cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ar-Roshidoniy Tabiiy Fanlar Yo'nalishi

Bu Kanal Kimyo va Biologiyadan Tayorgarlik kòrayotgan Abuturentlarni yangiliklar va fan malumotlarini berib borish uchun ochilgan Tel nomer :+998 99 900 98 85 Qabulxona +99855 810 98 85

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
792
Suscriptores
+124 horas
Sin datos7 días
-1630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan: https://t.me/xushnudbek/20045 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20881 ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23772 Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
10:20
Video unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Darslarimiz ertaga(dushanba) 13⁰⁰ dan boshlanadi hamma guruxni darsi õz vaqtida bõladi. 1 va 2-guruh darsi soat 13⁰⁰ da bõladi.
Mostrar todo...
1 va 2-guruh
Mostrar todo...