cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🏛Bekobod tuman Axborot Kutubxona Markazi📚

📖📚Kitoblar_olami📚📖 🏛MANZIL: Bekobod tuman, Zafar shaxarchasi, Usmon Nosir ko'chasi, 🏤Madaniyat Markazi ☎️+99894 164 94 96

Mostrar más
Uzbekistán66 581El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
179
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#kun_tarixi 1️⃣2️⃣ APREL SANASIDA SODIR BOʻLGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR 🇬🇧 1606-yil— Angliya qiroli Jeyms I farmoni bilan mamlakatning “Union Jack” deb nomlangan yangi bayrogʻi paydo boʻlgan; ⚔️ 1861-yil— AQSHda fuqarolar urushi boshlangan; 1865-yilgacha davom etgan; ⚔️ 1862-yil— AQSHdagi fuqarolar urushi davrida Jorjiyada Buyuk lokomotiv poygasi boʻlib oʻtgan; 📌 1877-yil — Britaniya Transvaalni bosib olgan; 📌 1927-yil — Nankin va Shanxayda Chan Kayshi toʻntarish uyushtirgan; 💨 1934-yil —AQSHning Nyu-Gempshir shtatidagi Vashington togʻida soatiga 372 kilometr tezlikda shamol esgan; 🇺🇸 1945-yil— AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt oʻz ofisida vafot etgan. Vitse-prezident Garri Trumen uning oʻrnini egallagan; ✈️ 1951-yil— AQSH havo kuchlarida “qora payshanba” voqeasi: Koreya urushi paytida amerikaliklarning 10 dan ortiq B-29 bombardimonchi samolyotlari Sovetlar tomonidan urib tushirilgan; 🛰 1961-yil — kosmosga dunyodagi ilk parvoz — Yuriy Gagarin sovet kosmik kemasi “Vostok” da kosmosga chiqqan; 🛥 1961-yil —Sovet dengiz osti kemasi K-19 AQSHning CCN-571 atom suvosti kemasi “Nautilus” bilan deyarli toʻqnashib ketgan. 🛳 1970-yil —Sovet flotining K-8 suvosti kemasi choʻkib ketggan va ekipajning 52 aʼzosi halok boʻlgan; 😴 1975-yil — Britaniyalik psixolog Keyt Xirn Angliyaning Xall universitetidagi laboratoriyasida birinchi marta ravshan tush koʻrish hodisasini eksperimental tarzda isbotlagan; 🇱🇷 1980-yil —Liberiyada polkovnik Samuel Dou harbiy toʻntarish uyushtirgag va mamlakat prezidenti Uilyam Talbertni oʻldirgan; 🐭 1988-yil — AQSH Patent va savdo markasi byurosi sunʼiy genetik jihatdan yaratilgan hayvonga (laboratoriya sichqoni) ilk patentni bergan; 🇺🇿 1991-yil— Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun 32 kishilik komissiya tuzilgan; 💻 1995-yil — Yahoo! katalogi ishga tushirilgan va tezda dunyodagi eng mashhur kompaniyalardan biriga aylangan. 🇺🇿📚2002-yil— Alisher Navoiy kutubxonasiga “Milliy” maqomi berilgan; 🇺🇿 2014-yil— “uz” domeni tashkil etilgan.
Mostrar todo...
