es
Feedback
𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐢𝐲 𝐃𝐢𝐧𝐢𝐲 𝐊𝐢𝐭𝐨𝐛𝐥𝐚𝐫 𝐏𝐝𝐟📚

𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐢𝐲 𝐃𝐢𝐧𝐢𝐲 𝐊𝐢𝐭𝐨𝐛𝐥𝐚𝐫 𝐏𝐝𝐟📚

Ir al canal en Telegram

📚"Robbim, ilmimni (yanada) ziyoda qilgin" {To ha surasi 114} ✨Allohim, meni dinda faqih (chuqur ilmga ega) qilgin.🤲 t.me/Muslim_kanallar 🌙

Mostrar más
567
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
📔AQIDAGA OID SAVOL JAVOBLAR (Eng yaxshi kitob🕊) 📚@Kitoblar_Manfaatli🌱 📚@Hadisiy_Qudsiy🌱 📚@Tavxid_Ahli🌱

#Eslatma🍀 🌱𝐍𝐚𝐦𝐨𝐳 𝐮𝐲𝐪𝐮𝐝𝐚𝐧 𝐚𝐟𝐳𝐚𝐥! 📍𝐵𝑜𝑚𝑑𝑜𝑑𝑔𝑎 𝑡𝑢𝑟𝑖𝑛𝑔 𝑒𝑦 𝑎𝑞𝑙 𝑒𝑔𝑎𝑙𝑎𝑟𝑖! 𝐻𝑎𝑙𝑖 𝑞𝑎�
#Eslatma🍀 🌱𝐍𝐚𝐦𝐨𝐳 𝐮𝐲𝐪𝐮𝐝𝐚𝐧 𝐚𝐟𝐳𝐚𝐥! 📍𝐵𝑜𝑚𝑑𝑜𝑑𝑔𝑎 𝑡𝑢𝑟𝑖𝑛𝑔 𝑒𝑦 𝑎𝑞𝑙 𝑒𝑔𝑎𝑙𝑎𝑟𝑖! 𝐻𝑎𝑙𝑖 𝑞𝑎𝑏𝑟𝑑𝑎 𝑘𝑜'𝑝 𝑢ℎ𝑙𝑎𝑦𝑠𝑖𝑧..❗ 📚@Kitoblar_Manfaatli🌱 📚@Hadisiy_Qudsiy🌱 📚@Tavxid_Ahli🌱

📔AR RAHIQUL MAXTUM🍃 Sahih xadislar asosida yozilgan Payg'ambarimiz Muhammad ﷺ haqlaridagi siyrat kitobi.🍃 📚@Kitoblar_Manfaatli🌱 📚@Hadisiy_Qudsiy🌱 📚@Tavxid_Ahli🌱

📔BUXORONING QONLI KECHMISHI... 📖HAR BIR MÒMIN YIGIT VA QIZ UCHUN MANA SHU KITOBNI SHOSHMAY, E'TIBOR BILAN QAYTA QAYTA ÒQIB, CHIQISH NONDAY, SUVDAY ZARUR!!! 📚@Kitoblar_Manfaatli🌱 📚@Hadisiy_Qudsiy🌱 📚@Tavxid_Ahli🌱

📚“Ilm — tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dalildir” 📚Hasan Basriy aytadilar: «Olimlar bo‘lmaganida, insonlar chorva mollari kabi bo‘lib qolardilar». Ya’ni, olimlar insonlarni ilm o‘rgatish yo‘li bilan hayvonlik darajasidan insonlik martabasiga ko‘taradi. 📚Ikrima: «Bu ilmning qiymati – bahosi bor», dedilar. «Uning bahosi nima?» deb so‘rashganda, «Uning haqqini ado etadigan, zoe’ ketkazmaydigan kishiga o‘rgatishingdir», deb javob berdilar. 📚Yahyo ibn Muoz: «Olimlar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga ota-onalaridan ham mehribondirlar», dedilar. «Nima uchun?» deb so‘rashdi. «Ota-onalar farzandlarini dunyo otashidan himoya qiladi, olimlar esa, ularni oxirat olovi – do‘zaxdan muhofaza etadi», deb javob berdilar. 📚Aytiladiki, Ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa, uni tarqatish – boshqalarga ham o‘rgatishdir. 📚Ulug‘ zotlardan biri aytadi: «Bilmaydiganga bilganinni o‘rgat, bilmaydiganingni biladigandan o‘rgan, shunday qilsang, bilmaganingni bilib olasan, bilganingni muhofaza qilasan». 📚Muoz ibn Jabal ilm o‘rganish va o‘rgatish haqida aytadilar: «Ilm o‘rganinglar, zero, uni o‘rganish – Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish – ibodat, muzokarasi – tasbih, uni izlash – jihod, bilmaganga o‘rgatish – sadaqa, uni o‘z ahliga bildirish – Allohga qurbatdir. Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dalil, xursandligu xafalik paytida ko‘makchi, do‘stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st va jannat yo‘lining minorasidir. Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlaru hasharotlar, yovvoyi va barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi». 📚Zero, ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat, tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo qilish ilm bilan bo‘ladi. Ilm bilan qarindoshlik aloqalari bog‘lanadi, harom bilan halol ajratiladi. Ilm peshvo-imomdir, amal unga ergashadi. Ilmdan bahramand insonlar baxtli, mahrumlar esa, baxtsizdir. Imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” kitobidan📚 📚@Kitoblar_Manfaatli🌱 📚@Hadisiy_Qudsiy🌱 📚@Tavxid_Ahli🌱

Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va moʻminlarning ayollariga ayt: Jilboblarini oʻzlariga yaqin qilsinlar. Ana oʻsha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir.» [33:59] Bu surada Alloh ayollarga oʻranishni buyurmoqda. Ushbu oyatning tafsirida, agar ayollar oʻranmasalar, ularni fohisha oʻlaroq qabul qilib, ular tomon qattiq haqoratlar yogʻilishi aytilgan. Bundan tashqari ularni qora bozorda sotiladigan qul sifatida ham koʻrishgan, mazah qilishgan. Oʻrangan ayol esa, hijobini oʻziga lozim tutgach, goʻyo bir qalqon ortida turgandek boʻladi. E’tibor bersangiz, oyatning oxirida, «...ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir» deyilyapti. Nega yaqinroq? Aslida ayollar uyda qaror topmoqliklari kerak. Koʻchaga esa, behojat yoki mahramlardan ruhsatsiz chiqish ta’qiqlanadi. Hojat yuzasidan chiqqanlarida esa, avratlarini yopib, ziynatlarini berkitib chiqmoqliklari kerak. Alloh, muslimalarni rashk qilib, ularga hijobni farz qildi, ularni ehtiyot qilib, uylarida qaror topishligini amr qildi.!!!! Alloh oʻta marhamatli zot..☝️ 8-mart esa, tabarruj kuni. Tabarrujni imomlar turlicha izohlashgan. U ayolning erkaklar oldida yurishi, roʻmolini oʻramay, boʻynini koʻrsatib yurishi..bir gap bilan aytganda, yalangʻochlanish. 8- mart Allohning amriga qarshi chiqib, hijobini yechib, “ozodlik” deya atalmish buzuq gʻoyani oldinga tashlaganlarning bayrami. 8-mart oʻzini begona koʻzlardan rashk qilmaydigan, iffatini saqlamaydigan, erkagu ayol aralash joyda hijobini yechgan yengiltak ayollarni qoʻllaganlarning bayrami. 8-martni nishonlaydigan erkaklar haqida yozgim kemayapti..asablarim dosh bermaydi. Xullas, bu gaplar ommatan hammaga emas, Islomda oʻz oʻrnini, qadr qimmatini biladigan ayollarga..... Tabriklamang va nishonlamang❗️❗️❗️Allohdan qòrqing☝️☝️ Bilmagan qarindosh va tanishlarga yuboringlar, aytinglar, eslatinglar🍃 📚@Kitoblar_Manfaatli🌱 📚@Hadisiy_Qudsiy🌱 📚@Tavxid_Ahli🌱

📚Ким илмсиз равишда амал қилса, у насронийларга ўхшаган бўлади, ким билиб туриб амал қилмаса, у яҳудийларга ўхшаган бўлади.
📚Ким илмсиз равишда амал қилса, у насронийларга ўхшаган бўлади, ким билиб туриб амал қилмаса, у яҳудийларга ўхшаган бўлади. Олим, гарчи илми оз бўлса ҳам, унга амал қилган кишидир. Шариатнинг илм таҳсил қилишдан бўлган мақсуди ҳам Аллоҳдан қўрқишни ҳосил қилувчи ва Холиққа яқинлаштирувчи бўлган амалдир. 📚 "Тайсирул вусул" 📚@Kitoblar_Manfaatli🌱 📚@Hadisiy_Qudsiy🌱 📚@Tavxid_Ahli🌱