Olma nachinkali Bulochka🍏🥐
Kerakli massaliqlar:
🥛 1 litr sut
🥚 2 dona tuhum
🥃 yarim piyola salat yog'i
🥄 4 katta qoshiqda shakar
🥄 1ta katta qoshiqda drojji
🍚 va keragicha oliy navli un
Nachinka uchun:
🍏 1kg olma
🧈 50gr slivochniy maslo
🍚 yarim piyola shakar
🌰 1 piyola tog'ralgan yong'oq(hohishga ko'ra albatta)
Tayyorlanishi:
Apara: Sutni ilitib olib, yarim litriga 2 qoshiq shakar, drojji , yarim piyola unni solib venchik yordamida yaxshilab aralashtirib ustini berkitib iliq joyda oshirishga olib qo'yamiz.
Tezda oshadi tahminan 10-15 minutda. Oshib chiqqan aparamizga yarim litr sutni, tuhum, 1 choy qoshiq tuz, shakarni solib aralashtirib unni oz ozdan solib yumshoq qolga yopishadigon hamir qorib olamiz ohirida yog'ni quyib yaxshilab mushtlab ustini berkitib iliq joyga 30-40minutga oshirishga olib qoyamiz.
Hamir oshguncga nachinka tayyorlab olamiz;
Maydaroq kubik shaklida tog'ralgan olmani , qizib turgan skavarodkaga slivochniy maslo solib olmalar ustidan shakar solib suvlari ketguncha qovurib olamiz ohirida yong'oq aralashtirub qo'yamiz (yong'oq ho'hishga ko'ra)
Oshib chiqqan hamirimizni yong'oqdan kattaroq bo'laklarga bo'lib ustini celofan paket bn yopib 10minut dam oldiramiz, va tingan hamirni videoda ko'rsatilgandek👆 tugib listga terib yana 5-10minutga tindiramiz , bulochkamizni yumshoq pahtadek bo'lishini siriyam shunda albatta tindirishimiz kere✅ tingan bulochkalar ustiga tuhum surtib , qizib turgan duhovkada 180 ° gradusda qizarguncha pishirib olamiz😋
Recept yoqqan bo'lsan reakciya qoldirin❤️ va yaqinlaringiz bilan bo'lishing
http://t.me/sarasamiraw