#test 🚀 👨‍🚀 12-aprel – Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni. 1961-yil 12-aprel kuni Y. Gagarin insoniyat tarixida birinchi marotaba koinotga parvoz qilgan. U “Vostok” kosmik kemasida Yer atrofida parvoz qildi. Parvoz necha daqiqa davom etgan❓Anonymous voting
  • 102
  • 104
  • 106
  • 108
0 votes
Muhammad Doʻst Murod (1949.12.4, Samarqand viloyati Jom qishlogʻi) — yozuvchi va jamoat arbobi. ToshDU tarix ftining falsafa boʻlimini tugatgan (1971), Moskvadagi Adabiyot intida oʻqigan (1974-79). "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida ssenariychi (1979—84), "Sharq yulduzi" jur.ida boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari (1984—89), "Literaturnaya gazeta"ning muxbiri (1989—90), Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), OʻzR Milliy axborot agentligi bosh direktori (1992-93; 19992002), Prezidentning matbuot kotibi (1993—99). 2002 yildan "Oʻzbekkino" davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi. M. D.ning "Qaydasan, quvonch sadosi?" nomli dastlabki hikoyalar toʻplami 1976 yilda eʼlon qilingan. Shundan keyin uning "Mustafo" (1977), "Bir toychoqning xuni" (1979), "Dashtu dalalarda" (1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. M. D.ning "Galatepaga qaytish" qissasi (1983) istiqlol arafasi oʻzbek nasrida muhim voqea boʻldi. Yozuvchi bu va boshqa qissalarida olis qishloqlarda yashayotgan oddiy kishilarning kundalik mehnat ogʻushida kechayotgan hayotini diqqat-eʼtibor bilan kuzatadi, ularning oʻziga xos tabiati va insoniy sajiyasini yorqin gavdalantiradi. M. D. bu asarlari bilan adabiyotimizning kitobiylashgan tilini yangilab, unga jonli xalq tili ranglari va ohanglarini olib kirdi, sheva doirasida qolib ketayotgan soʻz va iboralarning adabiy tildan oʻrin olishga toʻla huquqli ekanini isbotlab berdi. Yozuvchi oʻz ijodida folklor uslubidan keng foydalanadi, uning tili yumorga boy, uning har bir qaxramoni oʻz fikrlash tarziga ega. M. D.ning "Lolazor" (1988) romani tur-gʻunlik yillaridagi murakkab hayotiy jarayonga bagʻishlangan. Romanda shoʻrolar tuzumining yemirilishi va kommunistik mafkuraning tanazzuliga olib kelgan ijtimoiy sabablar ishonarli tasvirlanadi, inson va hokimiyat munosabatidek qad. mavzu muayyan davr misolida chuqur tadqiq etiladi. M. D.ning asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan. T.me/AxborotKutubxonaMarkaz
Mostrar todo...
🏛Bekobod tuman Axborot Kutubxona Markazi📚

