cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal

🇺🇿 Kogon tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy telegram kanali. Murojaatlar uchun: @kogontumanmurojaatbot Matbuot kotib: @AzizQahhorov

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 993
Suscriptores
+824 horas
+347 días
-45630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️ Тadbirkorlik uchun yer uchastkalarini E-auksion.uz savdolaridan sotib oling!!! Buxoro viloyatida yer uchastkalari 4000 dan ziyod yer uchastkalari savdolarida sotilmoqda.. ➖Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun — 3271 ta✔️ ➖Yakka tartibda uy-joy uchun yerlar 129 ta✔️ ➖Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 4 ta ✔️ ➖Yoshlar sanoat zonalari — 126 ta ✔️ ➖Kichik sanoat zonalari — 28 ta ✔️ ➖Mikromarkazlar uchun14 ta ✔️ ➖Yangi O'zbekiston (ko'p qavatli uy joy) — 111 ta ✔️ ➖Xalqaro yo'l bo'yida xizmat ko'rsatish — 59 ta ✔️ ➖Master-rejaga asosida — 1 ta ✔️ ➖Nodavlat umumta’lim va MTM uchun — 15 ta ✔️ 🔷 Ko'chma savdo ob'yektlari — 2251 ta ✔️ ⚠️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish) 📱+998992072604 📱+998992073604 ____ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬 Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
❗️Уй-жой олиш учун субсидияга аризалар 15 майдан 1 ноябргача қабул қилинади Фармонга мувофиқ, дастур доирасида субсидиялар тўлашнинг амалдаги тартибига қуйидагиларни назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилади: ➖ субсидиялар ажратиш юзасидан аризалар тасдиқланган параметрлар доирасида 2024 йилнинг 15 майидан 1 ноябрига қадар қабул қилинади; ➖ 2024 йилги Дастур доирасида ажратиладиган кредитлар бўйича фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 12 фоиздан ошган қисмига, 2025 йил ва ундан кейинги йиллар Дастурлари доирасидаги кредитлар бўйича эса – Марказий банкнинг асосий ставкасидан ошган қисмига тўланади; ➖ бирламчи уй-жой бозоридаги квартираларни сотиб олиш учун ажратилган ипотека кредитлари бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 2024 йилги Дастурдан бошлаб қатъий белгиланган 30 миллион сўм миқдорида тўланади. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
#Kun_hikmati Kelajakni bashorat etishni eng yaxshi yo'li - uni barpo etishdir. Kanalga ulanish 👉 @AzizQahhorov
Mostrar todo...
Kogon tumanida “DXX kubogi” musobaqasining  tuman bosqichi g'olibi ma'lum bo'ldi Xabaringiz bor, Kogon tumanida yoshlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun musobaqaning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Mahalla yoshlari orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada tumanimizdagi 23 ta mahallalarning 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlaridan tarkib topgan jamoalar 4 ta guruhga bo‘lingan holda o'zaro bahslashdilar. Bugun 13-may kuni ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichi bo'lib o'tdi. Unda tumanning Siyoz-poyon MFY hamda Xo'ja-Yakshaba MFY yoshlaridan iborat jamoalar g'oliblik uchun bahs olib bordilar. Natijalar quyidagicha bo'ldi:
🥇1-o'rin: Siyoz poyon MFY 🥈2-o'rin: Xoʻja Yakshaba MFY 🥉3-o'rin: Nurafshon MFY
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali Telegram | facebook | Youtobe
Mostrar todo...
Mostrar todo...
“Янги Ўзбекистоннинг ибратли оиласи” кўрик-танловининг туман босқичи бўлиб ўтди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Оилаларни мустаҳкамлаш ва хотин-қизларнинг фаоллигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар” тўғрисидаги 2023 йилнинг 21 декабрь кунидаги ПҚ-401-сонли қарори 3-илованинг 39-бандига мувофиқ 15 май-“Халқаро оила куни”ни кенг нишонлаш ва “Янги Ўзбекистоннинг ибратли оиласи” кўрик-танловининг туман босқичини юқори савияда ўтказиш, оилавий қадриятларни сақлаш ва ривожлантириш, ёшларни мустақил ҳаётга тайёрлаш, оилавий ажралишларнинг олдини…

