай дейди:
Мен бир кишини биламан, тақводор мўминлардан. Уни қариндошлари ички ғаразлари ва ҳасадлари туфайли уни 20 йилдан бери сеҳр жоду қилишар экан, аммо сеҳрлари таъсир қилмаганидан баттар жиғибийрон бўлиб аламларидан ёнишаркан. Чунки ҳалиги инсон ҳам 20 йилдан бери ҳар куни қолдирмасдан Бақара сурасини тўлиқ ўқиб чиқаркан, тинмай ўқийверганидан шунчалик ёд бўлиб кетибдики, ҳатто уйқусидан уйғотишса, тутилмай ёддан хатосиз ўқий оладиган Даражагача етибди. Ғанимлари эса ҳайрон қолишар, сеҳр қилишдан тўхташмас экан, шунда ҳам унга заррача зиён етказишолмабди.
Дарҳақиқат
Бақара сураси: барча балоларга қарши қуролдир: сеҳргарлар унга қарши туришолмайди ва у ўқилган уйга шайтонлар ҳам 3 кунгача киришолмайди!
Ҳикояни Ўзбек тилига ўгириб хатга туширувчи
Доктор Роқий Абдулазизхон
@Ruqiyailmlari
4 322
INSONLAR VA JINLAR HAQIDA QIZIQ MULOHAZA
Insonlar jinlarni ko’ra olmaydi, lekin jinlar esa insonlarni ko’ra oladi.
﴿إِنَّهُ يَرَاكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ﴾
“Albatta, u (Shayton) va uning qavmi sizlarni sizlar ularni ko’ra olmaydigan tomondan ko’radilar.”
📚 A’rof surasi, 27-oyat
Shuning uchun jin insonga zarar bera oladi. Ammo insonlar ham jinlarni ko’ra olganida, insonlar jinlarni yo’q qilishga harakat qilgan bo’lar edi. Qolganlarini esa hayvonot bog’i yoki muzeylarga tomosha uchun olib qo’ygan bo’lar edi. Chunki inson tabiatida o’zi tushunmaydigan narsani qo’lga olish, o’rganish yoki undan foydalanishga intilish bor. Tarixda odamlar ko’plab hayvonlarni ovlagan, ayrimlarini qafaslarda saqlagan yoki ular ustida tajribalar o’tkazgan.
Qolaversa, Qur’oni karimda Alloh taolo kofir jinlarning insonga dushmanligi haqida bir qancha oyatlarni nozil qilgan.
Masalan, Qur’oni karimda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
﴿إِنَّ الشَّيْطَانَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَاتَّخِذُوهُ عَدُوًّا﴾
“Albatta, shayton sizlar uchun dushmandir. Bas, uni dushman tuting!”
📚 Fotir surasi, 6-oyat
Insonlarga dushman bo’lgan kofir jinlarni musulmon insonlar yo’q qilishga harakat qilgan bo’lar edi. Musulmon bo’lgan jinlarni esa kofir insonlar yo’q qilishga harakat qilgan bo’lar edi. Boshqa musulmon insonlarga yordam bera olmayotgan musulmonlar esa musulmon jinlarga ham yordam bera olmas edi, deb o’ylayman.
Bu shunchaki mening shaxsiy mulohazam, xolos.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
TAJRIBALI ROQIY
Shar’iy ruqiya Qur’on va Sunnatga asoslangan ilmdir. Bu sohada muvaffaqiyat faqatgina Qur’on oyatlarini o’qish bilan emas, balki sog’lom aqida, shar’iy ilm va tajriba bilan ham chambarchas bog’liqdir. Tajriba roqiyning yillar davomida ko’rgan holatlari, qilgan kuzatuvlari va olgan saboqlari natijasida shakllanadi.
Albatta, tajriba hech qachon Qur’on va Sunnatdan ustun bo’lolmaydi. Balki tajriba shar’iy ilmni to’g’ri tatbiq etishga yordam beradigan muhim omildir.
