cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

O'rmon xo'jaligi agentligi

Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligining rasmiy kanali. Manzil: Toshkent v., Qibray t., Universitet ko'chasi, 2. Sayt: urmon.gov.uz Facebook: https://www.facebook.com/Urmon-News-24249 Pochta: [email protected] Tel: +998(71) 207 88 77

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 544
Suscriptores
+124 horas
-57 días
-3030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

,,Dolzarb 30 kun” tadbiri⭐️ 🔺Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligining Qõnĝirot õrmon bõlimida ,,Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida Boysun davlat õrmon xõjaligi, FVB, tuman Tibbiyot birlashmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari hamkorligida favqulodda vaziyatlarda tõĝri harakatlanish bõyicha yonĝin xafsizligini ta’minlash hamda yongin sodir bõlganda qanday harakatlanish bõyicha õquv mashĝulotlari õtkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
05:21
Video unavailableShow in Telegram
«Boshlaganimizda hech kim bizga ishonmasdi. Imkoniyatlarimiz ham yetarli emasdi. Mehnatkash Qoraqalpog‘iston eli bilan qo‘lni qo‘lga berib, ahillik va og‘zibirchilikda bu muammoni hal qilish uchun jiddiy kirishganimiz barchangizga ma’lum. Oxirgi yillarda Orol dengizining qurigan tubida 1,6 million gektar maydonga saksovul va sahro iqlimiga chidamli boshqa o‘simliklar ekib, o‘rmonzor barpo etishga erishdik. Yaratganning inoyati bilan O‘zbekistonning barcha viloyatlari ishtirokida qisqa vaqt ichida ushbu tumanda katta ishlarni amalga oshirdik. Ko‘p davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan  menga xat yozishadi. ‘Shu rostmi, to‘g‘rimi?’ Kelib ko‘rib ketinglar, deyman» O‘zbekiston Respublikasini Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21.09.2021- yil
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
C0001_2.mp4129.75 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Qo‘ziqorinlarning foydali jihatlarini bilasizmi? Qo‘ziqorinlarning tarkibi uning turiga, o‘sish joyiga, yoshiga va boshqa omillarga bog‘liq. Qo‘ziqorinlarda A, D, E, PP, B guruhi, kaliy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, yod kabi mikroelementlar mavjud. Qo‘ziqorin tarkibida aminokislotalar, efir moylari, fermentlar va boshqa kerakli moddalar mavjud. Qo‘ziqorinning foydali xususiyatlari: ✅immunitetni mustahkamlashga yordam beradi; ✅qo‘ziqorinlarda mavjud letsitin tomirlarni tozalash va xolesterinni kamaytirishga yordam beradi, aterosklerozning oldini oladi; ✅zamburug‘larning muntazam isteʼmoli aqliy qobiliyatga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi; ✅asab tizimi uchun foydali, ziqlikdan xalos qiladi; ✅mutaxassislar qo‘ziqorinlarni ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan odamlarning ratsioniga kiritishni tavsiya qiladilar, chunki ular juda to‘yimli, ochlikni tez qondiradi; ✅oq qo‘ziqorin – teri, soch va tirnoqlarning sog‘lig‘i uchun foydalidir. Shuningdek, qalqonsimon bezning normal faoliyatiga yordamlashadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Respublikamiz hududida "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkaziladi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yilning 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar respublikamiz hududida "Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri o‘tkaziladi. Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari! Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bodomning salomatlik uchun foydali xususiyatlari. Tabiiy energiya manbasi bo‘lgan bodom boshqa ko‘plab yong‘oqlar singari foydali ozuqalar — ko‘p miqdorda kletchatka, E vitamini, oqsil va boshqa muhim komponentlarga boy. Olimlarning aniqlashicha, bodom tarkibida, taxminan, 130 xil foydali birikma mavjud. Yurak kasalligi xavfini kamaytiradi Bodom tarkibida bo‘lgan polifenollar (kimyoviy birikma) antioksidant ta’sirga ega bo‘lib, xolesterin miqdorini yaxshilaydi va yurak xastaligi ehtimolini kamaytiradi. Qondagi qand miqdorini nazorat qiladi Bodom sog‘lom ovqatlanishning bir qismi sifatida qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda glisemik holatni yaxshilaydi. Xotirani yaxshilaydi Bodom iste’moli tufayli kognitiv funksiya o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi.Yuqori proteinli bodom uni boshqa donsiz unlarga eng yaxshi alternativ hisoblanadi. Bu mahsulotning atigi 2 osh qoshig‘i organizmning E vitaminiga bo‘lgan kunlik qiymatining15 foizigacha ta’minlay oladi. Bodom uni seliakiya kasalligi yoki glyuten yetishmovchiligi bo‘lgan odamlar uchun foydalidir, chunki u non yoki pishiriq ko‘rinishida ham bemalol bug‘doy o‘rnini bosa oladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
