cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Sarvarovna kanali

Meni menda demang, menda emasman, Bir men bordir menda mendan ichkari. O'z-o'zimga tegishli bo'lgan kanal) @kopirayterkundaligi ham) Murojaat uchun: @sarvarovnabot

Mostrar más
Uzbekistán18 714El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
690
Suscriptores
-324 horas
-67 días
-1730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Agar ijodkor seni sevib qolsa, hech qacho o'lmaysan
Mostrar todo...
❤‍🔥 12 8🔥 2🥰 1
Kecha bir guruhda qanday pul yig'ish, moliyaviy zahira  yaratish mavzusida post qo'yilgan, savol berilgan ekan Bugun yo'l-yo'lakay fikr bildirdim. Uni sizga ham ulashaman. Oz bo'lsa ham yordam bera olsa, xursandman ➡️ 1️⃣ Aniq bir maqsad qo'ying Masalan "1-sentyabrgacha 1 mln yig'aman" 2️⃣ Kichik-kichik summalardan boshlang Deylik 5 ming, 10 ming, 100 mingdan. 3️⃣ 5 so'm yig'ilsa 5$, 10 so'm yig'ilsa 10$ yoki so'mda kattaroq kupyuraga aylantiring $ qilsangiz so'mga nisbatan maydalab ishlatishga erinasiz. O'zingiz uchun murakkab jarayon yaratasiz. Bu jamg'arma uchun yaxshi. 4️⃣ Har bir xarajat oldidan o'zingizga savol bering: shu rostdan menga kerakmi yo shunchaki pulni band qiladimi? Masalan, kitob o'qishni sevasiz. Falon kitobni olmoqchisiz. O'ylang: uyda bundan boshqa o'qilmagan kitoblarim yo'qmi? Bu kitobni o'qishga qachon navbat tegadi? Ungacha shunchaki pulni band qilmaydimi? Kitob o'rnida ko'ylak yoki boshqa narsa bo'lishi ham mumkin. 5️⃣ O'zingizni rag'batlantiring Masalan, 100$, 1000$, 5000$ yiqqanimda o'zimni falon narsa bilan quvontiraman, deb maqsad qo'ying. Va qiling shu ishni! Bu muhim! Aks holda, o'zingizga nisbatan xiyonat sodir bo'ladi. Masalan, 10 000$ yig'sam Ferrero Rocher olaman deganman. Boshqa payt shokoladga (!) 100 minglab sarflashga hecham toqat qilmayman. Ammo yaxshi ko'raman. Keyin esa shu ishni qilganman. Boshqacha rohatlanganman. Nafaqat shokoladdan, balki maqsadga erishganimdan. 6️⃣ Xarajatga aslo zahiradagi puldan olib ishlatmang! Buning uchun boshqa ish qiling — qobiliyatlaringizni pulga almashtiring: kimgadir pulga nimadir qilib bering. Kichik qandaydir "zakazchalar" oling. Deylik, konspekt yozib bering, uy yig'ishtirib bering, bolaga qarab bering, qatiq qilib soting, eng kamida eringizdan oling. Bular bir misol. O'zingizdan kelib chiqasiz, nimadir o'ylab topasiz. Ammo aslo yig'ishga qo'shgan pulizdan olmang! Hozir esimda borlari shular. Esimga tushsa, yana postni to'ldirib qo'yaman. Hamma maslahatlarga o'zim amal qilganman. 3 yilda turmush o'rtog'imga kredit to'lashishdan, 1 yil butun ro'zg'orni eplashdan, bolalarimning sut-pampersidan tashqari bir ayol havas qilsa arzigulik summa yiqqanman. #Alhamdulillah Endi bunday kontent faqat ayollardan iborat boshqa kanalimda ko'proq bo'ladi ☑️ https://t.me/+63RLSAQj2180MjUy
Mostrar todo...
Mostrar todo...
Yasminchoy ustida

