es
Feedback
RCF UZbekistan

RCF UZbekistan

Ir al canal en Telegram

ПРЕСС СЛУЖБА ФЕДЕРАЦИИ "ROWING & CANOE УЗБЕКИСТАНА" Для просмотра и скачивания медиа файлов перейдите в группу https://t.me/RCF_MEDIA

Mostrar más
904
Suscriptores
-124 horas
-67 días
+430 días
Archivo de publicaciones
💠 Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Toshkent dengizidagi bazada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda. ------------ 💠 Члены национальной сборной команды Узбекистана по гребле на байдарках и каноэ проводят учебно-тренировочные сборы на Ташкентском море.

🇺🇿 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi barchaga muborak bo‘lsin! Vatan himoyasi muqaddas burchdir. Binobarin, mamlakatimizda hayotini ana shunday ulug‘vor va mardonavor ishga bag‘ishlagan harbiy xizmatchilarimizga cheksiz hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda. 14-yanvar ana shu sharafli kasb sohiblari, chinakam Vatan himoyachilari bayramidir. O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi harbiylarimizning xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdagi xizmatlarini yuksak qadrlaydi va ularga oilaviy farovonlik, ko‘tarinki ruh va sihat-salomatlik tilaydi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimiz omon boʼlsin! ------------- 🇺🇿 14 января — День защитников Родины и 33-x летие со дня образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан. Защита Родины — это священный долг. Поэтому нашим военным, посвятившим свою жизнь такому славному и доблестному делу, в нашей стране воздается дань безграничного уважения. 14 января – праздник обладателей этой почетной профессии, истинных защитников Родины. Федерация «ROWING & CANOE» Узбекистана высоко ценит службу наших военнослужащих в обеспечении мира и спокойствия нашего народа и желает им семейного благополучия, бодрости духа и крепкого здоровья. Пусть благополучие и мирное небо над головой не покидает Нашу страну!

💠 Al-Ayn shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatd
+8
💠 Al-Ayn shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 8 nafar sportchimiz jalb etilgan bo‘lib, ular 2025-yilning muhim startlari - mart oyida Tailandda ICF ranking reyting turniri, U20 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati, shuningdek, jahon kubogi bosqichlariga o‘z tayyorgarliklarini olib borishmoqda. Ushbu yig‘inda 10 ga yaqin boshqa davlat terma jamoalari ham qatnashmoqda. Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24-fevealga qadar davom etadi. Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shahobiddin Boltaboyev Anvar Klevleev Samandar Saydullayev Doniyor Islomov Jаnibek Temirgaliyev Hayotbek Abdullayev Abubakir Bukanov Dostonbek Jumaboyev Murabbiylar Izzatilla Rahmatullayev Alibek Temirgaliyev ------------- 💠 Национальная сборная команда Узбекистана по гребному слалому в городе Аль-Айн (ОАЭ) участвует в очередных международных учебно-тренировочных сборах. 8 спортсменов нашей сборной команды принимают участие в международном тренировочном сборе, которые станут важным этапом подготовки к международным стартам 2025 года - рейтинговому турниру ICF, чемпионату Азии в возрастных категориях U20 и U23 в Таиланде в марте месяце, а также этапам Кубка мира. В этом тренировочном сборе также принимают участие около 10 других национальных сборных команд. Данный УТС продлится до 24 февраля. Национальная сборная команда Узбекистана по гребному слалому Шахобиддин Болтабоев Анвар Клевлеев Самандар Сайдуллаев Дониёр Исламов Джанибек Темиргалиев Хаётбек Абдуллаев Абубакар Буканов Достонбек Джумабаев Тренеры Иззатилла Рахматуллаев Алибек Темиргалиев

🎂 Mehroj Mamatqulovni tabriklaymiz! Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, XIX Osiyo
🎂 Mehroj Mamatqulovni tabriklaymiz! Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, XIX Osiyo va BRIKS o'yinlari sovrindori, ko'p karra Osiyo chempioni, mexanik eshkak eshish bo’yicha jahon chempionati sovrindori Mehroj Mamatqulov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi Mehrojni tug’ilgan kuni bilan tabriklab, unga yangi zafarlar, muvaffaqiyatlar va rekordlar tilaydi. Kelgusidagi yuqori natijalaringiz unutilmas bo'lib, yangi оlimpiya rekordlari sifatida tarixda qolsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! ------------ 🎂 Поздравляем Мехрожа Маматкулова! Сегодня свой День рождения отмечает член Национальной сборной команды Узбекистана по академической гребле, призёр XIX Азиатских игр и игр БРИКС, многократный чемпион Азии, призер чемпионата мира по механической гребле Мехрож Маматкулов. Федерация «ROWING & CANOE» Узбекистана поздравляет Мехрожа с Днём рождения и желает новых побед, достижений и рекордов. Пускай ваши победы станут великими, запоминающимися и войдут в историю новыми олимпийскими рекордами. С днём рождения!