Buxoro viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi? 2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 436,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi. 🔻 Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali 🌐 Telegram  | Facebook | Youtubе
Mostrar todo...
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlanishning yangi tartibidan xabardormisiz? 1️⃣ Endilikda fuqarolar uchun qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 1-mayidan boshlab my.gov.uz portali orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi. 2️⃣ Shu bilan birga, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi tartibi ham saqlab qolingan holda, mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurib, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori nomiga ariza bilan murojaat qilinishi mumkin. ✅ Bunda har ikkala usulda topshirilgan arizalar bir xil muddatda va bir xil mezonlar asosida ko'rib chiqiladi. 🎬 Yuqoridagi video orqali onlayn ariza berish tartibi bilan batafsil tanishing. 📌 Eslatib o'tamiz: Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash bilan qo'shimcha savol va murojaatlaringizni Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilgan holda yoki @IHMA_1140 manziliga yo'llashingiz mumkin. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯ ТАЪМИНОТИ ВАҚТИНЧАЛИК ТЎХТАТИЛАДИ
Электр тармоқларида профилактик таъмирлаш ишлари олиб борилиши муносабати билан эртага 14 май куни Когон тумани Истиқбол МФЙ, Беклар МФЙ ҳамда Тут кунда МФЙ саноат зонасида соат 09⁰⁰ дан 18⁰⁰ гача электр энергия таъминоти тўхтатилади! Келиб чиқган ноқулайликлар учун узур сўраймиз! |Когон туман ҳокимлиги расмий канали Telegram | facebook | Youtobe
Mostrar todo...
📣 Buxoro viloyatida 16000 dan ziyod mol-mulklar E-auksion.uz savdolarida sotilmoqda! 🔶 Davlat aktivlari 57 tа 🔹 Davlat mulki ijarasi ➖ 272 ta 🔶 Ko'chmas mulk ➖ 188 ta 🔹 Avtotransport ➖ 180 ta 🔶 Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ➖ 1094 ta 🔹 Yoshlarga dehqon xo‘jaligini uchun ➖ 7747 ta 🔶 Qishloq xo‘jaligiga yuritish uchun ➖ 84 ta 🔶 Yer uchastkalari 3760 ta 🔹 Buyurtmachilar mulklari ➖ 3 ta 🔶 Ko'chma savdo joylari ➖ 2082 ta 🔹 Maxsus texnika ➖ 139 ta 🔶 Bankrot korxona mulklari ➖ 78 ta 🔹"O'zagrokimyohimoya" AJ mulklari ➖ 474 ta 🔶 Boshqa mulklar ➖ 57 ta ⚠️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish) "E-AUKSION" MOBIL ILOVANI YUKLAB OLING! App Store Google Play 📱+998992072604 📱+998992073604 ____ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬 Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
Joriy yilda kogonlik suyultirilgan gaz iste'molchilariga 218 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazildi
Kogon tumanining “Sorg’un” mahallasi suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan hudud bo’lib, belgilangan rejaga muvofiq gaz ballonlari yetkazib berildi. Nazorat tarozilarida o’lchab tarqatildi, to’lovlar esa online – maxsus kartalar orqali amalga oshirildi. “Issiq yoki sovuq havo harorati bo’lishiga qaramay o’z vaqtida gaz ballonlarimizni yetkazishadi. Maishiy ehtiyojlarimiz uchun ishlatamiz, yetadi. Gaz ballonlarimiz bilan bog’liq nosozliklar yuzaga kelgani yo’q, kelsa o’z vaqtida bartaraf etishadi. Har birimiz undan to’g’ri foydalansak, xavfsizligimizni ta’minlagan bo’lamiz”, – deydi sorg’unlik iste’molchi Shoira Xoliqova. “Kogongaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan Kogon tumanidagi 3 ming nafardan ortiq iste’molchi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. Xodimlarning navbatdagi manzili “Sorg’un” mahallasi ekan, kun davomida 99 ta xonadon egalariga 2 ming kgga yaqin suyultirilgan gaz yetkazib berildi. May oyining dastlabki o’n kunligida bo’lim tomonidan suyultirilgan gaz iste’molchilariga 18 tonnadan ortiq, joriy yilning yanvar oyidan boshlab to buguniga qadar esa 218 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz tarqatildi. Jarayonlar davomida har bir iste’molchiga Id kartalardan hamda gaz ballonlaridan to’g’ri foydalanish, ularga tashqi ta’sir ko’rsatmaslik to’g’risida tushuntirishlar berilishi davom etmoqda.
Mostrar todo...