cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

💞Qalbim _tuģyonlari1....💔🥀

❤Tan pokligi,ruh pokligi bekor!Agarda qalb pokiza bòlmasa👆...........

Mostrar más
Uzbekistán84 616El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
142
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Mostrar todo...
2.22 KB
⚡️BUKHARA⚡️ @Qalbim_tugyonlari1
Mostrar todo...
9.83 MB
Mostrar todo...
Mostrar todo...
....Davomini tawlashimni xoxlaganlar kammentariyada òz fikrizni qoldiring😊
Mostrar todo...
Ayolning kundoshiga maktubi Salom....Sizni nima deb atashga ham hayronman. Do'st deb atay desam baxtli kunlarim kushandasiz, dushman deyishga ham tilim bormaydi - umr yo'ldoshimning suyuklisisiz. Netay, axir bugun sizni suyib erkalayotgan inson mening eng yaqin insonim-ku! Men bundan 15 yil avval shu inson bilan ne-ne yaxshi niyatlarda turmush qurgandim-ku? Hamon u mening eng sevimligim, men uni hamon oldingidek, hatto undan qattiq sevaman. Shuning uchun ham uni sevgilisi bo'lgan sizga qo'shib qabul qildim. Inson bolasi borib-borib hammasiga ko'nikar ekan. Men sizning borligingizga ham ko'nikdim bugun. Esimda, yosh kelinlik vaqtlarim men ham sizdek sevilganman. O'sha kunlarda men ham sizdek o'zimni yagona deb o'ylaganman. Men ham barcha yosh qizlardek xiyonatni kechirmayman deb ishonganman. Sizning borligingizni bilib qolgan birinchi kunim... Eh, siz bilmaysiz o'sha kun qanchalar og'ir holga tushgandim. Ko'z oldimda har kuni uyga kech qaytadigan umr yo'ldoshim va sizning men zahar yutgan damlardagi masrur onlaringiz paydo bo'lib meni ado qilay degandi. Ketmoqchi bo'ldim, avval bu uydan, keyin butun hayotdan, ammo farzandlarimni ko'zim qiymadi. O'sha kun uyingizga janjal ko'tarish uchun bormoqchi ham bo'ldim. Ammo qo'rqdim, oqibatda bugun sizdan o'zgani ko'zi ko'rmayotgan erim mendan va farzandlarimdan butkul kechishidan qo'rqdim. Ko'z oldimda begunoh uxlayotgan norasidalarim tirik yetim bo'lib qolishidan qo'rqdim. Ammo inson oilali bo'lgandan so'ng faqat o'zi uchun yashamas ekan. O'rtada sen hech qachon voz kecholmaydigan norasidalar turganda uning kelajagi uchun hamma narsaga chidar ekansan. Og'ir kunlaringda esa butun hayoting bir-bir ko'z oldingdan o'tarkan. Men ham sizdek yosh vaqtlarimda husnimga ishonar edim, hayotim doim go'zal bo'lishiga ishonar edim. Bugun sizga qimmatbaho sovg'alar hadya qilayotgan umr yo'ldoshim bir vaqtlar mening ko'nglimni olish uchun ham bundan kam urunmagan. Bugun esa uning suyuklisi, shirin gaplari ataladigan yagona odam sizsiz. Baxting ikkiga bo'linsa, azob berarkan. Ba'zan u - umr yo'ldoshimiz (eh, bizning umr yo'ldoshimiz) qo'ng'iroq qiladi va "bugun borolmayman, ishlarim bor" deydi. Men bilaman, u ishlar nimaligini, kimga bog'liq ekanligini. O'sha kecha uxlay olmayman. Umr yo'ldoshing, farzandlaring otasi boshqaning yonida. Boshqa!!! Qanchalar og'ir so'z bu. Qadrli insoning boshqa bilan bo'lganda soniya ham soatdek, soatlar asrdek og'ir. Iching yonib ketadi, ichgan suving bo'g'zingni zahardek kuydiradi. Ajoyib, eng aziz insoningning eng quvonchli damlari seni har soniya ming bor o'lishing ustiga qurilsa?! Ba'zan nafratlanib ketaman sevganimdan ham. Ammo chidayman, majburman, mahkumman axir bizni endi muhabbatdek o'tkinchi his emas, inson bog'lab turibdi. Uchta tirik jon, uch norasida. Gapirsa gap ko'p. Bir iltimosim bor, xudbinlik demasangiz, og'irlik qilmasa, birgina iltimosim bor, indinga kenjatoyimning tug'ilgan kuni. Shu kuni umr yo'ldoshimizni bir kunga tark eting. Zero kenjatoyim hali yosh, uning murg'ak qalbi o'ksinishini xohlamayman. Sizdan yagona o'tinchim shu. Ayol dardini ayol tushunadi, siz ham ayolsiz, men uchun emas, norasidalarim uchun shu yaxshilikni qiling. Qolganiga sizni xudoga topshirdim, o'zingizga loyig'ini uning o'zi bersin! @Qalbim_tugyonlari1
Mostrar todo...
VID_20201016_212236.mp43.25 MB
Hammaga xayrli tun🥱🥱
Mostrar todo...
Shim kiyadigan qizlarga qanday fikr bildirasizlar? Fikringiz muhim.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.