Ezo olamiga xush kelibsiz 💕

Bugun kasbim bergan erkinlik, moliyaviy quvvat sabab yorimga ajoyib sovg'a hozirlayapman 😎 Hammamiz ham shu etapdan o'tganmiz, o'tamiz: har bir sovg'ani avval narxiga qarar, keyin buyurtma qilar yoki tayyorlar edim. Oldindan rejam qanchaga tushishini hisoblar, yetadigan pulim bo'lsa ham, "hozir shartmasku" deya qiymatini, unga qo'shib xarajatini tushirishga urinardim. Hozir-chi?! Bir necha joyda ishlayman. Tinim bilmay mehnat qilaman. Demak, o'zimga va yaqinlarimga eng yaxshisini tanlashga, avval menga kerakli qiymatni aniqlab, ana undan keyin narxiga qiziqishga haqim bor, deb hisoblayman. Kecha "bu kishi" bilan to'yimiz bo'lgan kun edi. Safarda edilar. Bugun kelishlariga esa ajoyib syurpriz tayyorlash niyatidaman! Buning uchun eng yaxshi joyni band qildim. Kerakli narsalarni olyapman. Keragicha tayyorgarlik qilyapman. Alloh kuch-quvvat bersin! Shu kasbni o'rganganimga, qobiliyatimdan foydalana olganimga, onalik ta'tilida ham ishlab, moliyaviy erkin bo'la olganimga behisob shukrlar bo'lsin 🤲
Mostrar todo...
Mostrar todo...
Мен Сизни... Men Sizni...

Aziz Nur she'ri Lochinbek Erkinzoda va Ezo Ismatova ijrosi ... - Yaxshi tushlar ko'ring! - Shoshmang... Yo'q mayli, Shirin orom oling, xayr, azizam. - Xomushsiz, ne bo'ldi gardishli go'shak Ovozingiz eltir bunchalar purg'am?! -Hech hol yo'q, bari soz, bari joyida, Siz-la o'tgan onim g'am bo'lmas sira. Faqat, aytsammi aytmasam... Shu hech ham menga Sevaman sizni deb aytmagansiz-a?! Yo'q, yo'q ta'na emas zinhor, bazinhor, Ming bora qilingan izhorlarim-chun. Ko'ngil ekan axir, nozik iltifot Tusab qolar ekan kulmoqlik uchun. - ... -Jimsiz?! Va yo so'zlarim sizni Ranjitib qo'ydimi, ey voh battolman! - Aslo yo'q! Shunchaki andisha yukin, Zabonimdan yechib sevgim aytolmam... - Bir lahza, bir bora, shu kech shu tunda Tinglasam qaniydi xuddi tushdaka. - Haligi... - Xo'sh, xo'sh, xo'sh?! - Men sizni... - Labbay?! - Men sizni... Men sizni... "O'shnaqa"!

Endi har yili shu kunni turli hislar qurshovida qarshi olsam kerak. Chunki bugun rahmatli Nurning tug'ilgan kuni edi... Kun uzog'i o'yladim, esladim... Mayli. Taqdir. Qismat. Iloj yo'q. ...Nurlar ichida yotgin ilohim.
Mostrar todo...
Mnovi yerda esa hikoyasi bor 🤣
Mostrar todo...
Bugun men uchun yaxshi kun 💕
Mostrar todo...
Birovga ertalabdan chin yurakdan, ich-ichingdan katta mehr bilan "Boringizga shukr" deyish ajoyib-a?
Mostrar todo...
Repost from Kopirayter Ezo
Diqqat! Siz kutgan qabul! ✅ So'z kasbining egasi bo'lishni, u orqali daromad qilishni istaganlar, yaqinroq keling. Sarvarovnadan navbatdagi kopirayting kursini qarshi oling! Ushbu kurs sizga 😀 matn haqida umumiy tushuncha va u orqali daromad qilish; 😀 buyurtmachi topish, u bilan davomiy hamkorlikni yo'lga qo'yish; 😀 matnni sotish sirlari-yu yana bir qancha sohaga doir ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Eng asosiysi, kursni yakunlaganlarning aksariyati ishga kirib ulgurishgan! Natijalarni #alhamdulillah yozuviga bosib, ko'rib chiqishingiz mumkin. Mashg'ulotlar 😀haftada 3 kun; 😀soat 14:00 da; 😀telegramda jonli ravishda qat'iy belgilangan tartibda bo'lib o'tadi. Darsdan so'ng uyga vazifalar beriladi. Eng asosiysi, barchasi 0 dan boshlab o'rgatiladi. Ro'yxatdan o'tish uchun siz o'zingizga ma'qul "Samara" yoki "Ishonch" tarifini tanlashingiz lozim. Ularning farqi quyidagi infosuratda batafsil tushuntirilgan. Narxi: ➖ "Samara" tarifi — 300$ 4-iyulga qadar ro'yxatdan o'tganlar uchun 260; ➖ "Ishonch" tarifi — 200$ 4-iyulga qadar ro'yxatdan o'tganlar uchun 160$. ➖ Bo'lib to'lash imkoniyati ham bor. 1-yarmi 1-darsgacha, 2-yarmi 6-darsgacha. Ammo bunda hech qanday chegirma amal qilmaydi. Qabul 8-iyulga qadar davom etadi. Darslar 10-iyuldan START oladi. ✅ Murojaat uchun: @kopiraytadmin
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.