cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

•Lupaorqali🍂

• Kitob tanlashimizga lupa kerak bo‘ladi! • Kitoblar, san'at, tabiat va fikrlash haqida... Kanalimizga sodiq bo'lsangiz qo'shiling 💫 Rek: @allsiddiq

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
6 702
Suscriptores
-2924 horas
-2007 días
-83030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Samiha 3 oyga to'lgan kunlar edi. Fotimaxonim 2 daqiqaga qandaydir ish bilan boqqa chiqdi. Samiha o'rnida yotar, Odila o'yinchoq o'ynar, ora-sira cho'ntagidan qovrilgan no'xat o'lib, og'ziga tashlab qo'yardi. 2 daqiqadan so'ng Fotimaxonim ichkari kirganida Odila chaqaloqning to'shagidan tushib kelardi. Birdan yuragi chig' etdi. Ajabo go'dakka bir narsa bo'ldimi? Bu savolga javob izlashga hojat ham yo'q, vaqt ham yo'q, chunki Samihaning xirillashi, yaxshi nafas ololmayotganiga ishora. Fotimaning ichi yondi, otildi. Samihaning og'ziga ko'piklar to'plana boshlagandi. Barmog'ini og'ziga suqdi. Og'zida hech narsa yo'q, Ammo bolaning rangi va og'zidagi ko'piklar bog'ilayotganini ko'rsatardi. Chaqaloqni bag'riga bosdi. Ko'kragidan og'ziga 2 tomchi sut oqizdi. Bo'g'zi yumshaydi. Odila unga no'xat yedirmoqchi bo'lgani aniq edi. Bo'g'zidagi xirillash ortar, ko'piklar ko'payar edi. Bolani olib yo'lga chiqib, doktorga borguncha vaqt o'tar, Fotimaxonim peshonasida paydo bo'lgan terlar, ko'zidan oqqan yoshlar hozir uning ne ahvolda ekanini bildirib turardi. Odilaga qaradi, hech narsa bo'lmaganday o'ynab o'tiribdi. - Odila , singlingga nima yedirding? - No'xat yedirdim. Yig'ladida... Fotimaxonimning ichidan kelgan bir his chaqaloqni qo'yib Odilani yaxshilab kaltaklashni , hech qursa, bir necha shapaloq tushurishni amr etardi. Talvasa paytida qilinadigan eng qulay ish shu edi. Hech bo'lmasa yuragiga bir oz suv sepiladi. Lekin Odilaga tegadigan tayoqning Samihaga foydasi bormi? Bola ikki shapaloq bilan tuzalib qoladimi? Odila bola bu holga tushsin deb shunday qildimi? Istab, atay qildimi? Urganda keladigan foyda, avf etganda keladigan zarar bormi? Fotimaxonim shularni o'ylab, Odilani urishdan voz kechdi. Odila yana hech narsadan xabarsiz holda o'yinchoqlarini o'ynab ketdi. Uning shu mas'um holatini ko'rib Fotimaxonim yolvordi. - Yo Rabbiy, bag'ri yarim yetimlar, ko'ngli mungli yetimlar hurmatiga, mening ikki yetim bolam hurmatiga bolamni qutqar! Kichik yoshda yetim va o'ksik qolgan habibing hurmati. Oradan 5 daqiqa o'tganda bolaning chuqur bir nafas olganini his etdi. Birdan yuragi yanada qattiqroq ura boshladi. Faqat bemalol nafas olayotganini ko'rgachgina tinchlandi. No'xat tomog'idan o'tib ketgandi. Darhol bu musbatni aritgani uchun Allohga shukr etdi. Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub "O'gay ona" asarini o'qiganmisiz? ✍️Nima deb o'ylaysiz bu dunyoda Fotimaxonimga o'xshash onalar mavjudmi? 🤩Voqea sizga yoqqan bo'lsa reaksiya qoldiring!
Mostrar todo...
