cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasining rasmiy telegram kanali. 🔴 samvilqurilish.uz 🔴 https://www.facebook.com/samvilqurilish 🔴 https://Instagram.com/samvilqurilish 🔴 Murojaat uchun 👉https://t.me/S_Bobonazaro

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
810
Suscriptores
-424 horas
Sin datos7 días
-4230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#BRIFING 🕐 Shuningdek, mulk egalari, buyurtmachilar, loyihachilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, pudratchilar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida konstruktiv loyihalash jarayoni haqida umumiy tushuncha taʼminlanadi. Yevrokodlarni joriy qilishda, shuningdek, ishtirokchi davlatlar oʻrtasida qurilish sohasida xizmatlar almashinuviga hamda qurilish materiallari va elementlari marketingini tashkil qilish va ulardan foydalanishga koʻmaklashish imkoni vujudga keladi. Qurilish sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar uchun yagona asos yaratiladi. Loyihalash va dasturiy taʼminot boʻyicha umumiy qoʻllanmalar tayyorlanib, mahalliy qurilish pudrat tashkilotlari, qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, loyihachilarning jahon bozoriga chiqarish va raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi.| Yevrokodlarni Respublikamizda implementatsiya qilishda bir qator ishlarni bajarish rejalashtirilgan! Jumladan, Yevrokodlardagi har bir talabni milliy shaharsozlik normalari bilan solishtirgan holda eng maqbul talabni qabul qilish va uygʻunlashtirish, belgilangan tartibda milliy ilovalarni ishlab chiqish, Yevrokodlarni amalda qabul qilgan, oʻzining milliy ilovalarini ishlab chiqib, amalda tadbiq qilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, parallel ravishda kadrlarni oʻqitish va salohiyatini oshirish kabi istiqbolli rejalar ishlab chiqildi. Qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarish sanoatini Yevrokodlarga moslashtirish va zamonaviy sinov laboratoriyalari bilan jihozlash hamda sifat menedjmentini yoʻlga qoʻyish ham koʻzda tutilmoqda. Yevrokodlarda keltirilgan standartlar ham birlamchi masala! Shu bois Yevrokodlar sinov laboratoriyalari, standartlashtirish tizimlari va uslublari, qurilish materiallari sanoati, sifat menejmenti, kadrlar salohiyati va boshqa zarur infratuzilma bilan integrallashgan holda rivojlantirib boriladi. Shunga koʻra qabul qilinishi rejalashtirilayotgan har bir Yevrokodni qabul qilishda uning toʻliq amaliyotga joriy etilishini taʼminlovchi 100 dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlari qabul qilinadi. Bundan tashqari Yevrokodlarni hamda unda keltirilgan standartlarni Respublikamizda qabul qilish orqali qurilish materiallari va buyumlari uchun Yevropa sertifikatlarini olish xarajatlari qisqaradi, Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning Yevropa bozorlariga erkin kirib borishiga imkon yaratiladi. 🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇 ➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/ Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Mostrar todo...
#BRIFING Mamlakatimiz qurilish sohasiga Yevrokodlar joriy qilinadi. Xoʻsh, Yevrokodlar oʻzi nima? Yevrokodlar - bu Yevropa Ittifoqidagi qurilish inshootlarini konstruktiv loyihalash boʻyicha Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan norma va standartlar toʻplami hisoblanadi. Gap shundaki, Oʻzbekistonda qurilish industriyasi raqobatbardoshligi va eksportbopligini oshirish, mahalliy va xalqaro investorlarni keng jalb qilish hamda ularning faoliyatiga toʻsiq boʻluvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo boʻlish boʻyicha davlat siyosati va mamlakat manfaatlarini himoya qilishda Yevrokodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yevrokodlar parametrik meʼyorlash xarakteridagi hujjat boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish emas balki har bir mamlakatning oʻziga xos xususiyatlari, yaʼni geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Yevrokodlarni milliy normativlar qatorida asosiy emas, balki Shaharsozlik normalari va qoidalarining muqobili sifatida qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yanayam aniqroq aytadigan boʻlsak, milliy normativlarimiz mustaqilligi va xalqaro normalarga uygʻunlashtirish saqlab qolinadi. Yevrokodlarni tadbiq qilishda birinchi navbatda amaldagi normativ hujjatlar talablarini inkor qilmaydigan yoki ularga zid boʻlmagan alohida kiritiladigan 1400 dan ortiq parametrik koʻrinishidagi milliy ilovalar ishlab chiqiladi. 