Tajribali roqiy bemorning holatini chuqurroq tushunadi va tezroq tahlil qila oladi hamda to’g’ri tashxis qo’yadi. Keling tajribali roqiyning foydalari bilan tanishib chiqamiz.
1. Kasallik holatini aniqroq baholaydi.
Tajribali roqiy bemorning shikoyatlarini tinglab, alomatlarini kuzatib, shoshilinch xulosa chiqarmay to’g’ri tashxis qo’yadi. U sehr va jin bilan bog’liq holatni, tibbiy muammolardan imkon qadar ajratishga harakat qiladi va zarur bo’lsa, bemorni shifokorga murojaat qilishga ham tavsiya etadi.
2. Bemor bilan to’g’ri muomala qiladi.
Har bir bemorning ruhiy holati turlicha bo’ladi. Tajribali roqiy qachon muloyim bo’lish, qachon qat’iyat ko’rsatish, qachon esa bemorga sabr va tavakkulni eslatish kerakligini yaxshi biladi.
3. Shoshqaloqlik qilmaydi.
Tajribasiz roqiylar ayrim holatlarda tez hukm chiqarib, har bir alomatni jin yoki sehrga yo’yishlari mumkin. Tajribali roqiylar esa asossiz gap gapirmaydi va har bir holatni sinchiklab o’rganadi.
4. Jinlarning hiylasini yaxshi biladi.
Ko’pincha jinlar yolg’on gapiradi, bemorni yoki roqiyni chalg’itishga urinadi. Ko’p tajribaga ega bo’lgan roqiy bunday hiylalarni tezpayqaydi va ularga aldanib qolmaydi.
5. Ruqiya usullarini to’g’ri qo’llaydi.
Shar’an joiz bo’lgan usullar ichidan qaysi biri ma’lum holatda foydaliroq ekanini tajriba orqali yaxshi biladi. Natijada ruqiya tartibli va maqsadga muvofiq olib boriladi.
6. Bemorning xatolarini aniqlashga yordam beradi.
Ba’zan davolanishning cho’zilishiga gunohlar, tavba qilmaslik, zikr va duolarga be etibor bo’lish yoki berilgan vazifalarga amal qilmaslik sabab bo’ladi. Tajribali roqiy bunday omillarni aniqlab, bemorga nasihat qilib to’g’ri yo’naltiradi.
Ammo tajriba shariyatga zid bo’lsa, u qabul qilinmaydi. Chunki musulmon uchun mezon Qur’on va Sunnatdir.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
BIZNI TARQATING!!!
Sehr-jodu, jin va shaytonlar hamda ruqiya doirasidagi mavzularni birga tahlil qilamiz. Agar sehr va jinlar bilan bog’liq muammolari bor yaqinlaringiz bo’lsa bizning sahifamizni ulashing.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
Inson ichidan jin chiqmasligi yoki sehr botil bo’lmasligining sabablari
1. Alloh taologa yaxshi gumonda bo’lmaslik va shifodan noumid bo’lish.
2. Gunohlarga tavba qilmaslik yoki gunohlarni tark qilmaslik.
3. Roqiy tavsiya qilgan vazifalarni bajarmaslik yoki sabrsizlik qilib davolanishni yarim yo’lda tashlab qo’yish.
4. Shifo topish umidida sehrgar, folbinlarga borish, shirk va kufr amallarini qilish.
5. Halol rizqqa e’tibor bermaslik. Harom mol va harom luqma ham duolarning qabul bo’lishiga to’siq bo’ladigan omillardan ekanligi hadislarda zikr qilingan.
6. Bandalarning haqqini nohaq yegan yoki zulm qilgan bo’lsa, mazlumning Allohga shikoyat qilib, qilgan duosi sabab ham shifo kechikishi mumkin. Tavba qilib, egalarining haqqini ado etishi yoki ularni rozi qilishi lozim.
7. Shifoning kechikishi ba’zan Alloh taoloning hikmati va bandasi uchun bir sinov bo’lishi mumkin.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
BARSISA QISSASI
Bani Isroilda Barsisa ismli bir rohib bor edi. U uzoq yillar Allohga ibodat qilgan, taqvosi bilan odamlar orasida mashhur bo’lgan edi.
