cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Dominant Biologiya || RASMIY KANAL

Kanalimizga xush kelibsiz😊 Creator: ☆ @Ziyaboyev_Elmurod ☆ Quiz testlar joylangan bot:⬇️ @Biology_Quiz_Bot 📊 Biologiya fanidan qiziqarli ma'lumotlar, murakkab masalalar yechimlari berib boriladigan kanal ♻️

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
1 491
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

5⃣ 1859-yil 24-noyabrda "Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning kelib chiqishi" degan mashxur asari chop etildi. 1871-yili Darvin "Odam paydo bo'lishi va jinsiy tanlanish" degan asarini nashr ettirdi. Uolles 1864-yili nashr ettirgan maqolasida odam paydo bo'lishida Darvin qarashlaridan keskin farq qilgan g'oyani ilgari surdi. Uning mulohazasiga ko'ra, odam ajdodlaridagi o'zgarishlar tabiiy tanlanish yo'li bilan vujudga kelgan bo'lsada, biroq odam miyasi aqliy qobiliyatlarining rivojlanishi bilan uning ta'siri to'xtaydi, chunki odamdagi tuyg'ular, ongli hayot qobiliyati, axloqni tabiiy tanlanish yoki evolyutsion nazariya bilan tushuntirib bo'lmaydi. Darvin yuqoridagi asarida Uolles fikrlarining noto'g'ri ekanligini uzil-kesil isbotlashni maqsad qilib qo'ydi. Asarning birinchi bobida odam hayvonot olamidan kelib chiqqanligini isbotlovchi qiyosiy anatomiya, fiziologiya, embriologiya, sistematika, paleontologiya dalillari keltiriladi. ☘ @dominant_biologiya ☘ Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+TCfxmgvz0CqLtmaN
Mostrar todo...
BIOLOGIYA KIMYO OLIMPIADA SAVOLLARI ZOOLOGIYA BOTANIKA ODAM VA UNING SALOMATLIGI TESTLARI 5-6-7-8-9-10-11-SINF QUIZ VIKTORINA

Kanalimizga xush kelibsiz. 😊 Creator: ☆ @Ziyaboyev_Elmurod ☆ 👏kanalimizning asosiy maqsadi:👏 SIZLARGA QO`LDAN KELGANCHA YORDAM BERISH!👏 🧐olimpiada 🧐imtihon savollari 🧐dtm savollari 🧐hammasi bizda

3⃣ Kema Braziliyada bo'lganda, Parana daryosi qirg'oqlari yaqinida Darvin qurg'oqchilikdan nobud bo'lgan bir qancha hayvonlar suyagining qoldiqlarini topdi va ularning ko'plab qirilishi "halokatlar nazariyasi" bilan bog'liq emasligini o'z kundaligiga qayd etdi. Turlarning o'zgarishi to'g'risidagi dastlabki g'oya Darvinda "Bigl" kemasidagi safar davridayoq paydo bo'ladi. Lekin bu jarayon sabablarini aniqlash masalasi hali ko'p jihatdan muammo edi. Shu vaqtdan boshlab, 20 yildan ortiqroq vaqt mobaynida u evolyutsiya g'oyasini rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlar, dalillarni to'play boshladi va ularni puxta o'rgandi. Evolyutsion nazariyaning birinchi xomaki nusxasi 1839-yili tayyor bo'ldi. Turlarning kelib chiqishi nazariyasining asosiy qoidalari esa 1842-yili yozilgan qisqacha ocherkida o'z ifodasini topdi. 1844-yilga kelib, turlarning paydo bo'lishi to'g'risidagi ocherk oxiriga yetkazildi.... ( Davomi bor..... ) Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+SqwQW-ESVeKsIyCF
Mostrar todo...
Biologiya Kimyo Quiz 📊

Kanalimizga xush kelibsiz. 😊 Creator: ☆ @Ziyaboyev_Elmurod ☆ Biologiya va kimyo fanlaridan viktorina test savollari kanali. 📊 Eng yangi viktorina testlari joylangan bot:⬇️ 📊 @biology_quiz_bot 📊 Do‘stlaringizga ham ulashing. ⤴️

