cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

🏛️ «Yuridik taʼlim»™️ mustaqil loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi. 🏢 Yuridik taʼlimga oid eng muhim va eng so'nggi xabarlar. ✅ Reklama: 📥 @YT_Rek 📩 Murojaat uchun: @YuTA_Admin 💸 Moddiy qo'llov: 👉 https://tirikchilik.uz/YURIDIKTALIM

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
19 675
Suscriptores
-424 horas
+9877 días
+1 82030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️Abituriyentlar diqqatiga! ❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! © Bilimni baholash agentligi
Mostrar todo...
👍 24 2 2🔥 2👏 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️✅ Bugun Qabulning so'nggi kuni. 🏢 TDYU huzuridagi 3 ta Akademik litseylarga qabul bugun yakunlanadi. 💻 Maʼlumot uchun: TDYU huzuridagi akademik litseylarga hujjatlar litsey.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 📊 Suratda: TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul raqamlarda (ma'lumot 2024-yil 10-iyul, soat 9:50 holatida). 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
Mostrar todo...
👍 17🔥 5🤯 4 3 2🆒 2💯 1
⚡️✅ Bugundan ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish boshlandi. Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi. Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin. 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
Mostrar todo...
👍 15👏 5 2🔥 2🆒 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️✅ Imtihonga oz vaqt qoldi. «Yurisprudensiya» yo'nalishlarida qaysi fanga qancha ball beriladi ?! 📊 «Yurisprudensiya» yo'nalishlarining Fanlar majmuasi va baholash mezonlari. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar kirish imtihonlarida jami 5 ta fan bo'yicha test topshiriqlarini yechishadi. Asosiy blok (2 ta fan): 1⃣-fan. Huquqshunoslik fanlari: ▪️savollar soni — 30 ta. ▪️har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan; ▪️ maksimal ball — 93 ball. 2⃣ —Fan Chet tili: ▪️ savollar soni — 30 ta; ▪️ har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan; ▪️ maksimal ball — 63 ball. Majburiy blok (3 ta Fan). 1) Ona tili — 10 ta savol. 2) Matematika — 10 ta savol. 3) O‘zbekiston tarixi — 10 ta savol. ▪️ har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan; ▪️ maksimal ball — 33 ball. 📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. 📊 Maksimal ball – 189 ball. ♻️ Abituriyentlarga yuboramiz. © Manba: «Yuridik ta'lim». 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
Mostrar todo...
👍 38❤‍🔥 2 2🤯 2💯 2 1🔥 1👏 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
Huquq o'qituvchilari va Repititorlari uchun ajoyib taklif !! Huquqologiya kanali o'zining 2024-yilgi Huquqshunoslik fanidan variantlar to'plamini taqdim etadi. Imtihonlar boshlanishiga 5 kun vaqt qoldi. Ana shu vaqt davomida abituriyentlaringizga kuniga 2 ta variant test ishlatishga nima deysiz ?! To'plamda: 30 ta variant, 900 ta savol, 5000 dan ortiq ma'lumotlar. Ushbu to‘plam O'quvchilaringiz bilimini 2 barobar oshiradi. Biz sizga BMBA namunasidagi - 30 variantini taklif qilamiz. ✅Elektron shaklda ✅Javoblari bilan 👉 Namuna ko'rish Murojaat uchun: @Ilyosxoja_Bekmirzayev ® Reklama
Mostrar todo...
👍 23🔥 4😐 3 2🏆 2 1🤨 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️✅ Bu yil ham «Yurisprudensiya» abituriyentlari imtihonni birinchi boshlab berishadi. 💻 Ruxsatnomalar chiqdi. 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar bo'lib o'tishi ma’lum bo'ldi. 📊 Kutilganidek, 14-iyulda birinchi bo'lib «Yurisprudensiya» abituriyentlari imtihonni boshlab beradigan bo'lishdi. 📬 O'tgan yilgi qabulda ham «Yurisprudensiya» yo'nalishlariga imtihon birinchi kunda bo'lib o'tgan edi. ✅ «Yurisprudensiya» abituriyentlari 14-iyul kuni 2 smenada imtihon topshiradilar: ▪️1-smena soat 6:30 ▪️2-smena 13:30 test imtihonlarini topshirishadi. © Manba: «Yuridik ta'lim» 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
Mostrar todo...
