cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Namangan shahar | MMTB Matbuot xizmati |

Publicaciones publicitarias
334
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-1030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

01:01
Video unavailableShow in Telegram
no comment | Namangan shahridagi 79 - sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish jarayonlari
Mostrar todo...
NO COMMENT.mp432.01 MB
Namanganda yozgi sog’lomlashtirish mavsumida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining salomatligini mustahkamlash, ma’nan va jismonan chiniqtirish, vaqtlarini unumli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 145 nafar o’g’il – qizni o’z bag’riga olgan Namangan shahridagi 79 – sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o’ndan ortiq to’garaklar tashkil etilgan bo’lib, yozgi sog’omlashtirish mavsumidagi ko’ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari, aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi o’yinlar bolajonlarning sog’lom rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’kidlash joizki, Namangan shahrida 35 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo’lib, ularda 10353 nafar bolalar ta’lim – tarbiya olib kelmoqda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Mostrar todo...
TANLOV DAVOM ETMOQDA Xabaringiz bor, kuni kecha “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024" kasbiy ko‘rik-tanlovining Namangan shahrida o‘tkazilayotgan viloyat bosqichiga doir birinchi sharti – malakaviy  test topshirish jarayonlari  yakuniga yetgan edi.
Natijalarga ko‘ra, 64 nafar ishtirokchidan 41 nafari 26 balldan yuqori natijani qayd etdi.
Ular tanlovning ikkinchi shartida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi. Shundan so‘ng, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikkinchi shart mavzulari qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olindi. Bugun ana shu ikkinchi shart – ishtirokchining kasbiy faoliyatiga doir videoroliklar malakali hakamlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Natijalar dastlabki va ikkinchi shartlar bo‘yicha 40 ballni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarni tanlovning uchinchi shartiga olib o‘tadi. Demak, tanlov davom etadi. Bizni kuzatishda davom eting. 🔎 Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: Telegram |facebook|Instagram|
Mostrar todo...
19.30 MB
6.20 MB
Сифатли таълим — Янги Ўзбекистоннинг муҳим пойдевори
Наманган шаҳрининг Бобуршоҳ кўчасида жойлашган 27-сонли умумий ўрта таълим мактабида инвестиция дастури доирасида 8 млрд. 580 миллион сўм маблағ эвазига 660 ўринли қўшимча бино қуриш ишлари олиб борилмоқда.
Ушбу янги замонавий ўқув биноси қурилиши таълим сифатини яхшилаш учун шароит яратади. Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов қурилиш ишлари олиб борилаётган манзилда бўлиб, ишларни сифатли амалга ошириш, белгиланган муддатларда қурилиш жараёнларини якунига етказиш бўйича мутасаддиларга кўрсатмалар берди. Шу ерда жонлиқ сўйилиб, бу каби бунёдкорликлар бардавом бўлиши учун нуронийлар томонидан дуо-фотиҳалар қилинди. Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
Mostrar todo...
Namangan shahar 60-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida joriy yilning 28 iyun kuni “Jajji bolajonlar – bizning e`zozimizda” loyihasi doirasida tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida ota-onalar uchun kitob aksiyasi, milliy o`yinlar, shaxmat-shashka, arqon tortish, qo`girchoq teatri, kashtachilik va milliy urf odatlarimiz asosida milliy pishiriqlar tayyorlandi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, bolajonlarga kelajak hayotlarida ulkan zafarlar, muvaffaqiyatlar tiladilar. Tadbir so‘ngida maktabgacha ta’lim tashkilotida ko`p yillardan beri faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandilar.
Mostrar todo...
👍 1
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.