Ob’yektivimizda qishki mavsumdagi mashg‘ulotlardan qisqacha videorolik. Bizga videolarni jo‘natgan sportchilarimizga esa alohida minatdorchilik bildiramiz. Bizga video jo‘natish niyatida bo‘lgan sportchilarimiz telegram orqali @Balyukam yuborishlari mumkin. ---------- В нашем объективе короткий видео ролик учебно-тренировочных сборов спортсменов по гребле на байдарках и каноэ в зимнем сезоне. Особую благодарность выражаем нашим спортсменам, приславшим нам видео. Спортсмены, желающие прислать нам видео, могут отправить нам в телеграмм – @Balyukam.

🎂 Yevgeniy Agafonovni tabriklaymiz! Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi o'smirlar
🎂 Yevgeniy Agafonovni tabriklaymiz! Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi o'smirlar Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, BRIKS o'yinlari sovrindori, ko'p karra Osiyo chempioni, Osiyo kubogi, U-23 jahon chempionati sovrindori Yevgeniy Agafonov o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda. O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi Yevgeniyni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat va yorqin g'alabalarni, barcha musobaqalarda shohsupalarni zabt etishini tilaydi. Doimo qat'iyatli bo'ling! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! ————— 🎂 Поздравляем Евгения Агафонова! Сегодня свой День рождения отмечает член Национальной сборной команды Узбекистана по академической гребле, участник юношеских Oлимпийских игр, многократный чемпион Азии, призер чемпионата Мира до 23 -х лет Евгений Агафонов. Администрация федерации «ROWING & CANOE» Узбекистана поздравляет Евгения с Днем рождения. Желает самых ярких побед и достижений, покорения всех пьедесталов и, конечно, отменного здоровья. Будь целеустремлен и верь в свои силы. С днём рождения!

🎖“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi! 💠 Mazkur mukofot jamiyatimizning turli so
🎖“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi! 💠 Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan. 💠 Kimlar ariza topshirishi mumkin? 💠 Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan; 💠 O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan; 💠 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar. 💠 Hujjatlarni topshirish muddati: Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin. ----------- 🎖Стартовал отборочный тур на государственную премию “Mard o‘g‘lon” 2025 года! 💠 Эта премия учреждена в целях поддержки молодых людей, добившихся высоких результатов в различных сферах жизни нашего общества, отличающихся такими высокими качествами, как отвага, упорство, честность и патриотизм. 💠 Кто может подать заявку? Победители национальных и международных соревнований, проектов и конкурсов; 💠 Продемонстрировавшие глубокие знания, инициативу и деловую хватку в своей области; 💠 Талантливые молодые люди от 14 до 30 лет. 💠 Срок подачи документов: До 1 марта 2025 года вы можете подать заявления в районные (городские) отделения Агентства по делам молодежи по месту жительства.

💠 “Sport” telekanalida O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasining 2024-yilda eshkak eshish sporti turlari rivoji yo'lida qilingan ishlar sarhisob qilindi. ---------- 💠 На телеканале “Sport” были подведены итоги деятельности федерации “ROWING & CANOE” Узбекистана по развитию гребных видов спорта в 2024 году.

🎂 Alisher Turdiyevni tabriklaymiz! Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Osiyo oʻyi
🎂 Alisher Turdiyevni tabriklaymiz! Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Osiyo oʻyinlari-2022 oltin medali sohibi, xalqaro musobaqalar g’olibi va sovrindori, Osiyo chempioni Alisher Turdiyev o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi Alisherni bugungi ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, yangi 2025-yilda yangi g‘alabalar tilaydi. O‘z maqsadlaringiz sari intilishda davom eting! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! ————— 🎂 Поздравляем Алишера Турдыева! Сегодня свой День рождения отмечает член Национальной сборной команды Узбекистана по академической гребле, обладатель золотой медали Азиатских игр в Ханчжоу, многократный чемпион и призер международных соревнований, чемпион Азии Алишер Турдыев. Федерация "ROWING & CANOE" Узбекистана поздравляет Алишера с Днём рождения и желает долгих лет жизни, крепкого здоровья и новых побед в 2025 году. Продолжайте идти к своим целям! С днём рождения!

🎆 Yangi yil tabriklari…. ————- 🎆 Новогодние поздравления…..

🎆Yangi 2025-yilingiz muborak bo’lsin!!!! ——— 🎆 С Новым 2025 годом!!!!!