🟢 Xoʻsh Yevrokodlarning afzalliklari qanday omillarda koʻzga tashlanadi? Avvalo, raqobatbardoshlik uchun shaffof asos yaratiladi, qurilish mahsulotlarining ichki bozorini toʻldirishga erishiladi. Qolaversa, BIM dasturlarini Oʻzbekiston sharoitida toʻliq qoʻllash imkoni paydo boʻladi. Ishlab chiqarish va sotish tannarxini kamaytirish orqali qoʻshimcha qiymatni taʼminlashga erishiladi. Shu oʻrinda bundan kutilayotgan natija haqida mulohaza qilsak! Oʻzbekistonda bino va inshootlar konstruksiyalarining xavfsizligi va ishonchliligi, ularning seysmik chidamliligi, yongʻin xavfsizligi va energiya samaradorligini taʼminlash uchun zarur talablarga javob beradigan umumiy mezon va loyihalash usullarini taʼminlash pirovard maqsad qilingan. 🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇 ➡️ https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/2508524009535038/ Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Mostrar todo...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ - йил  5️⃣-июль кунги 5️⃣1️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинди. ✅ Япония билан яна бир ҳамкорлик ✅ АҲОЛИДАН ҚАЙТА ИШЛАНАДИГАН ЧИҚИНДИЛАРНИ харид қилиш тажрибаси йўлга қўйилмоқда ✅ Амалий машғулот БСКда ўтказилди ✅ Вазирлик мутахассислари Фарғонада ✅ Еврокодларни Ўзбекистонда жорий қилиш ишлари бошланди ✅ 20 МИНГ ФУҚАРОГА СУБСИДИЯ БЎЙИЧА ИЖОБИЙ ХАБАРНОМА БЕРИЛДИ ✅ Мўйноқ – янада обод ва кўркам бўлади ✅ Олот туманида “Сайхунобод тажрибаси” ✅ Берилган имкониятлар самарали бўлмоқда ✅ КОММУНАЛ ХИЗМАТ – озодаликнинг ажралмас қисми ✅ БАРҚАРОР НАЗОРАТ – СИФАТ КАФОЛАТИ каби мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз. Газетада берилаётган материаллар билан TELEGRAM  канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб TELEGRAM  | INSTAGRAM | RASMIY SAYT | YOUTUBE | FACEBOOK
Mostrar todo...
51 lite.pdf5.87 KB
#BSKlar_faoliyatidan Ko‘p qavatli uylarni ta‘mirlash ishlari davom etmoqda. Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Samarqand oltin asr” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Mevazor mahallasidagi 49, 50 va 51-ko‘p qavatli uylarda ta‘mirlash ishlari olib borildi. Xususan, elektr taqsimlovchi shitlar va kirish yo‘laklari ta’mirlanib, deraza romlari yangi “akfa” romlariga almashtirildi. Bu esa aholining sohaga oid muammolarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling 👇👇👇 |Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Mostrar todo...
#PRESS_TUR Bulung’ur tumanida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi va boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi. Unda sohaga mas’ullar, OAV vakillari ishtirok etishib, tumanning “Olmazor” mahallasi hududida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida bo‘lishdi. Hududda koʻp qavatli barcha uy-joylarga markazlashgan ichimlik suvi, issiqlik manbai, tabiiy gaz, elektr bilan taʼminlanmoqda. Shuningdek, qurilish ishlari olib borilayotgan koʻp qavatli uy-joylarga oqova suvlarga ulanish uchun kanalizatsiya tarmoqlari tortilib kelinmoqda. Joriy yilda 30 ta 5 qavatli 615 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, 1-chorakda 3 ta 5 qavatli 56 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirildi. Qolgan 27 ta 5 qavatli 583 xonadonli uy-joylarda qurilish ishlari reja asosida qizgʻin davom etmoqda. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling 👇👇👇 |Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Mostrar todo...
👍 2
09:30
Video unavailableShow in Telegram
#Brifing ⚡️“Bulung‘ur tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida brifing o’tkazildi. Mavzu yuzasidan tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo‘limi boshlig‘i To’lqin Musayev tomonidan ma’lumot berildi. Ulaning va ulashing: Web-saytFacebookTelegramTwitterYouTubeInstagram
Mostrar todo...
Т.Мусаев.mp446.27 MB
02:16
Video unavailableShow in Telegram
#BU_MUHIM ⚠️ Shaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan liftlarga oid talablar bilan tanishtiramiz! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Mostrar todo...
lift.mp416.12 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#BU_MUHIM
"QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI" YO'RIQNOMASI
🔠 Gidroizolyatsiya ishlarida xavfsizlik qoidalari Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Mostrar todo...
01:06
Video unavailableShow in Telegram
#BU_MUHIM 💦 Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar qachon to'liq yoki qisman to‘xtatilishi mumkinligini bilasizmi? Video lavhada batafsil keltirilgan. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Mostrar todo...
7.08 MB
03:22
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_NIGOHIDA Prezident farmoni asosida Bulung‘ur tumanida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda Rasmiy sahifalarimizga a‘zo bo‘ling 👇👇👇 |Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Mostrar todo...
video_2024-07-03_19-04-23.mp417.26 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.