📖📚Kitoblar_olami📚📖 🏛MANZIL: Bekobod tuman, Zafar shaxarchasi, Usmon Nosir ko'chasi, 🏤Madaniyat Markazi ☎️+99894 164 94 96

Kutubxona O‘zbekiston Prezidentining 2002-yil 20-fevraldagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2002-yil 12-apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi Qaroriga muvofiq “Milliy” maqomini oldi. 2011-yil yangidan qurilgan kutubxona binosi yetti qavatli bo‘lib, yer ostidagi ikki qavati fonddan iborat. Kitoblarni sifatli saqlash uchun zamonaviy mobil stellaj olib kelindi. Ilgari so‘ralgan kitob yo gazeta-jurnalni o‘quv zaliga keltirish uchun kutubxonachi opalar kamida yarim soat yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun bu jarayon 345 metrli telelift va 100 kilogramm yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan lift vositasida bajarilmoqda. Shuningdek, bu yerda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Simpoziumlar saroyini birlashtirgan “Ma’rifat markazi” ham qad rostlagan. Milliy va zamonaviy arxitektura uslublarini o‘zida mujassam etgan bu muhtasham koshona Mustaqillik maydoniga tutash hududda Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy san’at galereyasi, “Poytaxt” biznes markazi kabi mahobatli inshootlar bilan yaxlit kompozitsiya hosil qilgan. Bino yo‘laklariga oq marmarlar yotqizilgan. Majmua derazalariga sakkiz qirrali yulduz shaklidagi uzun panjaralar o‘rnatilgan. Bino tashqarisida betakror landshaft dizayni va musiqiy favvora sayrgohga aylangan. Saroyning 1 000 o‘rinli katta zalida me’moriy yechimiga ko‘ra dunyo tajribasida kam uchraydigan gumbaz atrofi bo‘ylab joylashtirilgan 36 ta deraza kun davomida tabiiy yorug‘likni ta’minlaydi. Deraza osti va gumbaz ichidagi maxsus moslamalar yordamida zal havosi muntazam yangilanib turadi. Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida Simpoziumlar saroyi vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza, zumrad, lojuvard, malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va qimmatbaho toshlardan yasalgan mahobatli ikki panno shakli, naqshlar tushirilgan.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Muhammad Do'st Murod tavallud topgan kun
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
  #kun_tarixi 12 aprel Alisher Navoiy kutubxonasiga "Milliy" maqomi berilgan kun!
Mostrar todo...
Муқаддас Рамазондаги дуонинг ижобати Ўтган йили Рамазон ойида жазирама ёз кунлари ҳар куни қишлоқдан шаҳарга — ишга қатнашда иссиқ ва ҳолсизликдан тинкаси қурирди. Кечқурун ифторликка яқин оёқларини судраб уйга кириб борар, бир қултум сув билан оғиз очар-очмас кўзи илинарди. Яна икки маҳалла наридаги масжидга таровеҳ намозига жамоатга қўшилиш учун йўл оларди. Баъзан ибодатни тўлиқ адо этолмай ҳорғин уйга қайтаётиб юракдан Аллоҳга ёлворарди: – Чумолининг овозини ҳам эшитган, ҳар бир яралмишининг қалбидан бохабар Роббим! Келаси Рамазонгача менга шундай имкониятлар бергинки, ибодатларда сенинг ҳузурингга тетик, қувват ва рағбат билан турай!.. Орадан йил ўтди... У шахсий автомашинасида маҳалладошлари билан жоме масжидига таровеҳ намозини адо этиш учун бораётиб жилмайиб қўйди. – Табассум боисини биз ҳам билсак бўладими, Бек? - олд ўриндиқда ўтирган ҳамқишлоқ дўсти ўзига саволчан тикилиб турарди. – Табассумнинг боиси шукроналик, оғайни, - деди мамнуният билан. - Ўтган йиллари Рамазон ойида “Қанийди, пешин намозидан кейин бир соатгина ухлаб дам олишим учун шаҳарда уйим, намозларга ўз вақтида етиб бориш учун автомашинам бўлса эди,” дея ўксинардим. Аллоҳ ожиз бандасининг илтижосини ижобат этти, машиналик бўлдим. Мана уловим ҳозир ҳаммамизга ҳизмат қилаяпти. Рўзадорнинг дуоси қайтарилмаслигини буюриб, умматларини иймону ихлосга даъват қилган Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга молимиз, жонимиз, бутун бору йўғимиз қурбон бўлсин!.. Дўсти елкасига қоқиб қўйди. Улар қалбида шу мунаввар кунларга шукроналик туйғуси ила Буюк Яратгувчининг ибодати сари елиб боришарди. Умида Адизова •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Яқинларингизга улашинг! https://telegram.me/AxborotKutubxonaMarkaz
Mostrar todo...
🏛Bekobod tuman Axborot Kutubxona Markazi📚

📖📚Kitoblar_olami📚📖 🏛MANZIL: Bekobod tuman, Zafar shaxarchasi, Usmon Nosir ko'chasi, 🏤Madaniyat Markazi ☎️+99894 164 94 96

"SAODAT ASRI" 98-qism Yana Salmon. 🎤M.SHERBEKOV o'qidi.
Mostrar todo...
2.34 MB
"SAODAT ASRI" 97-qism 21-bo'limning nihoyasi 🎤M.SHERBEKOV o'qidi.
Mostrar todo...
1.63 MB