cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Dunyoyimsan🌼🌼😊

Assalomu aleykum😊 Kanalimizga xush kelibsiz☺ Qiziqarli statuslar Kulgili aforizmlar😂 Sevgi haqida statuslar❤ Hayotiy soʻzlar, Qalblarni larzaga keltiruvchi hikmatlar... 11. 06. 2021

Mostrar más
Uzbekistán76 951El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
158
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Рамазон ойининг илк Жумаси муборак бўлсин! Яқинларингизга ҳам улашинг!
Mostrar todo...
#juma_muborak
Mostrar todo...
Turinglaru, turinglar!😊 Saxarlik bo‘lib qoldi!☺️ Mag‘firat dahasidan,✨ Baxtimiz kulib qoldi!😌 Shunday ro‘za tutingki,☝️🏼 Rahmat yog‘ilib tursin,🤲🏻 Buni ko‘rib hasaddan,😉 Shayton yorilib o‘lsin!🙂 Barchangizga Yoqimli ishtaxa🥰, saxarlikdan so‘ng tahorat olib bomdod namozini o‘qishlik esdan Chiqmasin. Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh @baxtlikunimiz
Mostrar todo...
ONANGIZNI QUCHIB SURATGA TUSHING! Ona jigarbandin bag‘riga bosib, Suratga tushmoqda esdalik uchun. Bilmam, bu suratni ko‘rib shodlanar, Va yo ertasiga xastalik uchun. Xulosa qilmoqqa shoshmang, qadrdon, So‘zimni yolg‘onga chiqarmay turing. Bu haqda achchiq bir haqiqat bordir, Men yozay, siz uni bir o‘qib ko‘ring. Farzand ulg‘ayadi, bo‘yga bo‘y qo‘shib, Hayotning bir kam-u ko‘stlari bilan. Keyin bir-birining yelkasin quchib, Suratga tushadi do‘stlari bilan. Yillar ham shoshqaloq, shoshar betayin, Umr uni eltar sevgi yoshiga. Go‘zal bir qiz bilan tushgan suratin, Iljayib maqtanar sinfdoshiga. Keyin ul yigitni Hayot o‘chog‘i, Bag‘riga oladi ko‘z yoshlar bilan. Rasmga tushadi, ostida yozuv: "TOSHKENTDAN ESDALIK - KURSDOSHLAR BILAN!" So‘ng oila quradi, niyatlar aylab, Farzand ham ko‘radi bo‘lur zo‘r bazm. Suratkash chaqirar uyga ataylab, Jigarbandi bilan tushmoqqa rasm. Aytarsiz ehtimol, "nima bo‘pti"deb, Axir bular bari hayotning izmi. Balki ichingizda qoralab meni, Dersiz: surat axir kechaning jismi. Kun kelib onasin yo‘qotar yigit, O‘zgartirib bo‘lmas hayot azmini. Keyin ming izlasin topa olmas, u, ONAsin quchoqlab tushgan rasmini. ONA — moʻtabardir, uni zor etmang, Ul zotga mehringiz yuz chandon qo‘shing. Suratkash chaqiring, kech qolib ketmang, ONANGIZNI QUCHIB SURATGA TUSHING! Muhammad Yusuf @baxtlikunimiz
Mostrar todo...
“Menga jannat va jahannamni tushuntirib bering!” degan savolga duch kelgan donishmand, yosh yigitchani bir xonaga yetaklab kiradi. Xona o‘rtasida uzun xontaxta qo‘yilgan ekan. Xontaxta atrofida odamlar ro‘parama ro‘param o‘tirishibdi. Har birining oldida bir kosadan sho‘rva, qo‘llarida bir metr uzunlikdagi qoshiq. Hamma uzun qoshiqlar bilan sho‘rva ichishga uringani uchun, har tomonga ovqat to‘kilib-sochilib yotibdi. Xontaxta ustiga ham, odamlarning kiyim –boshiga ham qarab bo‘lmasmish. Donishmand yigitga xonani ko‘rsatib: “Bu yer jahannam, bolam, chunki odamlar faqat o‘zini to‘ydirishni istaydi” debdi. Keyin yigitchani yetaklab boshqa xonaga boribdi. U xonada ham birinchisinikidek manzara. Xonaning o‘rtasida uzun xontaxta, odamlar yuzma-yuz o‘tirishibdi. Hammaning oldida sho‘rva, qo‘lida esa uzun qoshiqlar. Faqat bu yerdagi odamlar qoshig‘i bilan qarshisidagi insonga sho‘rva ichirayotgan ekan. Donishmand yigitga qarab: “O‘g‘lim, bu yer esa jannat, odamlar muammolarini baham ko‘rish bilan yechim topishyapti va bir-birini to‘ydirishyapti” degan ekan. Qissadan hissa ayni: Baxt — ko‘p narsaga erishish emas, qo‘lidagi imkon va fursatlarni boshqalar bilan baham ko‘rishda. 📚 "Stress va iymon" @baxtlikunimiz
Mostrar todo...
Дунёда ҳеч нарса инсонга ўй-фикрларичалик салбий таъсир кўрсатолмайди. Шундай экан, яхшиликни ўйла, яхшиликни изла, яхшиликни кўр, яхшиликка интил ва яхши яша. @baxtlikunimiz
Mostrar todo...
​⸺ Xotirjamligingizning siri nimada? ⸺ deb so‘radi u. ⸺ Men o‘zgartirib bo‘lmaydigan muammolar uchun kayfiyatimni buzmayman, ⸺ deya javob berdi Usta. Mixail Bulgakov " Usta va Margarita" @baxtlikunimiz
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Butun a'zolaring bilan gunoh qilasan, ammo qalbing bilan qilgan tavbang hammasini o'chirib yuboradi. Islom naqadar go'zal din!..🥰 ©Mehmet Yıldız @baxtlikunimiz
Mostrar todo...
Erta tongdan go'zal nashida eshitamiz☺ Assalomu aleykum va rahmatullohi va batokatuh Xayrli kun barchangizga.☺ Kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin. Ro'zadorlarga Allohim o'zi kuch-quvvat, sabr-bardosh berib, tutgan ro'zalari Alloh dargohida qabul bolsin🤲🤲
Mostrar todo...
Merciful_Servant-The_Good_Is_Still_Alive_Nasheed.mp33.40 MB
Merciful_Servant-The_Good_Is_Still_Alive_Nasheed.mp33.40 MB