cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Dildora Yuldosheva

Kundalik qaydlar

Mostrar más
Tayikistán5 891El idioma no está especificadoPsicología13 147
Publicaciones publicitarias
283
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Tonggi sahifalar Biz tanamiz ozodaligiga ajratganchalik vaqtni qalbimiz va ruhimiz tozalanishiga ishlata olamizmi? Har kun tongda yuzimizni yuvib, poklanib olganimiz kabi ichimizni ham bir karra tozalasak qanday ajib! Men buni yaqinda o’rgandim, sizga ham tavsiya qilaman. Uyg’ongandan keyin birinchi qilinadigan ishlar ro’yhatiga “Tonggi sahifalar” ni qo’shish kifoya. U nima? Ertalab, hali yumushlarga kirishmasdan avval kechagi kuningiz uchun o’zingiz bilan hisoblashasiz: “Nimani xato qildim? Qaysi ishim yaxshi bo’ldi? Nima qilsam bo’lardi? Nega qilmadim? Nimani his qildim? Men xursandmidim yo hafa?” Har tong shu kabi savollarga javob berib boramiz. Javob berarkanmiz, vijdonimiz bilan suhbatlashgandek bo’lamiz. O’zimizdagi xatolarni ko’ramiz. Buni shunchaki hayoldan o’tkazish bilan yozish boshqa gap. Yozganda u yodingizga qoladi. Shunchaki o’ylab-o’ylab o’tkazib yuborsak, bir harfatadan keyin unut bo’lib ketishi mumkin. Yozarkansiz, bunda bir sururni ham his qilasiz. Vijdoningiz oldida rost ekanligingiz, ayblaringizni tan ololshingiz surur beradi. Keyinchalik har safar shu xatoga duch kelishingiz mumkin bo’lgan vaziyat yuzaga kelsa, siz o’zingizni to’xtata olasiz. Chunki siz bu xato ustida ishlagan va o’zingizni undan tozalagansiz.
Mostrar todo...
Biz tanamiz ozodaligini qanchalik muhim bilsak, ruhimiz va qalbimiz tozaligiga ham shunday e’tibor ajratamizmi?
Mostrar todo...
#shunchaki Yillarga teng onlar va onlarga teng yillarni yashamoqdaman.
Mostrar todo...
Boshqalardan boshqacha bo’lish Hamma kabi bo’lgimiz kelmaydi. Tog’ri boshqalar kabi turmush kechirishni yomon yeri yo’q. Lekin hammadan ajralib turadigan biri, keng mushohadali, o’zgacha fikrlaydigan, ilmli va shijoatli bo’lish boshqachada. Agar kun kelib, hayolimizdagi inson bo’lib qolamiz deb o’ylasak adashamiz. Boshqalardan ajralish uchun har kun ular qilmagan bir ish bilan band bo’lishimiz, har kun o’zimizga bir shaklda ishlov berishimiz kerak. Biz har kun hammadan o’zgacha bo’lishimiz kerak (qanchalar balandparvoz bo’lmasin, lekin haqiqat). P.S Bugun hamma ham qilmaydigani bir ish bilan band bo’ldingizmi? Yozing, o’qiyman.
Mostrar todo...
Gapirayotganlarimiz ta’sir qilishi uchun Kimnidir o’zimizga ustoz deb bilishdan yoki ustozlik qilishdan oldin ahamiyat berishimiz kerak bo’lgan eng muhim jihat bu - ilm berayotgan odamning o’zi qanchalik amal qilishi. O’qiymiz va yoki eshitamiz, lekin amal qilmaymiz. Nega? Chunki gap egasi o’zi amal qilmaydi. Quruq gap u. Amalaga ko’chmagan. Amalda yo’q degani - u insonni o’zida yo’q degani. O’zida yo’q bir narsani qanday qilib birovga bera olish mumkin?! Kasal bir odam, boshqa bir kasalni hech tuzata oladimi? Biz tuzalishni o’zimizdan boshlashimiz kerak. Hayotimizga mazmun bera oladigan bir ilmni olishimiz, bir ish bilan band bo’lishimiz muhim. Ertalab bizni o’rnimizdan sakratib turg’aza oladigan bir sof maqsadimiz bo’lishi muhim. Vaqtni g’animat bilish muhim. Atrofdagilardan noliyvermasdan o’z holatimizni isloh qilmoq muhim. Aslida ilm gap-so’zlarsiz ham o’zi yuqaveradi, bir insonning amallaridagi ilmni fahmlay olganimizda. P.S Postlar shunga kam, amal qilmaganlarim narsalar haqida yozish ikkiyuzlamachilikdek gap.
Mostrar todo...
Safardamiz, o’qiyotganlarim - dasturlash olamidagi yangi texnologiyalarni haqiqatda tadbiq qilinayotganini ko’rdim. Masalan: 1. Aeroportlardagi “smart gate”lar - endi passportga viza pechati urilishining hojati yo’q, navbat ham yo’q. 2. Supermarketlarda (Carrefour) “self check-in” xizmatini ishga tushirilgani - navbat poylamay, xaridimizni skanerlab, karta orqali to’lovni amalga oshirib chiqib ketdik. 3. Kosmetika do’konlarida yuzingizni skanerlab, qanday parvarish kerakligi, yuzingizda qanday muammolar borligini aytib beradigan dasturlar ishga tushirligan. 4. Virtual try on - do’konda ko’zoynaklarni virtual taqib ko’rasiz. P.S. Faqat o’qiyvermasdan, sinab ko’rsa boshqacha bo’lar ekan 🙂
Mostrar todo...
