cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yakkasaroy tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi

Yakkasaroy tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining telegram kanali. Ish vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha ☎️+99871-256-54-68 Телеграмм канал Детской школы «Баркамол авлод» Яккасарайского района Время работы: с 9:00 до 17:00 ☎️+99871-256-54-68

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
907
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-1430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#2023-2024 o'quv yili yakuni #Turon #Ёз_2024 ➡️ Joriy yilning 2-iyul kuni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshliq o‘rinbosari O.Jumayev boshchiligida Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablari direktorlari uchun 2023-2024 o'quv yili yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ➡️ Yig'ilish davomida Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablari 2023-2024 o'quv yilda eriishilgan yutuqlari hamda aniqlangan xato va kamchiliklari, shuningdek, kelgusi rejalari bo'yicha kelishib olindi. ➡️ Bundan tashqari “Yoz-2024” oyligida bajarilgan va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. ➡️ Yig'ilish so'nggida "Turon" maktab teatri respublika ko'rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichini tashkil qilish va o'tkazishda qo'shgan hissalari uchun Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablarining direktorlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 📍 Bizni kuzatishda davom eting!
Mostrar todo...
Repost from Дайди ўқ
Photo unavailableShow in Telegram
2024-25 йилги ўқув йилидан бошлаб, барча мактабларда ягона форма мажбурий қилинади. Қисқароқ қилиб айтганда, вояга етмаганлар ва таълим муассаларида таҳсил олаётганлар ҳамда ишлаётганлар учун ҳижоб, бурқа, ниқоб эпохаси тугайди. Вазирлар Маҳкамасининг «Давлат умумий ўрта таълим муассасалари ўқувчиларини замонавий ягона мактаб формаси билан таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида» 2018 йил 15 августдаги 666-сон қарорига ўзгартиришлар киритиш ҳақида 509-сонли қарорига мувофиқ; 2024-2025 ўқув йилидан бошлаб барча таълим муассасаларила мажбурий форма жорий этилади. Дайди ўқ канали, ўқитувчи ва ўқувчилардан мазкур низом талабларига риоя этишларини ҳамда ҳукумат қарори талабларига ҳозирдан тайёргарлик олиб боришларини сўраб қолади… Қарор матни билан қуйидаги ҳаволада ўқишингиз мумкин 👇👇👇 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ 19.05.2022 ЙИЛДАГИ 271-сонли қарори https://t.me/daydi2021
Mostrar todo...
“O‘zbekiston - barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Yakkasaroy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi o'quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston - barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida davlat gerbining qabul qilinishiga oid viktorina savol-javoblari o'tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: Telegram| Facebook|Instagram|Artshop
Mostrar todo...
01:50
Video unavailableShow in Telegram
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yakkasaroyga tashrif buyurdi
💢 Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallasiga tashrif buyurdi.
✨Yuqori martabali mehmon O‘zbekistonda mahalla instituti tizimi haqida batafsil ma’lumot berilib, mahallada yaratilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ish bilan ta’minlash, yoshlarni ta’limga yo‘naltirish, yakka tartibdagi tadbirkorlik shahobchalari faoliyati bilan tanishildi. ✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Mostrar todo...
BMT.mp429.33 MB
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasida boʻldi. Yakkasaroy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining ushbu mahallada tashkil etilgan "Tasviriy san’at" tarmoq to‘garagiga ham tashrif buyurib, toʻgarak faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: Telegram| Facebook|Instagram|Artshop
Mostrar todo...
4.25 MB
00:25
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasida boʻldi. Yakkasaroy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining ushbu mahallada tashkil etilgan "Tasviriy san’at" tarmoq to‘garagiga ham tashrif buyurib, toʻgarak faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: Telegram| Facebook|Instagram|Artshop
Mostrar todo...
4.25 MB
1
#ekskursiya ▪️Yakkasaroy tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Tasviriy san'at" to'garagi o'quvchilarini  to'garak rahbari Muqaddas Abidova boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan "Unreal Van Gogh" - Bonum Factum xususiy galereyasidagi ko'rgazmasiga ekskursiya tashkil etishdi. To'garak o'quvchilari buyuk rassomning 240 dan ortiq yuqori texnologiyali rasmlari bilan tanishdi. Ko'rgazmaning  o'ziga xos formati o'quvchilarda  unutilmas taassurot qoldirdi! 🔔Ma'lumot o'rnida: Van Gog ijodiga bag'ishlangan multimedia ko'rgazmasi 📍"O'zekspomarkaz"NVK AJ ko'rgazma markazida bo'lib o'tmoqda. ☎️ (71)256-54-68 Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: Telegram| Facebook|Instagram|Artshop
Mostrar todo...
video_2024-07-01_12-37-43.mp438.81 MB
1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi “Bolalarni dam oldirish va sog’lomlashtirish mavsumiga tayorgarlik va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 39-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Joriy yilning 26 iyun kuni “Anor” sog’lomlashtirish oromgohida bo’lib o’tayotgan tadbirlarda Yakkasaroy tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to'garak rahbarlari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. 🖼Mahorat darsi davomida bolalar GRATAGE texnikasini o'zlashtirdilar. 🖌GRATAGE texnikasi tasviriy san'atda grafikaning yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. ☎️ (71)256-54-68 Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: Telegram| Facebook|Instagram|Artshop
Mostrar todo...
video_2024-06-27_11-55-05.mp48.05 MB
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.