2⃣ Darvin tabiiy fanlarga qiziqishi jihatidan boshqa talabalardan ajralib turganligi sababli universitetdagi yirik tabiatshunos olimlarning diqqatini o'ziga jalb etdi. Botanika professori Genslo, geologiya professori Sedjvik Darvinning tabiiyotga oid bilimlarini rivojlantirishga yaqindan yordam berdilar. Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin pastor bo'lib ishlashdan ko'ra ko'proq tabiatshunoslikka, tadqiqotlarga moyillik sezdi. Bundan xabardor bo'lgan Genslo uni ingliz harbiy doiralari tomonidan butun jahon bo'ylab safarga jo'natilayotgan "Bigl" kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi. "Bigl" kemasidagi safar 1831-yil 27-dekabrdan boshlanib, 1836-yil 2-oktabrigacha, ya'ni sal kam 5 yil davom etdi. Bu kema safarining asosiy vazifasi dengiz xaritalarini mufassal tuzish maqsadida Janubiy Amerikaning sharqiy va g'arbiy sohillarini hamda unga yaqin orollarni suratga olishdan, yer atrofida bir nechta xronometrik o'lchov olishdan iborat edi... ( Davomi bor..... ) Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+Ie9sKGPUXRI4MjUy
Mostrar todo...
ULTRA || BIOLOGIYA || KIMYO QUIZ DTM TESTLAR 5-6-7-8-9-10-11-SINF ODAM VA UNING SALOMATLIGI GENETIKA ZOOLOGIYA BOTANIKA MASALA

Biologiya fanidan yuqori darajadagi ilmiy ommabop kanal ! 📕 Mavzulashtirilgan testlar 📝 Quiz testlar 🔍 Qiziqarli ma'lumotlar 📚 Elektron qo'llanmalar Creator 👨‍💻 : @Ziyaboyev_Elmurod Bizni kuzatib boring !

Evolyutsion ta‘limot Darvin ta‘limotining paydo bo‘lishi va uning mazmuni ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ 1⃣ Charlz Robert Darvin 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida shifokor oilasida tug'ildi. U bolaligidan tabiatdagi voqea-hodisalar, chunonchi, qushlar hayotini kuzatishga, o'simliklar va minerallardan kolleksiyalar to'plashga qiziqar edi. U 1817-yili maktabga borgan bo'lsada, o'sha davrda hukmron bo'lgan "klassik maktab" sinchkov Darvinda hech qanday qiziqish uyg'otmadi. Darvin 16 yoshga to'lgach, otasi uning kelgusida shifokor bo'lishini ko'zlab, Edinburg universitetining meditsina fakultetiga o'qishga kiritdi. Biroq universitetdagi darslar ham quruq "klassik" o'qitishga asoslanganligi, ayniqsa, odam anatomiyasidan o'qiladigan ma'ruzalar zerikarli ekanligi, narkozsiz operatsiyalar qilinishi yosh Darvinda tibbiyot fanlariga nisbatan qiziqish uyg'otmadi. O'g'lining medik bo'lish havasi yo'qligidan xabardor bo'lgan otasi uni 1828-yili Kembrij Universitetining ilohiyot fakultetiga o'qishga berdi. Bu yerda ham u xuddi Edinburg universitetidagi kabi, darslarga qiziqmasada, uni tashlab ketmadi... ( Davomi bor..... ) Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy
Mostrar todo...
BIOLOGIYA TIMES || QUIZ TEST MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI AUDIO TAHLILI KANALI ATTESTATSIYA UCHUN TAYYORLOV KURSI ONLINE VIDEO 10

Biologiya fanidan yuqori darajadagi ilmiy ommabop kanal ! 📕 Mavzulashtirilgan testlar 📝 Quiz testlar 🔍 Qiziqarli ma'lumotlar 📚 Elektron qo'llanmalar Creator 👨‍💻 : @Ziyaboyev_Elmurod Bizni kuzatib boring !