Bir kuni uch aka-uka jihodga otlanadigan bo’lishdi. Ularning go’zal va soliha singlisi bor edi. Uni kimga omonat qoldirish haqida o’ylab, taqvodorligi bilan mashhur bo’lgan Barsisa tanladilar.
Ular Barsisadan: «Biz safarga ketmoqchimiz. Singlimizni sizning himoyangizga topshiramiz», dedilar. Avvaliga u rozi bo’lmadi va: «Men shaytonning fitnasidan Allohdan panoh so’rayman», dedi. Ammo ular qayta-qayta iltimos qilgach, rozi bo’ldi.
Ayol Barsisaning hujrasidan alohida joyda yashardi. Barsisa ovqat tayyorlab, uni eshik oldiga qo’yar, o’zi esa ichkariga kirib ketardi. Ayol chiqib ovqatni olar edi.
Shayton unga vasvasa qilib dedi: «Agar ayol ovqat olish uchun tashqariga chiqaversa, odamlar uni ko’radi. Yaxshisi ovqatni uning eshigigacha olib bor.» Barsisa shunday qildi.
Keyin shayton yana dedi: «Eshik oldiga qo’yib ketishing qo’pol ko’rinadi. Bir-ikki og’iz hol-ahvol so’rasang nima bo’lardi?»
Barsisa u bilan eshik ortidan gaplasha boshladi.
Vaqt o’tib, shayton: «Ichkariga kirib holidan xabar olsang-chi?» deb vasvasa qildi.
Oxiri Barsisa ayol bilan ko’p uchrashadigan bo’ldi va unga ko’ngli tushdi. Natijada u bilan zino qildi. Ayol homilador bo’ldi va farzand tug’di.
Shayton yana dedi: «Aka-ukalari qaytsa, sharmanda bo’lasan. Ayolni va bolasini o’ldirib, ko’mib yubor. Keyin tavba qilsang, Alloh seni kechiradi.»
Barsisa shaytonning navbatdagi vasvasasiga ham ergashdi. Ayolni va bolasini o’ldirib, jasadlarini yashirincha ko’mdi.
Aka-ukalar safardan qaytishgach, Barsisa ularga: «Singlingiz vafot etdi», dedi.
Ular bunga ishondilar. Ammo shayton tushlarida singillarining qaerga ko’milganini bildirib qo’ydi. Borib qazishganida jasadni topdilar.
Shundan so’ng Barsisa qo’lga olinib, qatl etishga hukm qilindi.
Uni dorga olib borayotganlarida shayton inson qiyofasida kelib dedi: «Seni shu ahvolga men soldim. Endi faqat men seni qutqara olaman. Agar menga bitta sajda qilsang, seni qutqaraman.»
Barsisa: «Qanday sajda qilaman? Men kishanbandman», dedi.
Shayton: «Boshing bilan menga ishora qilsang ham kifoya», dedi.
Barsisa unga sajda qildi (ya’ni ibodat sajdasini qildi). Shunda shayton: «Men sendan bezorman. Men olamlar Parvardigori Allohdan qo’rqaman», dedi va uni tashlab ketdi. Barsisa kufr holatida qatl qilindi.
كَمَثَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَٰنِ ٱكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّنكَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ
Bu xuddi shayton insonga: «Kofir bo‘l», degan paytga o‘xshaydir. U kufr keltirganda esa: «Sen bilan mening ishim yo‘q. Men olamlar Robbi — Allohdan qo‘rqaman», dedi.
(Hashr surasi 16 oyat)
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
Jangda askar g’alaba qozonadi, urushda esa logistika g’alaba qozonadi.
Roqiy ham sehrgar va jinlarga qarshi kurashayotgan askarga o’xshaydi. Bemor oldida sehr va jinga qarshi Qur’on o’qib ruqiya qilish — bu ham jangdir. Ammo ruqiya sohasining o’zi uzoq davom etadigan ilmiy kurashdir.