Jur’at Biz “hayot” deb nomlaydigan bu voqeiyliklarni kimlar o’ylab topgan? Bizga o’xshagan odamlar. Biz boshqalar yurgan yo’ldan yurishga majbur emasmiz va hech kim majburlamaydi ham. Shunchaki taqlid qilish osonroq. Ruhimiz, tanamiz xohlayotgan ishlarni qilishga jur’atimiz yetmagani sabab ham biz o’zimziga to’g’ri kelmagan yo’ldan bo’lsada yuraveramiz. Biror ishni qilolmayotganligimizda tashqi omillarni sabab qilib ko’rsatamiz, aslida o’zimizdan boshqa hech kim sabab bo’la olmaydi. Tashqi ta’sirlarga qarshi kurasha olmayotgan - biz! Jur’atsiz qo’rqoq - biz! O’zimiz qilmoqchi bo’lgan ish mas’uliyatini ko’tara olmaymiz, tashqaridagi fikrlarning ahamiyatini ziyodalashtirib, ruhimizning xohishlarini eshitmay qo’yganmiz. Xato qilishdan yoxud muammolarga duch kelishdan qo’rqqanmizdanmi, qarorlar qabul qila olmaydigan bo’lib qolganmiz. Aslida, to’g’ri yoki mukammal qarorni o’zi yo’q. Vaziyatga qarab o’rinliroq va ahamiyatliroq qarorlar bor xolos. Biriga to’g’ri kelgan qaror, boshqasiga ham to’g’ri keladi degani emas. Muammolarchi? Ular hayotni bir bo’lagi, bunga ko’nikish kerak. Muammoni tabiiy holat deb qabul qila olishimiz kerak. Har qanday sohada.
Mostrar todo...
Qaysi ishni birinchi qilish kerak? Ishlarni muhimligi va zarurligi (qanchalik tez amalga oshirish kerakligi) bo’yicha bo’lib chiqing: 1. Muhim va zarur ishlar - ularni hozir qiling. 2. Muhim emas, lekin zarur ishlar - ularni sizdan boshqalar ham uddalay oladi, kimgadir topshirishing. 3. Muhim, lekin zarur emas ishlar - ularni keyinga qoldiring va bajarish uchun vaqt belgilang. 4. Muhim ham emas, zarur ham emas ishlar - ularni ro’yhatingizdan chiqarib yuboring. P.S Ikki daqiqiqadan kam vaqt oladigan har qanday ishni joyida qilib ketgan yaxshi.
Mostrar todo...
Мысли в слух O'glim bilan bugun klinikada bo'ldik. Har bir eshik oldida katta navbat. Kimnidir bolasi yig'lagan, boshqasiniki yo'talgan. Tabiiyki, farzandi kasal va uyida yana bir dunyo ishi bo’lgan har qanday odam bunday vaziyatda hotirjam bo'lishi qiyin masala. Navbat poylardik. Bir ayol kelib qolib, 1 soat avval navbat olib ketganini uqtirdi va bizdan oldin kirib ketdi. Yonimdagilar mendan haqqimni talab qilishimni so'rashdi. Kim bilandir talashish meni ruhan charchatib qo’yadi. Yugoridagi kabi vaziyatlarda hotirjamlikni saqlash uchun shunday o’ylayman va u doim ish beradi: Demak, biz uyga kechroq borishimiz hayrli. Vahliroq bu yerdan chiqib ketganimizda, ko’chada ko'ngilsizlik (avtohalokat) bo’larmidi. Alloh bizni shu yo'l bilan asragan. Yoki u ayol kechroq bu yerdan chiqqanida unga biror nima bo'lishi mumkin edi. Balki Alloh meni sababchi qilib, u ayolni bir balodan saqlayotgandir. Muddao: agar sizda ham ko'ngilsizlik/asab buzarliklar bo'lsa, unga eng qimmat vaqt va energiyangizni sarflab o'tirmang. Hayr qidiring, topasiz biiznillah.
Mostrar todo...
Manba kerak Fikrimcha, maktablarda o’quvchilarga o’rgatilishi kerak bo’lgan elementar ko’nikmalardan biri - o’z maqola/ insho / referatlarida manbalarga havola keltirish. Oliy ta’lim muassasalarida ham iqtibos keltirish yoki ilmiy ishda bibliografiya bo’lishiga qattiq e’tibor berilmaydi. Vaholanki, manbalar va bibliografiya: • bizning argument, fikr yoki g’oyalarmizni qo’llab-quvvatlovchi dalil bo’lib xizmat qiladi; • boshqaning g’oya, fikrini o’g’irlashlik (plagiat)dan yoki bo’lmasa o’quvchilar uchun ko’chirmachi sifatida gavdalanib qolishdan himoya qiladi; • yoritilayotgan mavzu o’quvchi uchun qiziq bo’lsa, ko’proq va chuqurroq ma’lumot beruvchi resurs bo’ladi; • standardlarga javob beradigan har qanday maqola / ilmiy ish / shaxsiy yozuvning bo’lagi hisoblanadi. Misol: 1. Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishga ega bo‘lishlari mumkin (P. Durev, 2022). [1] 2. Durov (2022) o’zining telegram kanalida xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishga ega bo‘lishlari mumkinligini ta’kidlagan. [1] 3. WhatsAppdan foydalanishni maslahat bermayman, sababi «Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishga ega bo‘lishlari mumkin», deydi Durov (2022). [1] 1. Pavel Durov, 2022. https://t.me/durov/196 [7 Oktabr 2022] P.S. Iqtibos keltirish haqida ko’proq ma’lumot olish uchun havola. @dorayuldash
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.