Jomboy tuman axborot-kutubxona markazi.(Расмий канал)
Jomboy tuman axborot-kutubxona markazi kanali orqali siz o'zbek va jahon adabiyotidan baxramand bo'la olasiz. https://t.me/joinchat/ODjAokWY0xrMwxHEY24pWA Murojat uchun bot👆 facebook sahifamiz https://www.facebook.com/profile.php?id=100084000278246
Mostrar más189
Suscriptores
Sin datos24 horas
-67 días
-10430 días
- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Tasa de crecimiento de suscriptores
Carga de datos en curso...
Photo unavailableShow in Telegram
#hikmatlar_xazinasi
Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi.
✍️Abu Ali ibn Sino
#Biblilografik_sharh
2-may kuni Jomboy axborot-kutubxona markazida bibliograf Z Maxramova tomonidan yangi kelgan davriy nashrlardan "Xalq soʻzi" gazetasida chop etilgan "Manfaatli aloqalar va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari" nomli katta maqolaga hamda mahalliy gazeta "Jomboy tongi" gazetasining "Zakovat maydonida yosh huquqshunoslar" nomli maqolaga bibliografik sharh oʻtkazildi.
Photo unavailableShow in Telegram
#Abdulla_Qodiriy
#Mehrobdan_chayon
O‘zbek adabiyotining ikkinchi yirik romani ham Abdulla Qodiriy qalamiga mansub. “Mehrobdan chayon” romani 1928 yili fevralda yozib tugatilgan. 1929 yil Samarqand shahrida bosilib chiqqan.
Bu roman mavzui ham “O‘tkan kunlar” mavzuiga monand “xon zamonlari” davridagi o‘zboshimchaliklar tasvirlangan. Asarning nomi ham ramziy, chunki unda adib ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlab sajdagohdan chiqqan, unga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, e’tiqodsiz, hasadgo‘y kishilarga nishonadir. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi yozuvchining jiddiy yutug‘i sifatida e’tirof etilgan. Romanda Anvar va Ra’noning sevgi sarguzashtlari shoirona tarzda tarannum etiladi.
Go‘zallik, halollik, oliyjanoblikka intiluvchi Ra’no xalq fe’l-atvoriga xos, ajoyib qiz, samimiy, toza niyatli, ma’nan sodda va ochiq. U Anvarni yorqin sevgi ila beg‘araz va sadoqat bilan yaxshi ko‘radi.
Repost from Gazetalar sharhi
«Ishonch» газетасининг 2024 йил 2 май кунги 54 (4962)-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
©️ Газета таҳририят томонидан тақдим этилди.
Газетанинг расмий саҳифалари:
Web-site| Facebook|Telegram
〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/gazetalar_sharhi
Photo unavailableShow in Telegram
— Dunyo bo‘yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishar ekan. Afsuski, zamonaviy yoshlarimiz bu borada ancha orqadalar. Biz hamma narsani yaxshilikka yo‘yib o‘rganganmiz, bu holatni ham ular elektron kitob o‘qiydilar, shuning uchun kamdan-kam hollardagina kitob sotib oladilar, deb izohlamoqchimiz. Aslini olganda, kitobni qo‘lingizda ushlab, salmog‘ini, taftini his qilib o‘qiganga nima yetsin, aziz yoshlar.📚📚📚📚
Photo unavailableShow in Telegram
siz va biz bilmagan kutubxonalar
1959- yilda bir necha kemalardan foydalanib birinchi suzuvchi kutubxona xizmati ishga tushirildi. 1963-yil Oma Yardida uzunligi 24 metr bo’lgan kema ichida kutubxona tashkillashtirilgan. Kemaga Vinnes Skyssbatservice egalik qiladi va bu kutubxonadan yoz faslida sayyohlik safarlari uyishtirish maqsadida foydalaniladi.
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi.
✍️Abulqosim Firdavsiy
Photo unavailableShow in Telegram
📌 O'qishga tavsiya qilamiz
📚 Qòrqma
✍️ Javlon Jovliyev
📜 Roman voqealarini qisqacha sòzlar bilan ifoda etib bòlmaydi. Barchasi shu qadar tig'izki, shoshirib qòyadi. Majoz, obraz, ifoda, òt, hech kimnikiga òxshamaganligini his qilasiz. Òtgan asr boshida Germaniyada òqigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.
Photo unavailableShow in Telegram
#bu_kun
1 may — O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tavallud topgan kun.
***
Olisdagi mahmadana, ey eski olchoq,
Menga qadam tashlamoqni o‘rgatmagin sen!
O‘zingga boq, keyin, mayli, nog‘orangni qoq,
Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin sen!
Tinchlik deya yurak bag‘ri kuyik eldir bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu,
O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin sen!
Dala – dashtlar o‘z-o‘zidan Eram bo‘lmagay,
Lekin sendan beminnat bir karam bo‘lmagay,
O‘zbek eli hech kimsaga qaram bo‘lmagay,
Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin sen!
Kitobingda daholarim so‘zlari bordir,
Devoringda bobolarim izlari bordir,
Mag‘rur elning etu tirnoq do‘stlari bordir,
Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin sen!
Agar jannat ko‘kda bo‘lsa,
ostidadir O‘zbekiston,
Agar jannat yerda bo‘lsa,
ustidadir O‘zbekiston!
#Davra_suhbati
Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tavalludi munosabati bilan faol kitobxonlar ishtirokida "Bonu" kitobining taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimotda shoir qalamiga mansub sheʼrlaridan namunalar oʻqildi.