cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Aziz Jo‘rayev | Blog

Shaxsiy rivojlanish, tibbiyot, umuman hayot haqida fikr-mulohazalar, tajriba va yana maslahatlar... Men kimman? - https://t.me/Jorayevjon/31 Har bir ishda Allohning hikmati bor! Bu sahifani kuzatishingiz ham bejizga emasdir :)

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
229
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-1030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Hayot uyqudir, oʻlim- la uygʻonur inson, Sen shoshil - O’lmasdan oldin uygʻon! Rumiy Hayotiy shiorga aylantirsa arzirlik gap. Tushunmagan boʻlsangiz qayta oʻqing. P/s: Avvalo oʻzimga eslatma
Mostrar todo...
👍 3😢 2
Assalomu aleykum va rohmatulloh hammaga, yaxshimisizlar! Muhim video murojaat chiqardik, shuni koʻrib, fikringizni bildirib imkon boricha tarqalishiga hissa qoʻshsangiz xursand boʻlardim. Rahmat! ) ◀️ https://www.instagram.com/reel/CwRwMKBMGQf/?igshid=MzRlODBiNWFlZA== Ayniqsa tibbiyot oliygohi talabalari!
Mostrar todo...
Yaxshi tavsiya: "Hazratni xotirab" ko'rsatuvining navbatdagi soni chiqqan ekan. 🎙 9yildan ortiq xizmat qilgan haydovchilari bilan.. Juda samimiy suhbat. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh bilan bo'lgan qiziqarli va ibratli voqealar xususan bir marta mashinalari ag'darilib ketgani, vaqtlaridagi baraka, basketbol o'yinlarida g'olib bo'lishlari, ko'pchilikka o'rnak bo'lishlari va vafotlari haqida. Oxirigacha qanday ko'rganingizni bilmay qolasiz😊👇 https://youtu.be/kv9BdP-0AbE
Mostrar todo...
Hazratda insoniylikning cho‘qqisini ko‘rganman...

Hazratni xotirlab ko'rsatuvining 50-soni Ushbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz. «Islomga bag'ishlangan umr» filmining to'liq sonini quyidagi havolalar orqali ko'rishingiz mumkin: 1-qism: 👉

https://youtu.be/LUlhx4wXyu8

2-qism: 👉

https://youtu.be/KsQ8mTS7lbo

«Hilol media markazi» taqdim etadi Ko'rsatuvning barcha sonlarini quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: 👇

https://www.youtube.com/playlist?list=PLys356tU5j5QXNA6wwUbb7fz5ICm5LfZu

Rasmiy saytimiz:

https://islom.uz

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram:

https://t.me/islomuz​​​​

Instagram:

https://instagram.com/islomuz​​​​

TikTok:

https://tiktok.com/islomuz

Facebook:

https://facebook/www.islom.uz​​​​

Twitter:

https://twitter.com/islomuzofficial​​​​

Medium:

https://islomuz.medium.com​​​​

Soundcloud:

https://soundcloud.com/islomuz​​​​

Bizga aloqaga chiqish uchun elektron manzillarimiz: Telegram bot:

https://t.me/portalislomuzadmin_bot​​​​

pochta: [email protected] Taklif, mulohaza va fikrlaringizni kommentariyada qoldirishingiz mumkin. InshaAlloh ko'rib chiqib javob beramiz. #Hazratni_Xotirlab #islom #islomiy #islomuz #islomdini #islomnuri #islomummati #islomiyvideolar #islam #islamic #islamicpost #islamicquotes #IslamicChallenge #islamicart #islamicreminder #islomga #bagishlangan #umr #shayxmuhammadsodiqmuhammadyusuf #shayxmuhammadsodiq

