cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Farg'ona politexnika instituti

www.ferpi.uz www.facebook.com/farpiyoshlar/ www.instagram.com/farpilive Farg'ona politexnika institutining axborot kanali / новостной канал ФерПИ Kanallar: @farpimedia Murojaat: @yoshlarqabulxonasi_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
8 734
Suscriptores
+624 horas
-87 días
-33730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

❗️ОТМларда давлат гранти ҳар йили қайта тақсимланади 6 май куни Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида олий таълим тизими бўйича бўлган тақдимотда айтилишича, муайян бир йўналишга ажратилган давлат гранти доирасида юқори балл тўплаган абитуриент, танлаган олий таълим муассасасидан қатъи назар, давлат грантига тавсия этилади. Яна бир янгилик: энди давлат гранти 4 йилга битта талабага эмас, балки ҳар йили юқори баҳоларга эришган талабалар орасида қайта тақсимланади. @pressuzb
Mostrar todo...
👍 19
#profilaktika #ijara_nazorati Bugun Farg‘ona ko'chasi 59-uyda yashovchi ijarachi talabalar bilan institut mas‘ullari- dekan o‘rinbosarlari, profilaktika inspektori, tyutorlar va "Qalqon" jamoatchilik guruhi hamrohligida profilaktik suhbat tashkil etildi. Asosiy maqsad tinchlikni ta‘minlash, jamoatchilik nazoratini o'rnatish, jinoyatchilikni oldini olish va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish targ‘ib qilindi. O‘rganishlar davom etadi. @farpiyoshlar
Mostrar todo...
#Mobile_Rakurs #Tezkor Farg'ona politexnika institutida tanlov o‘tkazildi https://t.me/Mobile_Rakurs https://t.me/Fargona_trk
Mostrar todo...
🏆 9🔥 2 1
#elon #topilma Institutning Rektorat binosi tarafdan qiz bolaga tegishlik qo‘l soati topib olinga kimga tegishlik bolsa soatni tasvirlab berib qanday ekanligini aytib olib ketishi mumkin murojaat uchun @Architect_0107 @farpiyoshlar
Mostrar todo...
👍 13
#sport_sinovlari #ICHBF_legenda 🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan. Shu munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabalari o'zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun sport sinovlarini topshirdi. @farpiyoshlar
Mostrar todo...
👍 7🍓 7🎅 3
#9_may_Xotira_va_qadrlash #ICHBF_legenda Inson xotira tuyg‘usi bilan barhayot. 🔰9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bugun Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori Mohiraxon Ahmedova bir guruh talabalari bilan Farg'ona politexnika instituti feysida uzoq yillar davomida institutimiz rivoji uchun samarali va fidokorona mehnat qilib, yetuk  kadrlarni  etishib chiqishida mislsiz  jasorat  ko‘rsatgan  ustozlarni  hotirlash uchun  tashkil etilgan  “Xotira  maydoni” da bo'ldi. Tyutor M.Axmedova institutda o'qish davrida o‘ziga ta'lim bergan ustozlarini eslab, ulardan olgan o‘gitlarini talabalarga gapirib berdi. @farpiyoshlar
Mostrar todo...
#Ochiq_eshiklar_kuni ✍️Joriy yilning 3.05.2024y kuni Farg‘ona politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti  tyutori To'ychiyeva Mashxura o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Farg‘ona shahrida joylashgan "O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy harbiy okrugi 52788 harbiy qismi"ga sayohatga borishdi.    🖇Sayohat jarayonida harbiy qism xizmatchilari  talaba yoshlarga mamlakatimizning bugungi kundagi harbiy sohadagi islohotlari haqida umumiy ma'lumot berdilar. Shuningdek, harbiy qismdagi qurol yaroqlarini va harbiy texnikalarini qay tarzda ishlatilishi haqida gapirib o‘tdilar. 🖇Harbiy qismda xizmat jarayonida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar xotirlandi. @farpiyoshlar    
Mostrar todo...
👍 4
#Xotira_va_qadrlash #Ekskursiya 2024-yil 2-may kuni Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti tyutori M.Uraimova talabalarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanni, tinchlikni qadriga yetishlari va uni doimo his qilishlari uchun "Vatanparvarlar bog‘i" va "Motamsaro ona haykali" maydoniga 56-23 MS VA MSM guruh talabalarini olib bordi. Talabalar u yerda Ikkinchi jahon urushi paytida halok bo‘lgan vatanparvarlar ismlari qayt etilgan "Xotira" kitobiga razn soldilar. Talabalar u yerdan ko‘p taasurotlar va Vatan oldidagi burchlarini his qilgan holda,ko‘tarinki kayfiyatda qaytdilar. @farpiyoshlar
Mostrar todo...
👍 1😐 1
Manfaatli hamkorlik 2024 yil 4-may kuni Energetika fakulteti “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasi tomonidan viloyatdagi kasb-xunar maktablar va texnikumlar hamkorligida energetika sohasidagi kadrlar tayyorlashda oliy taʼlim muassasasi va professional taʼlim muassasalari hamkorligini yanada oshirish, hamda tayyorlanayotgan kadrlar sifatini yaxshilash maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, nazariy va amaliy bilimlarni chambarchas bog‘lab, ko‘proq amaliy ishlarga urg‘u berish sifatli kadr tayyorlashda muhim o‘rin tutishiga amin bo‘ldilar. Bunday hamkorlik tizimli ravishda doimiy o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib oldilar.
Mostrar todo...
#sport_sinovlari #ICHBF_legenda 🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan. Shu munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabalari o'zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun sport sinovlarini topshirdi. @farpiichbfak @farpiyoshlar
Mostrar todo...
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti

👍 5