cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

Publicaciones publicitarias
1 243
Suscriptores
Sin datos24 horas
-97 días
-3330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

KORRUPSIYA –TARAQQIYOT KUSHANDASI Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda muntazam tarzda shahar va tuman soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Mazkur tadbirlarda shaxsiy tarkibga tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish yoki ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir viloyatning Termiz tumani soliq inspeksiyasida tashkil etildi. Unda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi yana bir bor eslatib o‘tildi. Tadbirdan so‘ng, Termiz tumanidagi bir nechta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, tadbirkorlarga soliq xodimlari bilan bog‘liq har qanday korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan murojaat qilish tartiblari tushuntirildi. Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#chektahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys Сheklardagi summadan tashqari boshqa xatoliklarni muddatsiz tahrirlash mumkin Soliq to‘lovchilar 01.01.2023-yildan boshlab berilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda summadan tashqari quyidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz da "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidagi "Chek maʼlumotlari" boʻlimida muddatsiz tahrirlashi mumkin: ▫️Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi va stavkasini (0/12%) ▫️Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodini (MXIK) ▫️Komitent STIRini; ▫️mahsulot miqdorini; ▫️o‘lchov birligini; ▫️to‘lov turini (naqd pul yoki bank karta). “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi. Tadbirkor chek tahrirlanishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi murojaatini (faqat bitta fayl) ilova qilishi lozim. Tahrirlangan cheklar bo‘yicha lozim bo‘lgan taqdirda, soliq hisobotlarini qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi. _______ #корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс Помимо суммы в чеках можно без временных ограничений исправлять другие ошибки Налогоплательщики, воспользовавшись на my3.soliq.uz функционалом "Информация о чеках" в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц", помимо суммы могут без временных ограничений корректировать в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ, выданных с 01.01.2023 года, следующие данные: ▫️ сумму и ставку (0 /12%) налога на добавленную стоимость (НДС); ▫️ идентификационный код продукции и услуг (ИКПУ); ▫️ ИНН комитента; ▫️ количество продукции; ▫️ единицу измерения; ▫️ способ оплаты (наличными или банковской картой). В завершение нажмите "Сохранить". Предпринимателю следует прикрепить обращение (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки. В случае корректировки чеков необходимо пересдать налоговые отчетности. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
Mostrar todo...
👍 2
01:56
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.  👉Telegram facebook youtube instagram
Mostrar todo...
16.40 MB
👍 4
Viloyat soliq boshqarmasida o‘quv-seminar tashkil etildi     Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.      Unda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni, “E-AUKSION” elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi, mazkur platformada realizatsiya qilinadigan mulk turlari, xususan yer uchastkalari hamda savdoda turgan boshqa mulklar, ko‘chma savdo joylari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.     Ko‘rgazmali vositalar orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasida so‘nggi 5 yillikda savdoga chiqarilgan va sotilgan mulklar dinamikasi namoyish etilib, Yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadini oshirish, Xususiylashtirish dasturida belgilangan imkoniyat va imtiyozlar to'g'risida hamda auksion savdolarda ishtirok etish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirib berildi. Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 5
#hamkorlik Jahon banki va Soliq qo‘mitasi hamkorligi yanada tizimlashgan holda davom etadi Joriy yilning 15-iyul kuni Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va Jahon bankining Davlat va moliyaviy boshqaruv masalalar departamentining global ishlari boʻyicha menejeri Adrian Fozzard o‘rtasida uchrashuv oʻtkazildi. “Soliq maʼmuriyatchiligi va soliq siyosatini isloh qilish hamda oʻrta muddatli tahlil boʻyicha texnik yordam koʻrsatish” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish hamda kadrlar va institutsional salohiyatni mustahkamlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi. Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida hamkorlik ishlarini yanada tizimlashtirilgan holda davom ettirishga kelishib olindi. Janob Adrian Fozzard tomonidan kelgusida Jahon bankining texnik koʻmagi davom ettirilishini taʼkidladi. Shuningdek, joriy yilning 15-22-iyul kunlari ushbu missiya doirasida xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mostrar todo...
01:40
Video unavailableShow in Telegram
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys Elektron va qogʻoz cheklardagi summani tuzatish boʻyicha qoʻllanma Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi. ✅Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi. 🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. 📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi. 📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim. ✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi. 📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. ❗️Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring. ♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin. ⏰ Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi). 🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan. 📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi. ———— #корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс Руководство по корректировке суммы в электронных и бумажных чеках Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставляется возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ. ✅ Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках". 🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек. 📝В открывшемся окне скорректируйте сумму. 📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки. ✔️В завершение нажмите "Сохранить". 📧 Чеки с исправленными суммами принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов. ❗️Ответ отслеживайте в персональном кабинете. ♻️ В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение. ⏰ Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока). 🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет. 📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mostrar todo...
Korrektirovka.mp414.18 MB
👍 1
Shafqatsizlik va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaydi Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash va ularning tarqalishini oldini olish maqsadida internet kafe,  umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda kitob savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, bu turdagi mahsulotlarni sotish va tarqatish taqiqlanishi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Bugun Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi manzilli targ‘ibot tadbirlarida ham behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash,  tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik, odob-ahloq qoidalariga rioya etish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 5
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.