Tizim asli shunday qurilgan... (kichik utopik* davlatcha haqida hikoya) Qadim zamonlarda bir
Mostrar todo...
Harakat, muhimlilik va natija. Ko'pchiligimizda ulgurilmagan, unutib qoldirilgan vazifalarimiz anchagina. Buning sababi nima, bilasizmi?! Biz ko'pincha "vaqtim yo'q", "hali falon ishni boshlay olmayman", "falon ishni unutib qo'yibman" kabi iboralar bilan o'qish va ishimizga doir asosiy vazifalarni bajarishni doim orqaga suramiz. Unutmang, siz haqiqatda muhim deb bilgan ishlaringizni aslo ortga surmaysiz! Misol uchun prezident yoki juda obro'li kishi bilan istiqbolli kelajagingiz masalasida ko'rishish uchun uchrashuv belgilasangiz, siz 99% ehtimol bilan bu uchrashuvga hech ham uxlab qolmaysiz yoki-da uchrashuvga hattoki vaqtidan oldin borib kutib turasiz. Nega?! Chunki birgina sabab - bu uchrashuv siz(kelajagingiz) uchun muhimligini haqiqatda his qilasiz va harakatlaringiz ham shunga mos bo'ladi. Yuqoridagi yozgan iboralarim ham faqatgina bahona xolos, chunki biz uchun muhim ishga har doim ham vaqt va kuch topa olamiz. Istalgan yosh bolani eslang, biror ish uchun orzusidagi o'yinchoq yoki shirinlik vada qilsangiz, u siz tayinlagan ishga bor diqqati va kuchini sarflaydi. Uning buni qanchalik bajara olishi ikkinchi masala, muhimi u buning uchun bor kuchi bilan harakat qilishida. Chunki bola uchun shirinlik va o'yinchoq - muhim! Bir vazifaga diqqat qilib, uni haqiqatdan muhim deb hisoblay olmas ekanmiz, shunaqa bahonalar qilib umrimizni o'tkazib yuraveramiz. Biror ishni anchadan beri ortga surib kelayapsizmi yoki turli sabablar bilan ulgurolmayapsizmi? Birinchi "Siz uchun nima muhim" - shuni aniqlab oling. Dunyo va oxiratingizga manfaat keltirmaydigan ishlarga vaqt sarflashdan cheklaning. Allohdan o'sha sizga kerakli vazifani bajarishingizda qunt, shijoat so'rang va buning uchun o'zingiz muhimligini his qilgan holda harakat qiling! *Bu eng avvalo o'zimga eslatma. 👉 @Jorayevjon
Mostrar todo...
Harakat, muhimlilik va natija. Ko'pchiligimizda ulgurilmagan, unutib qoldirilgan vazifalarimiz anchagina. Buning sababi nima bilasizmi?! Biz ko'pincha "vaqtim yo'q", "hali falon ishni boshlay olmayman", "falon ishni unutib qo'yibman" kabi iboralar bilan o'qish va ishimizga doir asosiy vazifalarni bajarishni doim orqaga suramiz. Unutmang, siz haqiqatda muhim deb bilgan ishlaringizni aslo ortga surmaysiz. Misol uchun prezident yoki juda obro'li kishi bilan istiqbolli kelajagingiz masalasida ko'rishish uchun uchrashuv belgilasangiz, siz 99% ehtimol bilan bu uchrashuvga hech ham uxlab qolmaysiz yoki-da uchrashuvga hattoki vaqtidan oldin borib kutib turasiz. Nega?! Chunki birgina sabab - bu uchrashuv siz(kelajagingiz) uchun muhimligini haqiqatda his qilasiz va harakatlaringiz ham shunga mos bo'ladi. Yuqoridagi yozgan iboralarim ham faqatgina bahona xolos, chunki biz uchun muhim ishga har doim ham vaqt va kuch topa olamiz. Istalgan yosh bolani eslang, biror ish uchun o'yinchoq yoki shirinlik vada qilsangiz, u siz tayinlagan ishga bor diqqati va kuchini sarflaydi. Uning buni qanchalik bajara olishi ikkinchi masala, muhimi u buning uchun bor kuchi bilan harakat qilishida. Chunki bola uchun shirinlik va o'yinchoq - muhim! Bir vazifaga diqqat qilib, uni haqiqatdan muhim deb hisoblay olmas ekanmiz, shunaqa bahonalar qilib umrimizni o'tkazib yuraveramiz. Biror ishni anchadan beri ortga surib kelayapsizmi yoki turli sabablar bilan ulgurolmayapsizmi? Birinchi "Siz uchun nima muhim" - shuni aniqlab oling. Dunyo va oxiratingizga manfaat keltirmaydigan ishlarga vaqt sarflashdan cheklaning. Allohdan o'sha sizga kerakli vazifani bajarishingizda qunt, shijoat so'rang va buning uchun o'zingiz muhimligini his qilgan holda harakat qiling! *Bu eng avvalo o'zimga eslatma. 👉 @Jorayevjon
Mostrar todo...
#foyda Erta tongda, quyosh chiqish vaqtida 5-10 daqiqa quyosh nuridan to'g'ridan to'g'ri bahramand bo'lish sizga misli ko'rilmagan foydalar olib keladi. Bu birinchi navbatda serotonin(baxt gormoni) sintezini rag'batlantiradi va bu ichki soatlarimiz ishlashi(sirkad ritmi)ga ijobiy ta'sir qiladi. Tungi uyqusizlikdan qiynaladiganlar yoki kun bo'yi uyqu bosishidan shikoyat qiladiganlar uchun tongda quyosh nurida 10-15 daqiqa, har kuni davomiy sayr qilish yaxshi yordam beradi. 👉 @Jorayevjon
Mostrar todo...
04:01
Video unavailableShow in Telegram
Kitob – eng yaxshi dori 😁
Mostrar todo...
647129875-1.mp416.75 MB
#fikr Bilim olish va unga amal qilish o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Ayrimlar aytib qolishadi, "faloncha kursga qatnadim foydasi bo'lmadi", "ustozim tavsiya qilgan mashhur kitobni qayta o'qib chiqsam ham kun tartibini yo'lga qo'ya olmayapman"... Bunga o'xshash e'tirozlarni davom ettirsak, bitta kitob yozsa bo'ladi. Hozirda ancha ommalashgan "Miyani, mushaklarni, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni va yana ko'plab balo battarlarni rivojlantirish", "Ozish", "Biznes"ga oid yoki boshqa kurslarga yuz marta qatnashsak ham, yoki kitoblarni million marta o'qib chiqsak ham o'rganganlarimizga amal qilmas ekanmiz o'zimiz xohlagan natijaga erisha olmaymiz. Diqqatni o'rganishga emas, bilganlarimizga amal qilishga qaratishimiz kerak! *Bu eng avvalo o'zimga eslatma. 👉 @Jorayevjon
Mostrar todo...
Инсонларга шундай замон келадики, уларнинг қалблари Қуръондан холи, хароб ҳолга келади, (уни ўқишдан) ҳаловат ва лаззат топмай қўядилар. Буюрилган амалларда нуқсон ва камчиликка йўл қўйсалар, «Албатта Аллоҳ Ғофурур Раҳимдир, (кечирувчи ва раҳмлидир) дейишади. Агар ман этилган, қайтарилган ишни содир этишса, «Аллоҳга биронр нарсада ширк келтирмасак бўлди, (ундан бошқа гуноҳларимизни эса) биздан мағфират қилади», дейдилар. Ишларини бари тамадан иборат бўлиб, уларда сидқ, ростгўйлик бўлмайди. (Имом Аҳмаднинг «Зуҳд» асаридан) Manba
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.