Bu kurashda faqat tajribaning o’zi kamlik qiladi. Uning “logistikasi” ham bo’lishi kerak. Roqiyning logistikasi esa, Ilm talab qilish. Bir qancha ustozlarni etagini ushlash, ulamolarning ruqiyaga oid fatvolarini o’qish. Ruqiya kitoblarini mutolaa qilish. Ruqiya akademiyalarida ta’lim olish. Ruqiya rivojlangan shaxarlarga safar qilib, ruqiya shayxlarini ziyorat qilish.
Agar askarga o’q-dori va ta’minot yetib bormasa, u bir kun kelib jang maydonida holdan toyadi. Xuddi shunday, roqiy ham ilm bilan muntazam ta’minlanmasa, ruqiyaga oid ma’lumotlarni to’plashdan to’xtasa, bir joyda qotib qoladi. Siz jamiyat orasida 30 yillik faol roqiy bo’lsangiz ham tajribangizda ko’rmagan hodisalarga duch kelib turaverasiz. Natijada xatolar bo’ladi, va noto’gri qarashlar kelib chiqadi.
Shuning uchun men doimo ruqiyaga oid ma’lumotlar yeg’ishni, ruqiyaga oid fatvolarni o’qishni, ruqiya kitoblarni mutolaa qilishni taklif qilaman. Chunki bugun ilmga sarflangan vaqt ertaga bemorlarga to’g’ri yo’l ko’rsatishga sabab bo’ladi. Ruqiya faqat tajriba emas balki ilm hamdir. Ilmsiz tajriba zaiflashadi, ilm bilan esa yanada mustahkam va barakali bo’ladi vallohua’lam.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
USULUL FIQH
Usulul fiqh (أصول الفقه) roqiy uchun juda muhim ilmlardan biridir. Chunki bu ilm shar’iy hukmlarni qanday tushunish va dalillardan qanday xulosa chiqarishni o’rgatadi. Natijada roqiy Qur’on va Sunnatni to’g’ri qo’llaydi.
Dalillarni to’g’ri tushunadi. Ya’ni har qanday hadis yoki oyatni ko’rib darrov hukm chiqarmaydi. Umum va xos, mutloq yoki muqayyad dalillarni farqlaydi.
Ruqiyada yangi usullarni baholashni biladi. Ya’ni usulul fiqh mezonlari bilan tahlil qiladi.
Ixtiloflarni tushunadi. Masalan, jin bilan muomala qilish, ruqiya uchun haq olish yoki ayrim davolash usullari haqida ulamolar o’rtasidagi turli qarashlarni baholashni biladi.
Qoidalarni qo’llashni biladi. Usulul fiqhdagi mashhur qoidalar ruqiyada ham asqotadi.
Xulosa qilib aytganda, usulul fiqh roqiyning fikrlash uslubini shakllantiradi. Ya’ni keng fikrlaydigan qiladi. Kuchli roqiy bo’lish uchun faqat amaliy tajriba emas, balki usulul fiqhni ham o’rganish katta foyda beradi vallohua’lam.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
Ruqiyaning ta’siri
Bemorlar orasida eshitib turadigan ba’zi mavzular, ba’zi tajvidi kuchli roqiydan ko’ra tajvidida kamchiligi bor ba’zi roqiylarning ruqiyasi kuchlik degan fikrlarni eshitib qolamiz. Masalan Mishariy Roshidning audio ruqiyasidan ko’ra boshqa ta’siri undan ham kuchli qanchadan qancha audio ruqiyalar bor.
Tatjvid albatta muhim, ammo ruqiyaning ta’siri faqat tajvidga bog’liq emas. Quyidagi boshqa omillar ham katta rol o’ynaydi:
Ixlos: Inson Alloh uchun chin dildan ruqiya qilsa, Alloh uning amali orqali baraka beradi. Ba’zan tajvidi o’rtacha bo’lgan, lekin ixlosi kuchli insonning ruqiyasi ko’proq ta’sir qiladi.