4❤‍🔥 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dunyoni hayosizlik balosidan - erkak hayosi qutqaradi. Ochiq kiyingan namoyishkorona ishva qilayotgan Zulayhoga "Harom" deya boqmagan Yusuflar qutqaradi. Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
🔥 15❤‍🔥 1
Ovqatdan so'ng ikki bola yashinmachoq o'ynashardi. Avval biri ko'zlarini yumadi, ikkinchisi yashirinadi, so'ngra ko'zlarini ochib berkinganni topadi. Yashirinish navbati Odilada. Husayn ko'zlarini yumdi. Fotimaxonim qo'llarini ochib "kel" deya ishora etdi. Ayni vaqtda Odilbek ham shunday qildi. Bola taraddudlandi, ikkisiga tez-tez qarab oldida, so'ng Fotimaning quchog'iga otildi. Boshini uning ko'ksiga yashirib, qichqirdi: - Bo'ldi-i-i.. Husayn ko'zlarini ochdi va bir daqiqadan so'ng Odilani topdi. Aka-singilning qiyqirig'i ko'kka ko'tarildi. Odilbek so'radi: - Qizim men ham quchog'imni ochdimku, nega menga kelmading? - Siz- badbo'ysiz, onam - xushbo'y. Qizaloq sigaret isini aytmoqchi edi. Sigaretning yomon hidi kelganidan otasining bag'riga yashirinmadi. - Rostdan ham yomon hid keladimi mendan qizim? - Rostdan. Ishonmasangiz akamdan so'rang. Husayn boshi bilan tasdiqladi, so'ng, yana o'yin boshlandi. Odilbek bu holni so'rash uchun Fotimaxonimga o'grildi. Ko'zlarida siz nima deysiz, degan , ma'no bor edi. Fotimaxonim: - Ha afsuski, shunday hidingiz bor. Ba'zan odamning nafasi qaytadi. Otam chekmasdi, lekin piyoz, sarimsoq yesa oqshom jomega bormasdi, namozni uyda o'qirdilar. Hech esimdan chiqmaydi, bir oqshom: "Ota, azon aytilmoqda", dedim. "Eshityapman, qizim. Faqat bu oqshom piyoz yedim, jamoatni behuzur qilmasam devdim", dedi. Men esa buni behuda deb topdim: "Men bo'lsam , piyoz va sarimsoq uchun jomeni tark etmasdim, ammo jome uchun bularni tark etardim", dedim. Otam javob bermadi. Ammo shundan keyin ularni xomligicha yeganini ko'rmadim. 🤗Voqea sizga yoqqan bo'lsa reaksiya qoldiring!
Mostrar todo...
🔥 8 5👍 1😢 1
Ayollar to'planishgach, bemalol ochiq-sochiq o'tiraveradilar. Hatto Fotima yaxshi taniydigan adabli, tarbiyali bir nechta xotinlar ham shunday ish tutishdi. Dugonalari, uni ham boshini ochib, ro'molini yechib o'tirishga qistashdi. U qabul qilmasdi. - Bu yerda hech kim yo'q-ku, Fotima, kim ko'rib o'tiribdi?! Buncha talabchan bo'lmasang?! - Alloh ko'radi, - deb javob berardi Fotima. - Xo'p, sen o'ranganing bilan sochingni Alloh ko'rmaydimi? - deya e'tiroz etdi dugonasi. - Tabiiyki, ko'radi. - Unda nechun bu taassub, mutaassiblik?! Nimadan buncha saqlanasan, Fotima?! - Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab bo'ladigan holatda ko'rmasin. O'zi amr etgan, rozi bo'ladigan qiyofada ko'rsin. Hech qanday e'tirozga o'rin qolmadi. Fotima yodlangan qoidalarni shunchaki gapirmadi, balki shu qadar samimiy javob berdiki, ochilgan tizzalar va boshlar darhol yopildi, bu so'zlar vijdonlarga qadar yetdi, qalblarni titratib yubordi. "O'gay ona" kitobidan Ahmad Lutfiy Qozonchi 🫠Asar sizga yoqqan bo'lsa reaksiya qoldiring!
Mostrar todo...
👍 6 6🔥 3❤‍🔥 1🤗 1
00:08
Video unavailableShow in Telegram
🫀…
Mostrar todo...
IMG_9366.MOV1.94 MB
🔥 13❤‍🔥 1
01:32
Video unavailableShow in Telegram
Perfect Consalting Group kompaniyasi asoschisi, biznes murabbiy @ibrahimgulyamov dan kitob tavsiyasi!
Mostrar todo...
