cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI

Veb-sayt: www.uzmmsi.uz Instagram: www.instagram.com/uzmmsi_official YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCjBgoJxBRFXIqdqkKSVjjqQ ©️ Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI Matbuot xizmati

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 215
Suscriptores
+324 horas
+637 días
+26630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
📣 OTFIV: Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari o‘tkaziladi
✅ 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5-19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. 📌 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. ⚡️ Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖ o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi. 🤔 2024/2025-o‘quv yili uchun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali ushbu kanalda yaqin kunlarda e'lon qilinishini ma'lum qilamiz. Bizni kuzatib boring. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Mostrar todo...
👍 5👏 4 3
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari! 🚒 Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq 2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar respublikamiz hududida Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri o‘tkazilmoqda.
👨🏻‍🚒 Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Mostrar todo...
😢 2
#Xalqaro_hamkorlik🌐 🎼 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkazilganidan xabaringiz bor. 🏛 II Xalqaro maqom san'ati anjumani doirasida o‘tkazilgan konferensiya ishtirokchilari bo‘lgan Fransiya Respublikasidan janob Jean During, Tojikiston Respublikasidan janob Asqarali Radjabov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga bugun tashrif buyurdilar. 🗣Taniqli olim va musiqachi, CNRS instituti professori, Parijdagi ilmiy tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Jean During hamda Tojikistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, tarix fanlari doktori, professor Asqarali Radjabov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Mostrar todo...
👍 8🔥 2 1👏 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 ⚡️ 2024/2025 o‘quv yili uchun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga (kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha) abituriyentlardan kelib tushgan arizalar haqida ma'lumot 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Mostrar todo...
👍 11🤩 4🔥 2 1 1👏 1😢 1
#Maqom_2024 #Zomin #Buxoro_paviloni 🎼 Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazildi. Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida  nutq so'zladi. Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi. Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etgan mazkur Xalqaro festivalda maqom san'atining Buxoro yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq artisti,  Munojot Yo'lchiyeva "Soqiynomai savti kalon"( Bobur g'azali, "Rost" maqomidan) va buxorolik taniqli xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ilyos Arabov "Bozurgoniy" (Fazliy g‘azaliga "Vola" muxammasi)  bilan anjuman qatnashchilarini mamnun etishdi. Qayd etish lozimki, festivalda Buxoro viloyati ham o'ziga ajratilgan maydonda hududning boy tarixi, yuksak madaniyati, turizm salohiyati va hunarmandchilik an'analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi. Buxoro pavilonida "Ark" qo'rg'oni, "Minorai Kalon", "Chor minor" va qadimiy "Varaxsha" davlatchiligi tarixidan so'zlovchi "Bukhara decert oazis" turistik klasteri dekoratsiyalari o'rnatildi. Shu bilan birga, Buxoro pavilonidan o'rin olgan maqom san'atining rivojiga katta hissa qo'shgan tarixiy shaxslar Domla Halim Ibodov, Abdurauf Fitrat, Levi Boboxonov, Ota G'iyos Abdug'ani o'g'li, Ota Jalol Nosirov hamda Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijodlarini namoyish etuvchi ko'rgazma, musiqa va cholg'u asboblari stendi, zardo'zlik, zargarlik, kashtachilik kabi noyob hunarmandchilik rastalari hamda meva-sabzavot va poliz mahsulotlaridan san'at asari ko'rinishida tayyorlangan burchak mahalliy va xorijiy ishtirokchilarda katta taassurot uyg'otdi. Tadbir davomida Buxoro paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
👍 5😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 📣 DIQQAT, E’LON! ✅ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga 2024/2025 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga ijodiy imtihonlar talabi va tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI Qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlar uchun konsultatsiyalar tashkil etilmoqda. 📌 Konsultatsiyalar joriy yilning 4-5-iyul kunlari soat 09.00 dan 16.00 ga qadar O‘zMMSI binosida o‘tkaziladi.
🖥 Konsultatsiyalar vaqti, aniq joyi, fani va o‘qituvchisi haqidagi ma'lumotni ilova qilingan rasm orqali bilib olishingiz mumkin.
🔗 Barcha abituriyentlardan konsultatsiyalarda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz. Zero, bu siz uchun foydalidir. ☎️ Murojaat uchun Call-markaz: (71) 237-05-54; (90) 944-79-74 🏛 Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 31-uy. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Mostrar todo...