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги — Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🎆 Hurmatli hamkasblar, do'stlar, sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar va eshkak eshish sporti ixlosmandlari! O'zbekiston
🎆 Hurmatli hamkasblar, do'stlar, sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar va eshkak eshish sporti ixlosmandlari! O'zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan tabriklaydi! O‘zbek sporti farovonligi yo‘lidagi samarali mehnatlari uchun barchadan minnatdormiz. Sportchilar, murabbiylar, hakamlar, ko‘ngillilar, faxriylar, mutaxassislar va eshkak eshish sporti muxlislariga fidoyilik, sabr-toqat va mehnatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. O'tgan 2024-yil hamma uchun qiyin va mashaqqatli kechdi, lekin shunga qaramay muhim voqealarga boy bo'ldi. Sportchilarimizning jahon va Osiyo chempionatlari, turli xalqaro musobaqalardagi yorqin g‘alabalari, shuningdek, eshkak eshuvchilarimizning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklari xalqaro miqyosda yanada muvaffaqiyatli chiqishlariga turtki bo‘ldi. Federatsiya boshchiligida hamda O‘zbekiston Sport vazirligi, MOQ ko‘magi bilan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati hamda akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati boqiy Samarqand mezbonligida tashkil etildi. Barcha musobaqalar muvaffaqiyatli o‘tkazilgan bo’lib, ICF va Fisa tomonidan yuqori baholandi. 2025-yilda barchaga o'z oldilariga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishlari yo’lida bitmas-tuganmas g'ayrat, kuch-quvvat hamda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz! Yangi yil barcha uchun yangi rejalar va sportdagi yuqori natijalarga boy bo'lsin! —————- 🎆 Дорогие коллеги, друзья, спортсмены, тренеры, специалисты и любители гребных видов спорта! От имени федерации «ROWING & CANOE» Узбекистана поздравляем Вас с наступающим Новым 2025 годом!   Мы благодарны всем за результативную работу во благо узбекского спорта. Спасибо всем спортсменам, тренерам, судьям, волонтерам, ветеранам, специалистам и любителям гребли за вашу целеустремленность, усердие, терпение и труд.   Прошедший 2024 год выдался для всех непростым и напряженным, но при этом очень насыщенным. Яркие победы наших атлетов на чемпионате мира, на чемпионатах Азии, а также в различных международных стартах и участие в Олимпийских и Паралимпийских играх в Париже дал толчок для дальнейших успешных выступлений на международном уровне.   Благодаря поддержке Министерства спорта Узбекистана, НОК Узбекистана, был проведен чемпионат мира по гребле на байдарках и каноэ, а также чемпионат Азии по академической гребле. Эти соревнования были проведены на высоком международном уровне, что было отмечено руководством ICF и Fisa.   Желаем всем в Новом 2025 году неиссякаемой мотивации, энергии для воплощения поставленных перед собой целей. Желаем всегда уверенно идти вперед и добиваться желаемых результатов!   Пусть Новый год для всех будет насыщен новыми планами и новыми достижениями в спорте!

Repost from OlympicUz
2024-yil yakunlanishiga sanoqli soatlar qolmoqda. Darhaqiqat, ortda qolayotgan Olimpiya yili oʻzbek sporti tarixidagi eng muvaffaqiyatli va sermahsul yil boʻldi. Xususan, Fransiya poytaxtida tashkil etilgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari barchamizning xotiramizda abadiy muxrlanib qoldi. Keling, muzaffar atletlarimizning ushbu yildagi olamshumul zafarlarini yana bir bor yod olamiz. — До конца 2024 года остаются считанные часы. Действительно, минувший Олимпийский год был полон ярких событий и важных побед, которые вошли в историю спорта нашей страны и стал самым успешным и продуктивным для нас. Среди этих событий особо следует отметить XXXIII летние Олимпийские игры в Париже, которые надолго запечатлились в нашей памяти и сердцах. Давайте еще раз вспомним те самые захватывающие моменты.

Yilning eng yaxshi ayol baydarkachisi
Anonymous voting

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha yilning yaxshi yosh sportchisi
Anonymous voting

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha yilning eng yaxshi erkak sportchisi
Anonymous voting

Akademik eshkak eshish bo‘yicha yilning eng yaxshi erkak sportchisi (yengil vaznda)
Anonymous voting

Akademik eshkak eshish bo‘yicha yilning eng yaxshi erkak sportchisi (og‘ir vaznda)
Anonymous voting

Akademik eshkak eshish bo‘yicha yilning eng yaxshi ayol sportchisi
Anonymous voting