02:16
Video unavailableShow in Telegram
O'rmon xo'jaligi agentligi tomonidan barpo etilgan “Yashil bog‘lar” bo‘yicha 02.07.2024 yil kungi holati. «Asakabank» AJ tomonidan ekilgan ko‘chatlar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
C0044.mp4176.67 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 2024-yilda yangitdan jami bo‘lib bahor oyida 5,0 gektar yer  maydonida 520 ming dona terak ko‘chatlari va 10 gektarda 1192 ming dona tut nihollari ekib parvarish qilib kelinmoqda.               Bundan tashqari Qipchoq o‘rmonchilik bo‘limida 1,0 gektar yer maydonida  urug‘dan ekilgan hozirgi kundagi holati  Kashtan 6 ming dona, Yapon safora 20 ming dona, Yasen  50 ming dona, Sovun daraxti 10 ming dona, Klyon 50 ming dona, Katalpa 50 ming dona, Ayland 20 ming dona, dub 10 ming dona jami 210 ming dona urug‘dan ekilgan nihollar parvarish qilinmoqda.                Niholdan ekilgan 3,6 gektar yer maydonidagi  eldor qarag‘ayi 7 ming dona, Yapon safora 7 ming dona, Yasen 7 ming dona, Chinor 7 ming dona, Tut 175 ming dona, terak 100 ming dona jami bo‘lib 303 ming dona nihollar parvarish qilib kelinmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
01:21
Video unavailableShow in Telegram
O'rmon xo'jaligi agentligi tomonidan barpo etilgan “Yashil bog‘lar” bo‘yicha 02.07.2024 yil kungi holati. Adliya vazirligi tomonidan ekilgan ko‘chatlar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
2637.mp4101.36 MB
Munosabat 🔺Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida murojaatlar to‘liq nazoratga olinishi, zarur bo‘lganda joylarga chiqib o‘rganilishi va davlat idoralarining ular uchun doim ochiqligi ta’minlanmoqda. 🔺Xususan, navbatdagi murojaatga, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Denovbola MFY, Denovbola qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Jovuz va Kitob o‘rmon xo‘jaliklari chegaralari bo‘yicha tushunmovchiliklar bo‘layotganligi va chorva mollarini boqish uchun yaylov yer maydoni ajratilishini hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Ishchi guruh tuzib joyida o‘rganilishini so‘ragan. 🔺O‘rmon xo‘jaligi agentligining mas’ul xodimlari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda joyiga chiqib, mazkur masala fuqarolar ishtirokida bir necha bor o‘rganildi. Fuqarolarga Jovuz va Kitob davlat o‘rmon xo‘jaliklari chegaralari ko‘rib chiqilganligi, Denovbola o‘rmon bo‘limining 17, 18 va 19 dala konturlari Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi balansida ekanligi va Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligi shartnoma asosida o‘zining hududida chorva mollari joylashtirilganligi tushuntirildi. 🔺Shuningdek, Chorva mollarini boqish uchun Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligi balansida yaylov yer maydoni kam bo‘lsa, Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan berilishi mumkinligi ham tushuntirilib o‘tildi.
Mostrar todo...
 KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA QARSHI KURASHISH ! 🔺Bugun Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktorining oʻrinbosari Gʻ.Qurbonov raisligida markaziy apparat xodimlari hamda agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi masʼul xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 🔺Yigʻilishda G’. Qurbonov agentlikning hududlardagi masʼul xodimlariga oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymasliklari, ayniqsa joylardagi aholi bilan ishlash jarayonida amaldagi meʼyoriy hujjatlarga amal qilishlari, oʻz mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklari toʻgʻrisida tushuntirishlar berib, korrupsiya bilan bogʻliq jinoiy qilmishlarning ogʻir oqibatlari haqida gapirib oʻtdi.  
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.