👍 37👏 5🏆 4🔥 3 2😢 2🤝 2🆒 2🕊 1
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Mostrar todo...
👍 12💯 2🔥 1👏 1👌 1🏆 1🤝 1
Kechki mutolaa: Nima uchun advokat qotilni ham himoya qilishi kerak? Tan olish kerak-ki, advokat qotillikda ayblanayotgan shaxsni himoya qilmoqchi boʻlsa, qabul qila olmaymiz va hatto undan nafratlana boshlaymiz. Nima uchun qotilni himoya qilish kerak? Axir u qotil-ku!... Buni xuddi shifokorning qasamyodiga qiyoslagan boʻlar edik. YAʼni, uning huzuriga kelgan yoki olib kelingan bemorning shaxsidan qatʼiy nazar unga tibbiy yordam koʻrsatishga majburdir. Ayni paytda, bemor oʻz shaxsiy sifatlaridan qatʼiy nazar, oʻz sogʻligʻi va hayoti uchun qaygʻurishga va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga haqlidir. Bu uning nafaqat dunyoviy qonunchilik bilan kafoalatlangan, shu bilan birga, avvalo uning ajralmas, tabiiy haqqi ham hisoblanadi. Shuni tushunishimiz kerak-ki, advokatning bunday protsesslardagi pozitsiyasi aniq shaxsni emas, balki uning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan boʻladi. YAʼni, obyektiv haqiqatga koʻra, chindan ham qotillik sodir etgan shaxsni oʻz himoyasi ostiga olishi bu, uning oʻsha qilmishini maʼqullashini yoki olqishlashini anglatmaydi. Har kimning himoyalanish huquqi bor, u qanday jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan boʻlishidan qatʼiy nazar. Demak, advokatning asosiy vazifasi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. © Advokat Abdumalik Abdullayev 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
Mostrar todo...
👏 40👍 18💯 5 2😐 2🤝 2🫡 2 1😢 1🐳 1
⚡️✅ Yuridik texnikumlar bitiruvchilari diqqatiga !! 🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga 2024/2025 o‘quv yili uchun yo‘llanmaga ega bo‘lgan yuridik texnikum bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar qabuli boshlandi. 📬 Hujjatlar 25-iyulga qadar https://qabul2024-texnikum.tsul.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar TDYU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi. 📑 Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar: 1⃣ diplom va uning ilovasi. 2⃣ Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyumga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim. 3⃣ Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalar ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natish mumkin. 📊 Agar barcha zarur hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilgan va Yo‘llanmalar yagona reyestrida yo‘llanma mavjud bo‘lgan taqdirda 72 soat ichida hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha tegishli dasturiy ta’minot tomonidan avtomatik ravishda noyob raqam berish orqali ariza ro‘yxatga olinadi hamda abituriyentga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili yoki telefon raqami bo‘yicha tegishli xabarnoma yuboriladi. 📂 Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi. ✅ Eslatib o‘tamiz, 2023/2024 o‘quv yilida (ya'ni o'tgan yilda texnikumni bitirgan va yo‘llanma olgan) TDYU suhbat jarayonidan o‘ta olmagan abituriyentlar ushbu o‘quv yilida qayta hujjat topshirish huquqiga ega.
Mostrar todo...
👍 26 1🔥 1👏 1💯 1🏆 1👨‍💻 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️✅ TDYU qoshidagi Akademik litseylarga qabul davom etmoqda. 🏢 20-iyundan, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan hujjat  topshirish jarayoni boshlangan. 💻 Hujjatlar litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topshiriladi. 📬 Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar davom etadi. 👉 Batafsil maʼlumot. 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
Mostrar todo...
👍 17 1 1🔥 1👏 1🏆 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.