Kreatsionizm — turlarning oʻzgarmasligi, organizmlarning muayyan maqsadda xilma-xil qilib yaratilganligi toʻgʻrisidagi gʻayriilmiy taʼlimot. Kreatsionizm tarafdorlari fikricha, turlarning tashqi yoki ichki omillar taʼsirida oʻzgarishi cheklangan; ular yaratuvchi tomonidan qancha yaratilgan boʻlsa, shuncha saqlanib qolgan. Kreatsionizm taʼlimotini paleontologiya asoschisi Jorj Kyuve, oʻsimlik va hayvonlar sistematikasini ishlab chiqqan olim Karl Linney kabi olimlar ham quvvatlashgan. Kreatsionizm tarafdorlari qadimgi geologik davrdagi va hozirgi turlar oʻrtasidagi farqni tushuntirish uchun halokatlar gʻoyasini ilgari surgan. Bu taʼlimot asoschisi Kyuve fikricha, Yer yuzidagi oʻsimlik va hayvonlar bir necha marta qirilib ketib, qaytadan vujudga kelgan va har gal avvalgisiga nisbatan murakkabroq formalar paydo boʻlgan. Charlz Darvinning evolyutsion taʼlimoti yaratilgandan soʻng kreatsionizm oʻz mavqeini yoʻqotdi. Darvindan keyingi davrda evolutsiya kechishini isbotlovchi dalillar topilganidan soʻng ayrim kreatsionizm tarafdorlari oʻz dunyoqarashini oʻzgartirishga majbur boʻlishdi va teistik evolutsiya degan taʼlimot yaratishdi. Teistik evolutsiya tarafdorlari turlarning oʻzgarishi va odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi evolutsion nazariyani inkor qilishmaydi, lekin insonga aql-idrok va ruhiy faoliyatni yaratganning oʻzi bergan deb tushuntirishadi. Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/joinchat/TTTconzFCdlcMyhM
Mostrar todo...
Biologiya akademiyasi

Bosh admin: @Ziyaboyev_Elmurod Kanallar: 📚 @biologiya_botanika_5_6_sinf_test @biologiya_olimpiada @biologiya_times @biologiya_quiz @Biology_Quiz_Bot @biologiya_academy @dominant_biologiya @I_LOVE_BIOLOGIYA @biologiya_quiz_viktorina_testlar

​​Begemot odamni quvib yeta oladimi? Qisqa masofaga yugurishda odamlar ichidagi rekord Husayn Boltga tegishli bo'lib 44,72 km/soatga teng bo'lgan. Begemotlarning quruqlikdagi qayd etilgan tezligi esa 48,28 km/soatga teng. Siz bilan men Husayn Boltdek mingga qo'yib yugurganimizda ham begemot bizdan o'zib keta olar ekan. Shunday ekan, imkon qadar begemotlarga yaqinlashmaslikka harakat qilish lozim. Begemotlar kunduzi suvda yashaydi, uxlaydi, tunda esa qirg'oqqa oziqlangani chiqadi. Ular o'txo'r hayvon hisoblanadi. O'z hududini agressiv tarzda himoya qiladi. Quruqlikda u o'tlayotgan joyda unga 50-100 metrdan ko'p yaqinlashgan hayvon yoki odamni ko'rsa quvishni boshlaydi. Kuchli jag'i qoziq tishlari ularni hatto o'zidan yirik bo'lgan fil va karkidonlarga ham qarshi borishga imkon beradi. Suvda esa 200-500 metrgacha bo'lgan masofaga xo'jayinlik qiladi. Ular suvda bo'lib turgan joy yaqinidan qayiqda o'tib qolsangiz qayiqqa ham hujum qilishi mumkin. Odatda qayiqqa tashlanganda qayiqni parchalab tashlashi mumkin.@dominant_biologiya ☘ Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+TCfxmgvz0CqLtmaN
Mostrar todo...

​​Begemotlar suvda qanday tezlikda harakatlanadi? Begemot suvda suzadimi yoki yuguradimi degan savol mavjud. Ularning suvdagi suzishi xuddi yugurayotgan hayvonni eslatadi, balki shu bois ham ular suvda ham yugurishadi deyishsa kerak. O'rtacha suzish malakasiga ega bo'lganda odam suvda o'rtacha 3 km/soat tezlikda suza oladi. Maksimal suzish esa 6.4 km/soatgacha yetar ekan. Begemotlar esa suvda 8 km/soat tezlikda suza oladi. Shunday ekan, begemotlarga quruqlikda ham, suvda ham yaqinlashmagan ma'qul. Quruqlikdagi kabi suvda ham erkak begemotlar o'z hududini agressiv tarzda himoya qiladi. Agar yosh bolasi bor ona begemotga duch kelib qolsangiz orqangizg qaramay qochganingiz ma'qul, chunki ona begemotning onalik instinkti uni o'ta jahldor yirtqichga aylantiradi. @dominant_biologiya ☘ Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+TCfxmgvz0CqLtmaN
Mostrar todo...

