cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🌐 Aloqa - LIVE

🖥 Qiziqarli faktlar, foydali iqtiboslar, IT, texnologiyalar va bank sohasiga oid yangiliklar. 🖥 Интересные факты, полезные цитаты, новости в сфере IT, технологий и банковского сектора.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 152
Suscriptores
+224 horas
+137 días
+430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

👤 2020-yildan beri AloqaBank Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) bilan "Mevа-sаbzаvotchilik tаrmogʼidа qoʼshilgаn qiymаt zаnjiri yarаtishni rivojlаntirish" loyihаsi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur hamkorlik doirasida bank tomonidan mevа-sаbzаvotchilik tаrmogʼidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 6 million AQSh dollari miqdoridagi Kredit liniya mablag’lari jalb qilindi. 📝Shuningdek, hamkorlik doirasida joriy yilning 12-iyun kuni AloqaBank bosh ofisida “Mevа-sаbzаvotchilik tаrmogʼidа qoʼshilgаn qiymаt zаnjiri yarаtishni rivojlаntirish” mavzusida o‘quv-amaliy treningi oʻtkazildi. 🔅Treningning maqsadi mevа-sаbzаvotchilik tаrmogʼidа qiymat zanjiri haqida toʻliq tushuncha berish, meva sabzavotlarni yetishtirishdan tortib, tayyor hosilni olish hamda sotishgacha boʻlgan butun jarayonidan xabardor bo'lish. Trening davomida mazkur tаrmogʼdа istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda mevа-sаbzаvotchilik sohasida qiymat yaratishdagi jarayon bo‘yicha bank xodimlari chuqur bilim va malakaga ega boʻlishining ahamiyatiga urg‘u berildi. 👤 AloqaBankning JICA bilan hamkorligi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash orqali O‘zbekistonda barqaror rivojlanish va iqtisodiy o‘sishni davom ettirishga hissa qo‘shadigan xalqaro hamkorlik namunasidir. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
00:26
Video unavailableShow in Telegram
📆O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida poytaxtimizda joriy yilning 12—13-iyun kunlari Digital Uzbekistan International PLUS-Forum o'tkazildi 💡Forum doirasida quyidagi qiziqarli sessiyalar bo'lib o'tdi: 1. “Raqamlashtirish jarayonini keyingi bosqichi - bank biznesidagi global tendentsiyalar”, 2. "Toʻlov usullari. Bankning chakana yo'nalishidagi eng yaxshi biznes yechimlar", 3. "Zamonaviy xizmat koʻrsatish infratuzilmasi. Naqd va naqdsiz pul muomalasi", 4. "Transformatsiya va IT infratuzilmasini rivojlanishi. Dasturiy ta'minot va apparat uskunalari" 5. "Raqamlashtirish jarayonining innovatsion yechimlari. Neobanklar". 👤 Forum doirasida AloqaBank vakillari ham — “Bank, toʻlov mahsulotlari va biznes jarayonlarni raqamlashtirish istiqbolli yechimlari” mavzusi bilan ishtirok etdi. ⚡️ Tadbir davomida asosiy e’tibor davlat organlari, bank sektori va chakana savdo o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, bank-moliya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yangi loyihalarni, jumladan, xalqaro loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
Farrux aka Final.mp413.28 MB
Photo unavailableShow in Telegram
👤 AloqaBank Ichki audit xizmati boshligʻi “Leader of the Year 2023-2024” nominatsiyasiga loyiq deb topildi 📝Ma'lumot uchun Shavkat Toʻraev 2022-yilning noyabr oyida poytaxtimizdagi “IN PLUS” o‘quv markazi tomonidan tashkil qilingan Xalqaro IAPBE tashkilotining Financial Accounting to International Reporting Standards (IFRS) dasturini tamomlab, “MHXS bo‘yicha sertifikatlangan bosh buxgalter” va DipAFR (Advanced Financial Reporting) diplomini qoʻlga kiritgandi. 📑IFRS dasturi boʻyicha oʻqib, imtihon topshirish jarayonidagi erishgan yutuqlari va yuqori ball (94) toʻplaganligi uchun IAPBE komissiyasining qaroriga asosan IAPBE tashkilotining “Leader of the Year 2023-2024” nominatsiyasiga loyiq deb topildi. ⚡️ London shahridagi Britaniya Parlamentlar binosida “Leader of the Year 2023-2024” nominatsiyasi boʻyicha tashkil qilingan xalqaro taqdirlash marosimida ishtirok etib, mazkur nominatsiyani qoʻlga kiritdi. Shuni taki'dlash joizki, Oʻzbekistondan jami 8 kishi ushbu nominatsiyaga sazovor boʻlishdi. Hamkasbimiz, AloqaBank Ichki audit xizmati boshligʻi — Shavkat Toʻraevga kelgusi ishlarida va tanlovlarda ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz! 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🖥2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. 💠Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi sababli ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. 👤 Dam olish kunlarida AloqaBank kassalarining ish tartibi... 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