Taqvo va gunohlardan saqlanish: Alloh taoloning yordami taqvoli bandalarga yaqinroq bo’ladi. Doimiy gunohlardan saqlanish, halol rizq, namozga e’tibor kabi omillar duoning qabul bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.
Yaqin (Allohga ishonch): Ruqiya qilayotgan roqiyning Allohning shifo berishiga qat’iy ishonishi juda muhim. Qur’on shifo ekaniga qalbida shubha bo’lmasligi ta’sirni kuchaytiradi.
Duo va qalbning hozirligi: Ba’zi insonlar Qur’onni juda chiroyli o’qiydi, ammo qalbi g’ofil bo’lishi mumkin. Boshqasi esa oddiyroq qiroat bilan, lekin butun qalbi bilan Allohga yuzlanadi.
Tajriba: Yillar davomida ko’p bemorlar bilan ishlagan roqiy qaysi oyatlarni, qanday tartibda, qaysi holatda ko’proq o’qishni tajribadan bilishi mumkin. Bu esa amaliy jihatdan farq qiladi.
Shu bilan birga, tajvidni e’tiborsiz qoldirish to’g’ri emas. Qur’onni imkon qadar to’g’ri o’qish shar’an talab qilinadi. Agar tajviddagi xatolar ma’noni o’zgartiradigan darajada bo’lsa bu jiddiy kamchilik ya’ni ayib hisoblanadi. Ammo ma’noni o’zgartirmaydigan ayrim kichik xatolar bo’lsa, bu ruqiyaning ta’sirini kamaytirib qo’ymaydi.
Lekin men bemorlargan qattiq eslatma qilamanki. Bemorning tuzali faqat roqiyga bog’liq emas. 70-80% hollatda tuzalish bemorning o’ziga bog’liq bo’ladi. Bemorning holati, iymoni, tavbasi, gunohlari, duosi va Allohga tavakkuli ham natijaga ta’sir qiladi vallohua’lam.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
Jinlarning borligini inkor qilgan inson kofir bo’ladi
jinlarning mavjudligini inson mutlaqo inkor qilsa, ya’ni Alloh yaratgan jinlar umuman yo’q deb e’tiqod qilsa bu juda xatarlidir.
Chunki jinlarning mavjudligi Qur’oni Karim va Payg’ambar alayhissalomning sahih hadislari bilan qat’iy sobit bo’lgan.
Bunga Dalillar:
“Jin va insonlarni faqat Menga ibodat qilishlari uchun yaratdim.”
(📚Zoriyot surasu 56 oyat)Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu shunday deydi: «Menga Allohning Rasuli rasululloh sallollohu alayho vassallam: “Agar sen sahroda qo‘y boqsang va namoz o‘qimoqchi bo‘lsang, azonni baland ovozda ayt. Chunki muazzinning ovoziga qiyomat kuni insonlaru jinlar guvohlik beradi”, dedilar».
(📚Imom Buxoriy, Molik, Nasoiy va Ibn Mojalar rivoyat qilganlar.)Jinlar haqida ko’plab oyatlar va sahih hadislar kelgan. Shuning uchun agar kishi Qur’onda zikr qilingan jinlarning mavjudligini bila turib inkor qilsa, Qur’onning qat’iy xabarini rad etgan bo’ladi. Bu kufr hisoblanadi. Agar u noto’g’ri tushuncha sababli inkor qilayotgan bo’lsa, avval unga hujjat bayon qilinadi, haqiqat tushuntiriladi. Muayyan shaxsga xar kim “kofir” hukmini chiqarishdan ulamolar qaytaradi. Vallohua’lam. ✍️ Ruqiya tahlilchisi @ruqiyatahlilchisi
4 322
ROQIYNING KUCHI TEPISH YOKI ZO‘RAVONLIKDA EMAS, BALKI HIKMAT VA TAQVOSIDADIR
So‘nggi paytlarda ba’zi videolarda ruqiya o‘qiyotgan roqiylar bemorni tepishi, urishi yoki qo‘pol muomala qilishi kabi holatlarni ko‘rib qolayabmiz. Bunday manzaralar insonni chuqur o‘ylantiradi.
