cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ummu Umayr 📌

بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد ❗️Ayol-qizlar uchun ❗️ Oilaviy munosabatlar psixoterapiyasi Integrativ yondashuv 💡 📍 Madina 💭Otzivlar: https://t.me/+Rk-6XtU-umw0MzJh 📨 @ummuumayr_manager 🗃️@quvvatuz | @palmoviysad

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
11 116
Suscriptores
-724 horas
-527 días
-3230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#daydi_fikrlar Bir onadan boshqa bir onaga. Bolaning hissi, ongli tanlovlari, motorikalari va hkzlar haqida, montessori yana shunaqa ta’limlar haqida qizg’in harakatlar hammayoqda. Albatta, bular muhim. Tarbiya murakkab jarayon. Man masalan bunaqa metodlarda uquvsizman, havasdaman shunaqa onalarga. Ammo. Ammo yashayotgan zamonimiz hisobga olsak, (bolalarga yoshiga ko’ra albatta) Dajjol va Mahdiy sifatlarini yaxshilab tanishtirish eng muhim vazifalardan. Bu haqida qator hadislar kelgan, avval o’zingiz yaxshilab o’rganing, keyin ta’limda qo’shaverasiz. Sog’lom aqidani singdirish har bir ota-onaning burchi.
Mostrar todo...
122
Photo unavailable
1-podkastimiz “X lady” dan 🙂‍↕️ “Shumbola”ga remeyk: - Shu desangiz, boy ota, bitta kichik aybim bor. - Xo’sh, nima ekan? - Sal ko’proq gapirib qo’yaman, aytgan muddatimdan 2 baravar oshib ketadi.))) P.s. bugun tongdayam 2 kishi jurnalga a’zo bo’libdi, faqat 200.000 so’m evaziga. Sotuv muddatini yopmay turaymikan? 🤔
Mostrar todo...
86
00:21
Video unavailable
🥹 Хитойда тирик бўлмаган қариндошлар билан виртуал учрашув ўтказишингиз мумкин бўлган видеонейронни ўйлаб топишди. (C) Dajjol zamoni yaqin..
Mostrar todo...
IMG_4712.MP41.71 MB
186
Robbim, biz ovqat tanlayotganimizda ular ochlikdan o’lishyapti... Robbim, ularning qo’llari Qiyomatda yoqamizda bo’lmasin, Allohim bizlarni mag’firat qil, azobingdan qutqar, amiyn. Bizga shijoat ber, rujulat ber, kofirlarni halok qil, parokanda qil, amiyn. Robbim Falastin va boshqa joyda mazlumlarga rahmatingni yog’dir, ularga najot ber bizni qo’limiz bilan, amiyn. Robbim, biz ne’matlaringni isrof qilayotganda, ular ochlikdan o’lishyapti… Robbim, qaysi birimiz qutqarilishga haqlimiz?
Mostrar todo...
234
Киши Исломни қабул қилгач, мусулмонларга хос берилган имтиёзлардан, имкониятлардан, енгилликлардан бемалол фойдаланаверади. Таъбир жоиз бўлса, Исломга кирган кишига Исломдаги турли льготалардан фойдаланади. Маънавий кирлардан тозаловчи воситалардан фойдаланиш ҳуқуқига эга бўлади. Буни шариат таъбири билан каффоротлар дейилади. Масалан: 1. Таҳорат — гуноҳларга каффорот. 2. Беш маҳал намоз — каффорот. 3. Масжидга бориш каффорот. 4. Истиғфор айтиб, тавба қилиш — каффорот. 5. Мусулмон бошига тушган мусибат — каффорот. 6. Касаллик — каффорот. 7. Ғам-қайғу, сиқилиш — каффорот. 8. Ҳаж — каффоротларнинг энг катталаридан. Шунингдек, рўза тутиш ҳам катта каффоратдир. Яъни, инсонни гуноҳлардан покловчи, маънавий кирлардан тозаловчи энг зўр воситадир. Муҳаррам ойида мусулмонларга покланиш учун яна бир имконият берилади. Бу — Ошуро куни рўза тутишдир. Ошуро — Муҳаррам ойининг ўнинчи куни. Шу кун рўзаси ҳақида жаноби Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар: «Ошуро кунининг рўзаси ўзидан олдинги йилдаги гуноҳларга каффорот бўлишини Аллоҳдан умид этаман». Тасаввур қилинг, бир кунлик рўзага бир йиллик гуноҳлар ювилмоқда. «Рамазон ойидан кейинги энг афзал рўза Аллоҳнинг Муҳаррам ойидаги рўзадир», дейдилар Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам. Ҳар икки ҳадис Муслим «Саҳиҳи» да келган. Жанобимиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам Ошуро кунини интиқиб кутардилар.
Mostrar todo...
102
❤️ soat qoldi!
Mostrar todo...
5
❤️ soat qoldi!!!
Mostrar todo...
5
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Madinada mashxur Chustiyning restorani ochilgandi, rosa borgimiz kelardi, hech imkon bo’lmasdi. Tunov kun mehmonlar bilan bordik, guruch bahona kurmak ham suv ichdi, dermidi. Alhamdulillah 😅 Ajoyib, juda go’zal atmosfera. Taomlari ham mazali ekan, masha Alloh. Saudiyada interyeri va taomidan qoniqadigan yemakxonalar topish sal qiyin, yoki bizga o’zbekcha maza o’tirib qolgan.)) Narx nisbatan o’rtacha. Nomi: Kebap&Rice (googledan chiqadi)
Mostrar todo...
78
❤️ soat qoldi!
Mostrar todo...
25
#daydi_fikrlar Ba’zi haqiqatlarni anglab yetish og’riqli bo’ladi. Hidoyat uchun yaxshi, mehribon va sharafli kishi bo’lish yetarli emas. Abu Tolib qavmining azizi, Rosululloh sollollohu alayhi vasallamga eng mehriboni, urug’ining sharaflisi edi. Lekin hidoyatdan mahrum o’tdi. Hidoyatga loyiq bo’lmagan sababni — qalbidagini faqat Alloh biladi. O’ttizga qarab ketyapman, umrim o’tyapti. Bir asrdan choragini yashabman, alhamdulillah. 20 yil oldin mendan bir tepa avlod o’ttizning qarshisida edi. O’shanda dini uchun sobit turganning ham, kimlardandir qo’rqib, dinini sotganlarning umridan 20 yil o’tdi. Muhojirlikda yo zulmda qiyinchilik bilan yashaganning ham shu umrni o’tkazdi, dinini sotib, yallo qilib yashaganning umri o’tdi. Alloh belgilagan muddatda komfortda o’tirganlarning ham ajali keldi, zahmatda yurganlarning ham. Qolganlar esa hozir ellik atrofidalar. O’shanda dini uchun sobit turgan va dinidan yuz o’girganlarning orasidagi farq — eng achchiq haqiqat — Alloh hidoyat bermagani, tavfiqdan mahrum qilgani, O’z nurini esa tanlangan qalblarga ato qilgani. Eng nozik qism esa, kishilarning qalbi shunga munosib va munosib emasligida. Bizga yaqin ko’pchilik, biz suygan ko’pchilik… Demak, nomunosib qalb bo’lishgan. Chunki hidoyat Allohning mulki. Sssr paytida ham dinini saqlab qolganlar, keyingi repressiya yillarda ham iymonini ushlab qololgan kishilar bilan qolganlarning farqi nimada bo’lmasam? Gap qalbda ekan-da. Qolganlari bahona. Qalbni esa faqat Alloh biladi…
Mostrar todo...
116
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.