❗️TALABA BOʼLISHDAN AVVALGI KUNLARNI ESLAYSIZMI... 👉Ilk bor tanlagan fan va kasbingizni?! 👉Jahl qilib, "oʼqimayman" deganlaringizni?! 👉Darsga tushunmasangiz, umidsizlikga tushganingizni?! 👉"Kam telefon ishlat"- deb oyingizdan tanbeh eshitganlaringizni?! 👉"Yaxshi ovqat ye, bolam"-deb aytilgan so'zlarni?! 👉Sinov testlaridan kam yechsangiz hafa boʼlganlaringizni?! 👉Duolarda doim o'qishga kirishni aytganlaringizni?! 👉Har duoda "1-o'rin grant!" deb so'raganlaringizni?! 👉Ovqat yo'q bolsa, 'rolton' yeganlaringizni?! 👉TV ko'rolmay, vaqtni qizg'onganlaringizni?! 👉O'qishga kiray deb, voz kechgan tug'ilgan kun, to'y, tadbirlardan qolganingizni?! 👉Begona yigit, qizlar bilan o'qib, do'st tanish orttirganingizni?! 👉O'qishga kirish uchun joningizni berib o'qiganingizni?! 👉O’qishga kirsam - u qilaman, bu qilaman, deya orzular qilganingizni?! 👉Formada talaba nomini olganingizni tasavvur qilganingizni?! 👉Kundalik rejalar tuzganingizni?! juda ko'p ... ESINGIZDAMI... Shu kunga yetguncha qancha qiynalganlarimiz ?!?! Ko’z yosh to’kkanlarimiz ?!?! Boshimiz devorga urilib, aqlimiz kirganlari ?!?! ❗️ESINGIZDAMI HAMMASI Endi buning qadriga yetaylik, aziz do’stlar! Bilim olish TALABA bo‘lgancha emas, aynan talabalik davrida beriladigan oltin vaqtdir! Bu kunga yetganlar bor.... yetmaganlar bor.... VAQTNI BEHUDAGA SARFLAMANG! UNDAN UNUMLI FOYDALANING!
Mostrar todo...
❗️TALABA BOʼLISHDAN AVVALGI KUNLARNI ESLAYSIZMI... 👉Ilk bor tanlagan fan va kasbingizni?! 👉Jahl qilib, "oʼqimayman" deganlaringizni?! 👉Darsga tushunmasangiz, umidsizlikga tushganingizni?! 👉"Kam telefon ishlat"- deb oyingizdan tanbeh eshitganlaringizni?! 👉"Yaxshi ovqat ye, bolam"-deb aytilgan so'zlarni?! 👉Sinov testlaridan kam yechsangiz hafa boʼlganlaringizni?! 👉Duolarda doim o'qishga kirishni aytganlaringizni?! 👉Har duoda "1-o'rin grant!" deb so'raganlaringizni?! 👉Ovqat yo'q bolsa, 'rolton' yeganlaringizni?! 👉TV ko'rolmay, vaqtni qizg'onganlaringizni?! 👉O'qishga kiray deb, voz kechgan tug'ilgan kun, to'y, tadbirlardan qolganingizni?! 👉Begona yigit, qizlar bilan o'qib, do'st tanish orttirganingizni?! 👉O'qishga kirish uchun joningizni berib o'qiganingizni?! 👉O’qishga kirsam - u qilaman, bu qilaman, deya orzular qilganingizni?! 👉Formada talaba nomini olganingizni tasavvur qilganingizni?! 👉Kundalik rejalar tuzganingizni?! juda ko'p ... ESINGIZDAMI... Shu kunga yetguncha qancha qiynalganlarimiz ?!?! Ko’z yosh to’kkanlarimiz ?!?! Boshimiz devorga urilib, aqlimiz kirganlari ?!?! ❗️ESINGIZDAMI HAMMASI Endi buning qadriga yetaylik, aziz do’stlar! Bilim olish TALABA bo‘lgancha emas, aynan talabalik davrida beriladigan oltin vaqtdir! Bu kunga yetganlar bor.... yetmaganlar bor.... VAQTNI BEHUDAGA SARFLAMANG! UNDAN UNUMLI FOYDALANING! ✍: @Ziyaboyev_Elmurod@dominant_biologiya ☘ Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy
Mostrar todo...
BIOLOGIYA TIMES || QUIZ TEST MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI AUDIO TAHLILI KANALI ATTESTATSIYA UCHUN TAYYORLOV KURSI ONLINE VIDEO 10

Biologiya fanidan yuqori darajadagi ilmiy ommabop kanal ! 📕 Mavzulashtirilgan testlar 📝 Quiz testlar 🔍 Qiziqarli ma'lumotlar 📚 Elektron qo'llanmalar Creator 👨‍💻 : @Ziyaboyev_Elmurod Bizni kuzatib boring !

