RICHSHUI maxsus texnikum
Ir al canal en Telegram
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: 71.263-50-27 Direktorga murojaat: 📲 @RICHMT_direktorga_murojat_bot Telegram kanal: 👉🏻 https://t.me/Richmaxsustexnikum
Mostrar más483
Suscriptores
+124 horas
-17 días
-1930 días
Archivo de publicaciones
Repost from OTFIV | Toshkent
Agar Siz kasbiy ta’lim muassasalarida korrupsiya holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, majburiy mehnat yoki boshqa shubhali xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasiga xabar berishingizni so‘raymiz.
📌 Sizning murojaatingiz muhim va e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Murojaat yuborish uchun:
Elektron pochta: otfivtashkent@gmail.com
Telegram bot: @OTFIV_Tashkent_bot
Telegram: @Boshqarmaga_murojaat
🔒 Ma’lumot beruvchining shaxsi qat’iy ravishda sir saqlanadi.
⚖️ Qonuniylik va adolatni ta’minlash — barchamizning umumiy vazifamizdir.
****************
Если вы столкнулись с фактами коррупции, конфликтом интересов, принудительным трудом или иными подозрительными действиями в учреждениях профессионального образования, просим вас сообщить об этом в Управление профессионального образования города Ташкента.
📌 Ваше обращение важно и будет обязательно рассмотрено.
Для обращения:
Электронная почта: otfivtashkent@gmail.com
Telegram-бот: @OTFIV_Tashkent_bot
Telegram: @Boshqarmaga_murojaat
🔒 Конфиденциальность заявителя гарантируется.
⚖️ Обеспечение законности и справедливости — наша общая задача.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
Repost from OTFIV | Toshkent
#Qabul2026
📌Yozma imtihonlar 17–19-sentabr kunlari o‘tkaziladi
2026/2027-o‘quv yilida mahalliy va xalqaro ta’lim dasturlarida tahsil olish istagini bildirgan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan talabgorlarni (11-sinfni bitirgan) saralab olish maqsadida yozma imtihonlar o‘tkaziladi.
📎Yozma imtihonlar 17–19-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlardan imtihon jarayonlariga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida hozir bo‘lishlari so‘raladi.
🎓 Barcha talabgorlarga yozma imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
+3
Inson kapitali — kelajak poydevori
🇺🇿 “INSON KAPITALI NIMA VA NEGA U MUHIM?”
📚 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Inson kapitali nima va nega u muhim?” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.
🌱 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga inson kapitali tushunchasi, bilim, ko‘nikma, salohiyat va tajribaning inson hayotidagi o‘rni, shuningdek, jamiyat va mamlakat taraqqiyotida bilimli va malakali yoshlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
💡 Dars jarayonida o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi bilimlarni egallash, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va kelajakdagi muvaffaqiyat uchun doimiy izlanishning muhimligi haqida fikr almashdilar.
🤝 O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.
✨ Inson kapitali — bilim, salohiyat va mehnat. Kelajak esa bugungi ta’lim va intilishlarimizdan boshlanadi!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Repost from OTFIV | Toshkent
Senatorlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi
Qonun bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
Repost from OTFIV | Toshkent
"Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik. Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi. Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan. Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan. Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda. Mustaqillik, eng avvalo, bizga shon-u sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni angladik, nomi hamisha e’zozda bo‘lgan ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik."Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
+2
🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
📚 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.
🌱 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga Vatanga muhabbat, xalqimizning birdamligi, tinchlik va hamjihatlikning qadri, shuningdek, yurtimiz kelajagini bunyod etishda yoshlarning o‘rni haqida tushunchalar berildi.
🤝 Darslar davomida o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan faol ishtirok etdilar.
✨ Bir Vatan — bir xalq — bir maqsad! Yangi hayot va porloq kelajak sari birgalikda!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Repost from OTFIV | Toshkent
9-sinf bitiruvchilari uchun hujjat topshirishga atigi 2 kun qoldi!
2026/2027-o‘quv yilida akademik litseylarga o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq texnikumda tahsil olish istagidagi 9-sinf bitiruvchilari vakant o‘rinlar doirasida texnikumlarga qabul qilinadi.🎓Hujjatlar joriy yil 3–7-sentabr (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
Repost from OTFIV | Toshkent
📢 9-sinf bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyat!
2026-yil 3-sentabrdan 7-sentabrga qadar (shu kuni ham) 2026/2027-o‘quv yilida akademik litseylarga o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq texnikumlarda tahsil olish istagini bildirgan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlardagi vakant o‘rinlarga qabul qilish jarayoni amalga oshiriladi.