🇺🇿O‘zbekistonda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish yo‘nalishida ortga qaytmas islohotlar olib borilmoqda. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror ham imzolandi. 👤 AloqaBank Komplayens nazorat boshqarmasi va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxasisslari tomonidan "Halollik vaksinasi" tamoyili asosida bankning 100 nafar rahbar xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi. 🖥 Mazkur kursning yakunida ishtirokchilarga malakasini oshirganligi to'g'risida sertifikatlar berildi. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
🏡 So'nggi yillarda qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, dala tomorqalarida samarali issiqxona faoliyatini tashkil qilish keng tarqalmoqda. 👤 Mana shu yoʻnalishda Peshku tumani hokimligi hamda AloqaBank rahbariyati tumanda aholi bandligini taʼminlash hamda odamlarning daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi. 🌳Jumladan Peshku tumanining Ibn Sino mahallasida «PESHKU MIXED AGRICULTURE TOMORQA XIZMATИ» MCHJ negizida "Bir kontur — bir mahsulot" tamoyili asosida yer maydonlarida poliz mahsulotlarini yetishtirish yo’lga qo’yilgan bo’lib, mazkur loyihalarni amalga oshirishida AloqaBank tomonidan imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek ushbu kooperatsiya asosida 17 gektar yer maydonida mahsulot yetishtirish orqali 165ta xonadon qamrab olingan bo’lib ushbu kooperativ a’zolarining ish bilan bandligi ta’minlanmoqda. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
👤 AloqaBank va ODDO BHF o‘rtasida moliyaviy o‘sishni va xalqaro miqyosda savdoni rag'batlantirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlikning boshlanishi bo‘lgan muhim shartnoma rasman imzolandi. ✒️Imzolash marosimida ikkala muassasaning rahbarlari 20 million AQSh dollari miqdordagi savdo kreditlari bo'yicha Bosh kredit bitimini yakunlash uchun birlashdilar. Ushbu muhim shartnoma innovatsiyalar va mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlarga sodiqligi bilan mashhur bo‘lgan yetakchi moliya instituti AloqaBank va jahon bank sohasining ko‘zga ko‘ringan ishtirokchisi, tajriba va ishonchlilik merosiga ega bo‘lgan ODDO BHF o‘rtasidagi strategik ittifoqni anglatadi. 📒Savdo kreditlari bo'yicha Bosh kredit bitimi har ikki bankning taraqqiyot yo'lidagi muhim bosqichdir, chunki u xalqaro savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlikni va imkoniyatlarni kengaytirishga yo'l ochadi. Ushbu hamkorlik orqali AloqaBank va ODDO BHF o'zlarining umumiy tajribasi va resurslaridan foydalanib, iqtisodiy farovonlik va barqaror rivojlanishni ta'minlab, global savdoning murakkabliklarini hal qilishda biznesni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
05:51
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda mukofot jamg‘armasi 166 ming dollarni tashkil etgan xalqaro shaxmat musobaqasidan video reportaj. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
06-06 tadbir.aloqa bank.mp441.03 MB
Toshkent shahrida 5-15-iyun kunlari shaxmat boʻyicha “UzChess Cup” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchisi poytaxtimizda jam bo'ldi. 💙Barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda turnirni tomosha qilish uchun Yoshlar ishlari agentligining “Kitob olami” do‘koniga taklif etamiz! 📹Shuningdek, turnirni to'liqligicha "Uzchess" YouTube kanalida jonli efirda ko’zatishingiz mumkin. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
🌍Turkiya poytaxti Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan biznes forum bo‘lib o‘tdi. 📝Forumning asosiy maqsadi O’zbekistonga Turkiya davlati investorlarini jalb qilishdan iborat bo’lib Oʻzbekistondagi vazirlik, idora, banklar va tashkilotlar rahbarlari investorlar uchun oʻz loyihalarning taqdimotlari bilan chiqish qildilar. 👤 Shuningdek, forumda AloqaBank boshqaruvi raisi Kammuna Irisbekova ham taqdimot qilib, nutq soʻzladi. 🌐 Aloqa LIVE
Mostrar todo...
IMG_4881.MP44.45 MB