​​Suv ayg'irlari go'sht yeydimi? Juft tuyoqlilar turkumi begemotlar oilasiga mansub oddiy suv ayg'iri (Hippopotamus amphibius) hozirgi kunda faqat Afrika qit'asida uchraydi. Bugungi maqolamizda ushbu noyob hayvonlarning oziqlanish jarayoniga e'tibor qaratamiz. Suv ayg'irlari o'simlikxo'r hayvonlar sirasiga kiradi. Lekin so'nggi vaqtlarda olimlar tomonidan ularni fakultativ yirtqich deb hisoblash taklif etilmoqda. Suv ayg'irlarining ozuqasi asosan suv bo'yida yoki quruqlikda o'sadigan o'simliklar hisoblanadi. Qiziqarli tomoni suvda o'suvchi o'simliklarni hech qachon iste'mol qilishmaydi. Ugandada olib borilgan kuzatishda suv ayg'irlari jami 27 turdagi o'simliklar bilan oziqlanishi aniqlangan. Ular suvdan tashqariga chiqib, atrofdagi o'simliklarni muguzlangan lablari bilan uzib olib yeyishadi. Ular bir kunda 70 kg gacha o't yeyishi mumkin, lekin odatda o'rtacha 40 kg dan keyin yeyishdan to'xtaydi. O'rtacha hisobda o'z tana massasining 1,1 - 1,3 foiziga teng ozuqa yeydi. Suv ayg'irlarining haddan tashqari uzun ichaklari (60 metrga yaqin) ozuqani bir necha bosqichda hazm qilish imkonini beradi. Shu bois ham boshqa yirik o'txo'r hayvonlarga (fil, karkidon) nisbatan suv ayg'irlarining ozuqa hajmi kam bo'lsada, ular ozuqani maksimal darajada o'zlashtiradilar. Doimiy to'dada yashashiga qaramasdan suv ayg'irlari yolg'izlikda oziqlanishni ma'qul ko'radilar. O'tlash vaqtida oldiga boshqa begemotlarning yaqinlashishiga yo'l qo'ymaydi. Lekin ko'pincha ona begemot o'tlash vaqtida o'z bolasini ergashtirib yuradi. Yangi tug'ilgan begemot bolalarining ichaklari steril holatda bo'lganligi bois ularda o'tlarni hazm qilishga yordam beradigan bakteriyalar bo'lmaydi. Yosh begemotchalar ona begemot axlatini yeyish orqali ushbu bakteriyalarni "yuqtiradilar". Oxirgi vaqtda begemotlarning yirtqichligi, go'sht iste'mol qilishi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'lmoqda. Masalan, qo'riqxona kuzatuvchilari Tanzaniyaning Mara daryosi bo'ylarida begemotlarning Tomson bug'usini ovlagani va uni yegani haqida aytishgan. 1995-yilda esa Zimbabveda suv ayg'irlarining impala antilopalarini qanday ovlagani va yegani haqida gap tarqalgan. Efiopiyaning Kaffa viloyatidagilar esa begemotlar doimiy ravishda sigirlar to'dasiga tashlanib, ularga katta talofat yetkazayotgani haqida xabar qilishgan. Ayrim manbalarda esa begemotlar orasida kannibalizm hodisasi ham uchrashi haqida yozilgan. Olimlarning qayd etishlaricha begemotlarning oshqozoni va ichak tuzilishi go'shtni hazm qilishga moslashmagan. Lekin ulardagi bunday go'shtxo'rlik hayvondagi xulq-atvor buzilishi oqibatida yoki organizmdagi ayrim mineral moddalarga bo'lgan talab ortganda yuz berishi mumkin. @dominant_biologiya ☘ Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy
Mostrar todo...

Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.