Shar’iy ruqiya — bu Alloh taoloning kalomi Qur’on va Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlarida vorid bo‘lgan duolar hamda ba’zi muboh bo‘lgan duolardir. U zo‘ravonlik yoki g‘azabni namoyon qilish maydoni emas. Agar bemorning ichida jin bo‘lsa ham, tepki yoki musht inson tanasiga tegadi. Jabrni esa bemorning o‘zi his qiladi.
Roqiy unutmasligi kerakki, uning oldiga kelgan inson azob chekkan, yordam so‘rab kelgan bemordir. Unga rahm-shafqat, muloyimlik va hikmat bilan munosabat qilish Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlariga mosdir.
Jinga qarshi kurashaman deb bemorga ozor berish ruqiyaning maqsadiga ziddir. Chunki ruqiyaning asosi — Allohning kalomi va duolar bilan shifo so‘rashdir.
Ayrimlar Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning jin chiqarishda “Chiq, ey Allohning dushmani!” deb aytganlari va bemorning kuragiga urganlari haqidagi hadisni dalil qiladilar. Lekin buni bemorni tepish, mushtlash yoki zo‘ravonlik qilishga dalil qilish to‘g‘ri emas. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rahmat payg‘ambari edilar. U zotning muomalalarida rahm, hikmat va me’yor ustun bo‘lgan. Biror rivoyatni umumiy qoidaga aylantirib, bemorga ozor berish shariatga ham, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning odoblariga ham mos kelmaydi.
Haqiqiy roqiyni uning ovozi balandligi yoki jismoniy harakatlari emas, balki ilmi, odobi, rahm-shafqati va taqvosi bezaydi.
✍️ Ruqiya tahlilchisi
@ruqiyatahlilchisi
4 322
Biz tarafdan ham quyosh chiqar…
Diniy materiallarga nisbatan ma’muriy javobgarlik, qayta takrorlanganda esa jinoiy javobgarlik joriy qilinganidan so’ng men to’xtab qoldim.
Lekin umid qilamanki, biz tomonga ham eshiklar ochiladigan kun keladi. O’shanda siyosatga aralashmay, diniy aqidaparastlik g’oyalarini targ’ib qilmay, hatto da’vat ishlariga ham aralashmay. Faqatgina sha’riy ruqiya doirasida xizmat qilar edim.
Chunki qancha-qancha insonlar sehr va jin ta’siridan aziyat chekmoqda, oilalar buzilmoqda. Afsuski, bunday holatlar soni kundan kunga ortib bormoqda.
Avvalo ishni 4–5 ta kitobdan Jinlar olami video darsligini chiqarar edim. Sababi, bugungi kunda turli odamlar jinlar haqida xohlagan gapini gapirishmoqda. Qolaversa, jamiyatimizda jinlar haqidagi botil tushunchalar sahih ma’lumotlar bilan aralashib ketgan. Ushbu darsliklar orqali insonlar sahihini botilidan ajratib olishar edi
Shundan so’ng sehrning barcha turlari, ularning alomatlari hamda shariatga muvofiq uy sharoitida qilinadigan muolajalari haqida silsilaviy darsliklar tayyorlardim. Buning natijasida ko’plab insonlar ha deb roqiylarga murojaat qilavermay, o’zlari ham uy sharoitida o’zlarini muolaja qilishar edi.
Shu bilan birga, sehrning har bir turiga alohida studiyada audio ruqiyalar yozar edim. Bundan tashqari, 30 pora Qur’oni Karimning to’liq shifo niyatida o’qilgan audio ruqiyasini ham chiqarar edim.
Mashhur ruqiya kitoblaridan bo’lgan “Qovaiduz zahabiyaning” 1-2 ni audio kitob shaklida O’zbek tilida chiqarar edim.