🎓 O‘quvchilar mavjud vakant o‘rinlar doirasida texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
+3
👉 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” shiori ostida Mustaqillik darsi o‘tkazildi
📅 2026-yil 2-sentabr kuni Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Mustaqillik darsi tashkil etildi.
🇺🇿 Dars davomida o‘quvchilarga Mustaqillikning tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar berildi.
🎥 Mavzuga oid videorolik va taqdimotlar namoyish etilib, o‘quvchilar savol-javoblar hamda suhbatlarda faol ishtirok etdilar.
🌱 Tadbirda yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Mustaqillik — bebaho ne’mat, birlik va hamjihatlik — buyuk kelajak poydevoridir!
🌟 Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Repost from Bunyod Radjabov
Yangi o'quv yili muborak!
Hurmatli ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchi-yoshlar!
Barchangizni 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Yangi o‘quv yili ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga tayyorlash yo‘lida yangi natija va yutuqlarga boy bo‘lishiga tilakdoshman.
Barcha o‘quvchi-yoshlarimizga bilim va kasbiy mahoratni egallashda muvaffaqiyat, ustozlarimizga esa mas’uliyatli va sharafli faoliyatida kuch-g‘ayrat hamda ulkan zafarlar tilayman.
Yangi 2026/2027-o‘quv yili barchamiz uchun samarali va muvaffaqiyatli bo‘lsin!
telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Repost from OTFIV | Toshkent
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ilk bor kasbiy ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etilmoqda
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab menejerlik sertifikatini olgan texnikum direktorlariga 50 foiz va uning o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorida har oylik ustama beriladi.
Ushbu imkoniyat Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 451-son qarori (20.08.2026-y.) bilan tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra:
✔️ kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarining menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi reja-grafik asosida tashkil etiladi;
✔️har yili 1-dekabrga qadar kasbiy ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasi tasdiqlanadi;
✔️qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining ta’lim dasturlari ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirib boriladi;
✔️xorijiy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda kasbiy ta’lim tizimi xodimlari uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish choralari ko‘riladi.Shuningdek, qaror bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
Repost from OTFIV | Toshkent
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
#Abituriyent #Qabul2026
Mandat e’lon qilingach, keyingi imkoniyat — Texnikum!
Agar oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etilmagan bo‘lsangiz, ta’limni texnikumlarda davom ettirishingiz mumkin.
Eng muhimi, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagach, suhbat asosida o‘z mutaxassisligingizga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish imkoniyati mavjud.
📚 Ta’lim shakllari:
➖ Kunduzgi
➖ Dual ta’lim
Hujjatlar 10-avgustdan 10-sentabrgacha (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
🚀 Oliy ta’limga yo‘l faqat bir imkoniyat bilan cheklanmaydi! Kasb egallang, tajriba orttiring va kelajakdagi ta’limingiz uchun mustahkam poydevor yarating!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
🚀 "Zamonaviy kasblar" tanloviga Start beriladi!
✔️ Agar siz:
1. Grafik dizayn
2. Veb-sayt yaratish
3. Mobilografiya bilan shug‘ullansangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🏆 Bosh sovrin — 100 million so‘m!
Iste'dodingizni butun O‘zbekiston oldida namoyish eting va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting.
Roʻxatdan oʻtish 20- avgustga qadar davom etadi.
Ishtirok etish uchun havolani ustiga bosing!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
Yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, aziz ustozlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini chin qalbimizdan muborakbod etadi!
🇺🇿 “Mustaqil yurt — buyuk imkoniyatlar va yorqin kelajak maskani!”
Bugun yurtimizda har bir inson uchun munosib sharoit va keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Biz esa yoshlarimizning bilimli, hunarli va Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishi yo‘lida birgalikda harakat qilamiz.
🇺🇿 Bir yurt — bir maqsad — bir kelajak!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamjihat va qalblarimiz Vatanga bo‘lgan mehr bilan to‘la bo‘lsin! Mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagi yanada porloq, taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari!
Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi.
Mazkur milliy tanlovning Respublika bosqichida Toshkent shahridan 45 nafar ishtirokchi va ularni tayyorlagan ustozlar faol ishtirok etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 13 nafar ishtirokchi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 5 nafari I o‘rin, 3 nafari II o‘rin hamda 5 nafari III o‘rin sohibi bo‘ldi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
Repost from OTFIV | Toshkent
#Qabul2026
⚡️Qabul boshlandi!
11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi!
Hujjatlar 10-avgustdan 10-sentabrga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Platformaga: ➖ ID karta yoki tug‘ilganlik to'g'risidagi guvohnoma ma'lumoti (abituriyent fotosurati bilan); ➖ Maktabning 11-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
