cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Uzdiplomat | Rasmiy kanal

Yangiliklar, tanqidiy-tahliliy maqolalar, jurnalistik surishtiruvlar UzDiplomat.uz — Adolat ochiqlikdan boshlanadi •facebook.com/uzdiplomatinstagram.com/uzdiplomat.uzyoutube.com/@uzdiplomat Kirill — @uzdiplomat Tahririyat — @uzdiplomatbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
787
Suscriptores
-124 horas
-137 días
-4330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:48
Video unavailableShow in Telegram
💵Oʻzbekistonda endi dollar tushib rubl kursi koʻtariladimi? Rossiya ikki davlatni oʻzaro rublda savdo qilishga taklif etmoqda. Iqtisodchi Toʻlqin Boboqulovning aytishicha, bu Oʻzbekiston uchun bir qancha xavflarni yuzaga chiqaradi. 📹 Toʻliq videoni koʻrish ➡️ https://youtu.be/huzf7PoIE2Y?si=Kcta7Kp-IhoO3HO_
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲+🇹🇷: Turkiya darsliklarida “Markaziy Osiyo” atamasi “Turkiston” nomiga oʻzgartirlmoqda Turkiya maktab darsliklarida “Markaziy Osiyo” atamasidan voz kechib, oʻrniga “Turkiston” atamasini qoʻllaydi. Bu haqda “Anadolu” AA xabar berdi. Turkiya Milliy taʼlim vazirligi 2024-2025 oʻquv yili boshidan darsliklardagi baʼzi geografik, tarixiy va madaniy atamalarga oʻzgartirishlar kiritilganini eʼlon qilgan. “Shu munosabat bilan Markaziy Osiyoda joylashgan mintaqa va mamlakatlarga nisbatan geografik “Markaziy Osiyo” atamasi oʻrniga “Turkiston” termini qoʻllaniladi”,-deyiladi xabarda.
Mostrar todo...
👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇮🇳Hindistonlik talabalarning Oʻzbekistonda oʻqish istagi ortmoqda Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi mojaro 20 000 dan ortiq hind talabalarining evakuatsiya qilinishiga olib keldi. Ularning koʻpchiligi oʻz oʻqishlarini koʻchirish uchun dastavval Qirgʻiziston va Oʻzbekistonni tanlashgan. Ammo Qirgʻizistonning Bishkek shahridagi xalqaro yotoqxonaga uch nafar nomaʼlum mahalliy fuqaro kirishga urinib, xorijlik talabalarni qoʻrqitganidan soʻng, hindistonlik yoshlar oʻqishni koʻchirish va oʻqishga kirish uchun eng maqbul mamlakat sifatida Oʻzbekistonni koʻrmoqda. Xoʻsh, xorijlik talabalar Oʻzbekistonda bunday qarshilikka uchramaydimi?
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Karimov davrida inson huquqlarini “qoʻllagan” Akmal Saidov BMT qoʻmitasi aʼzosi boʻldi Akmal Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari qoʻmitasi aʼzosi etib saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. Xabarga koʻra, BMT Nyu-York shahridagi shtab-kvartirasida 2025-2028-yillar uchun  Inson huquqlari qoʻmita aʼzolarni aniqlash maqsadida  yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylov oʻtkazilgan. “Oʻzbekistondan nomzod Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov eng koʻp ovoz toʻplab qoʻmita tarkibiga saylandi”, - deyiladi xabarda. Saylovda Oʻzbekiston bilan birga 16 ta davlat – Burundi, Gruziya, Misr, Hindiston, Ispaniya, Kamerun, Kot-dʼIvuar, Litva, Marokash, Paragvay, Koreya Respublikasi, Shimoliy Makedoniya, Togo, Xorvatiya, Efiopiya va Janubiy Afrika vakillari 9 ta oʻrin uchun kurash olib borgan. Maʼlumot uchun, Akmal Saidov 1996-yildan buyon Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Mostrar todo...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Shu munosabat bilan Uzdiplomat.uz bir qancha davlat rahbarlarining bolaligi bilan sizlarni tanishtiradi. Ular vaqti kelib, oʻzining prezident, davlat rahbari boʻlishini bilishmagan. Xoʻsh, bolakay prezidentlardan kimlarni tanidingiz? Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
uzdiplomat iqtibosi: 🖍
“Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli, bilimli va albatta baxtli boʻlishlari shart!”
ISLOM ABDUGʻANIYEVICH KARIMOV, Oʻzbekiston respublikasining birinchi prezidenti Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Filippinning yangi elchisi ish boshladi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Filippinning yangi tayinlangan elchisi Roberto G.Manalodan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqida vazir oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.
– Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashdik. Shubhasiz, oʻzaro hamkorlik kun tartibini barcha yoʻnalishlarda kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud», degan u.
Maʼlumot uchun, Roberto G.Manalo bundan avval Filippinning Turkmanistondagi diplomatik munosabatlariga masʼul boʻlgan. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Filippin oʻrtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilda oʻrnatilgan. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🇷🇺Rossiya “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarmoqchi. O‘zbekistonchi? Rossiya Afg‘onistondagi “Tolibon”ni terrorchilik harakati tashkiloti safidan chiqarishi mumkinligini bildirmoqda. AQSH Rossiyaning bu harakati yaxshilikka olib kelmasligini aytmoqda. So‘nggi yillarda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan yaqin aloqa o‘rnatib kelayotgan O‘zbekiston bu borada qanday pozisiyada? 🌐 Batafsil
Mostrar todo...
01:08
Video unavailableShow in Telegram
Bayram oʻtdi, vaʼda bitdimi? “Milliy tiklanish” tanlov eʼlon qilib, natijasini ochiqlamadi Joriy yilning 14-yanvar kuni “Milliy tiklanish” Demokratik Partiyasi “harbiy musiqiy kompozitsiyalar va videoroliklar” tanlovini eʼlon qilgan edi. ➖Mazkur tanlov ishtirokchilari natijalar bugungacha ochiqlanganidan norozi. ➖Partiya esa tanlovda gʻolib deb eʼlon qilish uchun munosib nomzod topilmaganini aytmoqda. Batafsil ➡️https://uzdiplomat.uz/archives/4463 Kanalga ulanish:✏️ https://t.me/uzdiplomatuz
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston qaysi davlatlardan gumanitar yordam oladi? Oʻzbekiston oʻtgan yili 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklarini olgan. Eng koʻp yordam Germaniya, Xitoy, AQSH davlatlaridan keladi. Mamlakatimizga 2023-yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari joʻnatilgan. Batafsil ➡️ https://uzdiplomat.uz/archives/4456 Kanalga ulanish:✏️ https://t.me/uzdiplomatuz
Mostrar todo...