Ibrat uchun tavba qilgan yamanlik sehrgar Davud Farhanning boshidan kechirgan voqealari haqidagi barcha videolarni o’zbek tiliga tarjima qilardim. Shuningdek, ko’zga ko’ringan ruqiya olimlaridan bo’lgan Shayx Abul Baroning ruqiyaga oid barcha video fatvolarini ham o’zbek tiliga tarjima qilib chiqarar edim. Hullas yozsam tugamaydi. Duo qilib qo’yinglar
@ruqiyaterapiya
4 322
Аёллардаги муаммолар:
Аксар одамлар билан ишлайдиган аёлларда кўпинча кўз, ҳасад ва шунга ўхшаш бошқа ёмон энергиялар билан муаммо бўлади. Бундай касбларга массажчи, ҳамшира, косметолог, визажист, сартарош, ҳижомачилар, ва инсонлар билан бевосита контактда бўлиб ишлайдиган касблар киради.
Сабаби уларнинг олдига ҳар хил беморлар келади, улар беморлар билан тўғридан тўғри руҳий ва жисмоний мулоқотда бўлишади ва мижозлардан қандайдир миқдорда ёмон энергиялар ўтаверади. Йиғилиб йиғилиб шу касб эгаларида ҳам муаммолар бошлана бошлайди. Албатта ҳаммасида эмас, лекин аксарида шундай муаммолар кўзга ташланади.
Шу каби касб эгалари бўлган аёллар ўзларини доим ҳимоя қилиб юришлари керак бўлади.
Шунингдек, руҳий оғирликни ҳис қилган мижозлардан эҳтиёт бўлиш керак бўлади. Бирор бир беморни қабул қилгандан сўнг соғлиқда ёки руҳиятда муаммо бошланса у бемордан узоқроқ бўлиш тавсия қилинади.
Сурат ва видео тарқатишда эҳтиёт бўлган ҳам маъқул — Кўз, ҳасад ва ёмон энергиялар фақат тўғридан эмас, расм орқали ҳам ўтади.
Муаммолар жиддийлашиб кетмаслиги учун роқийга кўриниш ҳам зарар қилмайди.
@ruqiyaterapiya
4 322
فقد صح أن عائشة - رضي الله عنها - سُحِرت؛ فقد أخرج الإمام أحمد في مسنده عن عمرة قالت: اشتكت عائشة فطال شكواها، فقدم إنسان المدينة يتطبب، فذهب بنو أخيها يسألونه عن وجعها، فقال: والله إنكم تنعتون نعت امرأة مطبوبة، قال: هذه امرأة مسحورة سحرتها جارية لها، قالت: نعم، أردت أن تموتي فأعتق، قال: وكانت مدبرة، قالت: "بيعوها في أشد العرب ملكة، واجعلوا ثمنها في مثلها" وصححه
إسناده صحيح
Ҳақиқатда Оиша розияллоҳу анҳога сеҳр қилингани саҳиҳдир. Имом Аҳмад ўз «Муснад»ида Амрадан ривоят қилишича, у айтди:
«Оиша касал бўлиб қолди ва унинг хасталиги чўзилди. Шунда Мадинага табиблик қиладиган бир киши келди. Унинг жиянлари (ака-укаларининг ўғиллари) бориб, унинг дарди ҳақида сўрашди. У: «Аллоҳга қасамки, сизлар сеҳрланган аёлнинг сифатларини айтяпсизлар», деди. Сўнг: «Бу аёл сеҳрланган, уни жорияси сеҳрлаган», деди. (Жориядан сўралганда) у: «Ҳа, сенинг ўлишингни ва (шу орқали) озод бўлишни истагандим», деди. (Оиша розияллоҳу анҳо) уни мудаббара (яъни, хўжайини ўлгандан кейин озод бўлиши ваъда қилинган қул) эди. (Оиша розияллоҳу анҳо): «Уни арабларнинг энг қаттиққўл эгасига сотиб юборинглар ва унинг пулини худди шундай (бошқа бир қулни озод қилиш)га сарфланглар», деди».
«Муснад» муҳаққиқлари буни саҳиҳ дейишган.