👍 8😢 2 1🔥 1👏 1
⚡️ DAYJEST #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda #Maqom_2024 🎼 27–30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida bo'lib o'tgan II Xalqaro maqom san'ati anjumani xorijiy OAVlarda keng yoritildi, quyida lavha va maqolalar bilan tanishing: 💬 Qatar Tribune (Qatar) - Second Maqom International Art Forum pays glowing tributes to great Muslim poets and scholars, Uzbek city of Zaamin to host second Maqom International Art Forum 💬 ARY news tv (Pokiston) - Zomin tumanida bo'lib o'tgan II Xalqaro maqom san'ati anjumani bo'lib o'tmoqda   💬 TRT AVAZ tv (Turkiya) - Zominda ikkinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, Oʻzbekiston xabarlari, Oʻzbekistonda II Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi 💬 Anadolu AA (Turkiya) - Özbekistan'da 2. Uluslararası Makam Sanatı Festivali başladı 💬 Haberler (Turkiya) - Özbekistan'da 2. Uluslararası Makam Sanatı Festivali Başladı 💬 Avrasya'dan - Haber - TRT Avaz (Turkiya) - Özbekistan'da 2. Uluslararası Makam Sanatı Festivali başladı 💬 Flash Haber Londra (Turkiya) - Özbekistan'da 2. Uluslararası Makam Sanatı Festivali başladı 💬 Hürses (Turkiya) - Özbekistan'da 2. Uluslararası Makam Sanatı Festivali başladı 💬 Milat Gazetasi (Turkiya) - Özbekistan'da 2. Uluslararası Makam Sanatı Festivali başladı 💬 Haber Name (Turkiya) - Özbekistan'da 2. Uluslararası Makam Sanatı Festivali başladı 💬 REX axborot agentligi (Rossiya) - Президент Мирзиёев уверен, что Узбекистан опередил Запад в начале реализации прав детей, ИРАНСКИЙ ИСПОЛНИТЕЛЬ СТАЛ ОБЛАДАТЕЛЕМ «ГРАН-ПРИ» ФЕСТИВАЛЯ МАКОМ В УЗБЕКИСТАНЕ 💬 Большая Азия (Rossiya) - В Узбекистане завершился Второй Международный форум искусства макома 💬 Xalq qazeti (Ozarbayjon) - Özbəkistanda keçirilən muğam üzrə II Beynəlxalq forumda Azərbaycan da iştirak edir, Özbəkistanda Muğam sənəti ilə bağlı keçirilən konfransa Azərbaycan alimləri də qatılıb, Özbəkistanda Muğam sənəti ilə bağlı keçirilən beynəlxalq konfrans başa çatıb, Özbəkistanda keçirilən II Beynəlxalq Muğam Sənəti Forumunda Azərbaycan musiqiçiləri də mükafat alanlar sırasındadır 💬 Voice Press (Ozarbayjon) - Международная конференция искусства Маком 💬 Farsnews.ir (Eron) - O‘zbekiston “Zomin”ida II xalqaro rasmiy musiqa anjumani bo‘lib o‘tmoqda, "Zomin"da "Rasmiy musiqa san'atini rivojlantirish istiqbollari" xalqaro anjumani bo'lib o'tdi. Eron ikkinchi xalqaro Oʻzbekiston musiqa sanʼati festivalining bosh sovrinini qoʻlga kiritdi. 💬 Новости Кыргызстана - КНИА "Кабар" (Қирғизистон) - Делегация из КР приняла участие в церемонии открытия II Международного форума искусства макома в Узбекистане ❗️Xorijiy OAVlarda II Xalqaro maqom san'ati anjumani haqida xabarlarning chiqishlari davom etmoqda. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
покистон.mp416.65 MB
avr sd.mp428.39 MB
👍 3😢 1
#Xalqaro_hamkorlik🌐 🎼 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkazilganidan xabaringiz bor. 🏛 II Xalqaro maqom san'ati anjumani doirasida o‘tkazilgan tanlovning Hakamlar hay'ati a'zolari bo‘lgan Misr arab Respublikasidan janob Ashraf Abdelrahman, Turkiya Respublikasidan Feyzioglu Nesrin xonim Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga bugun tashrif buyurdilar. 🗣Taniqli olim, Qohira badiiy akademiyasi qoshidagi Oliy san’at instituti professori, “Musiqa san’ati va tanqidi” bo’yicha PhD Ashraf Abdelrahman hamda Otaturk universiteti “Turk musiqasi” davlat konservatoriyasi professori, “Maqom nazariyasi va amaliyoti” bo’yicha mutaxassis Feyzioglu Nesrin Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Bundan tashqari, nufuzli Otaturk universiteti va O‘zMMSI o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida memorandum imzolash va uni amaliyotgan tadbiq etish bo‘yicha fikr almashildi. 😁 O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Mostrar todo...
👍 3 1😢 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#Maqom_2024 #Zomin ⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkazildi. ✅ O'zbekistonda ikkinchi marotaba o'tkazilgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. 30-iyun kuni II Xalqaro maqom san'ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. ✅G'oliblarni O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi. 👉 Batafsil ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
Taqdirlash.mp480.78 MB
😢 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#Videoreportaj #Maqom_2024 #Zomin 🎼 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida bo’lib o’tgan II Xalqaro maqom san’ati anjumani jarayonlaridan videolavha. ✔️ Anjuman haqida batafsil: 🇺🇿 O'zbek tilida 🇬🇧 Ingliz tilida 🇷🇺 Rus tilida 🇩🇪 Nemis tilida 🇦🇪 Arab tilida 🇰🇿 Qozoq tilida 🇫🇷 Fransuz tilida 🇨🇳 Xitoy tilida ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_6871.MP422.20 MB
👍 3 1😢 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.