IMG_9362.MP432.15 MB
🔥 2👏 1
💰Zalning o'rtasida harakatsiz o'tirgan Saffot xo'ja 12 daqiqaga yaqin temir qutining ichidan chiqqan tilla tangalarni va hujjatlarni ko'zdan kechirayotgandi. Temir qutining ichidan chiqqan yuzlab oltin tanga va 4 ta hujjat ikki yil avval vafot etgan otasiga tegishli edi. Chunki 4 ta yerga oid hujjatlarning barchasida otasining ismi bor edi. Shaharning qimmat joylarida joylashgan bu yerlarni otasi qachon olgan ekan? Shu qiziqish bilan hujjatlardagi sanalarga qarab, ulardan biri onasining kasalxonada yotgan yillarida olinganini bildi. Onajoni uzoq vaqt kasalxonada yotar ekan, ishlari yaxshi emasligiga qaramasdan, butun kasalxona va dori xarajatlarini oilaning yagona farzandi bo'lgan Saffot xo'ja ko'targandi. Saffot xo'ja kasalxona xarajatlari uchun tanish-bilishdan qarz olar ekan: "O'g'lim, buncha pulim yo'q" - degan otasi yo'q puliga shu yerlarni olgani ma'lum bo'ldi. 🥀Faqat bir yil, faqatgina bir yil o'tira olgandi bularning ustida. Bir yil o'tib esa juda yaxshi ko'rgan shu kursisining ustida yurak xurujidan o'ldi. Yuragi xuruj qilayotganda yoniga kelgan o'g'liga kursidagi oltinlardan og'iz ochmagani o'sha ahvolda ham o'lishni o'ylamaganini ko'rsatardi. "Kasodga uchradim", - degan otasi rostdan ham kasod bo'lib, o'lib qolgandi. "Insonni davosidan to'sadigan mol-dunyo uning uchun ne'mat emas, musibatdir". Kitobni o'qigan bo'lsangiz ushbu 🤩 reaksiyani qoldiring!
Mostrar todo...
👍 4 2🔥 2🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Alloh biror qalbni hayosini tortib olganchalik jazolamagan! Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
🔥 8😭 5👍 4❤‍🔥 4 3
#hikoya_davomi Oradan oylar o'tgan bo'lsa ham, Hojar xonimning o'ynashi topilmadi... *** Amakisining Konyaga ketganiga ikki kun bo'lgandi. 2-kun kechasi ota va qiz har doimgidek xona-xonalariga chiqib uyquga yotdilar Ammo Robiyaning uyqusi kelmadi. Onasi, Ismoil haqida o'ylayotgandi... Va onasining notanish o'ynashini ham. Robiyaning qulog'iga kutilmaganda eshik g'ichirlashi eshitildi. Darhol o'rnidan turdi. Sekingina eshikning Kalit suquladigan teshigidan zalga mo'raladi. Bu nima bo'ldi? Kelinoyisi Narmin xonim?!. Hayratdan ko'z oldi tingan Robiya nafas chiqarmay qarab turdi. Biroz o'tib kelinoyisi otasining xonasiga kirdi. Bu tushimmi yo o'ngimmi deya o'ylay-o'ylay qulog'ini otasining eshigiga tayadi. Qiz nafas olmay , bor e'tiborini quloqlariga jamlagandi. Dastlab Narmin xonimning ovozini eshitdi. - Menga o'ta bee'tibor bo'lib qolgansan, buni sezyapsanmi, Exson? Hojar o'lganidan beri yuzimga ham qaramayapsan. - Nima qilishim kerak edi? Hojarning ahxolini ko'rmadingmi? Uning vijdon azobi Ismoilni o'ldirganimdan ham kuchliroq chiqdi... Robiya shokka tushdii. Bu so'zlar dahshatidan sal qolsa qichqirib yuborayozdi. U go'yo ich-ichidan o'lib borayotgandek his qilayotgandi o'zini. " Onajonim... Oh mening pokiza, farishta onajonim... Demak, siz aybsiz ekansiz-da.... Qotil topilgan edi. Onasi oqlangan, endi otasi razolat botqog'iga botgandi. 🤩Agar ushbu asarni to'lig'icha o'qishni istasangiz Amina Shenliko'g'lu qalamiga mansub "Nega bizga zulm etdingiz" kitobini olishingizni tavsiya beramiz! Asar sizga yoqqan bo'lsa ushbu 🔥 reaksiyani qoldiring! ✍️Asar davomiga qiziqyapsizmi! Robiya otasini kechira oladimi? Robiyaning keyingi hayoti qanday kechadi? Izohlarda o'z firingizni qoldiring!
Mostrar todo...
4🔥 4😢 3❤‍🔥 1👍 1👏 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
Halovat topishni xohlagan inson muhabbat kutmaydi, balki ulashadi. Qadrlaydi, qadr kutmaydi. Yordam beradi, tama qilmaydi. Uzr aytadi, uzr kutmaydi. Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
👍 11❤‍🔥 4 4👏 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.